Bolani tarbiyalash – J.Grey maslahati

Erlak va ayol munosabatlari, inson psixologiyasi, farzand tarbiyasiga oid kitoblari bilan dunyoga mashhur bo’lgan yozuvchi Jon Greyning fikricha, bolani tarbiya qilishda asosiy 5 tamoyilga tayanish kerak ekan. Shunda bola odobli, aqlli va eng muhimi baxtli bo’lib o’sar ekan.

Ushbu 5 tamoyil bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Ularni barchasini amalga oshirgan holda bolani tarbiyalsh juda katta ijobiy o’zgarishlarga olib kelar ekan.

1 – tamoyil

Boshqalardan farqli bo’lish – normal holat! Bola hech qachon boshqa bolaga o’xshashi kerak emas. Har bir bola o’zicha ajoyib va takrorlanmas ijobiy xususiyatlarga ega. Agar ota-ona bolasini boshqa bilan solishtirishni to’xtatsa, uning yutuq va kamchiliklarini boshqalarniki bilan taqqoslamasa, bolaning o’ziga bo’lgan ishonchi kuchli bo’lib, u yutuqlari yoki biron mehnati uchun emas, balki o’zi sevimli ekanligini anglab katta bo’ladi. Ota-ona esa solishtirishdan bosh tortsa, farzandining asl boyligini ko’ra oladi.

2 – tamoyil

Xato qilish – normal holat! Inson xato qilsagina rivojlana oladi. Bola ham ulg’aygan sari xato qilishi yomon emas. Muhimi bu xatolarning takrorlanmasligidir. Agar bolaning qilgan xatosi ota-onani jahli chiqishiga olib kelsa, bola liderlik xususiyatlarini rivojlantira olmaydi. Biron ish qilishdan qo’rqib, o’ziga bo’lgan ishonchini yo’qotib boradi.

3 – tamoyil

Salbiy hissiyotlarni ko’rsatish – normal holat! Yig’lash, jahl qilish, asabiylashish, xafa bo’lish kabi salbiy hissiyotlar bola uchun o’z his-tuyg’ularini anglashni o’rganishi uchun kerak. Bu tuyg’ularni bosish kerak emas. Aksincha, ular yuzaga chiqqanda bolaga dalda bo’lib, uning muammolarini ota-ona tushunayotganini ko’rsata bilishi kerak.

4 – tamoyil

Yanada ko’proq istash – normal holat! Bola istagi ko’pligi bilan kattalardan ajralib turadi. Unga doim yanada ko’proq kerakdek tuyuladi. Bu istak bolada maqsadga intilish hissini kuchaytiradi. Bola ruhan kuchli bo’lishni o’rganadi. Bu degani har istagini bajarish shart emas, lekin bu istagni izhor etishini qo’llash kerak. Ota-ona hoxlagan payti bolaning isyaklariga rad javob berishi mumki, bu muammo emas. Muammo boladagi istak tuyg’usini yo’qqa chiqarish, uni bu istagi uchun uyaltirish yoki koyish.

5 – tamoyil

Ota-onaga qarshi «yo’q» deyish normal holat, LEKIN doim esingda tursin OTA-ONA boshliq! Bu tamoyilning asosida bolaning o’z noroziligini bildira olish imkoniyati yotadi. Bolaga ota-ona biron buyruq bersa, u shu zahoti qilishi qiyin. Ba’zida esa qarshilik ham ko’rsatadi. Shunda ota-ona bolaga jahl qilmay, uning qarshiligini tushunayotganini, LEKIN baribir etganini qilishi shart ekanligini tushuntira olishi kerak. Uning qarshiligini ota-ona tushunishi, unga yengillik beradi va qarshilik kuchi pasayadi. Agar noroziligini ko’rsata olmay ulg’aysa, katta bo’lgan sari bola ota-onadan uzoqlashib, sirlashmaydigan bo’lib qoladi.

entt.uz

O'xshash maqolalar

2 thoughts on “Bolani tarbiyalash – J.Grey maslahati

  1. 20.08.2017

    inch Javob berish

    Ӏ’m really inspired with your writing skills and also with the format for yoᥙr weblog.
    Is that this a paid subject matter or did you modіfy it yourself?
    Either way keep up thе nice high quality writing, it is uncommon to see a nice weblog like
    this one nowadays..

  2. 21.08.2017

    shuhrat Javob berish

    Thank you!

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan