5-§. Buxoro xonligi (8-sinf O’zbekiston tarixidan online test savollari)


“Muvaffaqiyatga erishishning uch sharti bor: Buning uchun, eng avvalo, boshqalardan ko’ra ko’proq bilishing kerak; ikkinchidan, boshqalardan ko’ra ko’proq mehnat qilish lozim; uchinchidan boshqalarga o’xshab muvaffaqiyat kelishini kutib o’tirmasligi kerak”.

Uilyam Shekspir

«Bilimlar bellashuvi», «Fan olimpiadasi» hamda  oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirish uchun tayyorlanmoqchimisiz? Unda marhamat!

8-sinf O'zbekiston tarixi: 5-§. Buxoro xonligi

Barchangizga omad!
1. 1510-yilda jangda halok bo'lgan Shayboniyxondan keyin kim taxtga o'tirdi?
2. 1534-1598-yillarda yashab o'tgan Miyonqol hukmdori Iskandar Sultonning o'g'lini aniqlang.
3. Pirmuhammadxon qo’shini 1599-yilda Tavakkal qo’shinini tor-mor keltirdi va Movarounnahr hududini ozod etdi. Qozoqlar qo’shini qayerga chekindi?
4. 1533-yilda Abu Said vafotidan keyin kim shayboniylar taxtga o'tirdi?
5. Abdullaxon II vafotidan atigi 3 yil o'tib...
6. Ubaydullaxonning eng buyuk orzusi nima edi?
7. XVI asrning ikkinchi yarmida shayboniylar davlatida yuzaga kelgan parokandalikka chek qo'ygan hukmdorni aniqlang.
8. Abdullaxonning tinimsiz urushlari natijasida egallagan hududlarini ketma-ketlikda belgilang?
9. Kimning hukmronlik davridan boshlab Shayboniylar davlati Buxoro xonligi deb atala boshlandi?
10. 1530-1533-yillarda kim shayboniylar davlatini boshqargan edi?
11. Abdullaxon II qachon Muhammad Islom ko'magida taxtni egallaydi?
12. Ichki nizolardan foydalangan Eron hukmdori Shoh Abbos qayerlarni egallaydi?
13. Abdullaxon II 1598-yil fevralda vafot etgach, taxtga kim o'tqizildi?
14. Abdullaxon II tomonidan qachon Balx egallangan edi?
15. Nima uchun Ubaydullaxon davlat poytaxtini Samarqanddan Buxoroga ko'chirdi?

Agar ushbu online testda yaxshi natija ololmasangiz yoki noto’g’ri javobni belgilagan bo’lsangiz «Buxoro xonligi» mavzusi bilan qayta tanishib chiqing hamda 100 ball olishga sazovar bo’ling.

Sh.Nurg’oziyev “ 8-sinf O’zbekiston tarixi fanidan amaliy mashg’ulot daftari” O’quvchilar uchun amaliy mashg’ulot daftari, Do’stlik – 2017

 

 

O'xshash maqolalar

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan