10-sinf DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI

http://eduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/10/davlat_va_huquq_asoslari_10_uzb.pdf

V. А. Kostetskiy

DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI

O’rta ta’lim maktablarining 10-sinfi va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quvchilari uchun darslik

MUNDARIJA

O’quvchilarga…………………………………………………………………………………….3

I-BO’LIM. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI — XALQARO HUQUQ

SUBYEKTI

1-§. Huquq — shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi………….4

3-§. Birlashgan Millatlar Tashkilotining maqsad va vazifalari………………..17

4-§. O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi……………………………………………..22

5-§. Inson huquq va erkinliklarini himoyalash mexanizmi……………………..25

II-BO’LIM. KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ ASOSLARI

6-§. Davlatda qonunning ustuvorligi……………………………………………………28

7-§. O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asoslari………..31

8-§. Insonparvarlik prinsipi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy

tuzumining asosi…………………………………………………………………………36

III-BO’LIM. MA’MURIY HUQUQ ASOSLARI

9-§. O’zbekiston Respublikasida ma’muriy huquq………………………………..41

10-§. Ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy javobgarlik……………………….46

11-§. Ma’muriy jazo va uning turlari……………………………………………………49

IV-BO’LIM. FUQAROLIK HUQUQI ASOSLARI

12-§. O’zbekiston Respublikasida Fuqarolik huquqi………………………………53

13-§. Bitimlar va vakillik……………………………………………………………………59

14-§. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar…………………………………..63

15-§. Fuqarolik-huquqiy shartnomalar shartlari…………………………………….66

16-§. Iste’molchilar huquqlari va majburiyatlari……………………………………74

17-§. Ishlab chiqaruvchi tomonidan tovar sifatiga beriladigan kafolat……..79

18-§. Intellektual mulk huquqi…………………………………………………………….85

19-§. Fuqarolik ishining sudda ko’rib chiqilishi bosqichlari……………………91

V-BO’LIM. MEHNAT HUQUQI ASOSLARI

20-§. Mehnatga oid munosabatlar………………………………………………………..97

21-§. Ishga qabul qilish…………………………………………………………………….104

22-§. Mehnatni muhofaza qilish………………………………………………………..108

23-§. Ishga qabul qilinayotganda hujjatlarni rasmiylashtirish………………..111

24-§. Mehnatga наq to’lash va intizom………………………………………………116

25-§. Ish vaqti va dam olish vaqti. mehnat shartnomasini o’zgartirish va bekor qilish …………………………………………………………………………122

26-§. Mehnat nizolari va ularni hal etish tartibi……………………………………129

27-28-§§. Yakuniy takrorlash……………………………………………………………133

Yuridik atamalar lug’ati……………………………………………………………………135

I-BO’LIM. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI —XALQARO HUQUQ SUBYEKTI

1-§. HUQUQ — SHAXS VA DAVLAT MUNOSABATLARINING MUSTAHKAM ASOSI

SHAXS VA DAVLAT O’ZARO MUNOSABATLARINING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSI

Fuqarolar bilan davlat o’zaro huquqlar va majburiyatlar orqali uzviy bog’liqdir. Shaxs, jamiyat va davlat — bu uchala asosiy qadriyat Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan.

Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o’rtasidagi munosabatlarni belgilovchi o’ziga xos ijtimoiy shartnomadir. Konstitutsiya fuqarolarning umumiy teng huquqliligi, fuqaro va davlat o’rtasidagi munosabatlarda o’zaro mas’ulligi g’oyasiga asoslanadi. Davlat faoliyatining asosiy maqsadi xalqqa xizmat qilishdir.

Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 2-modda.

O’zbekistonning asosiy qonuni davlatga, uning hukumat organlariga, mansabdor shaxslarga, jamoatchilik birlashmalariga va fuqarolarga Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq faoliyat yuritish majburiyatini yuklaydi.

O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi.

Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 15-modda.

93-moddaga muvofiq O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI MAMLAKAT MUSTAQILLIGINING HUQUQIY ASOSI

O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi davlatimiz mustaqilligining huquqiy zamini, xalq xohish-irodasining oliy ifodasi. Har bir davlat Asosiy qonunida birinchi o’rinda o’zining boshqaruv shaklini ifoda etishi lozim. Chunki davlatning siyosiy-huquqiy maqomi belgilanmay turib, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy hayotining ustuvor yo’nalishlariga oid qoidalarni aniqlashtirish mantiqsiz bo’lar edi.

Konstitutsiyada respublikaning suvereniteti mustahkamlanishi bilan O’zbekiston chinakam mustaqillikka va erkinlikka erishdi, yer, yer osti boyliklari,boshqa tabiiy zaxiralar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va intellektual imkoniyatlar milliy boylikka aylandi, o’zbek xalqining asl tarixi va madaniyati qad rostladi, shoirlar, muallimlar, mutafakkirlar, davlat arboblarining pok nomlari tiklandi. Insonning huquq va erkinliklari Konstitutsiya va qonunlar tomonidan himoyalangan.

Davlat mustaqillikka erishgani, BMTga va boshqa xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lgani O’zbekistonga mustaqil tashqi siyosat yuritish, xalqaro munosabatlar yo’nalishlari va muhim tomonlarini belgilash imkonini berdi.

Konstitutsiyaning 1-moddasida mamlakatimiz suvereniteti xalqaro demokratik qadriyatlarga uzviy bog’liqligi namoyon etildi va shuning uchun O’zbekiston nafaqat suveren, shu bilan birga demokratik respublika deb e’lon qilindi.

HUQUQIY MADANIYAT HAMDA UNING SHAXS VA DAVLAT BILAN UZVIY BOG’LIQLIGI

Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017–2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi e’lon qilindi.

Strategiyaning ikkinchi yo’nalishi «Qonun ustuvorligini ta’minlash va sudhuquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari» deb nomlanadi.

Mazkur yo’nalishda quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan:

—— sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish;

—— fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash;

—— ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini takomillashtirish;

—— jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish;

—— sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash;

—— yuridik yordam va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish. Qonun ustuvorligini ta’minlash uchun avvalo aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish zarur.

Huquqiy ong — jamoatchilik ongining bir sohasi bo’lib, unda bilimlar, mulohazalar, baholar, odamlarning huquqqa munosabati shakllanadi. Huquqiy ong qanchalik yuqori bo’lsa, huquqiy madaniyat darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi.

Ma’naviyatli inson huquqqa oid bilimlarni shunchaki egallab qolmaydi. U mazkur bilimlarni mushohada qilib, huquqni to’g’ri tushunish va unga to’g’ri munosabatda bo’lishni yo’lga qo’yadi. Agar kishi huquqning ahamiyatini to’g’ri baholasa va uning talablarini hurmat qilsa, u qonunni buzmaslikka harakat qiladi.

Agar kishi huquqqa hurmatsizlik bilan munosabatda bo’lsa, u albatta qonunga zid harakat qiladi. Zero, huquq talablarini ozgina pisand qilmaslik ham huquq me’yorlarini buzishga olib keladi. Aynan shuning uchun huquqnu bilish katta ahamiyat kasb etadi.

Qonunlarni bilish o’z-o’zidan huquqiy madaniyatning yuqori saviyasidan darak bermaydi. Qonunlarni yaxshi bilish, lekin, shunga qaramay, ular talablarini bajarmaslik mumkin. Huquqiy madaniyatning mavjudligi faqat qonunlarni bilishnigina emas, balki ularga bo’ysunishni ham nazarda tutadi.

Qonunlarni biladigan kishi shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarni yuridik jihatdan savodli himoya qilishga, shaxsiy huquqlari va erkinliklarining buzilishiga qarshi turishga qodir bo’ladi. Biroq qonunni bilishning o’zi unga amal qilish uchun yetarli emas. Shu o’rinda, huquqiy madaniyat nimalardan tashkil topadi, degan savol o’rinli bo’ladi.

Axloqiy dunyoqarash va e’tiqod huquqiy madaniyatning poydevori hisoblanadi. Mazkur poydevor qanchalik pishiq va astoydil «qurilgan» bo’lsa, huquqiy bilimlar sifati va ulardan oqilona foydalanish, qonunga munosabat (uni hurmat qilish), huquqiy normalarga rioya etishga tayyor turish, qonun va huquq ustuvorligiga erishishda faol qatnashish shunchalik kuchli o’rin oladi.

2-§. XALQARO HUQUQ

XALQARO HUQUQIY MUNOSABATLAR VA ULARNING PRINSIPLARI

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasiga muvofiq davlatimiz xalqaro munosabatlarning to’la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.

…Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 17-modda.

Xalqaro huquq urug’-qabila munosabatlari parchalanib, birinchi davlatlar yuzaga kelganida paydo bo’ldi. U davrda qadimgi odamlarda ushbu munosabatlarni tartibga soladigan va urf-odatlarda mahkamlangan muayyan qoidalar shakllanib ulgurgandi. Ibtidoiy-jamoa jamiyatida urug’ va qabila o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soladigan ushbu qoidalar to’plamini davlatlarga qadar bo’lgan qabilalararo «huquq» deb atash mumkin. So’ngra taraqqiy etib, u xalqaro huquqqa aylandi.

Xalqaro huquq davlatlar, xalqlar va xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi turli xil munosabatlarni tartibga soladi.

Xalqaro shartnoma — bir yoki bir necha hujjatlarda tuzilgani va qanday nomlanganidan qat’i nazar davlatlar yoki boshqa xalqaro huquq subyektlari o’rtasida yozma ravishda tuzilgan bitim bo’lib, tomonlarning o’zaro huquq va majburiyatlarini o’z ichiga oladi.

Xalqaro huquq funksiyalari deganda xalqaro huquqning xalqaro-huquqiy tartibga solish predmeti bo’lgan munosabatlarga ta’sirining asosiy yo’nalishlarini tushunish lozim.

Quyidagi funksiyalar alohida ajratib ko’rsatiladi:

1) barqarorlashtiruvchi — xalqaro huquqiy normalar jahon hamjamiyatini uyushtirishi, muayyan xalqaro huquqiy tartibni belgilashi, uni mustahkamlashi va yanada barqarorlashtirishi lozim;

2) tartibga soluvchi — uni amalga oshirish orqali xalqaro huquqiy tartibga erishiladi, tegishli ravishda, ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi;

3) muhofaza etuvchi — xalqaro huquqiy munosabatlarning tegishli ravishda muhofaza etilishi demakdir. Xalqaro majburiyatlar buzilganida xalqaro huquqbuzarliklar subyektlari xalqaro huquq tomonidan ruxsat etilgan javobgarlik choralari va sanksiyalarni qo’llashga haqli;

4) axborot-tarbiyalovchi — davlatlarning oqilona harakatlari bilan bog’liq to’plangan tajribasini tarqatish, huquqdan foydalanish imkoniyatlarini targ’ib qilish, huquqni hurmat qilish, uning manfaatlari va qadriyatlarini muhofaza etish ruhida tarbiyalashdan iborat.

XALQARO MUNOSABATLARNING HUQUQIY ASOSLARI. XALQARO HUQUQ MANBALARI

Xalqaro huquq subyektlar o’rtasida kelishuv orqali yaratilgan va davlatlararo munosabatlarni tartibga soladigan normalardan iborat.

Xalqaro huquqda ikkita asosiy manba: xalqaro shartnoma va xalqaro rasm-rusum ajratiladi. Biroq xalqaro huquqning ushbu ikki asosiy manbasidan tashqari xalqaro tashkilotlar, xalqaro konferensiyalar va majlislar hujjatlari mavjud. Bunday hujjatlar xalqaro tashkilotlar va boshqa subyektlarning o’zlari uchun majburiy hulq qoidalarini belgilab bersa, xalqaro huquqning qo’shimcha

manbalariga aylanadi.

Xalqaro huquqning tartibga solish predmeti suveren va bir biridan mustaqil subyektlarning munosabatlari hisoblanadi. Davlat ichki huquqi alohida davlat ichidagi subyektlar o’rtasidagi, odatda, bitta davlat hududi chegarasida va ichki vakolati doirasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Davlatlar, millatlar va xalqlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar xalqaro huquq subyektlariga kiradi.

Xalqaro huquq prinsiplari — xalqaro munosabatlar subyeklarining davlatlar tomonidan xalqaro munosabatlar sohasida ishlab chiqilgan xalqaro hayotning dolzarb masalalari bo’yicha eng muhim va umum tan olingan hulq normalari hisoblanadi.

Xalqaro huquq prinsiplari mazmuni:

—— kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik tamoyili;

—— xalqaro nizolarni tinch yo’l bilan hal etish tamoyili;

—— davlatlarning ichki vakolatiga kiradigan ishlarga aralashmaslik tamoyili;

—— xalqlar teng huquqliligi va o’z taqdirlarini o’zlari belgilashi tamoyili;

—— xalqaro huquq majburiyatlarini vijdonan bajarish tamoyili;

—— davlat chegalarining daxlsizligi tamoyili;

—— davlatlarning hududiy yaxlitligi tamoyili;

—— inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilish tamoyili. O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati xalqaro huquqning umume’tirof etilgan norma va prinsiplariga mos keladi. Jumladan:

—— Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga;

—— Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga;

—— Xalqaro huquq prinsiplari to’g’risidagi deklaratsiyaga;

—— Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashining Xelsinki Yakunlovchi aktiga.

XALQARO MUNOSABATLAR

Xalqaro munosabatlar — tinchlik va hamkorlik o’rnatish maqsadida xalqaro maydonda faoliyat yuritadigan davlatlar va xalqaro tashkilotlar, davlat va jamoatchilik tashkilotlari o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy, huquqiy, diplomatik, harbiy va boshqa aloqalarning o’zaro munosabatli majmuyidir.

«O’zbekiston — xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyektidir» konstitutsiyaviy prinsipi O’zbekiston Respublikasining zamonaviy olamdagi o’rnini ko’rsatibgina qolmay, davlatimiz jahon hamjamiyatining ajralmas qismi ekanini amalda tasdiqlaydi.

XALQARO OMMAVIY VA SHAXSIY HUQUQ

Zamonaviy xalqaro huquq ommaviy va shaxsiy qismlarga bo’linadi.

Xalqaro ommaviy huquq davlatlar va ommaviy hukumatni taqdim etadigan siyosiy tashkilotlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Shaxsiy huquq xorijiy, jismoniy va yuridik shaxslar qatnashgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Masalan, turli davlatlarga tegishli firmalar o’rtasidagi munosabatlar, turli mamlakatlar fuqarolarining nikoh tuzishi va hokazolar.

Xalqaro huquqiy me’yorlar bilan tartibga solinadigan huquqiy munosabatlarda qatnashish uchun yuridik maqomga ega shaxslar xalqaro huquqning subyektlari hisoblanadi.

BMT Bosh Assambleyasi Rezolyutsiyasining 1-moddasida aytilishicha, bir davlat tomonidan boshqa davlatning suvereniteti, hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi harbiy kuch qo’llashi yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustaviga zid keladigan boshqa tazyiq o’tkazishi agressiya deb nomlanadi.

JAHONNING HUQUQIY XARITASI

Hozirgi dunyoda rang-barang huquq tizimlarini uchratish mumkin. Zero, har bir davlat o’zining milliy huquq tizimini barpo etadi. Ularning har biri o’z xususiyatlari bilan ajralib turadi, lekin shu bilan birga ular ko’pgina umumiy jihatlarga ham egadir.

«Davlat va huquq asoslari» fanida turli huquq tizimlarini ularning o’xshashligiga qarab yagona «huquqiy oila»ga birlashtirish qabul qilingan.

Roman-german yoki kontinental «huquqiy oila» (Germaniya, Fransiya,тIspaniya, Italiya va boshqalar) sudlarning qonun yaratish huquqini tan olmaydi. U sudlarning qonun chiqaruvchiga aylanishiga qarshi. Shuning uchun asosiy huquq manbayi sifatida u faqat qonunni, konstitutsiyaga va

qonunga asosan qabul qilingan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarnigina e’tirof etadi.

Ingliz-Amerika «huquqiy oilasi» yoki «umumiy huquq» tizimi

(AQSh, Kanada, Avstriya, Britaniya hamdo’stligi mamlakatlari va boshqalar) kontinental «huquqiy oila»dan farq qilib, asosiy huquq manbayi sifatida qonunni emas, balki sud pretsedentini, ya’ni sud qarorida mavjud bо’lgan qoidani e’tirof etadi.

Diniy-an’anaviy «huquqiy oila» (Yaponiya, Hindiston, Xitoy va hokazo) asosiy huquq manbayi sifatida diniy qoidalarni e’tirof etadi.

Garchi ushbu «huquqiy oilalar» bir holda faqat qonunlarga, boshqa  holda — pretsedentlarga, ya’ni sud qarorlariga, uchinchi holda diniy-huquqiy me’yorlarga asoslansa-da, hayot ularga nisbatan shunday talablarni qo’yadiki, ularni e’tiborsiz qoldirib bo’lmaydi. Shuning uchun «huquqiy oilalar» qonunlarini sud pretsedenti qoidalari bilan, diniy-huquqiy me’yorlarni esa qonun va kodekslar bilan ancha moslashuvchan holda biriktiradi. Mazkur hodisalar davlat qonunlarni yaratar ekan, hayot talablari bilan hisoblashishga majburligi va shartligini isbotlaydi.

Наr qanday jamiyatda va davlatda huquq tizimi obyektiv ravishda yaratiladi, zero, birorta qonun chiqaruvchi buni shaxsiy xohishi va ixtiyori bilan amalga oshira olmaydi. Bunday o’zboshimchalikni hayotning o’zi rad etadi.

Huquq kishilar foydasi uchun xizmat qilishga da’vat etilgani sababli, uning tizimi qonun tomonidan hayotda haqiqatda mavjud bo’lgan ijtimoiy munosabatlarga bog’liq holda quriladi. Qo’llanilayotgan huquq normalari ommaviy tartibga, ya’ni mazkur huquqiy tizimning umumiy prinsiplariga zid kelgan ba’zi hollarda xalqaro huquqni qo’llash cheklanadi. Bu qoida ommaviy tartib haqidagi qo’shimcha

shart deb nomlanadi.

Tashqi savdo bitimlaridan (masalan, xorijiy element bilan oldi-sotdi shartnomasidan) kelib chiqadigan majburiyatlarni yanada samarali ijro etish uchun xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar — bunday shartnomalar tomonlarining huquqiy maqomini aniqlash zarurati vujudga keladi. Ularga nisbatan odatda quyidagi tartib turlari qo’llaniladi:

—— milliy tartib, bunda xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning huquqiy maqomi o’z fuqarolari va yuridik shaxslari maqomiga tenglashtiriladi;

—— eng katta qulaylik tug’dirish tartibi, bunda qonunlar orqali turli xorijiy davlatlar rezidentlarining huquqiy holati uchun o’xshash huquqiy holat belgilanadi.

Inson huquqlari bo’yicha xalqaro hujjatlarning o’ziga xos xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

1) universal tusga ega (ya’ni inson huquqlari va barcha asosiy erkinliklari hurmat qilinadi);

2) umum qabul qilingan (ya’ni barcha davlatlarda rioya qilinadi);

3) irqi, jinsi, dini, tili va boshqalardan qat’i nazar hammaga ta’sir qiladi;

4) qonunlarda ushbu masala yuzasidan milliy modellarni ishlab chiqish uchun turtki bo’lib xizmat qiladi.

«2017–2021-YILLARDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISHNING BESHTA USTUVOR YO’NALISHI BO’YICHA HARAKATLAR STRATEGIYASI» TASHQI SIYOSATDA

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 2017−2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasida ustuvor yo’nalishlardan biri — chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat yuritish, O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilishga alohida e’tibor beradi.

Axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi o’z vaqtida va munosib harakatlarni tashkil etish; fuqarolik, millatlar va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash; davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O’zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;

atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga zarar yetkazadigan ekologik muammolarning oldini olish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish ushbu sohaning asosiy yo’nalishlari sifatida tayinlandi.

3-§. BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING TASHKIL TOPISHI, MAQSAD VA VAZIFALARI

Ikkinchi jahon urushi (1939–1945-yillar) tugagach, 1945-yil 24-oktabrda San-Fransiskoda (AQSh) 51 ta mamlakat dunyoda tinchlik va xavfsizlikni saqlash

maqsadida BMT Ustavini imzoladi, uni haqqoniy ravishda «Tinchlik konstitutsiyasi» deb nomlash mumkin.

Hozirgi kunda 193 ta mamlakat BMT a’zosi hisoblanadi. Jumladan, O’zbekiston ham 1992-yil 2-martda BMTning teng huquqli a’zosiga aylandi.

BMT ustaviga muvofiq BMT harbiy kuchlari BMT Xavfsizlik Kengashi qarori bilan va uning rahbarligida tashkil etiladi va amal qiladi. Mazkur harbiy kuchlar faqatgina favqulodda vaziyatlarda boshqa barcha choralar natija bermaganda (BMT Ustavi 42-moddasi), tinchlik buzilganida yoki unga tahdid tug’ilganida, agressiya holatlarida (BMT Ustavi 39-moddasi) xalqaro tinchlik va xavfsizlikni

tiklash va qo’llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Urushlar tarixidan

Odamzod tarixida sayyoramizda 15 mingdan ortiq urush bo’lib o’tgan, ularda 3,5 milliarddan ortiq odam halok bo’lgan.

Shuning uchun hamma davrlarda ham odamlar vujudga kelayotgan muammolarni tinch yo’l bilan hal qilish ustida bosh qotirganlar.

BMTning barcha qatnashchi davlatlari o’z harakatlarida quyidagi tamoyillarga amal qilishga majburdirlar:

—— tenglik;

—— xalqaro norma va bitimlarga rioya qilish;

—— nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish;

—— kuch bilan tahdid qilish yoki uni qo’llashdan voz kechish;

—— ichki ishlarga qo’shilmaslik;

—— hamkorlik.

Shu tariqa, BMTning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:

—— butun dunyoda tinchlikni qo’llab-quvvatlash;

—— do’stona munosabatlarni rivojlantirish;

—— kambag’allik, qashshoqlik, kasallik, savodsizlikni tugatish;

—— atrof muhitga yetkazilayotgan zararning oldini olish;

—— inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash.

O’z maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun BMT oltita bosh organdan iborat o’z tuzilmasiga ega.

Bosh Assambleya BMTning eng vakolatli organi hisoblanadi. Uning ishida 193 mamlakat qatnashadi, ular har yili global tusdagi 150 dan ortiq masalani muhokama etishadi.
Xavfsizlik Kengashi 5 ta davlatdan (AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya) va 2 yil muddatga saylanadigan 10 ta doimiy bo’lmagan qatnashchilardan tarkib topgan. Xavfsizlik Kengashi tinchlik va xavfsizlikni saqlash masalalarini ko’rib chiqadi.
Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash BMTga a’zo 54 davlatdan iborat, sotsial-iqtisodiy masalalarni ko’rib chiqadi.
Vasiylik Kengashi sobiq mustamlaka kolonial yerlarning o’z yo’nalishini aniqlashiga yordamlashadigan kuzatuv organi.
Xalqaro Sud   15 sudyadan iborat bo’lib, davlatlar o’rtasidagi nizolarni ko’rib chiqadi, shuningdek xalqaro muammolar bo’yicha konsultativ xulosalar beradi.
Kotibiyat BMT Bosh Kotibi tomonidan boshqariladi va BMT ma’muriy organi hisoblanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarixidan

BMTni barpo etish haqidagi qaror SSSR (sobiq), AQSh, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943-yilda qabul qilingan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945-yil 24-oktabrda tuzilgan. 24-oktabr har yili BMT Kuni sifatida nishonlanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavi esa San-Fransisko konferensiyasida 1945-yilda qabul qilingan. Ustavga dastlab 51 davlat imzo chekkan, bugungi kunga kelib a’zolar soni 193 mamlakatga yetdi.

O’zbekiston BMT a’zoligiga 1992-yil 2-martda qabul qilindi. BMT bosh idorasi Nyu-Yorkda (AQSh) joylashgan.

INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATSIYASI

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi — 1948-yil 10-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining uchinchi sessiyasida 217 A (III) rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan va BMTga a’zo barcha davlatlar uchun tavsiya qilingan.

Deklaratsiya matni hamma odamlarga taalluqli huquqlarni global aniqlab bergan birinchi hujjatdir. U 30 moddadan iborat bo’lib, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt, shuningdek Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt hamda ikkita Fakultativ Bayonnoma barobarida Inson huquqlari to’g’risidagi xalqaro billning bir qismi hisoblanadi. 1950-yilda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan BMT Inson huquqlari kunini belgiladi. U 10-dekabrda nishonlanadi.

BMT huzurida YUNESKO (BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug’ullanuvchi tashkiloti), XMT (Xalqaro mehnat tashkiloti), BSST (Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti) va boshqa xalqaro tashkilotlar amal qiladi, ularning faoliyati insoniyatning global muammolarini hal qilishga yo’naltirilgan.

BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH BO’YICHA BMT FAOLIYATI

1946-yildan boshlab BMT doirasida, shuningdek, BMT Bolalar Fondi (YUNISEF) ham faoliyat yuritmoqda. U mamlakatlarga favqulodda vaziyatlarda ko’maklashadi, shuningdek birlamchi tibbiy-sanitar yordam ko’rsatish, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, maqbul sanitar sharoitlari yaratish bilan shug’ullanadi, bolalar va ayollar ovqatlanishi va ta’lim olishi ustidan nazorat qiladi.

YUNISEF faol ishlari tufayli har yili 3 milliondan ortiq bolaning hayoti saqlab

qolinadi.

1959-yilda BMT Bosh Assambleyasi Bola huquqlari deklaratsiyasini qabul qildi. Uning maqsadi baxtli bolalikni ta’minlash, bolalarning huquq va erkinliklaridan ularning o’zlari va jamiyat manfaatlarida foydalanishdan iborat bo’lib, barcha davlatlar va manfaatdor shaxslarni bolalarga berilgan huquqlarni tan olishga va ularga rioya etishga chaqirdi.

1979-yil BMT tomonidan Xalqaro bola yili deb e’lon qilindi. Bolalarning huquqlari shuningdek 1989-yil 20-yanvardagi Bolalar huquqlari haqidagi Konvensiyada ham mustahkamlangan. Unda davlatlar tomonidan 18 yoshga to’lmagan shaxslar uchun elementar huquqlar ta’minlanishi nazarda tutilgan:

—— o’z oilasida yashash huquqi;

—— yetarlicha ovqatlanish va toza suv bilan ta’minlanish huquqi;

—— qulay yashash darajasiga ega bo’lish huquqi;

—— sog’lig’ini saqlash huquqi;

—— alohida g’amxo’rlik va maxsus professional tayyorgarlik olish huquqi;

—— o’z tilida so’zlashish, o’z dinidan va madaniyatidan foydalanish huquqi;

—— o’yinlar va ko’ngilochar tadbirlarda qatnashish huquqi;

—— erkin ta’lim olish huquqi;

—— o’z salomatligini himoyalash huquqi;

—— shafqatsizlik, kamsitish va adolatsiz munosabatda bo’lishdan himoyalanish huquqi;

—— o’z fikrini erkin bildirish, o’z nuqtayi nazarlarini namoyon etish uchun tengdoshlari bilan uchrashish huquqi.

O’zbekiston ham 1989-yilda Bolalar huquqlari haqidagi Konvensiyani imzoladi, unga ko’ra olingan majburiyatlarni amalga oshirish maqsadida «Sog’lom avlod uchun» fondi tashkil qilingan.

4-§. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGI

FUQAROLARNING HUQUQIY HOLATI

Fuqarolik instituti har bir suveren davlat uchun majburiy hisoblanadi.

Fuqarolik jismoniy shaxslar va davlat o’rtasida barqaror siyosiy-huquqiy aloqalar mavjudligini anglatadi. Fuqarolik shaxsning huquqiy holatini qonunan tartibga soladi va uning tegishli huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradi.

Biroq fuqarolik maqomi har bir insonga berilmaydi, chunki mamlakatda yashaydigan hamma odamlar ham uning fuqarolari hisoblanmaydi. Boshqa davlatlarda bo’lgani kabi, O’zbekistonda ham ma’lum hayotiy holatlardan kelib chiqib, vaqtinchalik yoki muntazam yashaydigan O’zbekiston fuqarosi bo’lmagan odamlar ko’plab topiladi. Bu toifaga xorijiy fuqarolar hamda boshqa davlat fuqarosi ekanligini isbotlay olmaydigan fuqaroligi bo’lmagan shaxslar kiradi.

Biroq O’zbekiston fuqarosi bo’lishmasa ham, bu shaxslar uning qonunlariga rioya etishlari, Konstitutsiyada, qonunlarda va xalqaro shartnomalarda belgilangan majburiyatlarni bajarishlari shart.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIGI TO’G’RISIDAGI QONUN

«O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida»gi Qonun 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan. O’zbekiston Respublikasining fuqarolik to’g’risidagi qonunlari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida qabul qilingan ushbu Qonundan va O’zbekiston Respublikasining shu Qonunga muvofiq chiqariladigan boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

O’zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq ta’minlanadi. Ular inson huquqlari sohasidagi har bir odamga nisbatan e’tirof etilgan xalqaro hujjatlar tomonidan tan olingan huquq va erkinliklardan foydalanishadi.

Faqat davlat fuqarolariga taalluqli bo’lgan favqulodda huquqlar bundan mustasno. O’zbekiston fuqarolaridan farqli ravishda xorijiy fuqarolar saylash huquqidan foydalana olishmaydi, deputatlar yoki senatorlar sifatida saylanishga va harbiy xizmat qilishga haqli emas. Bu barcha davlatlarda tan olingan amaliyot bo’lib, bunday cheklovlar tahqirlash choralari hisoblanmaydi.

O’zbekiston Respublikasida mamlakatda yashaydigan barcha odamlar

uchun yagona fuqarolik belgilangan bo’lib, ularning tengligi Konstitutsiya darajasida belgilangan. Bu tamoyilga ko’ra barcha fuqarolar qonun oldida tengdirlar. Ijtimoiy holati, irqiy yoki milliy kelib chiqishi, genderlik aloqadorligi, tili, dini yoki siyosiy ishonchidan qat’i nazar hech narsa fuqarolar tenligiga ta’sir etolmaydi. Fuqarolar teng huquqliligining buzilishi konstitutsional huquq va  erkinliklarga qarshi jinoyat deb tan olinadi va O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga (141-moddasi) muvofiq jinoiy-huquqiy javobgarlikka tortiladi. O’zbekistonda ikki fuqarolik tan olinmaydi.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGINI OLISH

«O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’risida»gi Qonunda fuqarolikni olishning bir nechta asosi keltirilgan:

—— tug’ilganligi bo’yicha;

—— O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi natijasida;

—— O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan

asoslarga ko’ra;

—— «O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’risida»gi Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Bolaning tug’ilishi tug’ilgan davlati fuqaroligini o’z-o’zidan olish uchun tabiiy asos bo’lib xizmat qiladi. Bola O’zbekiston hududida yoki undan tashqarida tug’ilganiga qaramay, agar uning ota-onasi O’zbekiston fuqarolari bo’lishsa, u o’z-o’zidan uning fuqaroligini oladi. Agar ota-onasidan biri O’zbekiston fuqarosi bo’lmasa ham, bola O’zbekiston fuqaroligini olishga haqli. Ota-onasi apatrid bo’lib, ular doimo O’zbekiston hududida yashashsa ham, bola O’zbekiston fuqaroligini oladi. Hatto ota-onasi noma’lum bo’lgan taqdirda ham bola o’z-o’zidan fuqarolikka ega bo’ladi.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGINING TO’XTATILISHI

O’zbekiston fuqaroligining to’xtatilishiga quyidagilar asos bo’ladi:

—— davlat fuqaroligidan chiqish;

—— fuqarolikning yo’qotilishi oqibatida;

—— O’zbekiston xalqaro shartnomalarida nazarda tutgan boshqa asoslarga ko’ra.

FUQAROLIKDAN CHIQISHNI TAQIQLASH

Iltimosnoma bilan murojaat qilgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan yoki unga nisbatan ijro etiladigan sud hukmi kuchga kirgan hollarda fuqarolikdan chiqishga yo’l qo’yilmaydi. Fuqarolikdan chiqishi O’zbekiston davlat xavfsizligi manfaatlariga zid bo’lgan taqdirda ham bunday iltimosnoma rad etiladi.

FUQAROLIKNI YO’QOTISH UCHUN ALOHIDA ASOSLAR

Qonunda shuningdek fuqarolikdan chiqishning alohida asoslari keltirilgan. Bunday asoslarga quyidagilar kiradi:

—— shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirganligi natijasida;

—— agar chet elda doimiy yashovchi shaxs uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo’lsa;

—— agar O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg’onligi shak-shubhasiz ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan bo’lsa;

—— agar shaxs chet davlat foydasini ko’zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan, shuningdek, terrorchilik tashkilotlarida ishtirok etgan bo’lsa;

—— agar shaxs chet davlatning fuqaroligini olgan bo’lsa.

5-§. INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI HIMOYALASH MEXANIZMI

INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISHGA OID XALQARO HUQUQIY HUJJATLAR

Xalqaro hamjamiyatga kirgan O’zbekiston Respublikasi mamlakatda inson huquqlari va erkinliklarini mustahkamlashga faol yordam berish, milliy qonunlarni inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga moslashtirish majburiyatini o’ziga oldi.

Zamonaviy xalqaro hamjamiyat insonning tabiiy huquqlari g’oyasini huquqiy me’yoriy hujjatlar darajasida mustahkamlagan. Ularning ichida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi alohida o’rinda turadi. Deklaratsiyada bugungi kunda har bir inson ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ega bo’lishi lozim bo’lgan huquq va erkinliklarning minimal hajmi keltirilgan.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asosida ko’plab bajarilishi shart bo’lgan hujjatlar ishlab chiqilgan. Ular Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining deyarli barcha nizomlariga aniqlik kiritishdi va ularni rivojlantirishdi hamda inson huquqlarini himoya qiluvchi ma’lum xalqaro vositalarni yaratishdi. Masalan, Fakultativ bayonnoma alohida fuqarolarga huquqlari buzilayotganligidan BMT qoshidagi maslahat organi — Inson huquqlari bo’yicha qo’mitaga shikoyat qilish imkonini berdi.

Deklaratsiya, ikkita Pakt va Fakultativ bayonnoma BMTning umumiy, huquqiy qamrov darajasi bo’yicha universal hujjatlaridir va ular Inson huquqlari Xartiyasini tashkil qiladi. Ko’pincha u Inson huquqlari to’g’risida xalqaro bill deb ataladi.

Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to’g’risida Yevropa konvensiyasi (1950-y.) o’z ichiga fuqarolik hamda siyosiy, shuningdek ba’zi ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni olgan Konvensiyaga qo’shimcha bayonnomalar Yevropa Kengashining yetakchi hujjatlariga aylandilar.

Ularning amalga oshirilishini nazorat qilish uchun maxsus mexanizmlar — Yevropa komissiyasi va Inson huquqlari bo’yicha Yevropa sudi ta’sis etildi.

Komissiya va Sud fuqarolarning huquqlari buzilishi bilan bog’liq shikoyatlarni ko’rib chiqadilar. Shikoyatning haqqoniyligi aniqlansa, Sud tomonidan har bir davlat bajarishi shart bo’lgan qaror chiqariladi.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARIDA INSON VA FUQAROLARNING HIMOYA QILINISHI

Davlat mustaqilligiga erishgach, O’zbekiston inson huquqlarini himoya qilish milliy mexanizmini ham yaratib, bosqichma-bosqich mustahkamlab bormoqda. Inson huquqlari va erkinliklarini himoyalashda davlat ichki mexanizmining asosiy bo’g’inlari quyidagilar:

—— adolatli sudlovni amalga oshiradigan sud organlari;

—— qonunlar aniq bajarilishini nazorat qiladigan va inson erkinliklari va huquqlarini himoyalaydigan prokuratura organlari;

—— huquqbuzarliklarga chek qo’yilishi va inson huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash bo’yicha majburiyatlarni bajaradigan ichki ishlar organlari.

Mamlakatda inson huquqlari bo’yicha qo’shimcha milliy muassasalar ham tashkil etilgan. Ularga:

—— O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha Vakili (Ombudsman);

—— Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi;

—— O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti;

—— O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakili instituti kiradi.

XORIJIY FUQAROLAR VA FUQAROLIGI BO’LMAGAN SHAXSLAR HUQUQLARI

Fuqaroligi bo’lmagan shaxslar — hech bir davlatning fuqarosi maqomiga ega bo’lmagan jismoniy shaxslar (apatrid) deyiladi.

Fuqaroligi bo’lmagan shaxslar to’la huquqli fuqarolar hisoblanmasa ham, ushbu shaxslar ularni qabul qilgan mamlakatning amaldagi qonunlariga bo’ysunishlari shart. Fuqaroligi bo’lmagan shaxslar barcha inson huquqlariga egadirlar, lekin to’la huquqli fuqarolarning asosiy imtiyozlaridan foydalana olmaydilar. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22-moddasida O’zbekiston Respublikasi o’z hududida ham, uning tashqarisida ham o’z fuqarolarini huquqiy himoya qilishi va

ularga homiylik ko’rsatishi kafolatlangan.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. Shu bilan birga, ular O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan majburiyatlarini ado etadilar.

II-BO’LIM. KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ ASOSLARI

6-§. DAVLATDA QONUNNING USTUVORLIGI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI —

MAMLAKATNING ASOSIY QONUNI

Konstitutsiya har bir davlatning asosiy qonuni hisoblanadi. Uning normalari nafaqat davlat qurilishi, davlat hukumati va boshqaruvini tashkil qilish tamoyillarini, shu bilan birga ijtimoiy hayot normalarini ham tartibga soladi.

Konstitutsiyada mustahkamlangan qoidalar yuridik asosni hosil qiladi, unga tayangan holda huquqning boshqa barcha tarmoqlari — fuqarolik, moliyaviy, jinoiy, mehnat va boshqalarning normalari yaratiladi. Barcha me’yoriy-huquqiy hujjatlar (qonunlar, farmonlar, qarorlar va hokazolar)

Konstitutsiyaga asoslanadi. U barcha qonun hujjatlarining asosiy manbayi hisoblanadi.

Konstitutsiyada barcha joriy qonunlar uchun asosni tashkil qiladigan g’oyalar va nizomlar mustahkamlangan. Har bir davlatning huquqiy tizimida Konstitutsiyaning ustuvorligi aynan shu bilan belgilanadi. Konstitutsiyaning yetakchi o’rni shunda ham ko’rinadiki, mazkur davlatning fuqarolari bilan birga davlat va uning organlari ham unga amal qilishga majbur. Huquq va davlatning aynan shunday mutanosibligida jamiyatda Konstitutsiya va qonunlarning amaliy ijrosi ta’minlanadi.

Inson butun hayoti davomida qonunga bevosita bog’liq bo’ladi. Kishi samolyotda uchganda, uy sotib olganda, mashina haydaganda, uylanganda, o’qiganda yoki ishlaganda — shu singari hamma hollarda u yoki bu qonunlarga ishi tushadi.

Huquq — davlat tomonidan o’rnatilgan va himoya qilinadigan barcha uchun majburiy bo’lgan xulq-atvor qoidalarining tizimi.

Huquqiy davlat — huquq va qonunning ustuvorligi hamda sud mustaqilligi ta’minlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, davlat hokimiyatining tizimi qonun chiqaruvchi,

ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo’linishi prinsipi asosida amalga oshiriladigan davlatdir.

7-§. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

KONSTITUTSIYAVIY TUZUMINING ASOSLARI

KONSTITUTSIYAVIY TUZUMNING TARKIBI

Konstitutsiyaviy huquq sohasi har bir mamlakat milliy huquq sohasining tarkibiy qismi, davlat va jamiyat hayotining muhim jihatlari, asosiy ijtimoiy munosabatlar tizimi hisoblanadi. Ushbu ijtimoiy munosabatlar, o’z navbatida jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy sohalarida namoyon bo’ladi.

Shu bilan birgalikda, ushbu ijtimoiy munosabatlar amalda jamiyat hayotini yo’lga qo’yish, davlat hokimiyatini amalga oshirish, boshqa ijtimoiy hokimiyatlar maqomini belgilash, shuningdek inson va fuqarolar huquq, erkinlik hamda burchlari bilan bevosita bog’liq. Bir so’z bilan aytganda, inson, fuqaro, jamiyat va davlat hayoti bilan bog’liq eng asosiy ijtimoiy munosabatlar tizimi konstitutsiyaviy huquqning asosi hisoblanadi va aynan shu munosabatlar zamirida konstitutsiyaviy tuzum asoslari vujudga keladi, shakllanadi va rivojlanadi.

Mamlakatimiz milliy huquq tizimida O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi deb keng ma’noda konstitutsiya va qonunlar asosida qurilgan, umuminsoniy qadriyatlar ustuvor deb topilgan xalqimizning hayot tarsi tushuniladi.

Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, ularda inson huquq va erkinligining eng oliy qadriyat sifatida mustahkamlanishi, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalarining tan olinishi kabi qoidalar bugungi kunda konstitutsionalizmning asosi sifatida qaralmoqda.

Konstitutsiyaviy huquq milliy huquq tizimidagi ko’plab huquq tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Biroq ta’kidlash joizki, huquq fanida «konstitutsiyaviy huquq» atamasi turli ma’nolarda qo’llaniladi. Bir tomondan, bu huquqning aniq bir tarmog’i, bunda «konstitutsiyaviy huquq» huquqning ko’plab xilma-xil tarmoqlaridan biri sifatida qatnashadi. Ikkinchi tomondan, mazkur atama «konstitutsiyaviy

huquq»ning yuridik fan tarkibiy qismi sifatidagi mazmunini ochib beradi. Uchinchidan esa, bu atama ostida ta’lim muassasalarida o’rganiladigan o’quv predmeti tushuniladi.

Huquqning tarmog’i sifatida konstitutsiyaviy huquq jamoatchilik munosabatlarini tartibga soladi. Fan sifatida davlat qurilishi, shaxs va fuqaroning huquqiy maqomi, davlatning faoliyati, tuzilishi va hokazolarni o’rganadi. O’quv predmeti sifatida esa ma’rifatchilik vazifasini bajaradi va sohada to’plangan bilimlarni tarqatadi.

KONSTITUTSIYAVIY TUZUM VA KONSTITUTSIYAVIY TAMOYILLAR

Konstitutsiyaviy tuzumning mazmun–mohiyatini anglash borasida konstitutsiya tomonidan o’rnatilgan tamoyillar salmoqli ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiyaviy huquq tizimining asosi hisoblangan tamoyillarning ahamiyati, avvalo, ularning mazmunida umuminsoniy qadriyatlarning yotganligi, xalqaro umum e’tirof etilgan qoidalarning ustuvorligi asosida yaratilganligi va ular o’z

navbatida milliy huquq tizimining poydevori bo’lib xizmat qilishi bilan ifodalanadi.

Konstitutsiyaviy tamoyillarning ahamiyatli jihati yana shunda namoyon bo’ladiki, ushbu tamoyillar shaxs, jamiyat va davlat munosabatlarining ustuvor yo’nalishlarini, eng ahamiyatli jihatlarini o’zida ifoda etadi. Birgina «davlat tuzumi» yoki «konstitutsiyaviy tuzum» deb ifodalanuvchi konstitutsiyaviy tushunchalarni qo’llashda qaysi manfaatlar ilgari surilayotganligini ilg’ab olish qiyin emas. Agar «davlat tuzumi» tushunchasining zamirida davlat manfaatlari yoki davlat hokimiyatining ustuvorligi kabi g’oyalar mujassam bo’lsa, «konstitutsiyaviy tuzum» tushunchasi asosan konstitutsiyaviy qoidalarning ustuvorligi, ya’ni konstitutsiya tamoyillarining amaliy ifodasini namoyon etadi va shu orqali konstitutsiyaviy-huquqiy munosabat himoya qilinayotganligi ko’proq anglanadi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi aniq ishlab chiqilgan tuzilmasi bilan ajralib turadi. Uning tuzilmaviy qismlariga muqaddima, 6 bo’lim, 26 bob va 128 modda kiradi. Konstitutsiyamizning kirish qismi — muqaddimada O’zbekiston xalqi inson huquqlariga va davlat suvereniteti g’oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, insonparvar demokratik huquqiy

davlat barpo etish vazifasini nazarda tutishi ko’rsatilgan.

Birinchi bo’lim normalarida davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, konstitutsiya va qonunning ustunligi, tashqi siyosatdagi umum tan olingan prinsiplari va xalqaro huquq normalari asosiy tamoyillar sifatida qayd etiladi.

Ikkinchi bo’lim normalari inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlarini tartibga soladi.

Uchinchi bo’lim normalari jamiyat va shaxs munosabatlarining xususiyatlarini ochib beradi.

To’rtinchi bo’lim normalari davlatimizning ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishini belgilaydi.

Davlat hokimiyatining tashkil etilishi beshinchi bo’lim normalarida tartibga solinadi.

Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish tartibi oltinchi bo’lim normalarida ko’rsatiladi.

KONSTITUTSIYAVIY TUZUM VA HUQUQIY TARTIBOT

Har bir davlatda huquq va tartibotning mavjudligi konstitutsiyaviy tuzumning kafolati bo’lib xizmat qiladi. Aslida ham bu ikki tushuncha bir-birining mavjudligini taqozo etadi. Konstitutsiyaviy tuzumning tarkibidan huquq-tartibot ham o’rin oladi va o’z o’rnida konstitutsiyaviy tuzumning amalda bo’lishini ta’minlaydi.

Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi.   O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 43-modda

Har bir shaxsga o’z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g’ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 44-modda

Konstitutsiyaviy tuzumning himoya qilinishi va barqarorligi davlat hokimiyati faoliyatining samarali yo’lga qo’yilishi bilan bevosita bog’liqdir. Davlat hokimiyati o’z faoliyatini oshkora, xalqni xabardor qilib turish yo’li bilan amalga oshirishi zarur.

Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi.

Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo’l qo’yilmaydi.        O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 58-modda

8-§. INSONPARVARLIK PRINSIPI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYAVIY

TUZUMINING ASOSI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA INSON

HUQUQ VA ERKINLIKLARINING BELGILANISHI

Konstitutsiya fuqarolarning, ular qayerda bo’lishlaridan qat’i nazar, qonun tomonidan kafolatlangan davlat himoyasida ekanliklarini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, asosiy qonunda jamiyatning hayot faoliyati sohalaridan kelib chiqib, huquq va erkinliklar taqsimlab berilgan.

Shaxs va davlat munosabatlari nafaqat har bir milliy huquq tizimi, balki xalqaro huquqning ham eng muhim obyekti hisoblanib, ushbu munosabatlarni insoniylik mezonlari asosida tashkil qilish har bir jamiyat va davlat zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi.

Insonparvarlik prinsipi shuni bildiradiki, respublikamizdagi barcha fuqarolar umumiy asosda teng huquqlardan foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega bo’ladilar.

Konstitutsiyamiz insonning erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqlarini qat’iy belgilabgina qolmay, uning sha’ni va obro’yini ham muhofaza etadi. Fuqarolar huquq va erkinliklarining ta’minlanishi mamlakat gullab-yashnashiga zamin yaratadi va demokratik davlat qurilishining kafolati bo’lib xizmat qiladi. Konstitutsiya inson huquqlari va erkinliklari butun tizimining poydevoridir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 1-avgustdagi Farmoniga muvofiq 2008-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatimizda jinoiy jazolashning o’limga mahkum etish turi bekor qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqaro hamjamiyat e’tirof etgan insonparvarlik prinsiplariga ko’ra, xalqimiz farovonligini ta’minlash uchun xizmat qilmoqda, inson haq-huquqlari va erkinliklarining ustuvorligini ta’minlamoqda. Bu esa xalqaro huquqning umume’tirof etilgan, umumjahon miqyosida tan olingan barcha muhim qoidalari va prinsiplariga to’la mos keladi.

XALQ HOKIMIYATCHILIGI

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayidir. Demos (yunoncha) – «xalq», kratos – «boshqaruv » degan ma’noni bildiradi. Demak, demokratiya – xalqning xohish-irodasini aks ettiradi.

Demokratiya – insonning davlat ishlarini hal qilishda yashirin ovoz berish orqali yoki boshqa shaklda bevosita ishtirok etishidir. Vakillik demokratiyasi — insonning davlat ishlarini hal etishda o’zi saylagan vakillari, ya’ni deputatlar orqali ishtirok etishidir. Shuning uchun ham O’zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishga haqli.

Bevosita demokratiya shakllari xalq suverenitetining aniq ifodasi sifatida maydonga chiqadi. Davlat va boshqa ijtimoiy hokimiyatlar xalq irodasiga bilvosita xizmat qilsa, bevosita demokratiya shakllari, ya’ni referendum va xalq muhokamasi kabi siyosiy tadbirlar xalq hokimiyatchiligining negizi hisoblanadi.

Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayidir. O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko’zlab va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.

Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o’zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to’xtatib qo’yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 7-modda

O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining faoliyati inson huquqlarini himoya qilish, ta’minlash va kafolatlashdan iborat bo’lib, mazmunan yangi konstitutsiyaviy tuzum yaratish borasida amalga oshirilgan barcha islohotlar zamirida «Islohotlar – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning manfaatlari uchun» deb yuritilgan hayotiy shior yotadi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlangan normalar yuqorida keltirilgan vazifalarni bajarish uchun asos bo’ladi.

FUQAROLARNING SIYOSIY HUQUQLARI

Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari tizimida siyosiy huquqlar alohida o’rin egallaydi, chunki bu huquqlar fuqarolarning davlatni va jamiyat ishlarini boshqarishidagi ishtiroki bilan bog’liqdir.

Siyosiy huquq va erkinliklar deyilganda insonlarning bevosita siyosiy manfaatlariga tegishli huquqlar tushuniladi. Siyosiy huquqlar shaxsning siyosiy jarayon va davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlarini ifodalaydi.

Siyosiy huquq va erkinliklar insonning davlat fuqaroligiga ega bo’lishi bilan bog’liqdir. Fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda, davlat hokimiyati organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarini saylov yo’li bilan shakllantirishda ishtirok etish huquqi eng muhim siyosiy huquqlardan biri hisoblanadi.

Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi demokratik huquqiy davlatning muhim prinsiplaridan biridir. Konstitutsiyada xalqning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirokini amalga oshirish shakllari ifodalangan. O’zbekiston fuqarolari oliy va mahalliy vakillik organlariga saylaydigan o’z vakillari orqali davlat hokimiyatini boshqarishda

ishtirok etadilar.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarga siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalariga birlashish huquqini Konstitutsiya va qonunlarga zid kelmagan holatlarda amalga oshirishlari mumkinligi belgilab qo’yilgan. Vakolatli organlarga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish — bu fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etishining amaliy

shakllaridan biri bo’lib, bu huquq — fuqarolarning siyosiy faolligini namoyon qilishlarini, shuningdek o’zlarining huquqlarini himoya qilishning muhim vositalaridan biridir.

Fuqarolarning murojaatlari mazmuniga ko’ra uch shaklda bo’ladi:

– taklif;

– ariza;

– shikoyat.

Fuqarolarning murojaatlari, qanday shaklda, ya’ni ariza, shikoyat yoki taklif shaklida bo’lishidan qat’i nazar, ular rasmiylashtiriladi.

FUQAROLARNING KONSTITUTSIYAVIY BURCH VA MAJBURIYATLARI

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi nafaqat fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklarini, balki ularning majburiyatlarini ham belgilaydi.

Ijtimoiy hayot shunday tuzilganki, inson mutlaq erkinlikdan foydalana olmaydi.

Chunki jamiyatda yashar ekan, atrofidagi odamlarni hisobga olmay iloji yo’q. Boshqa shaxslar manfaatlariga zid qo’llanilgan erkinlik ushbu shaxslarga muayyan zarar yetkazadi. Aynan shuning uchun O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasida: «Fuqarolar o’z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart» ekanligi alohidata’kidlangan. 47-moddaga muvofiq esa: «Barcha fuqarolar Konstitutsiyada  belgilab qo’yilgan burchlarni bajaradilar».

48-modda. Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.

49-modda. Fuqarolar O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir.

50-modda. Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar.

51-modda. Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lashga majburdirlar.              O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

III-BO’LIM. MA’MURIY HUQUQ ASOSLARI

9-§. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MA’MURIY HUQUQ

MA’MURIY HUQUQ TIZIMI VA MANBALARI

Ma’muriy huquq — davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan jamoatchilik munosabatlarini tartibga soladigan huquq tarmog’i. Avvalambor bu ijroiya hukumati tomonidan davlatning xo’jalik, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’muriy-siyosiy jarayonlarini boshqarish bo’yicha funksiya va vazifalarini bajarishda kundalik amaliy faoliyat jarayonida vujudga keladigan boshqaruv munosabatlaridir.

Ma’muriy huquq tizimi – ma’muriy huquq normalari va institutlarini birlashtiradi.

Ma’muriy huquq quyidagi munosabatlarni tartibga soladi:

—— tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga bo’ysunadigan davlat organlari (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, qo’mitalar, hokimliklar);

—— bir-biriga bo’ysunmaydigan davlat idoralari (ikki vazirlik, ikki hokimlik);

—— davlat idora organlari va ularga bo’ysunadigan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o’rtasidagi munosabatlar;

—— davlat idora organlari va birlashmalari o’rtasidagi munosabatlar;

—— davlat idora organlari va fuqarolar o’rtasidagi munosabatlar.

Ma’muriy huquq – huquq tizimining mustaqil tarmog’i sifatida davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig’indisidan iborat.

Ma’muriy huquq me’yorlari juda rang-barang. Ularga turmushdagi xatti-harakat, tabiatni muhofaza qilish, suvdan foydalanish me’yorlari, yong’indan saqlash qoidalari, transportdagi xavfsizlik me’yorlari va boshqa ko’p narsalar kiradi. Bu qoidalarning hammasiga albatta rioya etish zarur.

Tamoyil Mazmuni  
1 Qonuniylik   Davlat, uning idoralari, mansabdor shaxslar, fuqarolarning jamoatchilik birlashmalari o’z faoliyatlarini Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq amalga oshirishlari lozim.
2 Fuqarolarning qonun oldida teng huquqliligi O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquqqa va erkinlikka egadirlar hamda qonun oldida teng huquqlidirlar.
  Demokratiya Fuqarolarning jamoat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatlari va huquqlarini bildiradi.
  Gumanizm (insonparvarlik) Insonning eng yuksak qadr-qimmatini tan olish va uning obro’-e’tiborini hamda huquqi va erkinligi daxlsizligini hurmat qilishdir.
  Adolat   Inson shaxsiga, uning jinsi, irqi, millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, xolis va beg’araz munosabatda bo’lish.
  Ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi Ma’muriy qonunbuzarlik qilgan bironta shaxs javobgarlikka tortilmay qolmaydi.

Ma’muriy huquq manbalari sirasiga:

—— O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;

—— Konstitutsiyaviy qonunlar;

—— O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari;

—— O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;

—— O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarining yo’riqnomalari, nizomlari;

—— mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari kiradi.

MA’MURIY HUQUQ SUBYEKTLARI

Ma’muriy huquq ijtimoiy sohaning turli sohalarini tartibga soladigan davlat hukumat organlarining faoliyati bilan chambarchas bog’liq. Jamiyatning hayoti boshqaruvga muhtoj, chunki sanoat ham, qishloq xo’jaligi ham, madaniyat va ma’rifat ham o’z-o’zidan rivojlanmaydi.

Prezident, davlat boshqaruvi organlarining xizmatchilari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslari va xizmatchilari, 16 yoshga to’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet elliklar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, jamoat birlashmalari ma’muriy huquq subyektlari hisoblanadi.

Davlat hokimiyatining oliy idorasi — Oliy Majlis qanday qonunlar qabul qilmasin (harbiy majburiyat, ta’lim tizimini isloh qilish, qo’shma korxonalar, ijara yoki onalik va bolalikni muhofaza qilish va hokazo), ularning har biri ro’yobga chiqarilishi kerak. Davlat boshqaruvining mahalliy va markaziy idoralari buning uchun shart-sharoit yaratadi. Davlat boshqaruvining markaziy idoralariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari kiradi.

Ularning har biri iqtisodiyot, madaniyatning alohida tarmoqlarini boshqaradi.

Masalan, Ichki ishlar vazirligi mamlakatda huquq-tartibotni ta’minlash bilan bog’liq masalalarni hal etadi, Xalq ta’limi vazirligi esa ta’lim muassasalari faoliyatiga rahbarlik qiladi va hokazo.

Mahalliy hokimiyat idoralariga hokim boshchiligidagi hokimliklar kiradi, ular viloyat, shahar yoki tumanda ijroiya va farmoyish chiqarish hokimiyati bo’lib, kundalik tezkor ishlarni bajaradi.

Ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoat tashkilotlari ham ishtirok etadi. Mahalliy muammolarni hal etishda o’zini o’zi boshqaruvchi mahalliy idoralar, masalan, fuqarolar yig’inlari va oqsoqollar, kasaba uyushmasi qo’mitalari va hokazolar katta ahamiyatga ega. Ular o’z vazifalarini ko’ngillilik asosida bajaradilar.

Jamoat tashkilotlarining qarorlari faqat ana shu tashkilotga kiruvchi fuqarolar uchun majburiydir.

10-§. MA’MURIY HUQUQBUZARLIK

VA MA’MURIY JAVOBGARLIK

MA’MURIY JAVOBGARLIK TO’G’RISIDAGI QONUN HUJJATLARI

Huquqshunoslik fanida jazoning muqarrarligi aytilgan. Bu narsa har qanday huquqbuzarlik huquqiy javobgarlik bilan bog’langanini anglatadi. Shuning uchun huquqning har bir sohasi, jumladan ma’muriy huquq ham belgilangan qoidalarni buzganlik uchun qonuniy javobgarlik choralarini nazarda tutadi. Huquqiy javobgarlikning maqsadi nafaqat huquqbuzarlikni ogohlantirish

va uning oldini olishdan, balki insonni tarbiyalash, unga noqonuniy xatti-harakatining xavfini anglashiga ko’mak berishdan ham iboratdir.

Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeks qoidalari mazkur Kodeksga kiritilmagan qonun hujjatlarida sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarga ham taalluqlidir.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO’G’RISIDAGI KODEKSI

O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi O’zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlan gan. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 22-sentabrdagi Qarori bilan 1995 yil 1-apreldan joriy etilgan. Hozirgi paytga qadar unga ko’plab o’zgarishlar kiritilgan.

Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi qonun hujjatlari inson va jamiyat farovonligi yo’lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarning o’z vaqtida va obyektiv ko’rib chiqilishini, shuningdek bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi.

Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ushbu Kodeks qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo qo’llanilishi va ijro etilishini belgilaydi.

Ma’muriy majburlash — ma’muriy hokimiyatni amalga oshirish bo’yicha maxsus vakolatlarga ega bo’lgan ijro organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan tashkiliy, jismoniy va ruhiy ta’sir o’tkazish. Ta’sir o’tkazish huquqiy ko’rsatmalarning ijro etilishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Ma’muriy majburlash nafaqat alohida shaxslarga, balki tashkilotlarga nisbatan ham qo’llaniladi.

Ma’muriy huquqbuzarlik deganda qonun hujjatlariga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g’ayrihuquqiy,aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi..

11-§. MA’MURIY JAZO VA UNING TURLARI

MA’MURIY JAZONI ANIQLASHNING HUQUQIY ASOSLARI

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo’llanilishi mumkin:

1) jarima;

2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo’lgan ashyoni haqini to’lash sharti bilan olib qo’yish;

3) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo’lgan ashyoni musodara qilish;

4) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;

5) ma’muriy qamoqqa olish;

6) chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni O’zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish.

Ushbu modda birinchi qismining 2-6-bandlarida sanab o’tilgan ma’muriy jazo choralari faqat O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanishi mumkin.

Ma’muriy qamoqqa olish 3 sutkadan 15 sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun — o’ttiz sutkagacha muddatga qo’llaniladi va sudya tomonidan tayinlanadi.

Ma’muriy jazo javobgarlikka tortish chorasi bo’lib, u ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek ana shu huquqbuzarning o’zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida qo’llaniladi.

Ma’muriy jazoning maqsadi:

—— ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash;

—— ana shu huquqbuzarning o’zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish.

JARIMA SOLISH, NARSANI OLIB QO’YISH (MUSODARA QILISH), MAXSUS IMTIYOZLAR (HUQUQLAR)DAN MAHRUM ETISH TARTIBI

O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 332-moddasiga muvofiq, jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to’g’risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o’n besh kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda —shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to’g’risida xabar berilgan kundan

boshlab o’n besh kundan kechiktirmay to’lanishi lozim.

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va videoni qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo’l harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimani huquqbuzar jarima solish to’g’risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab oltmish kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda esa, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to’g’risida

xabar berilgan kundan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay to’lashi lozim.

O’n olti yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan shaxslarning mustaqil ish haqi bo’lmagan taqdirda, jarima ularning ota-onalari yoki ular o’rnini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima huquqbuzar tomonidan tegishli bank muassasasiga to’lanadi, huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o’zida undirib olinadigan jarima bundan mustasno.

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyo bo’lgan narsani musodara qilish to’g’risidagi qaror O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlarining davlat ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi.

Transport vositalarining haydovchilari va ov qilish qoidalarini buzgan shaxslar maxsus huquqdan mahrum etish to’g’risida qaror chiqarilgan kundan boshlab

shunday huquqdan mahrum etilgan deb hisoblanadilar.

MA’MURIY HUQUQBUZARLIKLAR TO’G’RISIDAGI ISHLARNI:

—— ma’muriy ishlar bo’yicha sudyalar;

—— tuman markazidan olisda joylashgan shaharcha, qishloq va ovul fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish idoralari qoshidagi ma’muriy komissiyalar;

—— voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug’ullanuvchi tuman (shahar) komissiyalari;

—— ichki ishlar idoralari;

—— Mudofaa vazirligi idoralari;

—— O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari;

—— davlat yong’in nazorati idoralari va boshqalar kо’rib chiqadilar.

IV-BO’LIM. FUQAROLIK HUQUQI ASOSLARI

12-§. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FUQAROLIK HUQUQI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI FUQAROLIK HUQUQINING ASOSI

O’zbekistonda fuqarolar huquq munosabatlarini davlatning Asosiy qonuni — Konstitutsiya, shuningdek 1997-yil 1-martdan amalga kiritilgan O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi tartibga soladi.

Biz har kuni turli xil mulkiy tusdagi huquq munosabatlariga kirishamiz: do’konlarda xarid qilamiz, sovg’alar olamiz, jamoat transportida yuramiz va hokazo. Ijtimoiy munosabatlarning mazkur barcha toifalarini tovar-pul shakli birlashtiradi: biz tovar yoki xizmat uchun qanchadir pul to’laymiz. Bunday ijtimoiy munosabatlar fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadi.

                Fuqarolik huquqi deyilganda huquqning me’yorlari mulkiy hamda u bilan bog’liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni (sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni) tartibga soladigan sohasi tushuniladi.

O’zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi manbalariga quyidagilar kiradi:

—— Konstitutsiya;

—— Fuqarolik kodeksi;

—— amaldagi qonunlar;

—— qonun kuchiga ega hujjatlar (Prezident Farmonlari, Oliy Majlis qarorlari, Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari, mahalliy hokimiyat hujjatlari);

—— O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;

—— ish muomalasi rasm-rusumlari (qonunlarda nazarda tutilmagan harakatlar);

—— mahalliy odat va an’analar.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIK KODEKSI

Fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellectual faoliyat natijalariga bo’lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o’zga majburiyatlarni,shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog’liq shaxsiy nomulkiy

munosabatlarni tartibga soladi.

Huquq tarixidan

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi O’zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi va 1996-yil 29-avgustdagi Qonuni bilan tasdiqlangan. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustdagi Qarori bilan amalga joriy etilgan. 6 bo’lim, 71 bob va 1199 moddadan iborat. Hozirgi paytga qadar ko’plab o’zgartirishlar kiritilgan.

FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLAR ISHTIROKCHILARI

Fuqarolar, yuridik shaxslar, shuningdek davlat fuqarolik huquqi subyektlari hisoblanadi.

Huquqiy munosabatlar subyektlarining yakka tartibdagi va jamoa turlari mavjud.

Yakka tartibdagi subyektlar (jismoniy shaxslar)ga:

—— O’zbekiston Respublikasi fuqarolari;

—— fuqaroligi bo’lmagan shaxslar;

—— ajnabiy fuqarolar kiradi.

Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deyilganida O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlar fuqrolari, shuningdek fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tushuniladi.Bunda fuqaroligi bo’lmagan shaxslar va ajnabiy fuqarolar O’zbekiston Respublikasi fuqarolari singari fuqarolar huquq munosabatlariga kirishishi mumkin.

Qonunda belgilanadi:

Fuqarolar:

—— mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo’lishlari;

—— mol-mulkni meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldirishlari;

—— bankda jamg’armalarga ega bo’lishlari;

—— tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo’jaligi bilan hamda qonunda taqiqlab qo’yilmagan boshqa faoliyat bilan shug’ullanishlari;

—— yollanma mehnatdan foydalanishlari;

—— yuridik shaxslar tashkil etishlari;

—— bitimlar tuzishlari va majburiyatlarda ishtirok etishlari;

—— yetkazilgan zararning to’lanishini talab qilishlari;

—— mashg’ulot turini va yashash joyini tanlashlari;

—— fan, adabiyot va san’at asarlarining, ixtironing, qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat natijalarining muallifi huquqiga ega bo’lishlari mumkin.Fuqarolar boshqa mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ham ega bo’lishlari mumkin.

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 18-modda.

Jamoa subyektlariga yuridik shaxslar kiradi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida yuridik shaxslarning ikki turi qayd etilgan:

—— foyda olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan tijoratchi tashkilotlar (to’liq va kommandit shirkatlar, cheklangan va qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar, aksiyadorlik jamiyatlari, unitar korxonalar va boshqalar);

—— foyda olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan notijorat tashkilotlar (matlubot kooperativlari, jamoat birlashmalari, fondlar,fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish idoralari va boshqalar).

Fuqarolik huquqi subyekti sifatida davlat huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari bilan bir хil asoslarda ish ko’radi. Bunda, umumiy qoidaga muvofiq,davlat va u tashkil etgan yuridik shaxslar bir-birlarining majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydi.

Qonunda belgilanadi:

O’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan,sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.

Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lishlari kerak.

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi,39-modda.

HUQUQIY LAYOQAT VA MUOMALA LAYOQATI

Huquqiy munosabatlar subyekti bo’lish uchun shaxslar huquqiy layoqat yoki muomala layoqatiga ega bo’lishlari kerak.

Huquqiy layoqat — fuqarolarning huquq va burchlarga ega bo’lish layoqati. Fuqaroning huquqiy layoqati u tug’ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va butun hayoti davomida saqlanadi.

Muomala layoqati — shaxsning o’z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo’lish va ularni amalga oshirish, o’zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati. Bu ruhiy va yosh cheklanishlari bilan bog’liq.

Muomala layoqati quyidagicha bo’ladi:

—— to’la hajmdagi (18 yoshdan boshlab);

—— voyaga yetmaganlar (14 yoshdan 18 yoshgacha);

—— kichik yoshdagi voyaga yetmaganlar (7 yoshdan 14 yoshgacha).

Fuqarolik kodeksiga voyaga yetmaganlar emansipatsiyasi tushunchasi kiritildi. Lotin tilidan tarjima qilinganda «emansipatsiya» so’zi «tobelikdan ozodlikka chiqish, huquqlarda tenglashish» ma’nosini anglatadi. Voyaga yetmaganlar quyidagi hollarda to’liq yuridik salohiyatga ega deb tan olinadi:

—— 16 yoshga yetganidan so’ng;

—— yovaga yetmagan shaxs tomonidan mehnat shartnomasi tuzish yoki tadbirkorlik faoliyati yuritishga ham otasi, ham onasining roziligi olinganida.

14 yoshga yetmagan (voyaga yetmagan — kichik yoshdagi bolalar) mayda maishiy bitimlarni bajarishga (masalan, do’kondan non xarid qilish, shuningdek ota-onasi yoki uchinchi shaxslardan olgan pul mablag’idan foydalanishga) haqli. Bundan tashqari, kichik yoshdagi bolalar evazsiz (badalsiz) manfaat ko’rishga qaratilgan ba’zi bitimlarni (tug’ilgan kunda sovg’a qilish) amalga

oshirishlari mumkin. Kichik yoshdagi bolalar bajargan bitimlar uchun ularning ota-onasi javobgar bo’ladi.

14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan voyaga yetmaganlar bitimlarni o’z ota-onalarining yozma roziligi bilan tuzishga haqlidirlar. Ular mustaqil ravishda o’z ish haqi, stipendiyasi, bankdagi omonatini tasarruf etish, mualliflik huquqidan foydalanishlari mumkin.

Fuqaroning muomalaga layoqatliligi nafaqat uning yoshiga (olti yoshgacha bolalar muomalaga layoqatsizdir), balki ruhiy sog’ligining holatiga ham bog’liqdir. Fuqaro o’z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan ruhiy kasallik (aqli zaiflik) fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topishga asos bo’lib, fuqaro, shuningdek, o’z harakatlarining ahamiyatini tushunsa-da, ammo ularni boshqara olmagan taqdirda ham muomalaga

layoqatsiz deb topilishi mumkin.

Fuqaro faqat sud tartibida muomalaga layoqatsiz deb topilishi mumkin,bu esa uning huquqlarini kafolatlaydi va muhofazalaydi. Fuqaro muomalaga layoqatsiz deb topilganidan so’ng bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi. Vasiy muomalaga layoqatsiz fuqaroning qonuniy vakili bo’lib, uning huquqlarini himoya qiladi hamda uning nomidan bitimlar va yuridik ahamiyatga ega boshqa harakatlarni amalga oshiradi. Basharti fuqaro muomalaga layoqatsiz deb topilishiga sabab bo’lgan asoslar bekor bo’lsa, sud sog’aygan fuqaroni muomalaga layoqatli deb topish hamda uning ustidan belgilangan vasiylikni bekor qilish haqida hal qiluv qarori chiqaradi.

13-§. BITIMLAR VA VAKILLIK

BITIMLARGA QO’YILGAN TALABLAR, ULARNING TURLARI VA SHAKLLARI

Shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan hamda fuqarolik huquqi bilan belgilangan harakatlar bitim deyiladi. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq bitimlarga quyidagi talablar qo’yiladi:

1. Qonuniylik. Qonunga zid harakatlar ta’qib qilinadi va jazolanadi. Misol uchun, giyohvandlik vositalari va qurol-yarog’ bilan savdo qilishni qonuniy deb bo’lmaydi.

2. Taraflarning yetarlicha huquqiy layoqati. Eslang, 18 yoshga to’lmagan shaxslar to’liq hajmda o’z huquqlarini amalga oshirishi va yuridik burchlarga ega bo’lishi mumkm emas. Demak, bitimlar aksariyat hollarda muomalaga to’liq layoqatli shaxslar tomonidan tuziladi.

3. Ixtiyoriylik. Ixtiyoriylik qoidasi qo’rqitish, yanglishish, aldash va zo’rlik bilan

tuzilgan bitimlarni taqiqlaydi.

4. Shaklga rioya qilish. Qonunlar bilan bitimlarning quyidagi shakllari belgilangan: og’zaki yoki yozma (oddiy yoki notarial tasdiqlangan). Bitimlar qonunda ko’rsatilgan hollarda yoki taraflardan birining talabi bo’yicha notarial tarzda tasdiqlanadi. Ko’chmas mulk ishtirokida tuzilgan

bitimlar davlat tomonidan ro’yxatga olinishi shart.

Bitimlar bir taraflama (bu hollarda faqat bir tarafning xohishi zarur bo’ladi — mulkni meros qoldirish, sovg’a qilish), ikki taraflama yoki ko’p taraflama (shartnomalar) bo’ladi.

Bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o’zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga aytiladi.

О’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi,101-modda

BITIMLARNING HAQIQIY EMASLIGI

Haqiqiy bo’lmagan bitim hech qanday yuridik oqibatlarga olib kelmaydi. Bitim haqiqiy bo’lmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim bo’yicha olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani aslicha qaytarib berish mumkin bo’lmaganida esa, agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilgan bo’lmasa, uning qiymatini pul bilan to’lashi shart.

Quyidagi hollarda bitimlar haqiqiy emas deb tan olinadi:

—— qonun talab qiladigan shakliga rioya etmaslik;

—— qonun hujjatlarining talablariga muvofiq bo’lmagan;

—— o’n to’rt yoshga to’lmagan shaxs tomonidan tuzilgan;

—— o’n to’rt yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan voyaga yetmagan shaxs tomonidan uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining roziligisiz tuzilgan;

—— ruhiy kasalligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan;

—— muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan homiysining roziligisiz tuzilgan;

—— bitimni tuzish paytida o’z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara

olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan;

—— yanglishish ta’sirida tuzilgan;

—— aldash, zo’rlik, qo’rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi yoki og’ir holatlar yuz berishi ta’sirida tuzilgan,ikkinchi taraf esa bundan foydalanib qolgan (asoratli bitim);

—— qalbaki va ko’zbo’yamachilik uchun, yuridik oqibatlar tug’dirish niyati bo’lmagan holda, nomigagina tuzilgan bitim (qalbaki bitim);

—— yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqadigan, ya’ni yuridik shaxs tomonidan uning ustav maqsadlariga zid holda tuzilgan yoki tegishli faoliyat bilan shug’ullanishga litsenziyasi bo’lmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan.

VAKILLIK

Vakillik — ishonchnomaga, qonunga, sud qaroriga yoki vakil qilingan davlat organining hujjatiga asoslangan vakolat bilan bir shaxs (vakil) tomonidan oshqa shaxs (vakolat beruvchi) nomidan tuzilgan bitimdir.

O’z xarakteriga ko’ra faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo’lgan bitimni vakil orqali tuzishga yo’l qo’yilmaydi. Muomalaga layoqatsiz fuqarolar nomidan bitimlarni ularning ota-onalari, farzandlikka oluvchilari va vasiylari tuzadilar.

Bitimlar ishonchnoma bo’yicha tuzilishi ham mumkin. Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi.

Ishonchnoma oddiy yozma shaklda yoki notarial shaklda rasmiylashtiriladi. Ishonchnoma ko’pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar ishonchnomada muddat ko’rsatilgan bo’lmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida o’z kuchini saqlaydi. Berilgan sanasi ko’rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas.

14-§. MULK HUQUQI VA BOSHQA ASHYOVIY HUQUQLAR

MULK HUQUQINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI

Atrofimizdagi narsalar — biror shaxs egalik qiladigan yoki foydalanadigan predmetlar, buyumlar, obyektlarning hammasi mulk demakdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (36-modda) har bir inson mulkka ega bo’lish huquqi qayd qilingan.

Mulk huquqi shaxsning o’ziga tegishli mol-mulkka o’z ihtiyoriga ko’ra egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.

Mulkdan «foydalanish» undan foydali xossalarni olish (samarani olish, daromad topish) demakdir.

Mol-mulkka «egalik qilish» esa: uni sotish, almashtirish yoki sovg’a qilish huquqiga; o’zgartirish, ya’ni xossalarini yaxshilash yoki yomonlashtirish huquqiga; mol-mulkni yo’q qilish huquqiga ega bo’lishdir.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MULK SHAKLLARI.MULK HUQUQINING SUBYEKTLARI VA OBYEKTLARI

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida»gi Qonunga ko’ra mamlakatimizda mulk daxlsizdir. Har bir kishi mulkka egalik qilish huquqiga ega. O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq farovonligining o’sishiga imkoniyat yaratuvchi har qanday shakldagi mulkchilik bo’lishiga ruxsat beriladi. Mulkchilikning hamma shakllari daxlsiz bo’lishiga va ularning rivojlanishi uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi.

Mulk huquqi shaxsning o’ziga qarashli mol-mulkka o’z xohishi bilan va o’z manfaatlarini ko’zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o’zining mulk huquqini, kim tomonidan bo’lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir.

O’zbekiston Respublikasi mulkdorga qarashli bo’lgan mol-mulkni saqlash va ko’paytirib borish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi. Mulkka egalik huquqi daxlsizdir, uni qonun himoya qiladi.

O’zbekiston Respublikasida mulk xususiy mulk va jamoat mulki shakllarida bo’ladi. Bunda xususiy mulk huquqining subyektlari fuqarolar hamda nodavlat yuridik shaxslar

bo’lishi mumkin, jamoat mulki huquqi subyekti esa davlat hisoblanadi.

Mulk huquqining vujudga kelish asoslari quyidagilardan iborat:

—— mehnat faoliyati;

—— mol-mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa xo’jalik faoliyati,

—— shu jumladan mol-mulkni yaratish, ko’paytirish, bitimlar asosida qo’lga kiritish;

—— davlat mol-mulkini xususiylashtirish;

—— meros qilib olish;

—— egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat;

—— qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa asoslar.

Mulk huquqi mulkdorning ixtiyoriy suratda majburiyatni bajarishi, mulkdorning mol-mulk taqdirini hal qiladigan bir tomonlama qaror qabul qilishi, sud qarori asosida mol-mulkni olib qo’yish (sotib olish) yo’li bilan, shuningdek mulk huquqini bekor qiluvchi qonun hujjatlariga asosan bekor bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi,197-modda.

Mol-mulkni yo’q qilish (tugatish) natijasida mulk huquqini bekor qilishga qonunlarga zid bo’lmagan hollarda yo’l qo’yiladi.

Mulkdor tomonidan tarixiy yoki madaniy boylik bo’lgan mol-mulkning yo’q qilinishiga yo’l qo’yilmaydi. Alohida hollarda sud qarori bilan mazkur mol-mulk musodara qilinishi yoki agar u yo’q qilingan bo’lsa, uning qiymati undirib olinishi mumkin.

Mol-mulkni yuridik shaxsning balans hisobidan chiqarish natijasida mulk huquqining bekor qilinishi qonun hujjatlarida yoki ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi,198-modda.

15-§. FUQAROLIK-HUQUQIY SHARTNOMALAR SHARTLARI

FUQAROLIK-HUQUQIY SHARTNOMALARNI TUZISHNING ASOSIY SHARTLARI

Fuqarolik-huquqiy shartnomalar hayotimizning barcha sohalarida, shu jumladan davlatlararo munosabatlarda ham keng qo’llaniladi. Chunonchi, fuqarolar huquq munosabatlarini tartibga solishda shartnomalar asos bo’lib xizmat qiladi. Jismoniy va yuridik shaxslar ularning ishtirokchilari bo’lishi mumkin.

Shartnoma ishtirokchilar o’rtasida har xil munosabatlar o’rnatilishining samarali shakli hisoblanadi. U taraflar o’zaro munosabatlari xususiyatlarini hisobga olish, har birining manfaatlarini kelishtirish imkonini beradi, shuningdek ishtirokchilarga yuridik kafolatlar taqdim etadi.

Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o’zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi.

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi,353-modda.

Fuqarolik-huquqiy shartnomaning asosiy belgilari:

—— shartnoma ixtiyoriy asosda tuziladi;

—— shartnoma taraflari ikki yoki undan ortiq shaxs bo’lishi mumkin;

—— shartnomalarda taraflarning bir-biriga nisbatan huquqlari va burchlari vujudga kelishi, o’zgarishi yoki bekor qilinishi qayd etiladi;

—— taraflar taklif etgan barcha shartlar bo’yicha kelishilganidan keyin shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Taraflar shartnoma tuzilishi uchun barcha asosiy shartlarni o’z ichiga olgan takliflarni kiritadi. Odatda oferta (lotincha offertus — taklif qilingan) muayyan shaxsga qaratilgan bo’ladi. Noaniq shaxslar doirasiga yo’naltirilgan oferta ommaviy deb ataladi, masalan, gazetada avtomobil, xonadon, mebel va hokazolarni sotish to’g’risida chop qilingan e’lon.

Fuqarolik huquqida kontragentning shartnomani tuzish to’g’risidagi taklif bilan roziligi xat yoki telegramma, faks, SMS va boshqa shakllarda ifodalanadi. Keyinchalik taraflar shartnoma shartlarini batafsil kelishib oladi.

SHARTNOMANI TUZISHNING ASOSIY QOIDALARI

Agar taraflar o’rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo’lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Shartnoma taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo’llashi va ikkinchi taraf uni akseptlashi (taklifni qabul qilishi) yo’li bilan tuziladi.

Muhim shartlarga birinchi navbatda shartnomaning predmeti to’g’risidagi shartlar kiritiladi. Shartnomalar aynan predmetiga ko’ra bir-biridan ajratiladi. Masalan, oldi-sotdi shartnomasi, ayirboshlash shartnomasi, mulk ijarasi shartnomasi, pudrat shartnomasi va hokazo.

Shartnoma taraflarning kelishuvi bo’lib hisoblangani uchun, taraflar yoki ulardan birontasi u yoki bu masalada kelishuvga erishish zarurligini talab qilsa, bu ham shartnomaning muhim shartini tashkil etadi. Bunda tarafning bayon qilish shakli og’zaki ham, yozma ravishda ham bo’lishi mumkin.

Oferta yo’llagan shaxs uning akseptini olgan paytda shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Agar qonunga muvofiq shartnoma tuzish uchun mol-mulkni topshi rish ham zarur bo’lsa, shartnoma tegishli mol-mulk topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.

Shartnomaning ijro muddati taraflar tomonidan kelishiladi va shartnomaning o’zida qayd qilinadi. Bunda shartnomani bajarish muddatlari buzilsa. qo’llaniladigan jazo choralari ham shartnomaga kiritilishi mumkin. Shartnoma mamlakat qonunlariga zid ravishda tuzilgan bo’lsa yoki boshqa (bitim paytida kelishib ko’rsatilgan) hollarda haqiqiy emas, deb topilishi mumkin.

HADYA VA XAYR-EHSON SHARTNOMALARI

Shubhasiz, har birimiz Yangi yilda, tug’ilgan kun yoki shunchaki ota-ona mukofot puli olgani munosabati bilan sovg’a (hadya) olganmiz. Sovg’a olish hammaga ham yoqadi. Lekin sovg’a olish ham fuqarolar huquqiga kiradimi? Albatta! Axir bunda sovg’a (hadya)ga egalik qilish huquqi sovg’a (hadya) beruvchidan uni oluvchiga o’tadi.

Shuning uchun hadya shartnomasi predmeti har doim aniq belgilangan deyish mumkin. Bunda ko’char va ko’chmas mulk ishtirokidagi bitimlar haqidagi me’yorlar hadya shartnomasiga ham to’liq taalluqli bo’ladi.

Xayr-ehson shartnomasi hadya shartnomasiga yaqin turadi. Ular orasidagi farq quyidagilardir:

—— xayr-ehson fuqarolar, shifoxonalar, tarbiya muassasalari, fondlar, muzeylar va hokazolarga, shuningdek davlatga umumfoydali maqsadlarda amalga oshiriladi;

—— xayr-ehsonni bekor qilish mumkin emas, uni olish uchun kimningdir roziligi shart emas;

—— merosxo’rlik to’g’risidagi me’yorlar xayr-ehsonga nisbatan qo’llanilmaydi.

Xayr-ehson — muayyan shaxslar va tashkilotlar tomonidan o’z istagi bilan bajarilgan bepul (badalsiz) harakatdir.

AYIRBOSHLASH (ALMASHISH) SHARTNOMASI

Bir necha asr avval ayirboshlash shartnomasi oddiy hol edi. Hozir ham ayirboshlash shartnomasi saqlanib qolgan, biroq muayyan sabablarga ko’ra uning mohiyati o’zgardi: birinchidan, ayirboshlanadigan tovarlar qiymati pul ko’rinishida o’lchanadi; ikkinchidan, ayirboshlash shartnomasiga nisbatan tegishli ravishda oldi-sotdi to’g’risidagi me’yorlar qo’llaniladi.

Agar ayirboshlash shartnomasida boshqa shartlar ko’rsatilmagan bo’lsa, ayirboshlanadigan tovarlar teng qiymatli deb taxmin qilinadi. Aks holda tovarlar narxidagi farq pul bilan qoplanadi.

Ayirboshlash shartnomasiga ko’ra, taraflar o’rtasida bir mol-mulk boshqasiga ayirboshlanadi.

Soat, marka, ya’ni ishtirokchilar egalik qiladigan barcha narsalar almashtirish-ayirboshlash shartnomasiga misol bo’ladi. Ayirboshlash shartnomasi kuchga kirganidan keyin har bir taraf berilayotgan mulk uchun egalik huquqini yo’qotadi va olingan mulk uchun xuddi shunday huquqqa ega bo’ladi.

16-§. ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

ISTE’MOLCHI

Biror tovar xarid qilayotgan, shahar transporti xizmatidan foydalanayotgan,teatrga borayotgan va hokazolarni bajarayotgan odam tovarlar, xizmatlar iste’molchisi hisoblanadi. Shu tariqa, biz hammamiz — iste’molchi hisoblanamiz, chunki har kuni tovarlar xarid qilamiz hamda turli xizmatlardan foydalanamiz.

Oliy Majlis tomonidan 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunida iste’molchi shunday ta’riflanadi.

Iste’molchi — foyda chiqarib olish bilan bog’liq bo’lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki xususiy xo’jalikda foydalanish maqsadida tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo’lgan fuqaro (jismoniy shaxs).

«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonun, 1-modda.

«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonun bozorni iste’molchilar, ya’ni hammamizning manfaatlarimizga bo’ysundirish maqsadida qabul qilingan.

TOVAR HAQIDA AXBOROT OLISH HUQUQI

Iste’molning eng keng tarqalgan sohalaridan biri — oldi-sotdi misolida O’zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunida belgilangan qoidalarning asosiy guruhlarini kо’rib

chiqamiz.

Kassa cheki — tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat) ning haqi to’langanligini tasdiqlaydigan, tovar (ish, xizmat) ning bahosi, haq to’langan sana va kassa apparatining raqami ko’rsatilgan hujjat.

Tovar cheki — tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat) ning haqi to’langanligini tasdiqlovchi, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq to’langan sana hamda sotuvchining nomi va joylashgan

manzili haqidagi ma’lumot ko’rsatilgan hujjat.

Qonunga muvofiq («Tovarlar to’g’risidagi ma’lumot» 6-moddasi) bu ma’lumotni sotuvchi berishi shart. Tovarlar haqidagi ma’lumotlarda quyidagilar ko’rsatiladi:

—— asosiy iste’mol xususiyatlari;

—— ishlab chiqarilgan sanasi;

—— ishlab chiqaruvchining kafillik majburiyatlari;

—— xizmat qilish (yaroqlilik) muddati;

—— saqlash usuli hamda qoidalari;

—— ta’mirlash-tuzatish ishlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat ko’rsatadigan korxonalarning manzillari.

Sotuvchi — oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha iste’molchiga tovar realizatsiya qiladigan korxona, tashkilot, muassasa yoki xususiy tadbirkor.

TOVAR SERTIFIKATLANGANLIGI TO’G’RISIDAGI AXBOROTNI OLISH HUQUQI

«Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida»gi Qonunga muvofiq iste’molchi uchun mo’ljallangan barcha mahsulotlar baholanishi va mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangan taqdirda maxsus hujjat — muvofiqlik sertifikati berilishi kerak. Bunda iste’molchi sotuvchidan mahsulot sertifikatlanganligi to’g’risida axborot olish huquqiga ega. Mazkur

belgi mahsulotda shtrix-kod yonida joylashgan bo’lib, mahsulot odamlar hayoti va sog’lig’i hamda uning atrof muhiti uchun xavfsizlik talablari standartlariga javob berishini bildiradi.

«Muvofiqlik sertifikati» — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat.

Ishlab chiqaruvchi — iste’molchiga realizatsiya qilish uchun Tovar ishlab chiqaradigan korxona, tashkilot, muassasa yoki xususiy tadbirkor.

XARID QILINGAN TOVARNI ALMASHTIRISH YOKI QAYTARISH HUQUQI

Past sifatli yoki nuqsonli tovar sotilgan taqdirda, iste’molchi o’z xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qitishga haqli:

—— tovarni ayni shunday rusumli (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;

—— tovarni boshqa rusumdagi (modelli, artikulli) ana shunday tovarga almashtirib,uning xarid narxini qayta hisob-kitob qilish;

—— xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;

—— shartnomani bekor qilib, ko’rilgan zararni tiklash.

Xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish shuni anglatadiki,agar siz biror nuqsoni bo’lgan yozuv stolini xarid qilgan bo’lsangiz, sotuvchi esa uni almashtirib berolmasa yoki nuqsonlarini bartaraf etolmasa, siz ushbu nuqsonlari bo’lgani sababli xarid buyumining narxini pasaytirishga haqlisiz.

«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunga muvofiq xaridor 7 kunlik muddatda tovarni xuddi shunday tovarga almashtirishga haqli. Agar tovar boshqa rusumli xuddi shunday tovarga almashtirilayotgan bo’lsa, narxlar orasida farq bo’lgani uchun qayta hisob-kitob qilinishi kerak. Masalan, onangizning tug’ilgan kuniga qora rangli sumkacha sotib oldingiz,lekin uning kiyimiga jigarrang sumkacha mos keladi. Bu holda uni sizga kerak bo’lgan sumkachaga almashtirib berishlari mumkin. Lekin do’konda sizga zarur sumkacha bo’lmasa, siz xarid qilingan tovarni qaytarishingiz va unga to’langan summani qaytarib olishingiz mumkin. Biroq shuni ham yodda tutish lozimki, xaridorning tovarni almashtirish yoki qaytarib berish talabi faqat tovar iste’molda bo’lmagan, barcha xossalari va sifati saqlangan taqdirda hamda u aynan shu sotuvchidan xarid qilinganligi isbotlanganida (ya’ni do’kon cheki bo’lganidagina) qondiriladi.

ISTE’MOLCHILAR MAJBURIYATLARI

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 401-moddasiga muvofiq,xaridor almashtirishni talab qilishga yoki oldi-sotdi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqqi bo’lgan holatlardan tashqari, unga sotuvchi tomonidan topshirilgan tovarni qabul qilishi shart.

Xaridor qonun hujjatlariga yoki oldi-sotdi shartnomasiga zid ravishda tovarni qabul qilishdan bosh tortsa, sotuvchi shartnoma shartlarini bajarishdan bosh tortishga va ko’rilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.

17-§. ISHLAB CHIQARUVCHI TOMONIDAN TOVAR SIFATIGA BERILADIGAN KAFOLAT

TOVARNING YAROQLILIK KAFOLATI VA MUDDATI

O’zbekiston Respublikasi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlar va xizmatlarga ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati belgilashi lozim.

Kafolat muddati tovar iste’molchiga sotilgan yoki xizmat ko’rsatilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tovar sotilgan kunni aniqlashning imkoni bo’lmasa,bu muddat tovar ishlab chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati mobaynida tovar (xizmat)ning,shu jumladan, butlovchi buyumlarning normal ishlashini (qo’llanilishini, ulardan foydalanilishini) ta’minlashi shart. Butlovchi buyumlarning kafolat muddati,agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, asosiy buyumning kafolat muddatidan kam bo’lmasligi lozim. Kafolat muddati tovar

(xizmat)ning pasportida yoki tovarni sotish yoxud xizmat ko’rsatish paytida tovar bilan birgalikda iste’molchiga beriladigan boshqa hujjatda ko’rsatiladi.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarda, oziq-ovqat va maishiy kimyo tovarlarida ularning ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati hamda ularni saqlash shartlari ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Sotuvchilarga ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko’rsatilmagan yoki yaroqlilik muddati o’tgan tovarlarni qabul qilish hamda realizatsiya qilish man etiladi.

TOVARNI QABUL QILISHDAGI MAJBURIYATLAR

Sotuvchi sotib oluvchiga oldi-sotdi shartnomasining butlik to’g’risidagi shartlariga muvofiq bo’lgan tovarni topshirishi shart. Oldi-sotdi shartnomasida tovarning butligi belgilanmagan hollarda sotuvchi sotib oluvchiga butligi ish muomalasi odatlari yoki odatda qo’yiladigan boshqa talablar bilan belgilanadigan tovarni berishi shart. But bo’lmagan tovar topshirilgan taqdirda, sotib oluvchi o’z ixtiyoriga ko’ra sotuvchidan xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni,tovarni oqilona muddatda butlashni talab qilish huquqiga ega.

Agar sotuvchi oqilona muddatda sotib oluvchining tovarni butlash to’g’risidagi talabini bajarmasa, sotib oluvchi o’z ixtiyoriga ko’ra butlanmagan tovarni but tovarga almashtirishni talab qilishga, oldi-sotdi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga va tovar uchun to’langan pul summasini qaytarib berishni,shuningdek yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.

TOVARNING NARXI VA SUG’URTA QILINISHI

Xaridor o’z hisobidan to’lovni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan amallarni bajarishga, masalan, pullarni pochta orqali yuborish, pul mablag’larini o’tkazish bo’yicha xarajatlar va hokazolarga majbur. Xarid narxini to’lash majburiyati oldi-sotdi majburiyatining pulli xarakterga ega ekanligidan kelib chiqadi va sotuvchiga muayyan pul mablag’ini berishda namoyon bo’ladi.

Tovarning xarid narxi, ya’ni xaridor tomonidan sotuvchiga berilishi zarur bo’lgan pul summasi odatda shartnoma taraflari tomonidan belgilanadi.

Tovarni sug’urtalash majburiyati taraflar roziligi bilan oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan holda sotuvchiga ham, xaridorga ham yuklanishi mumkin. Bunda sug’urtalash majburiyati shartnomada ko’rsatilishi zarur bo’lgan shartlar sirasiga kirmaydi.

Agar shartnomada sotuvchi yoki sotib oluvchining tovarni sug’urtalash majburiyati nazarda tutilgan bo’lsa, biroq unda sug’urtalash shartlari va Tovar sug’urtalanadigan eng kam summa belgilanmagan bo’lsa, sug’urtalash shartnomasida nazarda tutilgan sug’urta puli tovar bahosidan kam bo’lishi mumkin emas.

ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TO’G’RISIDAGI QONUNLAR

Ba’zida hatto eng tajribali xaridor ham biror narsani xarid qilgach,muayyan muammolarga duch keladi: ko’zga ko’rinmas nuqsoni, estetik xususiyatga ega kamchiliklari va boshqalar aniqlanadi.

Bu holda xaridor vujudga kelgan muammolarni birinchi navbatda tovarni sotgan tashkilot bilan hal qilishga urinib ko’rishi lozim. U iltimosni bajarishdan bosh tortganida xaridor o’z huquqlarining o’zgacha himoya qilinishiga erishishga haqli. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning turlicha yo’llari mavjud. O’zbekiston qonunlari sifatsiz tovar xarid qilinganida iste’molchilar huquqlari va manfaatlarining davlat tomonidan himoyasini ta’minlaydi.

Mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarining davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlaydigan idoralar mavjud:

—— O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi («О’zdavstandart»);

—— Sog’liqni saqlash vazirligi;

—— Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi;

—— Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi;

—— Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi;

—— respublika, viloyat, shahar va tuman sanitariya-epidemiologiya stansiyalari.

Ular iste’molchilarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ко’rib chiqadilar,iste’molchilarning huquqlarini himoya qilib, sudlarga murojaat etadilar. Tovarlar xavfsiz bo’lishiga va ularning sifatiga doir majburiy talablarni belgilaydilar hamda bu talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar, ishlab chiqaruvchilar tovarlar xavfsiz bo’lishi va ularning sifatiga doir talablarni buzganlari taqdirda ularning ustidan sudlarda da’vo qo’zg’atadilar.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo’yicha jamoat birlashmalariga murojaat qilish iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning yana bir yo’lidir.

Iste’molchilar o’z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ixtiyoriy ravishda iste’molchilar birlashmalarini tuzishlari mumkin.

Iste’molchilarning birlashmalari o’z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiruvchi jamoat birlashmalaridir.

«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonun, 30-modda.

Bunday tashkilotlar qonunni aholiga tanishtirish va iste’molchilarga ularning qonuniy huquqlarini himoya qilishda ko’maklashishlari shart. Hozirgi paytda Respublika iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati bunday vazifalarni amalga oshirmoqda.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida qonun bo’lishiga qaramay, to’g’ri xarid qilish eng yaxshi himoya hisoblanadi. Tovarlar va xizmatlar bozorini о’rganish, shuningdek o’zining qonuniy huquqlari va ularni qanday qo’llashni bilish biror tovarni xarid qilishdan keyin vujudga keladigan muammolardan qutulishning eng yaxshi usulidir.

ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI SUD ORQALI HIMOYA QILISH

Iste’molchi sudga murojaat qilib huquqlarini himoya qilishi mumkin. Sud barcha sohalar va avvalo savdoda iste’molchini uning huquqlari buzilishidan himoya qilishga majbur.

Shu tariqa, har bir iste’molchi o’z manfaatlarini himoya qilish vositalariga ega. Faqat ularni bilish va ulardan foydalana olish darkor.

Iste’molchining huquqlari buzilgan taqdirda, u sudga murojaat qilishga haqlidir. Da’volar, agar qonunlarda boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, javobgar, iste’molchi joylashgan yerdagi yoki zarar yetkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi.

Iste’molchilar o’z huquqlarining buzilishi bilan bog’liq da’volar bo’yicha, shuningdek, tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo’lishi ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, iste’molchilarning jamoat birlashmalari iste’molchining (iste’molchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini ko’zlab qo’zg’atiladigan da’volar bo’yicha davlat boji to’lashdan ozod qilinadilar.

«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonun, 29-modda.

18-§. INTELLEKTUAL MULK HUQUQI

INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARI

Har kuni yuz minglab odam o’z fikrlarini badiiy yoki musiqiy asar sifatida

ifodalash, tadqiqotlari formulalari yoki jadvallarini yozish, ixtirosi namunaviy

nusxasining chizmalarini tayyorlash va boshqa maqsadlarda qo’liga toza

qog’oz oladi. Bunday mehnat — ma’naviy mehnat, u bilan yaratilgan asarlar

esa intellektual mulk deyiladi.

Dastlab intellektual mulk tushunchasi 1967-yilda Jahon intellektual mulk

tashkilotini ta’sis etgan Konvensiyaga binoan joriy qilindi. O’zbekiston ham

mazkur

tashkilot a’zosi hisoblanadi.

Xalqaro konvensiyalar va O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq

aqliy va ijodiy faoliyat natijalariga nisbatan alohida shaxsiy va mulkiy huquqlar

majmuasi intellektual mulk deb nomlanadi.

MUALLIFLIK HUQUQI

Mualliflik huquqi fuqarolik huquqining bir qismi bo’lib, aqliy mehnat bilan

shug’ullanadigan fuqarolar huquqlarini himoya qilishga yo’naltirilgan.

Mualliflik huquqi maqsadi, badiiy qadr-qimmati va ifodalanish usuli (nasr,

nazm, audioyozuv va hokazo)dan qat’i nazar, chop etilgan hamda qo’lyozma

shaklidagi barcha asarlarga taalluqli bo’ladi.

Uni yaratishda ijodiy mehnati singgan shaxs asar muallifi hisoblanadi.

Asar hamkorlikdagi ijodiy mehnat mahsuli bo’lsa, u barcha hammualliflarga

ham tegishli bo’ladi.

MUALLIFLIK HUQUQI VAZIFALARI:

—— mualliflarning mulkiy, shaxsiy nomulkiy va qonuniy manfaatlarini

muhofaza

qilish;

—— huquqiy vositalar yordamida ilmiy va badiiy asarlarni yaratish uchun

eng maqbul sharoitlar yaratish.

Mualliflik huquqi — fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish

va ulardan foydalanishda vujudga keladigan munosabatlarni

tartibga

soladigan fuqarolik huquqi me’yorlari majmuasi.

Asar kimning ijodiy mehnati bilan yaratilgan bo’lsa, ana

shu fuqaro asar muallifi deb e’tirof etiladi.

Fan, adabiyot va san’at asariga mualliflik huquqi uni yaratish

fakti bo’yicha yuzaga keladi. Mualliflik huquqining yuzaga

kelishi va amalga oshirilishi uchun asarni ro’yxatdan o’tkazish

yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.

Asarning asl nusxasida yoki nusxasida muallif sifatida

ko’rsatilgan shaxs, agar boshqacha hol isbotlanmagan bo’lsa,

asar muallifi hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi,

1046-modda.

MUALLIFLIK HUQUQI MANBALARI

O’zbekiston Respublikasida ilmiy yoki badiiy ijod sohasidagi munosabatlar

Konstitutsiya, Fuqarolik kodeksi, «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar

to’g’risida» (1996-yil 30-avgust), «Mulkchilik to’g’risida» (1992-yil), «Elektron

hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining

huquqiy himoyasi to’g’risida»gi (1995-yil) qonunlar, Soliq kodeksi (1997-

yil) bilan tartibga solinadi.

Quyidagilar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi:

—— rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar va shu kabilar),

shuningdek ularning rasmiy tarjimalari;

—— rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar,

pul belgilari va shu kabilar);

—— xalq ijodiyoti asarlari;

—— oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga

doir yoki joriy voqealar haqidagi xabarlar;

—— insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan

ijodiy faoliyati amalga oshirilmasdan, muayyan turdagi

ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan texnika vositalari

yordamida olingan natijalar.

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi,

1044-modda.

MUALLIFLIK HUQUQINING AMAL QILISH MUDDATI

Mualliflik huquqining amal qilish muddati muallifning butun hayoti va u

vafotidan so’ng 50 yil davomida saqlanadi. Mualliflik ism-sharifiga bo’lgan

huquq va muallif obro’sini himoya qilish huquqi bundan mustasno, bular muddatsiz

muhofaza qilinadi. Hammualliflikda yaratilgan asarga bo’lgan mualliflik

huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va ular orasida eng uzoq umr

ko’rgan shaxs vafotidan keyin 50 yil davomida amal qiladi.

Mualliflik huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin asar ijtimoiy

mulkka aylanadi. Ijtimoiy mulk hisoblangan asardan har qanday shaxs mualliflik

haqini to’lamagan holda erkin foydalanishi mumkin.

MUALLIFLIK SHARTNOMASI

Muallif asarini tugatgach, uni keng ommaga tanishtirishga qaror qiladi va

uni nashr qilish majburiyatini o’z zimmasiga oladigan korxona bilan shartnoma

tuzadi.

Mualliflik shartnomasi shartlarida noshirga beriladigan aniq huquqlar,

shartnomaning amal qilish muddati va to’lanadigan haq (qalam haqi) miqdori

ko’rsatiladi. Bu shartlardan tashqari, muallif va nashriyot zarur deb hisoblagan

boshqa shartlarni ham shartnomaga kiritishlari mumkin.

Mualliflik shartnomasi — tayyor asar yoki muallif

belgilangan muddatda yaratishni o’z zimmasiga olgan asardan

foydalanish uchun muallif (hammualliflar) va nashriyot

o’rtasida tuzilgan shartnoma.

MUALLIFLIK HUQUQLARINING XALQARO MUHOFAZASI

O’zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasidagi munosabatlar

xalqaro

huquq me’yorlariga asoslangan holda hamda quyidagi hujjatlardan kelib

chiqib tartibga solinadi:

—— Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to’g’risidagi Bern Konvensiyasi

bitimlari (24.07.1971-yil);

—— Mualliflik huquqi to’g’risida Butunjahon konvensiyasi bitimlari (1952);

—— MDH doirasida tuzilgan mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish

haqidagi bitimlar (10.02.1995-yil).

Quyidagi elementlar mualliflik huquqlarini himoya qilish belgilari hisoblanadi:

1) aylana ichiga olingan lotincha «C» harfi — ©;

2) alohida mualliflik huquqlari egasining ismi (nomi);

3) asar birinchi marta e’lon qilingan yil.

Mualliflik huquqlari bo’yicha agentlik (O’zRMHA) qonun hujjatlari ijrosi

ustidan nazoratni amalga oshiradi.

19-§. FUQAROLIK ISHINING SUDDA KO’RIB CHIQILISHI

BOSQICHLARI

Mazkur darsni o’rganib chiqish natijasida siz:

—— istalgan ish bo’yicha fuqarolik sudlov jarayonining bosqichlari ketma-

ketligini bilib olishingiz;

—— fuqarolik sudlov jarayoni ishtirokchilarining huquqlari va burchlari bilan

tanishishingiz;

—— omma oldida so’zlash bilim va ko’nikmalaringizni takomillashtirishingiz;

—— olingan bilimlarni amalda qo’llashga intilib ko’rishingiz mumkin.

Ishning sudda ko’rilishi fuqarolik sudlov jarayoni asosiy bosqichi

hisoblanadi,

u aksariyat hollarda vujudga kelgan nizoni hal qilish bilan tugallanadi.

Birinchi instansiyadagi sudlarda fuqarolik ishlarini sudyaning yakka o’zi

ko’rib chiqadi.

Ushbu darsda siz fuqarolik ishining sudda ko’rilishini eslatadigan jarayonda

ishtirok etasiz.

Ish faktlaridan kelib chiqib, sizga taklif etilganiga qarab sudya, da’vogar,

javobgar roliga kirishib ketishga harakat qiling hamda fuqarolik huquqi asoslari

bo’yicha olingan bilimlardan foydalangan holda, qonunga muvofiq va mavjud

vaziyatni hisobga olib, huquq buzilishini oqilona hal etishga urinib ko’ring.

FUQAROLIK SUDLOV JARAYONI ISHTIROKCHILARIGA

YO’L-YO’RIQLAR

Ishda qatnashayotgan shaxslar quyidagilarga haqli:

—— ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko’chirmalar olish va nusxalar

ko’chirish;

—— ishda qatnashayotgan boshqa shaxslarga savollar bilan murojaat qilish;

—— sud ishi jarayonida vujudga keladigan barcha masalalar yuzasidan o’z

fikrini bildirish;

—— sud qaroridan norozi bo’lib, shikoyat berish.

Da’vo ishida qatnashayotgan taraflar:

—— jarayonning istalgan bosqichida sud ishini to’xtatish va uni tinch yo’l

bilan hal qilishga haqli, lekin javobgarning harakatlari qonunga zid

bo’lsa hamda uchinchi shaxslar manfaatlariga daxl etsa, sud ishni

to’xtatishga rozi bo’la olmaydi.

SUD MAJLISINI O’TKAZISH TARTIBI

—— sudyalar majlislar zaliga kirib kelayotganida kelganlar o’rnidan turadi;

sud qarori ham o’rindan turgan holda tinglanadi;

—— ishda qatnashayotgan shaxslar sudga murojaat qilayotganda va ko’rsatma

berayotganda o’rindan turadilar;

—— zaldagilarning hammasi sud raisi buyruqlarini so’zsiz bajaradi;

—— har bir guvoh alohida so’roqqa tutiladi, bunda hali so’ralmaganlar ishtirok

etmaydi;

—— raislik qiluvchi fuqarolik sudlov jarayonida qatnashayotganlardan

hammaning oldida ovoz chiqarib, quyidagicha qasam qilishini talab

qiladi: «Ish yuzasidan o’zim bilgan barcha ma’lumotlarni sudga aytib

berishga qasam ichaman. Faqat haqiqatni, bor haqiqatni va tanho

haqiqatni aytaman».

SUD ISHI QATNASHCHILARI

Kotib:

—— sudga ushbu ish bo’yicha chaqirilganlardan kimlar kelgani hamda

boshqalarning

kelmaganlik sabablarini aytadi;

—— sud ishi bayonnomasini yuritadi.

Sudya (raislik qiluvchi):

—— sud tarkibini e’lon qiladi, ishda qatnashayotgan shaxslarga ularning

qarshilik bildirish huquqini tushuntiradi;

—— ishda qatnashayotgan shaxslarga ularning huquqlari va burchlarini

tushuntiradi;

—— sudda so’roq qilinayotganlarning shaxsini belgilaydi hamda ko’rgazma

berishdan bosh tortganligi uchun javobgarlikka tortilishi haqida

ogohlantiradi (yozma tarzda). Voyaga yetmaganlar bunday javobgarlik

haqida ogohlantirilmaydi;

—— qatnashchilarning (so’roq qilinishidan avval) da’vogar va javobgarga

bo’lgan munosabatini (qarindoshlik munosabatlari va hokazo) aniqlaydi;

—— sud ishi jarayonida vujudga kelgan muammolarni hal qiladi, sud zalida

tartib o’rnatadi.

Da’vogar:

—— buzilgan yoki nizoga sabab bo’lgan huquqlarini himoya qilish uchun

ko’rgazmalar beradi.

Javobgar:

—— tushuntirishlar beradi, isbot-dalillar keltiradi, iltimosnomalar taqdim

etadi;

—— shaxsan yoki advokat yordamida o’zining himoya qilish huquqini

amalga oshiradi;

—— sudga qo’shimcha guvohlar chaqirilishini iltimos qilishga haqli.

Prokuror:

—— sud ishi vaqtida vujudga keladigan masalalar bo’yicha xulosa chiqaradi.

Ekspert:

—— o’z xulosasini yozma ravishda taqdim etishi kerak;

—— agar sud ekspertizani sifatsiz deb topsa, takror ekspertiza o’tkazilishini

tayinlashi mumkin.

Guvohlar:

—— har biri alohida so’roq qilinadi, so’roq qilingan guvohlar ish tugashiga

qadar majlislar zalida qoladi;

—— sud ishida tekshirilayotgan holatlar bo’yicha ularga ma’lum bo’lgan

barcha ma’lumotlarni berishga majbur, bunda buzib ко’rsatishlarga yo’l

qo’yilmaydi;

—— agar guvoh 16 yoshga to’lmagan bo’lsa, o’qituvchi, zarurat bo’lganda

esa ota-onasi ham qatnashishi kerak.

FUQAROLIK ISHINI SUDDA KO’RISH BOSQICHLARI

1. Sud jarayonini ochish (sudya).

2. Jarayon ishtirokchilari kelganini tekshirish (kotib).

3. Sud majlisi zalidan guvohlarni chiqarib yuborish (kotib).

4. Sud tarkibini e’lon qilish va qarshilik bildirish huquqini tushuntirish

(sudya).

5. Ishda qatnashayotgan shaxslarga ularning huquq va burchlarini tushuntirish

(sudya).

6. Raislik qiluvchining ish mazmunini bayon etishi (da’vogarga talablarini

himoya

qilayotganini; javobgarga da’vogar talablarini tan olganligini

hamda ikkala tarafga ishni tinch yo’l bilan tugatishni istayotganini

so’rab murojaat qilish bilan tugallanadi).

7. Da’vogarning tushuntirishi.

8. Prokurorning nutqi (da’vogar talablari qonuniyligini rad etadi yoki

yoqlaydi).

9. Guvohlarni so’roq qilish.

10. Ekspertdan so’rash.

11. Ishni ko’rib chiqish tugallanishi (raislik qiluvchi ishda qatnashayotganlardan

ish materiallarini biror narsa bilan to’ldirishni istashlari yoki

yo’qligi xususida

so’raydi).

12. Sud muzokaralari (prokuror, da’vogar, javobgarning chiqishlari).

13. Prokuror xulosasi.

14. Sudning qaror chiqarish uchun maslahat xonasiga chiqib ketishi.

15. Sud qarorini o’qib eshittirish (raislik qiluvchi qaror ustidan shikoyat qilish

tartibini tushuntiradi va ushbu ish bo’yicha sud majlisini yopiq deb

e’lon qiladi).

SUD HUKMI BO’YICHA SHIKOYATLAR BERISH TARTIBI

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik-protsessual kodeksiga muvofiq

birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan sud tomonidan ajrim topshirilgan

yoki yuborilgan kundan e’tiboran o’n kun ichida taraflar va ishda ishtirok etuvchi

boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo

huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar

apellatsiya instansiyasi sudiga sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga

to’sqinlik qiladigan hollarda sudning hal qiluv qaroridan alohida shikoyat berishi,

prokuror esa protest keltirishi mumkin.

Apellatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyat yoki xususiy protestni ko’rib

chiqib:

1) ajrimni o’zgarishsiz qoldirishga, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmaslikka;

2) ajrimni bekor qilishga va ishni mazmunan ko’rish uchun birinchi instansiya

sudiga yuborishga;

3) ajrimni butunlay yoki qisman o’zgartirishga yoxud bekor qilishga va

masalani mazmunan hal qilishga haqli.

Qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida ko’rilmagan hal qiluv qarorlari

ustidan ular qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida taraflar va

ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok

etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan

hal etilgan shaxslar kassatsiya tartibida shikoyat berishi va prokuror

protest keltirishi mumkin.

V-BO’LIM. MEHNAT HUQUQI ASOSLARI

20-§. MEHNATGA OID MUNOSABATLAR

MEHNAT MUNOSABATLARINING ASOSLARI

Mehnat huquqi huquqning eng muhim tarmoqlaridan biridir. U ishchilar

va ish beruvchilar o’rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solishda muhim

o’rin tutadi.

Mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari Mehnat kodeksi, O’zbekiston Respublikasi

qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining

farmonlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlari va Jo’qorg’i Kenges

qarorlari, O’zbekiston Respublikasi hukumatining hamda Qoraqalpog’iston

Respublikasi hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va

ijroiya organlari o’z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir.

Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli

mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda

ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.

Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o’tash tartibidan yoki

qonunda ko’rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy

mehnat taqiqlanadi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,

37-modda.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksiga ko’ra

barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo’lish va ulardan foydalanishda teng

imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi,

mulkiy holati va mansab mavqeyi, dinga bo’lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat

birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga

va ular mehnatining natijalariga aloqador bo’lmagan boshqa jihatlariga

qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar

belgilashga yo’l qo’yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi.

Mehnat sohasida o’zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni

bartaraf etish hamda o’ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash

to’g’risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksiga muvofiq

mehnatni huquqiy tartibga solishning quyidagi tamoyillari belgilangan:

—— har bir shaxs mehnat qilish;

—— erkin ish tanlash;

—— haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tartibda

ishsizlikdan himoyalanish;

—— o’z mehnati uchun haq olish;

—— muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o’rnatish, bir qator kasblar

va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari,

bayram kunlari, shuningdek haq to’lanadigan yillik ta’tillar berish

orqali ta’minlanadigan dam olish;

—— xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;

—— kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

—— ish bilan bog’liq holda sog’lig’iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning

o’rnini qoplash;

—— kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini

ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;

—— qariganda, mehnat qobiliyatini yo’qotganda, boquvchisidan mahrum

bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot

olish;

—— o’zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali

himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;

—— jamoalarga doir mehnat nizolarida o’z manfaatlarini quvvatlash

huquqiga egadir.

Ko’plab ming yilliklar davomida insoniyat moddiy va ma’naviy bоуliklаr

yaratar ekan, o’z faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish yo’lini bosib

o’tdi. Mehnat tufayli insonda o’zining niyat va xohishlarini amalga oshirish,

jamiyatda

o’z о’rnini topish, shaxs sifatida o’z mavqeyini aniqlab olish

imkoniyati paydo bo’ldi. Mehnat qilar ekan, insonda o’z-o’zini intizomlash,

uyushqoqlik, boshqa odamlar bilan hamkorlik qilish qobiliyati kabi foydali sifatlar

hosil bo’ladi.

Mehnat huquqi — mehnat faoliyati jarayonida vujudga

keladigan odamlar orasidagi munosabatlarni tartibga soladigan

huquq sohasidir.

Mehnatga oid munosabatlar — kishilar orasidagi munosabatlar

bo’lib, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi va

belgilangan mehnat tartibiga bo’ysunishga asoslanadi.

MEHNAT TO’G’RISIDAGI QONUNLARNING VAZIFALARI

Odamlar hayoti va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan hamma narsa mehnat

bilan yaratiladi. Bundan jamiyat va alohida har bir insonning hayotida mehnatga

oid munosabatlar o’ynaydigan rol yaqqol namoyon bo’ladi. Mehnat

jarayonida

vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solmay, mehnat

unumdorligini hamda ishlayotganlarning moddiy va madaniy darajasini oshirib

bo’lmaydi. Shunday qilib, mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlarining vazifalari:

—— ishga qabul qilish tartibini muvofiqlashtirish va mehnat shartnomasini

bekor qilish;

—— adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish;

—— xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish;

—— mehnat qilayotganlarning sog’lig’ini muhofaza qilish;

—— mehnat va umuman butun ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash;

—— mamlakatning butun aholisi moddiy va madaniy darajasini yaxshilash

hisoblanadi.

MEHNAT QONUN HUJJATLARINING MANBALARI

Mehnat huquqining negiz bo’luvchi manbalari Konstitutsiya va Mehnat

kodeksi, ularning amal qilishi butun O’zbekiston Respublikasi hududiga tatbiq

etiladi hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (23-modda), Xalqaro

Mehnat Tashkilotining konvensiyasi (2-modda), respublika Prezidenti farmonlari,

qonunlar va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, bosh, sohaviy va boshqa

kelishuvlar hamda jamoa shartnomalari hisoblanadi.

Mehnat huquqining xususiyati shundan iboratki, amalda har qanday masala,

agar bunday qaror Mehnat kodeksi qoidalariga zid bo’lmasa va xodimning

ahvolini yomonlashtirmasa, mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida hal etilishi

mumkin. Aks holda kontrakt noqonuniy hisoblanadi. Misol uchun, aksiyadorlik

jamiyatida 9 soat davom etadigan ish kuni belgilangan bo’lsa, bu mehnat

to’g’risidagi qonunlarning buzilishi hisoblanadi.

MEHNATGA OID MUNOSABATLAR SUBYEKTLARI

Mehnatga oid munosabatlar ishtirokchilari (subyektlari) quyidagilardir:

xodim: 16 yoshga to’lgan, mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi

bo’lmagan shaxslar;

ish beruvchi: mulkchilik shaklidan qat’i nazar har qanday korxona

hamda 18 yoshga to’lgan shaxslar;

mehnat jamoasi: mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan korxona

xodimlari;

xodimlar va ish beruvchilarning vakillik idoralari: kasaba uyushmalari

va ularning korxonalardagi saylab qo’yiladigan idoralari.

Barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo’lish va ulardan

foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir.

O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,

6-modda

Har bir shaxsning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlanadi,

bu himoya mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlariga

rioya qilinishini tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar,

shuningdek mehnat nizolarini ko’ruvchi organlar tomonidan

amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,

8-modda

MEHNAT HUQUQINING ASOSIY TAMOYILLARI

Huquqning boshqa sohalarida bo’lganidek mehnat huquqida ham ish

beruvchilar

va xodimlar amal qilishi majburiy bo’lgan mehnatga oid munosabatlarning

asosiy tamoyillari belgilangan:

Mehnat erkinligi tamoyili: majburiy mehnatni taqiqlash, u har bir

shaxs o’zining mehnatga layoqatidan foydalanish huquqiga egaligini,

ya’ni fuqarolarning mehnat qilish burchi qonunda nazarda tutilmasligini

anglatadi.

— Mehnat qilish huquqini ta’minlash, ishsizlikdan muhofaza qilish

tamoyili: davlat idoralari uni olishga xohish bildirgan hammaga maqbul

ishni taqdim etish uchun barcha choralarni ko’rishga majbur. Ish

qidirish

vaqtida ishsizlik bo’yicha nafaqa to’lanadi.

— Mehnatda va bandlikda tenghuquqlilikni ta’minlash tamoyili:

mehnatda diskriminatsiya qilishga, ayollar va erkaklarga haq to’lashda,

irqiy alo- matlarga ko’ra, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga qaraganda

mamlakatning

ishlayotgan fuqarolariga ko’proq huquqlar berish va

hokazoni taqiqlash.

— Dam olish, mehnatni muhofaza qilish huquqini ta’minlash tamoyili:

mehnat qonun hujjatlarida fuqarolarning dam olish huquqi ko’zda

tutilgan, unga muvofiq ularga ish joyi va o’rtacha ish haqi saqlangan

holda yillik ta’tillar beriladi.

— Mehnat huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilish huquqini

ta’minlash tamoyili

va hokazo.

Mehnat kodeksiga muvofiq quyidagi hollarda ishlash majburiy

hisoblanmaydi:

—— harbiy yoki muqobil xizmatni o’tash davrida;

—— favqulodda holat sharoitlarida;

—— sud hukmi kuchga kirishi asosida.

21-§. ISHGA QABUL QILISH

MEHNATGA OID MUNOSABATLAR SOHASIDA XODIMLAR

MANFAATLARINING DAVLAT TOMONIDAN HIMOYA QILINISHI

Bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida mehnat shartnomasini tuzayotgan

taraflarning har biri korxona faoliyatini yaxshilashdan manfaatdor, chunki

bunda har bir xodimning farovonligi ham oshadi. Shu bilan birga mehnat faoliyati

jarayonida mehnat huquqining alohida norma(me’yor)larini qo’llash sababiga

ko’ra kelishmovchilik va nizolar kelib chiqishi mumkin.

Mehnat kodeksiga muvofiq (21-modda) mehnatga oid munosabatlarda

xodimlarning manfaatlarini himoya qilishni korxonadagi kasaba uyushmalari,

ularning saylab qo’yiladigan idoralari (kasaba uyushmasi qo’mitalari)

mehnat nizolari komissiyalari hamda tuman va shahar sudlari amalga oshirishi

mumkin. Korxonada xodimlar manfaatlarini ifoda etayotgan tashkilotlar

faoliyati

faqat ularni saylagan xodimlarning qaroriga binoan, shuningdek,

amaldagi qonunlarga zid harakatlar amalga oshirilganida — sud tomonidan tugatilishi

mumkin.

MEHNAT SHARTNOMASI

Ishchi va ish beruvchining o’zaro huquq va majburiyatlarini aniqlashda

kollektiv va yakka tartibdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) muhim o’rin

tutadi. U mehnat munosabatlarining vujudga kelishi uchun asos bo’lib xizmat

qiladi.

Mehnat shartnomasi — ichki tartibga rioya etish bilan

birgalikda muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo’yicha

ishlarni bajarish to’g’risida tomonlarning kelishuvi bilan

belgilangan shartlarda xodim va ish beruvchi o’rtasidagi

kelishuv.

MEHNAT SHARTNOMASI SHARTLARI

Agar taraflar ularning huquq va burchlarini belgilab beradigan shartlarga

doir kelishuvga erishgan bo’lishsa, mehnat shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.

Taraflar tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar ko’p sonlidir, shu munosabat

bilan mehnat qonunlari ikki guruhdagi shartlarni ко’rib chiqadi: asosiy va

qo’shimcha. Qo’shimcha shartlar to’liq kelishayotgan taraflarga bog’liq va qonun

tomonidan cheklanmaydi.

Quyidagilar ish beruvchilar bo’lishi mumkin:

—— korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo’linmalari o’z

rahbarlari timsolida;

—— mulkdorning o’zi ayni bir vaqtda rahbar bo’lgan xususiy korxonalar;

—— o’n sakkiz yoshga to’lgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan

hollarda.

—— O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan

tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar.

Har bir xodim:

—— o’z mehnati uchun qonun hujjatlarida Mehnatga haq to’lash yagona tarif

setkasining birinchi razryadi bo’yicha belgilanganidan oz bo’lmagan

miqdorda haq olish;

—— muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o’rnatish, bir qator kasblar

va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari,

bayram kunlari, shuningdek haq to’lanadigan yillik ta’tillar berish

orqali ta’minlanadigan dam olish;

—— kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

—— ish bilan bog’liq holda sog’lig’iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning

o’rnini qoplash;

—— kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini

ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;

—— qariganda, mehnat qobiliyatini yo’qotganda, boquvchisidan mahrum

bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot

olish;

—— o’zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali

himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;

—— jamoalarga doir mehnat nizolarida o’z manfaatlarini quvvatlash

huquqiga egadir.

Ish beruvchi:

—— korxonani boshqarish va o’z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul

qilish;

—— qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish

va bekor qilish;

—— mehnat shartnomasida shart qilib ko’rsatilgan ishni lozim darajada

bajarishni xodimdan talab qilish;

—— o’z manfaatlarini himoyalash uchun boshqa ish beruvchilar bilan birga

jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a’zo bo’lish

huquqiga egadir.

Mehnat shartnomasi tuzilganidan keyin buyruq chiqariladi, u xodimga

imzo chektirib, ma’lum qilinadi. Ishga qabul qilish shartnomada ko’rsatilgan

kundan e’tiboran hisoblanadi.

MEHNAT SHARTNOMASI:

—— nomuayyan muddatga;

—— muayyan muddatga (besh yildan ortiq bo’lmagan);

—— muayyan ishni bajarish vaqtiga tuziladi.

O’zbekiston Respublikasi mehnat qonun hujjatlariga muvofiq insonning

mehnatga layoqati (ya’ni mehnatga bo’lgan o’z huquqini amalga oshirish qobiliyati)

16 yoshda boshlanadi.

Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o’rta maxsus,

kasb-hunar o’quv yurtlarining o’quvchilarini ularning sog’lig’iga hamda

ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini

buzmaydigan yengil ishni o’qishdan bo’sh vaqtida bajarishi uchun

— ular o’n besh yoshga to’lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining

o’rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul

qilishga yo’l qo’yiladi.

Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi…

…Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo’lgan kamida

ikki nusxada tuziladi va har bir tarafga saqlash uchun topshiriladi.

O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,

74-modda.

22-§. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH

VOYAGA YETMAGANLARNI ISHGA QABUL QILISH

XUSUSIYATLARI

O’quvchlarning mehnat tarbiyasi, ularni asta-sekin mehnatga jalb etish maqsadida

qonun tomonidan voyaga yetmaganlarni ishga joylashtirishga ruxsat etiladi.

Bunda sog’lig’iga ziyon yetkazmaydigan va maktabdagi o’qish jarayoniga xalaqit

bermaydigan yengil mehnatni berish hamda ota-onasidan birining yoki ularning

o’rnini bosuvchi shaxsning roziligi albatta olinishi shart. So’nggi shartni shu bilan

tushuntirsa bo’ladiki, ota-onasi o’spirinni ishga joylashtirishdan oldin ish sharoitlari

bilan tanishishlari va uning sog’lig’iga xavf aniqlangan taqdirda, kontraktni tuzishdan

voz kechishlari kerak. O’spirinning o’zi hayotiy tajribasi yo’qligi sababli

bo’lajak ishning mavjud bo’lgan noma’qul sharoitlariga e’tibor bermasligi mumkin.

ISHGA QABUL:

15 yoshdan:

—— ota-onasidan birining yozma roziligi bilan (chunki ota-onasi ish sharoitlarini

bilishi va ularga rozi bo’lishi shart);

—— ta’til vaqtida yoki o’qish vaqtidan bo’sh bo’lganda (haftasiga 12 soatdan

ko’p bo’lmagan);

—— to’liq bo’lmagan ish kuni sharoitida (haftasiga 24 soatdan ko’p bo’lmagan);

—— yengil mehnatni bajarish uchun (bir vaqtning o’zida 4,1 kg dan ko’p

bo’lmagan yuklarni tashish);

16 dan 18 yoshgacha:

—— ota-onasidan birining yozma roziligi bilan;

—— to’liq bo’lmagan ish kuni sharoitida (haftasiga 36 soatdan ko’p bo’lmagan);

—— yengil mehnatni bajarish uchun (bir vaqtning o’zida 4,1 kg dan ko’p

bo’lmagan yuklarni tashish).

ISHGA QABUL QILISHDAGI QO’SHIMCHA

KAFOLAT VA IMTIYOZLAR

—— 16 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan shaxslarning ish vaqti

faqat yuklarni qo’lda ko’tarish va tashish bilan bog’liq

bo’lgan ishlardan iborat bo’lganda, ular uchun yuk ko’tarish

va tashish normasining chegarasi 4,1 kg dan og’ir bo’lmasligi, shuningdek ular aravacha va vagonetka yordamida

yuk tashishiga jalb etilmasligi lozim.

—— 16 yoshgacha bo’lgan voyaga yetmaganlar ish vaqtining

uchdan bir qismi yuklarni qo’lda ko’tarish va tashish bilan

bog’liq ishlardan iborat bo’lganda, qo’lda yuk ko’tarish va

tashish normalarining chegarasi: o’g’il bolalar uchun —

6,5 kg, qiz bolalar uchun — 3,5 kg dan og’ir bo’lmasligi

lozim.

—— 16 yoshgacha bo’lgan voyaga yetmaganlarning ish vaqti

faqat yuklarni qo’lda ko’tarish va tashish bilan bog’liq

ishlardan iborat bo’lganda, ular uchun yuk ko’tarish va

tashish normasining chegarasi 2 kg dan og’ir bo’lmasligi

lozim.

—— 16 yoshgacha bo’lgan voyaga yetmaganlarga aravacha va

vagonetka yordamida yuk tashishlariga ruxsat etilmaydi.

(«O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar ko’tarishlari va tashishlari mumkin bo’lgan og’ir yuk normalarining chegarasini belgilash to’g’risida»gi Nizom

23-§. ISHGA QABUL QILINAYOTGANDA

HUJJATLARNI RASMIYLASHTIRISH

ISHGA JOYLASHISH UCHUN ZARUR BO’LGAN HUJJATLAR

Mehnat qonunlari bilan ishga qabul qilishda ma’muriyat talab etishi shart

bo’lgan hujjatlar aniq ro’yxati belgilangan. Ish beruvchiga ishga qabul qilishda

qonunda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish qat’iyan man etiladi.

Ishga qabul qilish ma’muriyat buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi, buyruq

albatta xodimga ma’lum qilinib, bu haqda tilxat olinadi. Buyruqda shtat jadvaliga

muvofiq xodim qabul qilingan lavozimning aniq nomi ko’rsatilishi lozim.

Buyruqqa binoan mehnat daftarchasiga ham yozib qo’yiladi. Ishning boshlanishi

odatda mehnat shartnomasini tuzishda ma’muriyat bilan kelishuvga

binoan belgilanadi. Biroq qachon buyruq chiqqani yoki mehnat shartnomasi

rasmiylashtirilganidan

qat’i nazar, haqiqatda ishga tushish paytidan e’tiboran

mehnat vazifalari bajara boshlangan hisoblanadi.

Shunday qilib, ish beruvchi xodimdan quyidagi hujjatlarni talab qilishga

majbur:

15 dan 16 yoshgacha:

—— ota-onasidan yoki vasiylardan birining yozma roziligi;

—— o’quv maskani ma’lumotnomasi (u haqiqatan ham mazkur maktab

o’quvchisi ekanligi haqida, o’quv vaqti ko’rsatilgan holda);

—— tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma va turar joyidan ma’lumotnoma;

—— sog’lig’ining holati to’g’risida ma’lumotnoma;

16 dan 18 yoshgacha:

—— yashash joyidan ma’lumotnoma yoki pasport (doimiy yoki vaqtinchalik

qayd etilganlik belgisi bilan);

—— armiyaga chaqiriluvchining qayd guvohnomasi (mudofaa bo’limida);

—— ma’lumot yoki mavjud mutaxassislik to’g’risida hujjat;

—— sog’lig’ining holati to’g’risida ma’lumotnoma;

18 yoshdan:

—— pasport (doimiy yoki vaqtinchalik qayd etilganlik yoxud turish joyi

bo’yicha hisobga o’tganlik belgisi bilan);

—— mehnat daftarchasi (birinchi marotaba ishga kirayotganlar — oxirgi

mashg’uloti to’g’risida yashash joyidan ma’lumotnoma);

—— harbiy bilet yoki qayd guvohnomasi (harbiy xizmatga majburlar yoki

chaqiriluvchilar uchun);

—— oliy yoki o’rta maxsus o’quv yurtini tamomlagani to’g’risidagi diplom

yoki muayyan ishni bajarish huquqini beradigan guvohnoma.

Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun

hujjatlarida ko’rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,

80-modda

O’spirinlar faqat oldindan tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, ishga qabul qilinadi,

keyinchalik ular 18 yoshga to’lguncha bunday ko’rikdan har yili o’tkaziladi.

Bu bajarilayotgan ishning ularning sog’lig’iga ehtimol bo’lgan salbiy ta’sirini

tekshirish zaruriyati bilan bog’liq. Voyaga yetgan xodimlar, agar ular og’ir

ishlarda yoki zararli yoxud xavfli ish sharoitlari bilan mashg’ul bo’lsalar, shu

maqsadda har yilgi majburiy tibbiy ko’rikdan o’tishadi. Tibbiy ko’rik oziqovqat

mahsulotlari, insonlarni davolash, bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish

bilan mashg’ul bo’lgan xodimlar uchun ham majburiydir.

Bu bilan ular xizmat

ko’rsatayotgan tashrifchilar xavfsizligi kafolatlanadi.

Ish beruvchi quyidagi toifalarga mansub xodimlardan

sog’lig’ining holati to’g’risida ma’lumotlarni talab qilishga majbur:

—— 18 yoshga to’lmaganlar;

—— 60 yoshga to’lgan erkaklar, 55 yoshga to’lgan ayollar;

—— nogironlar;

—— zararli mehnat sharoiti, shuningdek transport bilan

bog’liq ishlarda band bo’lganlar;

—— bolalarni davolash, tarbiyalash va ta’lim berish bilan

mashg’ul bo’lganlardan.

Ko’rsatilgan hollarda, ish beruvchi tibbiy ko’rikdan o’tmagan shaxsni ishga

qabul qilishga, ishga kirayotgan odam esa undan o’tishdan bo’yin tovlashga

haqli emas.

MEHNAT DAFTARCHASI

Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir.

Mehnat daftarchasi:

—— ishga birinchi marotaba kirishda — ish boshlanganidan 5 kundan

kechiktirmasdan to’ldiriladi;

—— yo’qolganda — nusxasi yozib beriladi (keyinroq ilgarigi yozuvlari

tiklanadi).

Unga quyidagi yozuvlar kiritiladi: ishga qabul qilish sanasi, mutaxassisligi,

lavozimi, rag’batlantirishlar, ishdan bo’shash sanasi ko’rsatiladi.

SINOV MUDDATI

Ish beruvchining qaroriga ko’ra xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini

tekshirish uchun u sinov to’g’risidagi shart bilan ishga rasmiylashtirilishi

mumkin. Bunda aniq sinov muddati belgilanadi. Qonun hujjatlari

tomonidan eng ko’p muddat — 3 oy belgilangan. Sinovga bardosh bermagan

shaxslar ishdan bo’shatiladi. Agar xodim mehnat shartnomasini sinov muddati

sharti bilan tuzishdan voz kechsa, unda ish beruvchi uni ishga qabul qilishni rad

etishga haqli.

Sinov muddati nafaqat xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini

tekshirib ko’rish, balki unga mazkur ish to’g’ri kelishiga ishonch hosil qilish

uchun ham tayinlanadi. Agar bu ish unga to’g’ri kelmasligini bilsa, u shaxsiy

tashabbusiga ko’ra, ish beruvchini uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirib,

ishni to’xtatishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 84-moddasi 3-xatboshisiga

binoan, ish beruvchi quyidagi toifaga mansub shaxslarga nisbatan sinov muddati

belgilashga haqli emas:

—— homilador ayollarga;

—— uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarga;

—— korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan

shaxslarga;

—— o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o’quv

yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran

uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari ishga qabul

qilinganda;

—— xodimlar bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilganda.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim uzrli sabablarga ko’ra

ishda bo’lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi.

Agar dastlabki sinov muddati tugagunga qadar taraflardan birortasi ham

mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilmagan bo’lsa, shartnomaning

amal qilishi davom etadi va bundan keyin uni bekor qilishga umumiy asoslarda

yo’l qo’yiladi.

24-§. MEHNATGA НАQ TO’LASH VA INTIZOM

MEHNAT HAQI MIQDORINI BELGILASH

Mehnat shartnomasi shartlari va mehnat qonun hujjatlariga binoan har bir

xodimning mehnat haqi uning shaxsiy mehnat hissasi va sifatiga bog’liq. Bunda

jinsi, yoshi, irqi, millati va hokazolarga qarab mehnat haqi miqdorlarini har

qanday pasaytirish taqiqlanadi.

Ishlayotgan malakasi yoki uning lavozimi har bir kimsaning aniq hissasini

to’liq qayd qila olmaydi. Shu sababli mehnat uchun mukofotlarning aniq individual

miqdorlari ish haqining turli tizimlari yordamida belgilanadi.

Ish haqi — xodimga bajarilgan ish uchun mukofot sifatida

muntazam to’lanadigan, mehnat shartnomasida kelishilgan pul

summasidir.

O’zbekiston Respublikasida mehnatga haq to’lashning ikki asosiy shakli

qo’llanadi — vaqtbay va ishbay.

Vaqtbay tizimdan ko’pincha ish haqi ishlagan vaqtidan kelib chiqib va lavozim

maoshiga binoan yoziladigan xizmatchilar mehnatini baholashda foydalaniladi.

Ishbay tizimda ishchilar mehnatini baholashda har bir tayyorlangan mahsulot

birligining sifatiga binoan to’lanadigan haq tushuniladi.

Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o’rtasidagi kelishuvga

binoan belgilanadi. Bunda muayyan davr uchun ish vaqti me’yorini ishlab bergan

va mehnat vazifalarini to’liq bajargan xodimning mehnat haqi mehnat qonunlari

bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo’lishi mumkin emas va eng

ko’p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.

Mehnatga haq to’lash muddatlari mehnat shartnomasini imzolashda kelishib

olinadi, biroq har yarim oyda bir martadan kam bo’lmasligi shart.

Mehnat haqining eng kam miqdoriga qo’shimcha to’lovlar va ustamalar hamda mukofotlar va rag’batlantirish tarzidagi boshqa to’lovlar qo’shilmaydi.

O’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlarning kundalik ish

vaqti qisqartirilgan hollardagi mehnatiga haq kundalik ish vaqti

to’liq bo’lgan chog’da tegishli toifadagi xodimlarga beriladigan

miqdorda to’lanadi.

Korxonalarda o’qishdan bo’sh vaqtida ishlayotgan o’quvchilarning

mehnatiga ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda yoki

ishlab chiqargan mahsulotiga qarab haq to’lanadi.

O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,

243-modda

ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHLAR HAMDA DAM OLISH VA

BAYRAM KUNLARIDAGI ISHLAR UCHUN HAQ TO’LASHNING

XUSUSIYATLARI

Mehnat qonunlariga binoan bayram kunlarida ishlash qat’iyan taqiqlanadi.

Biroq ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari xodimlarni ishga jalb

etish zarur bo’lgan vaziyatlar tug’iladi: tabiiy ofat yoki ishlab chiqarish falokatining

oldini olish yoki tugatish; baxtsiz hollar yoki mol-mulk yo’qolishining

oldini olish zaruriyati; korxonaning kelajak ishi uchun zarur bo’lgan tezkor ishni

bajarish, masalan, elektr uzatish liniyasining uzilishi, elektrotransformatorni

almashtirish zarurati, neft quvuri yoki gaz quvurining teshilishi, yo’ldagi o’pirilish

va hokazo.

Ish haqi quyidagi hollarda ikki hissa miqdorida to’lanadi:

—— ish vaqtidan tashqari;

—— dam olish kunlari;

—— bayram kunlari;

—— yoki boshqa dam olish kunini (otgul) berish bilan

qoplanishi mumkin.

MEHNAT INTIZOMI

Korxonada mehnat intizomini ta’minlashning zaruriy sharti mehnat jamoasi

tasdiqlagan Ichki tartib qoidalari belgilaydigan aniq mehnat tartibini o’rnatish

hisoblanadi. Shunga binoan har bir xodim ishga tushishdan oldin o’z huquq va

majburiyatlari bilan tanishtirilishi kerak.

Asosan mehnat intizomi mehnatga ongli munosabatda bo’lish bilan asoslanadi,

biroq mehnat qonun hujjatlari nopok xodimlarga nisbatan intizomiy ta’sir

choralari belgilanishining zarurligini ham hisobga oladi.

Intizomni buzganlik uchun ish beruvchi intizomiy jazo choralarini

qo’llashga haqli. Uni qo’llashdan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish

xati talab qilinishi lozim. Intizomiy jazo bevosita nojo’ya xatti-harakat aniqlanganidan

keyin, ammo bu harakat aniqlangan kundan boshlab uzog’i bilan 1 oy

ichida qo’llanadi. Moliya-xo’jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish

natijalariga

binoan — sodir etilgan kundan boshlab ikki yildan kechikmasligi lozim.

Intizomiy jazo berilgani to’g’risidagi buyruq xodimga ma’lum qilinib,

tilxat olinadi.

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasi Mehnat intizomini

buzgandagi jazo turlari:

—— xayfsan;

—— jarima — o’rtacha oylik ish haqining 30% idan ortiq bo’lmagan

miqdorda (ichki tartib qoidalariga muvofiq bundan ham katta jarima

nazarda tutilishi mumkin, lekin u o’rtacha oylik ish haqining 50% idan

oshmasligi shart);

—— mehnat shartnomasini bekor qilish.

INTIZOMIY JAZONING AMAL QILISH MUDDATI

Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo’llanilgan kundan boshlab

bir yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim bir yil davomida yangidan

intizomiy

jazoga tortilmasa, u intizomiy jazoni olmagan hisoblanadi.

—— Jazoning amal qilish muddati — 1 yil (bir yil

o’tganidan keyin o’z-o’zidan olib tashlanadi);

—— jazoni muddatidan oldin olib tashlash ham mumkin;

—— jazo mehnat daftarchasiga hamda xodimning shaxsiy

kartochkasiga kiritilmaydi;

—— har bir nojo’ya xatti-harakat uchun nojo’ya xatti-

harakat aniqlanganidan keyin uzog’i bilan bir oy

ichida faqat bitta intizomiy

jazo qo’llanishi mumkin;

—— intizomiy jazo qo’llangani to’g’risidagi buyruq xodimga

ma’lum qilinib, tilxat olinadi.

——————————————————————————————————————————

Intizomiy jazo mehnat daftarchasiga kiritilmaydi, korxonada

ishdan

bo’shaganidan keyin xodimning yangi ish joyiga berilmaydigan

shaxsiy ishida qayd etiladi. Ish beruvchi yil davomida

o’z tashabbusi bilan, xodimning yoki mehnat jamoasining

iltimosiga binoan intizomiy jazoni olib tashlashga haqli.

——————————————————————————————————————————

Mehnat kodeksida nazarda tutilmagan intizomiy jazolarni

qo’llanish taqiqlanadi.

O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,

181-modda

MEHNAT SHARTNOMASI TARAFLARINING

MODDIY JAVOBGARLIGI

Xodim quyidagi hollarda ish beruvchiga unga bevosita yetkazgan zararlarni

to’liq miqdorda qoplashga majbur:

—— maxsus yozma shartnoma asosida unga ishonib topshirilgan qimmatbaho

buyumlar saqlanishini ta’minlamaganligi uchun;

—— bir gallik hujjat asosida olingan qimmatbaho buyumlarning saqlanishini

ta’minlamaganligi uchun;

—— qasddan zarar yetkazilganda;

—— alkogolli ichimliklar yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida zarar

yetkazganda;

—— xodimning sud hukmi bilan aniqlangan jinoiy harakatlari natijasida zarar

yetkazilganda;

—— tijorat sirlari oshkor etilganda.

O’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlar faqat qasddan yetkazilgan

zarar uchun, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik

modda ta’siridan mastlik holatida yoki jinoyat sodir etish natijasida

yetkazilgan zarar uchun to’liq moddiy javobgar bo’ladilar.

MEHNAT UCHUN RAG’ВATLANTIRISHLAR

Mehnatga ijodiy munosabatda bo’lganligi va ishdagi yuqori ko’rsatkichlari

uchun xodimga quyidagi rag’batlantirish choralari qo’llanilishi mumkin:

—— tashakkurnoma e’lon qilish;

—— mukofot berish;

—— qimmatbaho sovg’a bilan taqdirlash;

—— davlat mukofotiga taqdim etish;

—— mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa rag’bat turlari.

MEHNATDAGI YUTUQLAR UCHUN DAVLAT MUKOFOTLARI

«Shuhrat» medali bilan respublika iqtisodiyoti, fani va madaniyatini

rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik hamda milliy

istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash

ishida o’zining halol mehnati bilan katta yutuqlarga erishgan

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O’zbekiston Respublikasi

fuqarosi bo’lmagan shaxslar mukofotlanadilar.

O’zbekiston Respublikasining Qonuni,

1994-yil 5-may

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan O’zbekistonda iqtisodiyot va

madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va

barqarorlik saqlanishiga xizmat qiladigan ulkan ishlari uchun mukafotlanaditar.

O’zbekiston Respublikasining Qonuni

1995-yil 30-avgust

25-§. ISH VAQTI VA DAM OLISH VAQTI. MEHNAT

SHARTNOMASINI O’ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH

ISH VAQTI

Hozirgi jamiyatda ishchi va xizmatchilar mehnati mazmuni va murakkabligi

bilan farqlanadi. Hamma ishlayotganlarning ishini qanday bitta mezon bilan

o’lchash mumkin? Ish vaqti shunday mezonlardan biri hisoblanadi. Uni tartibga

solar ekan, davlat muayyan mehnat natijalariga hamda ish vaqti davomiyligiga

qarab rag’batlantirish miqdorini belgilaydi va shu bilan Konstitutsiyaga yozilgan

dam olish huquqining chinakamligini ta’minlaydi.

Xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga

40 soatdan ortiq bo’lishi mumkin emas.

O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,

115-modda

Ish haftasining turlari:

—— besh kunlik — ikki kunlik dam olish kuni bilan;

—— olti kunlik — bir kunlik dam olish kuni bilan.

ISH VAQTI

—— 6 kunlik ish haftasida — kuniga 7 soat;

—— 5 kunlik ish haftasida — kuniga 8 soat;

—— 15 dan 16 yoshgacha bo’lgan shaxslar uchun — haftasiga uzog’i bilan

24 soat;

—— 16 dan 18 yoshgacha bo’lgan shaxslar uchun — haftasiga uzog’i bilan

36 soat;

—— ish vaqtidan tashqari ishlar — surunkasiga ikki kun davomida uzog’i

bilan 4 soat;

—— surunkasiga ikki smena davomida ishga jalb etish taqiqlanadi;

—— noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda — haftasiga 36 soat

(117-modda);

—— bayram (ishlamaydigan) kunlari arafasidagi ishning muddati 1 soatga

qisqartiriladi (121-modda);

—— tungi vaqtdagi ish (22.00 dan 6.00 gacha) 1 soatga qisqartiriladi

(122-modda).

DAM OLISH VAQTI VA BAYRAM KUNLARI

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq fuqarolarning

mehnat huquqi dam olish huquqi bilan to’ldiriladi. Dam olish huquqi deganda

xodimlar mehnat vazifalarini bajarishdan ozod etilgan va bundan ular o’z ixtiyoriga

ko’ra foydalanishi mumkin bo’lgan vaqt tushuniladi. Dam olish huquqining

aniq ko’rinishiga qonun tomonidan belgilangan ish vaqti davomidagi tanaffuslar

(ish boshlanganidan keyin uzog’i bilan 4 soatdan keyin), kundalik

dam olish (ish kunlari va smenalari orasida), haftalik dam olish kunlari, bayram

(ishlamaydigan) kunlari va ta’til kiradi.

Dam olish vaqti — xodim mehnat vazifalarini bajarishdan holi bo’lgan va bundan u o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanishi mumkin bo’lgan vaqtdir.

O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,126-modda

Dam olish vaqti:

—— dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus (uzog’i bilan 2 soat);

—— kundalik dam olish (kamida 12 soat);

—— dam olish kunlari (5 kunlik ish haftasida — ikki kun, 6 kunlik ish

haftada — bir kun);

—— dam olish kunlari ishlash taqiqlanadi (ayrim xodimlarni alohida

hollardagina ishga jalb etishga yo’l qo’yiladi, bunda mehnatga haq ikki

hissa miqdorda to’lanadi);

—— yillik ta’tillar (eng kami — 15, eng ко’pi — 48 ish kuni);

—— bayram kunlari.

Bayram (ishlanmaydigan) kunlari:

—— 1-yanvar — Yangi yil;

—— 8-mart — Xotin-qizlar kuni;

—— 21-mart — Navro’z bayrami;

—— 9-may — Xotira va qadrlash kuni;

—— 1-sentabr — Mustaqillik kuni;

—— 1-oktabr — O’qituvchi va murabbiylar kuni;

—— 8-dekabr — Konstitutsiya kuni;

—— Ro’za Hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;

—— Qurbon Hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.

MEHNAT TA’TILI

Yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun olti oy ishlangandan

keyin beriladi…

O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,

143-modda

Quyidagilarga ularning yoshi va sog’lig’i holatini hisobga

olib, yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi:

—— o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarga — o’ttiz kalendar

kun;

—— ishlayotgan I va II guruh nogironlariga — o’ttiz kalendar

kun…

O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,

135-modda

MEHNAT SHARTNOMASINING BEKOR QILINISHI

Mehnat kodeksiga binoan (99-modda, 1 q.) xodim nomuayyan muddatga

tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat

shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib,

bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish muddati tugagandan so’ng xodim

ishni to’xtatishga haqli, ish beruvchi esa, xodimga mehnat daftarchasini berishi

va u bilan hisob-kitob qilishi shart. Agar shartnomada uni muddatidan oldin bekor qilganlik uchun neustoyka to’lashi haqidagi o’zaro majburiyatlari nazarda

tutilgan bo’lsa, unda ish beruvchi xodimdan shartlashilgan pul summasini

to’lashini talab qilishga haqli.

Neustoyka (jarima) — qonun yoki shartnoma bilan

belgilangan pul summasi bo’lib, uni qarzdor kreditorga o’z

zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmaganida to’lashga

majburdir.

Arizani berish kuni bo’lib uni ish beruvchi olgan kun hisoblanadi, mehnat

shartnomasining bekor qilinishi to’g’risidagi ogohlantirish muddati ariza berilgan

kundan keyingi kun hisoblanadi. Ogohlantirish muddati ish kunlarida

emas, balki

kalendar kunlarida hisoblanadi, ya’ni ikki hafta — bu 14 kundir.

Agar ogohlantirish muddati tugagandan keyin xodim ishni davom ettiraversa,

unda mehnat shartnomasining bekor qilinishi to’g’risidagi ariza o’z

kuchini yo’qotadi. Shu bilan birga xodim ogohlantirish muddati davomida

o’zi bergan arizani, jumladan oxirgi ish kunida ham qaytarib olishga haqli, ish

beruvchi

esa unga buni rad etishga haqli emas.

Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslariga quyidagilar kiradi:

—— o’z ixtiyoriga ko’ra;

—— shartnoma tuzilgan muddat tugashi;

—— ishchi yoki xizmatchining harbiy (muqobil) xizmatga chaqirilishi;

—— shartnomani ma’muriyat tashabbusiga ko’ra bekor qilish;

—— xodimni uning roziligi bilan boshqa korxonaga o’tkazish;

—— xodimning davlat boshqaruvi idorasidagi saylanadigan lavozimga о’tishi;

—— sud hukmining qonuniy kuchga kirishi.

Mehnat shartnomasining bekor qilinishi korxona bo’yicha

buyruq bilan rasmiylashtiriladi.

Ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni

mehnat daftarchani va mehnat shartnomasi bekor qilingani

haqidagi buyruqning ko’chirma nusxasini berishi shart.

MEHNAT SHARTNOMASI ISH BERUVCHINING

TASHABBUSI BILAN BEKOR QILINISHI

Mehnat kodeksiga binoan (100-modda, 2 q.) quyidagi sabablar mehnat

shartnomasini bekor qilish uchun asos bo’ladi:

—— ishlar hajmining qisqarganligi tufayli xodimlar soni o’zgargani;

—— xodimning malakasi yetarli bo’lmaganligi yoki nosog’ligi sababli

bajarayotgan ishiga noloyiq bo’lib qolishi;

—— xodimning o’z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi;

—— xodimning o’z mehnat vazifalarini bir marta qo’pol ravishda buzganligi

(bunday buzishlar ro’yxati har bir korxonada belgilanadi);

—— o’rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul

qilinishi munosabati bilan o’rindoshlar bilan mehnat shartnomasining

bekor qilinishi;

—— mulkdorning almashishi sababli korxona rahbari bilan tuzilgan mehnat

shartnomasining bekor qilinganligi (korxonaning davlat mulkidan

jamoa yoki xususiy mulkka o’tishi);

—— xodimning pensiya yoshiga to’lganligi, qonun hujjatlariga muvofiq

yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo’lganda.

Mehnat shartnomasining ish beruvchining biron bir boshqa sabablari bilan

bekor qilinishi g’ayriqonuniy bo’ladi

26-§. MEHNAT NIZOLARI VA ULARNI HAL ETISH TARTIBI

YAKKA MEHNAT NIZOLARINING TARAFLARI VA MAZMUNI

Mehnat nizolari — xodimlar bilan ish beruvchilar o’rtasida mehnat qonun

hujjatlarining qo’llanilishi yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir.

Mehnat nizolarini yakka va jamoa nizolariga ajratsa bo’ladi. Yakka nizolarda

muayyan xodim huquqlari, uning qonuniy manfaatlari talashiladi va

himoya qilinadi. Jamoa nizolarida esa butun mehnat jamoasi yoki uning bir qismi

huquqlari, manfaatlari, vakolatlari himoya qilinadi.

Buzilgan mehnat huquqini tiklash yoki himoya qilish maqsadida mehnat

nizosi bo’yicha ish qo’zg’atgan shaxs da’vogar hisoblanadi. Javobgar — da’vo

bo’yicha javobgarlikka tortiladigan shaxs.

MEHNAT NIZOLARINI KO’RIB CHIQUVCHI KOMISSIYALAR

Barcha yakka nizolar avval mehnat nizolari komissiyalari (MNK) bilan

kasaba uyushmasi qo’mitasining qo’shma yig’ilishida ко’rib chiqiladi. Agar

MNK qarori kelishmovchiliklarni bartaraf etmasa, unda qaror ustidan sudga

shikoyat qilinadi. Da’vogar da’vo arzini yozma shaklda tuman (shahar) sudiga

beradi. 10 kunlik muddatda sud qarori ustidan yuqori turuvchi sudga shikoyat

qilish mumkin. Qonun sud qarorining darhol bajarilishini nazarda tutadi. Sud

qarori ma’muriyat tomonidan 3 kunlik muddatda bajariladi.

MEHNAT NIZOLARINI KO’RIB CHIQISH TARTIBI

Ish beruvchi bilan korxona mehnat jamoasi o’rtasida kelishmovchiliklar

kelib chiqqan taqdirda, taraflar o’z vakillaridan komissiyani shakllantiradi, bunda

kelishuvga erishilmaganda ishni sudga oshiradilar.

Yakka mehnat nizolarini kо’rib chiqish tartibi Mehnat kodeksi bilan tartibga

solinadi, mehnat nizolari bo’yicha ishlarni kо’rib chiqish tartibi — tuman

(shahar) sudlarida amalga oshiriladi va Fuqarolik protsessual kodeksi bilan belgilanadi.

O’zbekiston Respublikasi qonunlarida xodimlarning mehnat huquqlarini

buzganlik uchun ish beruvchi va korxonaning mansabdor shaxslarida javobgarlik

bo’lishi nazarda tutilgan. Ish beruvchiga xodimga zarar yetkazilgani uchun faqat

moddiy javobgarlik yuklatilishi mumkin. Korxonaning mansabdor shaxslari intizomiy,

moddiy, ma’muriy, alohida hollarda jinoiy javobgarlikka tortiladi.

MEHNAT NIZOLARI KOMISSIYASI ISHTIROKCHILARINING

YAZIFALARI

Komissiya raisi:

—— majlisni boshqaradi;

—— ish mohiyatini ma’lum qiladi;

—— da’vogar va javobgardan ishga doir qo’shimcha vaziyatlarni aniqlaydi;

—— guvohlarni so’roq qiladi;

—— mehnat qonunlari hamda taraflar fikrini hisobga olib qaror qabul qiladi.

Kotib:

—— majlis bayonnomasini yuritadi;

—— mehnat nizolari komissiyasi majlisiga ishtirokchilar kelgan-kelmaganligini

tekshiradi.

Da’vogar:

—— nizo mohiyatiga doir ko’rsatmalar beradi;

—— buzilgan mehnat huquqini tiklash bo’yicha talablar qo’yadi.

Javobgar (ish beruychining vakili):

—— haqiqat qaror topishiga to’sqinlik qilmaslikka majbur;

—— nizo mohiyatini va kelib chiqqan nizoni qonuniy hal etishga doir o’z

nuqtayi nazarini bayon qiladi.

Advokat:

—— jarayon ishtirokchilariga savollar beradi;

—— haqiqatni aniqlash va nizoni adolatli hal etish uchun qonunda nazarda

tutilgan barcha vositalardan foydalanadi;

—— ishni ko’rishgacha va uning davomida da’vogarga zaruriy yuridik

yordamni ko’rsatadi;

—— dalillar qalbakilashtirilganda g’ayriqonuniy harakatlar uchun jinoiy

javobgarlikka tortiladi.

Ekspert:

—— uning oldiga qo’yilgan masala bo’yicha yozma xulosa berishga majbur.

Mehnat jamoasi rahbari:

—— sudga mazkur nizo bo’yicha jamoa fikrini bayon etadi;

—— ish vaziyatlarini oydinlashtirishga ko’mak beradi.

YAKUNLARNI CHIQARISH

Mehnat nizosi ko’rib chiqilganidan keyin quyidagi savollar bo’yicha muhokama

darsini o’tkazing:

O’zingizni … (da’vogar, javobgar, advokat va hokazo) o’rnida qanchalik

dadil his etdingiz? Darslarda olingan bilimlar mehnat qonunlari nuqtayi nazaridan

qarshi taraf savollariga javob berishda yetarli bo’ldimi?

Sizningcha, mehnat qonunlariga muvofiq to’g’ri qaror qabul qilindimi?

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan