9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan dars ishlanmalarim


DARS ISHLANMALAR tarixchi.zn.uz sayti

O’zbekiston tarixi fanidan dars ishlanmalar


O'zbekiston tarixidan dars ishlanmalar Sinf: 9  |  Fan: O’zbekiston tarixi

Mavzu:Jizzax qo’zg’oloni

 


Qo’shilgan sana: 29.04.14

Fayl formati: .doc

Hajmi: 2,21 MB

O'zbekiston tarixidan dars ishlanmalar Sinf: 9  |  Fan: O’zbekiston tarixi

Mavzu:Turkiston o`lkasida Rossiya imperiyasining yer-suv siyosati

 


Qo’shilgan sana: 29.04.14

Fayl formati: .doc

Hajmi: 104 КB

O'zbekiston tarixidan dars ishlanmalar Sinf: 9  |  Fan: O’zbekiston tarixi

Mavzu:Buxoro amirligiga qarshi harbiy harakatlarning boshlanishi

 


Qo’shilgan sana: 30.04.14

Fayl formati: .doc

Hajmi: 132 КB

O'zbekiston tarixidan dars ishlanmalar Sinf: 9  |  Fan: O’zbekiston tarixi

Mavzu:Andijon qo’zg’oloni

 


Qo’shilgan sana: 30.04.14

Fayl formati: .doc

Hajmi: 4,29 MB

O'zbekiston tarixidan dars ishlanmalar Sinf: 9  |  Fan: O’zbekiston tarixi

Mavzu:O’rta Osiyo davlatlarining hududi va aholisi

 


Qo’shilgan sana: 30.04.14

Fayl formati: .doc

Hajmi: 3,80 MB

O'zbekiston tarixidan dars ishlanmalar Sinf: 9  |  Fan: O’zbekiston tarixi

Mavzu:Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoni bosib olish uchun istilochilik harakatlarining boshlanishi

 


Qo’shilgan sana: 30.04.14

Fayl formati: .dvju

Hajmi: 160 KB

O'zbekiston tarixidan dars ishlanmalar Sinf: 9  |  Fan: O’zbekiston tarixi

Mavzu:Turkiston general-gubernatorligining siyosiy-ma’muriy boshqaruv tizimi

 


Qo’shilgan sana: 30.04.14

Fayl formati: .dvju

Hajmi: 102 KB

O'zbekiston tarixidan dars ishlanmalar Sinf: 9  |  Fan: O’zbekiston tarixi

Mavzu:«Yosh buxoroliklar» faoliyati va buxoro amirligining tugatilishi

 


Qo’shilgan sana: 30.04.14

Fayl formati: .dvju

Hajmi: 261KB

O'zbekiston tarixidan dars ishlanmalar Sinf: 9  |  Fan: O’zbekiston tarixi

Mavzu:Teatr va musiqa san’ati

 


Qo’shilgan sana: 30.04.14

Fayl formati: .dvju

Hajmi: 321KB

 

 

Ushbu texnologik xarita asosida yozilgan  dars ishlanmani Jizzax viloyati Do’stlik tumanidagi 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o’qituvchisi Shuhrat Nurg’oziyev tomonidan tayyorlandi. Tarix fani o’qituvchilari o’z darslarida foydalanishlari mumkin. Hurmatli tarix fani o’qituvchilar http://tarixchi.zn.uz/dars-ishlanmalar/ sahifani kuzatib boring….

I. Maqsad va vazifalar:

Darsning maqsadi: o’quvchilarga XX asr boshlarida Turkistondagi teatr va san’at haqida ma’lumot berish

Darsning ta’limiy vazifasi: o’quvchilarga an’anaviy xalq teatrlari, Turkistonga kirib kelgan rus va Yevropa
teatrlari va ularning milliy teatrimiz rivojiga qo’shgan hissalari haqida tushuncha berish

Darsning tarbiyaviy vazifasi: O‘quvchilarni yangi bil­imlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga yo’naltirish hamda ularda ona Vatanga nisbatan muhabbat tuyg’ularini shakllantirish. Jadid teatrining vujudga kelish omillari va uni tashkil qilgan jadidlar faoliyatini tahlil qila olish ko’nikmasini rivojlantirish;

Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: Ularda umumlashma xulosalar chiqarish ko’nikmasini shakllantirish.

II. Yangi dars mazmunining tayanch tushunchalari, atamalari, tarixiy sana, nom va ismlar:

Zokir eshon, To’la masxara, 1870-yil, Komessarjevskaya, 1910-yil, Behbudiy, «Teatr
bu ibodatxonadir», «Padarkush», 1911-yil, 1914-yil, Muhammad Rahimxon II, musiqa.

III.O’quv jarayonining
amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: Aralash.

Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda
ishlash
Vosita: DVD, televizor (Kompyuter)
9-sinflar uchun Elektron darslik disklari,darslik,
plakatlar; tarqatma materiallar.

Nazorat: Og’zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag’batlantirish,
5 ballik reyting tizimi aso­sida.

IV.Kutiladigan natijalar:

O’quvchilar yangi bilim va ko’nikmaga ega bo’ladi. Ularda o’quvchilar Turkistonda an’anaviy musiqa maktabining shakllanishi va uning rivojiga Muhammad Rahimxon II ning qo’shgan hissasi, an’anaviy xalq teatrlari, Turkistonga kirib kelgan rus va Yevropa teatrlari va ularning milliy teatrimiz rivojiga qo’shgan hissalari haqida bilimga ega bo’ladi, jadid teatrining vujudga kelish omillari va uni tashkil qilgan jadidlar faoliyati bilan tanishadilar

V.Kelgusi rejalar:

O’qituvchi o’z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosuda keyingi darslariga o’zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.

DARS JARAYONI VA UNING BOSQICHLARI:

1.Tashkiliy qism (2 daqiqa)

2. Uy vazifasini takrorlash (10 daqiqa)

3.Yangi dars mavzusini ro’yobga chiqarish ustida ishlash (15 daqiqa).

4.O’tilgan mavzuni mustahkamlash (13 daqiqa)

5.Dars yakunlarini chiqarish (3 daqiqa).

6.Uyga vazifa (2 daqiqa).

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism (2 daqiqa).

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, yangi darsni boshlash uchun hozirlik.

II. Uy vazifasini takrorlash (8 daqiqa).

«Kim tez topar» o’yini. Bunda o’quvchilarga quyidagi savollar beriladi:

1. Tarix fani boyicha o’zbek tilida nashr qilingan ilk asar? Turkiston tarixi»)

2. Turkistonda ilk xalq kutubxonasi qachon va qayerda ochilgan? (1870-yil Toshkentda)

3. Behbudiyning eng mashhur sahna asarini ayting. Padarkush»)

4. O’zbek milliy teatrini kimlar birinchi bo’lib tashkil qilgan? (Jadidlar)

5. «Turkiston tarixi» asarining muallifi kim? (Mulla Olim Maxdum Hoji)

6. Turkiston jadidlarining g’oyaviy otasi kim edi? (Mahmudxo’ja Behbudiy)

7. Turkistonning bosh xaritasi nechanchi yilda tuzilgan edi? (1867-yil)

8. O’zbek tilida yaratilgan ilk nasriy asarlar, romanlar muallifi kim? (Abdulla Qodiriy)

III. Yangi dars mavzusini
ro’yobga chiqarish ustida ishlash
(15 daqiqa).

«Guruhlar ishi». O’quvchilar to’rt guruhga bo’linadi va ularga topshiriqlar beriladi. Har bir guruh o’z topshirig’ini darslikdan foydalangan holda vatmanga yozadi.

1-guruhga: Turkistonda xalq teatrlarining faoliyatiga baho bering.

2-guruhga 1870-yil Turkistonga Samara teatrining kelishidan ko’zlangan asosiy maqsad nima edi?

3-guruhga: Qo’qonda dastlabki havaskor teatrni kim tashkil qilgan va uning tashkilotchisi haqida nimalar bilasiz?

4-guruhga: Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruzning musiqa san’atiga qo’shgan hissasi to’g’risida nimalami bilib oldingiz?

Guruh sardorlari doskaga vatmanlarni osib, javoblami izohlab berishadi. Javoblar o’qituvchi tomonidan to’ldiriladi va
aniqlik kiritiladi.

IV. O’tilgan mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa). «Klaster» usuli asosida.

O’qituvchi vatman qog’ozining markazida doira chizadi va uning ichiga «teatr» deb yozadi. O’quvchilar teatr san’atiga oid ism, tarixiy voqea-hodisalarni yozib chiqishlari va izohlashlari kerak.

Shundan so’ng quyidagi savollar orqali suhbat o’tkaziladi:

1. Qo’qonda ilk havaskorlik teatrini kim tashkil qilgan? Uning tashkilotchisi haqida nimalarni bilasiz?

2. Yevropa teatrlari qachondan boshlab o’lkaga kirib kela boshladi?

3. Jadid teatrlarida namoyish qilingan pyesalarning asosiy g’oyasi nimalardan iborat bo’lgan?

4. XIX asr oxirida Turkistonda qanday musiqa asboblari bo’l­gan?

V. Dars yakunlarini chiqarish (3-daqiqa).

1. Darslikdagi «O’zingizni sinang» rukni bilan ishlash.

2. O’quvchilarda paydo bo’lgan savollarga javob berish.

3. Baholarni e’lon qilish.

VI. Uyga vazifa (2 daqaqa).

1. Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.

2. Elektron darslikdagi test va krossvordlarni ishlash.

3. Darslikdagi «Ozingizni sinang» ruknidagi vazifani daftarda tayyorlab kelish.

DARS JARAYONIDA KERAK BO’LADIGAN RASMLAR:

Tarixchi.zn.uz saytidagi barcha dars ishlanmalar,ma’lumotlar hamda rasmlardan sayt administratorining ruxsatisiz foydalanish ta’qiqlanadi. Foydalanilganda  sayt manzili (tarixchi.zn.uz) ko’rsatilishi lozim.

Nurg’oziyev Shuhrat Xasanovich

 

 

O'xshash maqolalar

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan