Bolaning aqlini charxlash

Ota-ona bolam aqlli bo’lsin deb ko’p harakat qiladi. Lekin bolani miyasini tabiiy ravishda rivojlantirish uchun ko’p narsa kerak emas ekan, bular ham bo’lsa, ota-onaning bolaning rivojlanishiga to’g’ri yondashishidir. Qanday qilib? 1. Bolaga ta’limni erta ham emas, kech ham emas, balki o’z vaqtida berish lozim. Bolaning yoshiga muvofiq ravishda unga bilim berish kerak. Ikki yoshlik bolaga…

Davomi

Tarbiyadagi 6 ta kechirib bo‘lmas xato

Farzandingizning kelajagidan ko‘nglingiz to‘qmi? Siz ularda yetakchilik qobiliyatini tarbiya qilayapsizmi? Bugungi ota-onalar o‘z qo‘li bilan farzandlarini yetakchi va mustaqil shaxs bo‘lish qobiliyatidan mahrum qilmoqda. Yetakchilik bo‘yicha ekspert, 25 dan ortiq kitob muallifi, Growing Leaders  («O‘sayotgan yetakchilar») tashkilotining asoschisi va prezidenti Tim Elmor ota-onalar farzand tarbiyasida yo‘l qo‘yadigan asosiy xatolarni sanab o‘tdi. Tim Elmot hozirgi ota-onalar…

Davomi

O‘smirlar bilan murosa qilishning 4 yo‘li

Ruhshunoslarning aytishicha, o‘smir yoshdagi farzandining e’tiborini o‘ziga qaratishni istagan ota-onalar imkon qadar kamroq gapirishlari kerak ekan. Mashhur ruhshunos Meri Badd Rou bu holni o‘smirlar eshitganlarini tushunib olishlari uchun biroz vaqt kerakligi bilan izohlaydi. Shuning uchun bolaga savol bergach, kamida 3 soniya sabr qiling. Shunda tayinli javob olasiz. Nima to‘g‘ri-yu nima noto‘g‘riligini tushuntirishdan erinmang. Agar o‘rgatishni…

Davomi

Bola tarbiyasidagi 4 bosqich

Birinchi bosqich: tug`ilganidan 5 yoshigacha. Bu vaqt oralig`ida bolaga harakatchanlik, hayotga bo`lgan qiziqish va mehr-muhabbat nimaligi kattalar misolida o`rgatiladi. Ta`qiq va jazoning o`rniga uni chalg`itgan ma`qul. Bolaga qo`l ko`tarilishining yagona sababi bor — chunki go`dak kattalarga javob qaytarolmaydi! Agar farzandingiz biror noxush ish bilan shug`ullanayotgan bo`lsa, yuzingizda qo`rqinchli ifoda namoyon qilib, “Voy” kabi vahimani bildiruvchi…

Davomi

Bola tilidan: Tarbiyaning 21 qoidasi

AQShning San-Fransisko shtati yaqinida joylashgan “Merri Moppets” (Merry Moppets) xususiy maktabida o‘quvchilarning ruhiy holatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Masalan, haftaning har juma kuni o‘quvchi maktabga o‘z sevimli o‘yinchog‘ini olib kelishi mumkin. Sevgan kitoblarini esa har kuni yonida olib yurishiga ruxsat beriladi. Har hafta o‘quvchilarga kutilmagan quvonchli tadbir o‘ylab topish taklif qilinadi, masalan, g‘alati soch turmaklari kuni…

Davomi

Farzandingizni kitob bilan do‘stlashishiga harakat qiling!

Bolalarni kitob bilan do‘stlashishlari uchun bir qancha usullarni e’tiboringizga havola etamiz. 1.    Farzandingizga kichkinaligidanoq qisqa va qiziq ertaklar o‘qib bering. Kitob, albatta, yorqin va rangli bo‘lsin. Bola rangli narsalarni oson eslab qoladi. 2.    Bola o‘qigan kitoblarni birga tahlil qiling. Yanada qiziqtirish uchun esa o‘qiganidan kelib chiqib, so‘zlab yoki chizib berishini taklif eting. 3.    Boshqotirmalar tuzib,…

Davomi

Bolalarga aytib bo‘lmaydigan 5 ibora

Hamma ota-onalar ham bu iboralarni biladi. Kayfiyatlari yo‘qligida, g‘azablangan paytlari va achchiqlanib aytiladigan bu gaplar bolalar shaxsiyatidagi rivojlanayotgan mukammallik va sog‘lomlikni cheklab qo‘yadi. Gaplaringizni o‘ylab gapiring, chunki bu iboralar bir umrga bolalarning yodida qoladi. Sen bajarolmaysan — ber o‘zim qilaman! Psixologlarning tasdiqlashicha, bu ibora bolani shikastlaydi va oldindan omadsizlikka yo‘naltiradi. U o‘zini ahmoq va qo‘poldek…

Davomi

Yosh boladan mas’uliyatni talab qilish kerakmi?

Ota-onalar ko‘pincha bolani «hamma narsani tushunadigan», ammo dangasaligi yoki qaysarligi tufayli bu narsalarni qilmaydigan kichik «katta odam» deb hisoblaydi. Natijada boladan u o‘z yoshining alohida xususiyatlaridan kelib chiqib qodir bo‘lmagan narsalarni talab qiladi. Ikki yoshgacha bo‘lgan bola o‘z harakatlari va ular keltirib chiqargan oqibatlar o‘rtasidagi aloqani anglay olmaydi. Uning uchun har qanday oqibat «to‘satdan bo‘lgan…

Davomi

Bolani taltaytirib yubormaslik yo‘llari

O‘z farzandini sevish, har qanday xavf-xatardan himoya qilish va uni doimo xursand qilish istagi – bu onalik va otalik tuyg‘ularining tabiiy ravishda namoyon bo‘lishi. Ko‘pincha bu tuyg‘uning me’yoridan oshishi va xavfli chegaradan chiqishi oqibatida bola yaqinlarining ojizligidan foydalanib o‘z aytganidan qolmaydigan kichkina zolim hukmdorga aylanadi. Mustaqil bo‘lishga o‘rgatish Ba’zi ota-onalar bola tug‘ilgandan boshlab boshqa ishlarini…

Davomi

O‘qishni istamaydigan bolalar bilan qanday yo‘l tutish lozim?

Tan olish kerak, maktab ko‘ngilochar muassasa emas. Bolalar bog‘chasidan farqli ravishda bu yerda bolani ovqatni oxirigacha yeb qo‘yganligi yoki uxlagani uchun maqtashmaydi ham. Bolalar maktabga bilim olish uchun boradi va bu jarayon ko‘chada o‘ynash yoki multfilm tomosha qilish kabi maroqli emas. Agar farzandingiz o‘qishni istamasligini ma’lum qilsa, buning sabablarini aniqlab, muammo yechimini topishga harakat qilishingiz…

Davomi