1-§.XV asr oxiri-XVI asr boshlarida Movarounnahrda siyosiy vaziyat (8-sinf O’zbekiston tarixidan online test savollari)


“Muvaffaqiyatga erishishning uch sharti bor: Buning uchun, eng avvalo, boshqalardan ko’ra ko’proq bilishing kerak; ikkinchidan, boshqalardan ko’ra ko’proq mehnat qilish lozim; uchinchidan boshqalarga o’xshab muvaffaqiyat kelishini kutib o’tirmasligi kerak”.

Uilyam Shekspir

«Bilimlar bellashuvi», «Fan olimpiadasi» hamda  oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirish uchun tayyorlanmoqchimisiz? Unda marhamat!

8-sinf O'zbekiston tarixi: 1-§. XV asr oxiri - XVI asr boshlarida Movarounnahrda siyosiy vaziyat

"Bilimlar bellashuvi", "Fan olimpiadasi" hamda  oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirish uchun tayyorlanmoqchimisiz? Unda marhamat!  
1. 1497-yilda Boburning qamaliga dosh berolmagan Boysung'ur Mirzo qayerga qochadi?
2. Bobur Mirzo Samarqandga ikkinchi marta nechanchi yilda yurish boshlaydi?
3. Boburning otasi Umarshayx Mirzo qanday vafot etgan?
4. Bobur Mirzo bilan Jahongir Mirzo o'rtasida sulh nechanchi yilda imzolandi?
5. Akasi Sulton Ahmad davrida Boburning otasi Umarshayx Mirzoga qaysi hududlar qo'shib berilgan edi?
6. "Hamma bir-biridan qo'rqar edi. O'zlaricha shohlik talab qilib mamlakatda ig'vo urug'ini sochardilar" - deb qaysi tarixchi aytib o'tgan?
7. Xuroson hukmdori Shohrux qachon vafot etgan edi?
8. 1469-yilda Xuroson taxtini egallagan Sulton Husayn Bayqaro kimning nabirasi bo'lgan?
9. Bobur 100 kunlik hukmronlikdan keyin Samarqandni tashlab Andijonga qaytadi. Samarqandning taxtini kim egallagan edi?
10. 1451-1469-yillarda Mavorounnahr va 1457-1469-yillarda Xuroson taxtini kim boshqargan edi?

Agar ushbu online testda yaxshi natija ololmasangiz yoki noto’g’ri javobni belgilagan bo’lsangiz «XV asr oxiri – XVI asr boshlarida Movarounnahrda siyosiy vaziyat» mavzusi bilan qayta tanishib chiqing hamda 100 ball olishga sazovar bo’ling.

TAVSIYA ETAMIZ


 

Muallif: Shuhratbek.uz sayti administratori Shuhrat Nurg’oziyev Xasanovich

Tavsiya etilayotgan ushbu 8-sinf “O’zbekiston tarixi” fanidan amaliy mashg’ulot daftari 8-sinf “O’zbekiston tarixi” darsligi (2014-yilda nashri)  asosida yaratilib, unda Vatanimiz hududida XVI asrdan XIX asrning o’rtalarigacha davom etgan 350 yillik tarix, shayboniylar, ashtarxoniylar, minglar, mang’itlar va qo’ng’irotlar sulolasining hukmronligi, davlat boshqaruvi, ichki va tashqi siyosati, tub aholining bu davrdagi turmush tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy madaniy hayoti o’rganiladi.

O’zbekiston tarixi fanidan  amaliy mashg’ulot daftarida har bir mavzu bo’yicha test savollari, krossvordlar, xronokrosslar, turli qiziqarli mantiqiy topshiriqlar, atamalar, muhim sanalar, jadvallar, mantiqiy fikrlashga undovchi muammoli vaziyatlar berilgan bo’lib, o’quvchilarning mustaqil ijodiy fikrlashlarini rivoshlantirish, tarixiy tafakkurini shakllantirishga yo’naltirilgan.

Mazkur amaliy mashg’ulot daftari «Mualliflik huquqi va turdosh  huquqlar to’g’risida”gi Qonuni bilan himoyalangan. Qonunning to’liq matni www.uzraap.uz saytida.Bu qonunga kо’ra, siz ushbu amaliy mashg’ulot daftarini muallifning yozma ruxsatisiz chop etishingiz, to’plamdan nusxa kо’chirishingiz, to’plamdagi ma’lumotlarni boshqa saytlarda chop etishingiz, yoki to’plamni uchinchi shaxslarga berishingiz ta’qiqlanadi.

YUKLAB OLISH

 

 

Sh.Nurg’oziyev “ 8-sinf O’zbekiston tarixi fanidan amaliy mashg’ulot daftari” O’quvchilar uchun amaliy mashg’ulot daftari, Do’stlik – 2017

 

 

O'xshash maqolalar

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan