«3/3» («4/4», «5/5»,…) metodi

Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa,
berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar.

I.A. Karimov

 

Mazkur metod ham yuqorida qayd etilgan metodlarning muqobili hisoblanib, o’quvchilardan o’rganilayotgan mavzu (yoki bo’lim, bob) yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi. Unga ko’ra o’qituvchi mavzu (bo’lim, bob) yuzasidan uchta (to’rtta, beshta va hokazo) to’g’ri va unga teng nisbatda (uchta, to’rtta, beshta) bo’lgan va noo’rin qo’llanilgan tushunchalar (so’zlar, belgilar, tasvirlar va boshqalar)dan iborat tizimni shakllantiradi. O’quvchilar ushbu tizimdan mavzu (bo’lim, bob)ga taalluqli bo’lmagan tushunchalarni ajratadilar va harakatlarining mohiyatini izohlaydilar.

Metodni qo’llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi:

  • O’qituvchi o’zaro teng nisbatda mavzu(bo’lim, bob)ga oid va oid bo’lmagan asosiy tushunchalar tizimi yaratadi;

  • O’quvchilar mavzu (bo’lim, bob)ga oid va oid bo’lmagan asosiy tushunchalarni aniqlaydilar va dahldor bo’lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar;

  • O’quvchilar o’z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar.

Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o’quvchilar tomonidan mavzuning puxta o’zlashtirilishini ta’minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish mumkin.

O'xshash maqolalar

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan