“ASSESMENT” METODI

Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa,
berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar.

I.A. Karimov

“ASSESMENT” METODI

 

“Assesment” inglizcha “assessment” so’zidan olingan bo’lib, “baho”, “baholash” ma’nolarini bildiradi. Assesment metodi talabalarning bilim, ko’nikma va malakalari darajasini har tomonlama, xolis baholash imkoniyatini ta’minlovchi topshiriqlar to’plami bo’lib, u biografik anketa, ta’lim sohasidagi yutuqlar bayoni, o’quv individual topshirig’i, bahs- munozara, intervyu, ijodiy ish, test, individul keys, taqdimot, ekspert kuzatishi, rolli hamda ishbilarmonlik o’yinlari kabilardan tashkil topadi. Bu metod asosan quyidagi uch maqsadga xizmat qiladi:

  • talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini har tomonlama, xolis baholash;
  • talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash;
  • talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan istikbol reja (maqsadli dastur)ni shakllantirish.

Mazkur texnologiyaning yaratilish tarixi o’tgan asrning 30-40- yillariga borib taqaladi. Dastlab texnologiya mavjud harbiy vaziyatlarni to’g’ri baholay oladigan, harbiy harakatlar jarayonini samarali boshqaradigan, zarur o’rinlarda oqilona harakatni tashkil eta oladigan ingliz hamda nemis harbiylari orasidan bilimdon, tadbirkor, mahoratli harbiylar, shuningdek, ofiserlarni tanlash maqsadida qo’llanilgan.

Keyinchalik bu metod tadbirkorlik sohasiga ham samarali tatbiq etildi. Metodni birinchi marta 1954-yilda “AT&T” kompaniyasi tomonidan tadqiqot dasturlarini amalga oshirish doirasida qo’llanilgan.

To’rt yildan so’ng malakali menejerlarni tanlash maqsadida qo’llanila boshlangan ushbu metod negizida tadbirkorlar va psixologlar bilan hamkorlikda mazkur texnologiya yordamida ishlab chiqarish, savdo, maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari hamda tashkilotlar uchun malakali mutaxassislarny tanlash xizmati – “Assesment-markaz” (“The Assessment Centre”) faoliyatini yo’lga qo’yildi.

1960 yilda “IBM”, “Standart oyl of Ogayo”, “Sirs Robaks” kabi yirik amerika kompaniyalari o’z faoliyatlariga bu texnologiyani samarali tatbiq etdilar. Agar 1980 yilda 2000 ta firma “Assesment-markaz” asosida malakali mutaxassislarni tanlashni ma’kul ko’rgan bo’lsa, hozir bu texnologiyadan o’n minglab korxona, tashkilot, firma va kompaniyalarda samarali qo’llanilmokda.

Ayni vaqtda ishlab chiqaruvchi va savdo kompaniyalari malakali menejerlarni tanlash maqsadida mazkur texnologiyadan muvaffaqiyatli foydalanmokdalar. So’nggi yillarda mazkur texnologiya ta’lim tizimiga ham samarali joriy etildi. Uning yordamida talabalarning bilim, ko’nikma va malakalari darajasi har tomonlama, xolis baholanmoqda.

Metodning qo’llanishi. “Assesment” metodi o’quv mashg’ulotlarining barcha turlarida (dars boshlanish yoki dars oxirida yoki o’quv predmetning biron-bir bo’limi tugallanganida) o’tilgan mavzuni o’zlashtirilganlik darajasshsh baholash takrorlash mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o’tkazish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin ta’lim oluvchilarning bilimlarini tekshirib olish, malaka oshirishga kelgan tinglovchilarning dastlabki bilimlari, ko’nikma, malakalarini aniqlab olish uchun mo’ljallangan.

Ushbu metodni mashg’ulot jarayonida yoki mashg’ulotning bir qismida hamda yakka tartibda qo’llash mumkin. Bu metoddan uyga vazifa berishda ham foydalansa bo’ladi. Bunda topshiriqlar shakli 10-jadvaldagi ko’rinishda bo’lishi mumkin.

1.jadval

“Assesment” metodi bo’yicha topshiriq namunasi 

Test. Tegishli fan bo’yicha o’tilgan (bo’lim, kurs) yuzasidan 1- 2 ta test beriladi. Muammoli vaziyat. O’tilgan mavzu asosida aniq hayotiy vaziyat, hodisaga asoslangan muammo beriladi.
Simptom. Mavzu bo’yicha ilmiy-nazariy fikrlar, g’oyalar, ta’riflar tugallanmagan fikr ko’rinishida beriladi, masalan:

…..ta’rif bering, ……ilmiy

asoslang…., yoriting…  va b.

Amaliy ko’nikma. O’tilgan mavzu mazmunini hayotda ish foaliyatida qo’llashdagi ko’nikmalarga tegishli topishiriq beriladi, masalan:

…..chizing, hisoblang, to’ldiring, toping, solishtiring… va b.

 

O.U.Avlayev, S.N. Jo’rayeva, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o’quv-uslubiy qo’llanma, “Navro’z” nashriyoti, Toshkent – 2017

 

 

 

 

O'xshash maqolalar

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan