“Dumalovchi qor uyumi” metodi

Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa,
berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar.

I.A. Karimov

“Dumalovchi qor uyumi” metodi

 

Dumalovchi kor uyumi metodi o’quv mashg’uloti o’tkazish metodining ramziy nomi bo’lib, ish qo’yilgan muammo ustida mulohaza yuritib ko’rish uchun talabalarga vaqt, tegishli manbalar, tarqatma materiallar berishdan boshlanadi. Bu metod guruhning har bir a’zosiga butun guruhning bilimlari va tajribalaridan foydalanib, o’zining keng qamrovli nuqtayi nazarini bayon etishni nazarda tutadi. Buning uchun talabalar 4 ta kichik guruhlarga ajratiladi. Muhokama qilib chiqish uchun barcha guruhlarga bitta topshiriq beriladi.

Har bir kichik guruh topshiriq ustida alohida ishlaydi. So’ngra birinchi bilan ikkinchi va uchinchi bilan to’rtinchi guruhlar muammo ustida birgalikda muhokama yuritishadi. Oxir oqibatda barcha kichik guruhlar birlashib, butun yaxlit guruh bo’lib qo’yilgan muammo yechimini hal etishning turli yo’llarini, variantlarini muhokama qilishadi. Bunday muhokama jarayonida talabalarning qo’yilgan muammo yuzasidan bilimlari chuqurlashib, oydinlashib, boyib, keng qamrovli bo’lib boradi.

 

 

O.U.Avlayev, S.N. Jo’rayeva, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o’quv-uslubiy qo’llanma, “Navro’z” nashriyoti, Toshkent – 2017

O'xshash maqolalar

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan