Tinimsiz 5 yillik mehnat o’z natijasini berdi! Mening Shuhratbek.uz saytim «Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining «Eng yaxshi o’qituvchi veb – sayti» nominatsiyasi bo’yicha 1 – o’rinni egalladi.

Assalomu alaykum qadrli hamkasblar! Bugun siz bilan men uchun juda quvonchli xabarni bo’lishmoqchiman. Shuhratbek.uz saytim «Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining «Eng yaxshi o’qituvchi veb – sayti» nominatsiyasi bo’yicha 1 – o’rinni egalladi. Yaratganga shukr-ki, mening 5 yillik mehnatlarim oqlandi va o’z natijasini berdi. Shuhratbek.uz sayti 2016 yil 3 fevraldan o’z faoliyatini boshladi. Asos: 24507-API shartnoma Shuhratbek.uz sayti 2017…

Davomi

7-sinf o’quvchilari uchun “Iste’molchining huquqlari va o’smir” mavzusida tayyorlangan “SAVODXON ISTE’MOLCHI” interaktiv taqdimotli o’yini

Hurmatli o’qituvchilar! Sizlar uchun Shuhratbek.uz sayti yangi «Interaktiv taqdimotli o’yinlar» deb nomlangan bo’lim ochdi. Ushbu bo’limda Power Point dasturining imkoniyatlaridan foydalangan holda ona tili, matematika, tarix, huquq, MIG’ va MA, boshlang’ich, biologiya, Konstitutsiya olamiga sayohat kabi fanlardan foydalanish uchun mo’ljallangan interaktiv taqdimotlardan namunalar berib boriladi. Ushbu taqdimotli o’yinlarni yuklab olib, o’z darslaringizda foydalanishingiz mumkin. 7-sinf o’quvchilari uchun “Iste’molchining…

Davomi