«TARIX TEST 6 – MASOFADAN O’RGANAMIZ» deb nomlangan O’zbekistondagi birinchi ANDROID TEST ILOVASI haqida


6-sinf tarix darsligini foydalanuvchi yakka tartibda o‘zi mustaqil mukammal o‘rganish bo‘yicha O‘zbekistonda birinchi bor yaratilgan ANDROID TEST ILOVASINING imkoniyatlari:

6-sinf tarix darsligidagi barcha mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan 825 ta oddiy va murakkab mavzulashtirilgantest savollari mavjudligi;

Test dasturi Android tizimida ishlovchi telefonlarda internetsiz ishlashi; (Faqat bir marta internetdan yuklab olish uchun juda kichik xajmda 7 mb ketadi, so‘ngra telefoningizga o‘rnatib olganingizdan so‘ng umuman internet shart emas)


Umumiy  o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey o‘quvchilari, tarix fanidan olimpiada ishtirokchilari, abituriyentlar va tarix faniga qiziquvchi hamda bilimini sinovchi barcha kitobxonlarga mo`ljallangan birinchi maxsus ilova ekanligi;


Foydalanuvchi  uchun  yakka tartibda  o’z ustida mustaqil va samarali  shug’ullana olishi uchun ishonchli  hamkori,  o’zining shaxsiy  vaqtidan unumli foydalana olishida rejali tizimi, o’z -o’zini ilmiy tahlil qilish shaxsiy monitoringi  kabi bir qancha imkoniyatlarni yaratadigan maxsus ilova ekanligi.

DASTUR BILAN ISHLASH

O‘zbekistonda birinchi bor Android tizimida ishlovchi telefonlariga mo’ljallangan tarix fanidan mavzulashtirilgan test dasturi bilan ishlash jarayoni haqida.
 
E’tiboringizga taqdim etilayotgan ushbu dasturga 6-sinf tarix darsligi asosida har bir mavzu yuzasidan alohida 15 talik sodda va murakkab ko’rinishda jami 675 ta test savollari kiritilgan. Undan tashqari har bir bo‘lim yakunida umumlashtiruvchi bo’lim yuzasidan 75 ta murakkab test savollari hamda 75 ta DTM test savollari berilgan bo‘lib, u orqali yana bir bor  egallagan bilimlaringizni mustahkamlandi. Test dasturida jami 825 ta test savollari mavjud.

TESTDAN FOYDALANISH

Javobni belgilayotganingizda e’tiborli bo’ling – sizda faqat bir marta belgilash imkoniyati bor. Agar siz savolga xato javob bersangiz MANABU (ustiga bosing), to‘g‘ri javob bersangiz MANABU musiqa chalinadi.   Barcha savollarga javob berib bo’lganingizdan keyin sahifaning oxirgi (pastki) qismidagi “TUGATISH” tugmasini bosasiz. So‘ngra ilovaning tepa qismida 2 dan 5 gacha baho hamda necha foiz to‘g‘ri javob berganingiz ko‘rsatiladi. Ilovaning pastki qismidan esa siz bergan xato javoblarni bilib olishingiz mumkin.

Agar joriy testni qayta boshlamoqchi bo‘lsangiz
tugmasini bosasiz.


MUALLIF HAQIDA

Nurgaziyev Shuxrat Xasanovich

Xalq ta’limi a’lochisi, Jizzax viloyati Do‘stlik tuman 10-maktab tarix fani o‘qituvchisi

WWW.Shuhratbek.uz sayti muallifi.
Telegramdagi @Innovatsion_tarix kanali muallifi.  

Tarix fanidan uslubiy qo‘llanmalar muallifi.
   
“Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi-2016” ko‘rik-tanlovining davlat va huquq asoslari fanidan Jizzax viloyat bosqichi I o‘rin sohibi, Respublika bosqichi laureati.
   
“Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar-2017” ko‘rik-tanlovi Respublika bosqichi faxrli I o‘rin sohibi.
    
 “Eng yaxshi dars ishlanma-2017” ko‘rik-tanlovining tarix  fani  yo‘nalishi bo‘yicha Respublika bosqichi faxrli I o‘rin sohibi.
    
“Eng yaxshi innovatsion loyiha-2018” ko‘rik-tanlovi sovrindori.
    
Pedagogik staji  17 yil.

6-sinf qadimgi dunyo tarixi, 7-8-sinf O‘zbekiston tarixi fanlarini mukammal  o‘rganish bo‘yicha «Tarixdan 8 bosqichli tizim» kabi qo‘llanmalar muallifi.


6-sinf tarix darsligini foydalanuvchi yakka tartibda o‘zi mustaqil mukammal o‘rganish bo‘yicha O‘zbekistonda birinchi bor yaratilgan “TARIX TEST 6 – Masofadan o‘rganamiz!” deb nomlangan ANDROID TEST ILOVASI muallifi


DASTURCHI

Abdurasilov Xurshid Abduhamid o’g’li


Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani 11-maktab 11-“V” sinf o‘quvchisi

Biz sizlarga yangidan-yangi ilovalarni taqdim etishda davom etamiz! 

MOBIL ILOVANI YUKLAB OLISH

Telegramdagi

@Innovatsion_tarix

kanalidan yuklab olishingiz mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan