Adabiyot bo’yicha Nobel mukofoti sohiblari

Hurmatli saytimiz mehmonlari sizga taqdim etayotgan ushbu maqolada 1901-yildan boshlab 2012-yilgacha bo’lgan davrda Adabiyot bo’yicha Nobel mukofoti sohiblari ro’yxati hamda ular haqida ma’lumotlar berilmoqda.

Asarlarining adabiy ahamiyati, yuksak badiiyligi, hissiyot va intellektning uyg’unligi, shuningdek, ularda ilgari surilgan g’oyalar uchun.
Tarixiy mavzuda ijod qilgan zamonaviy yozuvchilar ichida eng ulug’i, «Rim tarixi» yirik monumental tadqiqotning muallifi.
Chin ilhom mahsuli bo’lgan rux sofligi bilan ajralib turuvchi oliyjanob va keng qamrovli she’riyati hamda epik va dramatik iste’dodi uchun.
Xalq ruhini haqqoniy aks ettiruvchi betakror va o’ziga xos she’riyati uchun.
Ispan dramasi an’analarini o’ziga xos original uslubda tiklagan ko’plab yorqin asarlari uchun

.

Epos sohasidagi buyuk xizmadari uchun.
Faqatgina she’riy asarlarigina xos bo’lgan chuqur bilimdonlik va tanqidiy ruh uchungina emas, avvalo ularning ijodiy shiddati, uslubining yangiligi va lirik ta’sirchanligi uchun.
Kuzatuvchanligi, boy xayolot dunyosi, g’oyalarining buyukligi va yuksak hikoyatchilik mahorati uchun.
Hayotining idealistik falsafani himoya qilish va rivojlantirish yo’lidagi jiddiy izlanishlari, asarlariga xos bo’lgan o’tkir tafakkur kuchi, keng fikrlash doirasi, obrazlarining jonliligi va ishonchliligi uchun.
Barcha asarlarini boshqalarnikidan ajratib turuvchi yuksak idealizm, boy xayolot dunyosi va ta’sirchanligi uchun.
Lirik shoir, dramaturg, romannavis va dunyoga mashhur hikoyalar muallifi sifatida o’zining uzoq va sermahsul ijod yo’li davomida yaratgan asarlarida namoyish etgan yuksak badiiy mahorati, idealizmi uchun.
Serqirra adabiy faoliyati, ayniqsa tasavvur boyligi va poetik xayol parvozi bilan mashhur bo’lgan dramatik asarlari uchun.
Eng avvalo dramatik san’at sohasidagi sermahsul, rang-barang va buyuk xizmatlari uchun.
Shoirning o’z so’zlari bilan aytganda, g’arb adabiyotining ajralmas qismiga aylangan she’riy tafakkur aks etgan, chuqur hissiyot bilan yo’g’rilgan betakror va ajoyib she’rlari uchun.
Asarlarining yuksak darajadagi idealizmi, turli inson tiplarini tasvirlashda odamzodga hamdardligi, haqiqatga sodiqligi uchun.
Jahon adabiyotidagi yangi bosqichning eng yorqin namoyandasi sifatida.
Poetik ijodining rang-barangligi va yuksak ideallari uchun.
Zamonaviy Daniya voqeligini haqqoniy aks ettirgan asarlari uchun.
«Olimpiya bahori» bebaho asari uchun.
«Yer sharbati» monumental romani uchun.
Uslubining nafisligi, chuqur hamdardlik hissi bilan yo’g’rilgan gumanizm va haqiqiy galliklarga xos shavqi bilan ajralib turuvchi ajoyib ijod mahsullari uchun.
Sharafli ispan dramasi an’analarini davom ettirishdagi ajoyib mahorati uchun.
Irland milliy ruhini yuksak badiiy mahorati bilan ifodalovchi ilhombaxsh she’riy ijodi uchun.
Buyuk milliy epos – «Erkaklar» romani uchun.
Idealizm va insonparvarlik ruhi bilan yo’g’rilgan ijodi uchun, ajoyib poetik go’zallik bilan uyg’un o’tkir hajviyot uchun.
Qadrdon Sardiniya oroli hayoti yorqin aks etuvchi idealizm ruhi bilan sug’orilgan asarlari, shuningdek, insoniyat muammolariga chuqur yondashuvi uchun.
G’oyalarning yorqinligi va hayotbaxshligi uchun, shuningdek, ushbu g’oyalarni aks ettirishdagi mahorati uchun.
O’rta asrlar Skandinaviyasining yodda muhrlanib qoluvchi tasviri uchun.
Avvalo zamonaviy adabiyotning mumtozi bo’lib qolgan va shuhrati o’sishdan to’xtamagan buyuk «Buden-broklar» romani uchun.
Kuchli va ta’sirchan nosirlik mahorati, shuningdek, yangi tip va xarakterlar yaratishdagi noyob hajv va yumor qobiliyati uchun.
She’riyati uchun (mukofot o’limidan so’ng berilgan).
Cho’qqisi «Forsiyatlar haqida saga» bo’lgan yuksak darajadagi nosirlik mahorati uchun.
Rus an’anaviy nasri an’analarini qat’iyat bilan davom ettirishdagi mahorati uchun.
Dramatik va sahna san’atini qayta tiklashdagi ijodiy mahorati uchun va ixtirolari uchun.
Tragediya janrini yangicha talqin qiluvchi dramatik asarlarining ta’sir kuchi, haqqoniyligi va chuqurligi uchun.
«Tibo oilasi» romanida inson tasvirining badiiy kuchi va haqqoniyligi, shuningdek, bugungi kun hayotining muhim jihatlari aks etgani uchun.
Xitoy dehqonlari hayotini serqirra, tom ma’nodagi epik tasviri hamda biografik asarlari uchun.
Fin dehqonlari hayotiga chuqur kirib borganligi va dehqonlarning urf-odatlari va tabiat bilan bog’liqligini ajoyib san’at darajasida ko’rsatgani uchun.
Poetik xayolot dunyosi bilan intellektual zehn va ijodiy o’ziga xoslik uyg’un bo’lgan noyob qudratga ega ijodiy uslubi uchun.
Uning nomini butun Lotin Amerikasi adabiyotining idealistik orzu-intilishlari timsoli darajasiga ko’targan haqiqiy hissiyotlarga boy she’riyati uchun.
Mumtoz adabiyot uchun xos bo’lgan xususiyatlar, insonparvarlik g’oyalari yaqqol aks etib turuvchi ilhombaxsh ijodi hamda ajoyib uslubi uchun.
Insoniy muammolar haqiqatga mardona muhabbat va sadoqat ruhi bilan yo’g’rilgan holda taqdim etilgan teran mazmunli va badiiy jihatdan qimmatli asarlar uchun.
Zamonaviy she’riyatga qo’shgan buyuk novatorona hissasi uchun.
Zamonaviy Amerika romani taraqqiyotiga badiiyat nuqtai nazaridan qo’shgan ulkan hissasi uchun.
Insonparvarlik ideallari va fikr erkinligi g’oyalarini ilgari suruvchi rang-barang va sermazmun asarlari uchun.
Ijodi bilan insoniyat oldida turgan azaliy savollarga javob axtargan yozuvchi mulohazalarining badiiy kuchi va mutlaq erkinligi uchun.
Romanlarida hayotiy dramalarni inson ruhiyatini chuqur aks ettirgan holda ko’rsatgani va ularning badiiy qudrati uchun.
Tarixiy va biografik xarakterdagi asarlaridagi yuksak mahorati uchun hamda oliy insoniy qadriyatlarni ilgari surgan tengsiz notiqlik san’ati uchun.
Yana bir marotaba «Chol va dengiz» asarida namoyish etgan – nosirlik mahorati, shuningdek, zamonaviy nasrga ko’rsatgan ta’siri uchun.
Asarlarining Islandiya buyuk hikoyachilik san’atini takror namoyish etgan yorqin epik kuchi uchun.
Ispan she’riyatidagi ruh yuksakligi va badiiy soflik namunasi bo’lgan she’rlari uchun.
Inson vijdoni ahamiyatini aks ettirgan asarlari bilan adabiyotga qo’shgan ulkan hissasi uchun.
Zamonaviy lirikada erishilgan sezilarli yutuqlari, shuningdek, buyuk rus epik romani an’analarini davom ettirgani uchun.
Bugungi kunimizning fojiaviy tajribasini mumtozlik darajasida jonli tasvirlagani uchun.
Bugungi kunimizni aks ettiruvchi yuksak va obrazli she’riyati uchun.
Insoniy taqdirlarni hamda o’z mamlakati tarixi bilan bog’liq muammolarni to’laqonli ochib ko’rsatishga imkon bergan epik qobiliyati uchun.
Nozik yumor va o’tkir ijtimoiy nigohi bilan uyg’un realistik hamda shoirona qobiliyati uchun.
Qadimgi elinlar davri madaniyatini chuqur his qilishdan dalolat beruvchi lirik she’rlari uchun.
Davrimizga ulkan ta’sir ko’rsatgan g’oyalarga boy, ozodlik va haqiqatni izlash ruhi bilan yo’g’rilgan ijodi uchun (Mukofotni olishdan bosh tortgan).
Rossiya uchun tub burilish davridagi Don kazaklari haqidagi eposning badiiy quvvati va to’laqonligi uchun.
Yahudiy xalqi taqdirini ta’sirchan tadqiq etuvchi buyuk lirik va dramatic asarlari uchun.
Zamirida Lotin Amerikasi hindulari hayotiga qiziqish hissi yotuvchi yorqin ijod mahsullari uchun.
Yapon ongi mohiyatini ochib beruvchi yozuvchilik mahorati uchun.
Nasr va dramaturgiya sohasidagi zamonaviy inson fojiasi mavzusi darajasiga ko’tarilgan novatorona asarlari uchun.
Buyuk rus adabiyotining o’lmas an’analarini davom ettirishdagi ma’naviy qudrati uchun.
Butun bir qit’a taqdiri va orzu-intilishlarini o’zida mujassam etuvchi shiddatli she’riyati uchun.
Nemis adabiyotining qayta tiklanishiga ulkan hissa bo’lib qo’shilgan, voqelikning keng qamrovli manzarasini yaratish bilan xarakter kashf etish san’atining uyg’unligini yuksak darajada namoyon etuvchi ijodi uchun.
Yangi adabiy qit’ani kashf etishdagi epik va psixologik mahorati uchun.
Ozodlikka xizmat qiluvchi zamon va makon bilmas nosirlik san’ati uchun.
Shudring tomchisidan koinotgacha – barchani qamrab olgan ijodi uchun.
Hayotga chuqur va teran nigohi bilan ajralib turuvchi buyuk she’riyati uchun.
Ijodiga xos bo’lgan insonparvarlik bilan zamonaviy madaniyat nozik tahlilining uyg’unligi uchun.
Insonning koinotdagi va zamonaviy jamiyatdagi holatini aks ettiruvchi, ayni paytda jahon urushlari oralig’ida ispan she’riyati an’analari qayta tiklanayotganining dalili bo’lgan buyuk she’riy ijodi uchun.
O’z ildizlari bilan polyak-yahudiy madaniy an’analariga borib taqaluvehi, shu bilan birga, azaliy muammolarni ilgari suruvchi ta’sirchan nosirlik mahorati uchun.
Yunon an’analari yo’lida kuchli hissiyot va aqliy tafakkur bilan zamonaviy insonning ijod erkinligi hamda huquqi uchun kurashini tasvirlovchi she’riyati uchun.
Muammolar bilan toiib-toshgan dunyoda insonning himoyasizligini tiniq nigoh bilan mardona ko’rsatganligi uchun.
Dunyoqarashining kengligi, g’oyalarga boyligi va badiiy kиchi bilan e’tibor qozongan asarlari uchun.
Xayolot va reallik qo’shilib, butun bir qit’a hayoti va ziddiyatlarini aks ettiruvchi hikoya va romanlari uchun.
Realistik nasr san’ati aniqligi, asotir rang-barangligi va xilma-xilligi bilan uyg’unlashib, insonning bugungi kundagi hayoti, mohiyatini anglashga ko’mak beruvchi romanlari uchun.
O’ziga xosligi, hissiyot va tasavvurga boy dunyosi bilan ajralib turuvchi hamda ruh erkinligi, inson qobiliyatlari kengligidan dalolat beruvchi she’riyati uchun.
Ijodida inson hayoti ma’nosini ochib berishda davmi chuqur his etish tuygusini she’riy va tasviriy asos bilan uyg’unlantirishga erishgani uchun.
Ulkan istiqbolga ega bo’lgan madaniyat teatri va she’riyat yaratgani uchun.
Tiniq fikr va she’riy ehtiros bilan yo’g’rilgan keng qamrovli ijodi uchun.
Butun insoniyatning mulki bo’lib qolgan, ba’zan realistik, ba’zan o’ta realistik, ba’zan shartli-ramziy tasvir almashinib turuvchi asarlarida arab nasri san’atini namoyish etgani uchun.
Inson ojizligini bosh hamdardlik bilan ko’rsatuvchi sermazmun nasri uchun.
Serhissiyot intellekt va insonparvarlik tuyg’ulari bilan to’liq ehtirosli asarlari uchun.
Alfred Nobelning ta’biri bilan aytganda, o’zining ajoyib eposlari bilan insoniyatga ulkan foyda keltirgan.
San’atga sadoqatini namoyish etuvchi yorqin she’riy ijodi uchun.
Amerika voqeligining keng ko’lamli manzarasini o’zining orzularga va shoirona ruhga to’la romanlarida aks ettirgani uchun.
Reallik va asotirlar qo’shib bugungi kun voqeligi manzaralarini she’riy qudrat bilan aks ettiruvchi xayoliy dunyo yaratgan asarlari uchun.
O’tmishni kundalik mo’jizalari bilan qayta tiriltiruvchi she’riy joziba va chuqur epik mazmun bilan yo’g’rilgan she’rlari uchun.
Inson hayoti manzaralarida tarixiy va biologik kontekstni o’tkir kinoya bilan aks ettiruvchi she’riyati uchun.
Hukumat tanqidi va xo’rlanganlar sha’nini himoya qilishda o’rta asr masxarabozlaridan qolishmaydi.
Xayol, hamdardlik va kinoya bilan yo’g’rilgan rivoyatlar yordamida tasavvur mahsuli bo’lgan voqelikni anglash imkoniyatini beruvchi asarlari uchun.
O’tmishining unutilib ketgan qiyofasini quvnoq va g’amgin tasvirlagan asarlari uchun.
Jamiyat hayotini sinchkovlik va zukkolik bilan tasvirlab, Xitoy romani va dramaturgiyasiga yo’l ochib bergan asarlari uchun.
Nafis hikoyachilik san’ati, shuningdek, o’quvchini kamsitilgan madaniyatlar ham mavjudligi to’g’risida o’ylashga majbur qila olish mahorati uchun.
Insonning nozik qalbi tarixining vahshiyona shafqatsizligiga qarshi qo’yilgan ijodi uchun.
Ajoyib kompozitsiyasi, ko’p ma’noli dialog va tahlilning chuqurligi bilan harakatlanuvchi, Defo va Kafka an’analari izidan borib inson yolg’izligi mohiyatini осhib beruvchi asarlari uchun.
«Pianinochi» romani uchun.
O’zining yozgan asarlarida muallif kundalik hayotda uchraydigan qiyinchiliklarni ko’rsatib bergani uchun.
«Begunohlik muzeyi» asari uchun.
«Afrikaning oq umidi» asari uchun.
Asarlarida avtor urushning dahshatli tomonlarini yozgani uchun.
O’zining she’rlarida muallif bechora insonlaming hayotini tasvirlab bergani uchun.
Inson huquqlarini himoya qilishdagi faoliyati uchun.
Boyitilgan yorqin obrazli she’rlari uchun. Uning komik she’rlari ham shuhrat qozongan. She’rlari «Simpsonlar» haqidagi multfilmda, «Doktor Xaus» serialida o’rin olgan.

Q.To’rayev, S.Burxonov, M.Zokirova “Qiziqarli bilimlar olamida”, “Sharq” MAK, Toshkent – 2014

O'xshash maqolalar

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan