Bolangiz maktabda zavq bilan o’qishini istasangiz

“Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”.

Abdulla Avloniy

Bolangiz maktabda zavq bilan o’qishini istasangiz

1. Maktabni, o’qituvchilarni bolangizning oldida tanqid qilmang.
2. Bolam bilan til topa olmayapti, deb o’qituvchisini ayblashga shoshilmang. Bu muammoni yechishda men nima qila olishim mumkin, deb o’ylab ko’ring.
3. Bolangiz dars tayyorlayotganini necha marta kuzatib turgansiz? Uning dars tayyorlashda qanday xatolarga yo’l qo’yayotganini ko’rib, to’g’ri yo’lni ko’rsatganmisiz?
4. Bolangizda maktab bilan bog’liq muammo paydo bo’lsa, uning sabablarini maktab bilan birgalikda aniqlang. Maktabda kim, nima deganlarini bolangiz bilan batafsil muhokama qilmang.
5. Har kuni bir vaqtda uxlashga yotib, bir vaqtda uyg’onishni bolangizning odatiga aylantiring. Uyida uyquga to’ymagan bola darsda uxlaydi, tanbeh eshitadi.
6. Bolangizning qiziqishlariga e’tibor qiling. O’rtoqlari, uy vazifalari, olgan kitoblariga befarq emasligingizni ko’rsating. Ana shunda u qiziqishlarining muhimligini his etadi, mas’uliyati, sizga muhab bati yanada ortadi.
7. O’zingiz kitob o’qib turing. Bolangiz bo’sh vaqtingizda televizor ko’rish o’rniga kitob o’qiyotganingizni ko’rgani ma’qul.
8. Bolangizga o’z fikrlarini yozma bayon qilishga o’r¬gating. Ayrim gap, topshiriq, iltimoslaringizni qog’ozchalarga yozib, uning dars stoliga, papkasiga solib qo’ying. Uni ham shunday qilishga o’rgating. Birgalik¬da xatlar yozing. Bolangiz biror voqeadan zavqdanib kelsa, uni qog’ozga tushirishni so’rang. Kechqurun hammaning oldida chiroyli, ifodali qilib o’qib bering.
9. Maktab hayotida faol ishtirok eting. Bola u o’qiyotgan maktabga qiziqishingizni ko’rib, xursand bo’ladi.
10. Maktabda bolangiz noxush vaziyatga tushib qolganda uni qo’llab-quvvatlang, toki u o’zini yakka, nochor, tushkun his qilmasin. O’ziga ishonchini yo’qotmasin.

Muhammad Qurbonov “Bolam baxtli bo’lsin, desangiz…” tarbiya kitobi, “Ma’naviyat” nashriyoti, Toshkent – 2014

 

O'xshash maqolalar

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan