FIKR, SABAB, MISOL, UMUMLASHTIRISH (F.S.M.U.) METODI

Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa,
berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar.

I.A. Karimov

FIKR, SABAB, MISOL, UMUMLASHTIRISH (F.S.M.U.) METODI

F.S.M.U. metodining tavsifi: Bu metod mashg’ulotda o’rganilayotgan mavzuning muhokamasi jarayonida unga doir masalalar bo’yicha talabalar o’z fikrlarini bayon qilishlari, shu fikrlarni asoslovchi sabablarni ko’rsatishlari, ularni tasdiklovchi misolllarni keltirishlari va pirovardida umumlashtiruvchi xulosalar chiqarishlarini o’rgatish va mashq qildirish metodidir.

Bu metod talabalarni erkin fikrlashga, o’z fikrini himoya qilishga va boshqalarga o’z fikrini o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga, bahs-munozara madaniyatiga, shu bilan bir qatorda, talabalar tomonidan o’quv jarayonida egallangan bilimlarni tahlil etishga va o’zlashtirish darajasini aniqlashga, baholashga o’rgatadi.

FSMU metodining umumiy sxemasi:

– fikringizni bayon eting;

– fikringizni asoslovchi sabab ko’rsating;

– ko’rsatgan sababingizni tasdiqlovchi misol keltiring;

–  fikringizni umumlashtiring.

FSMU metodini amalda qo’llash namunasi:

O’qituvchi quyidagiga o’xshagan vazifalar yozilgan tarqatma materiallarni oldindan tayyorlab, mashg’ulot vaqtida kichik guruhlarga yoki alohida talabalarga tarqatadi.

2-vazifa. “Ta’lim texnologiyasi o’zini oqlaydi” mavzusi yuzasidan fikrlaringizni FSMU metodi bo’yicha bayon eting.

F-_________________________________________________

S-_________________________________________________

M-________________________________________________

U-_________________________________________________

 

2-vazifa.  “Madaniy o’simliklarning begona o’tlar bilan munosabati” mavzusi yuzasidan fikrlaringizni FSMU metodi bo’yicha bayon eting.

F-_________________________________________________

S-_________________________________________________

M-________________________________________________

U-_________________________________________________

O’qituvchi vazifani bajarish uchun vaqtni belgilab e’lon qiladi. Vazifalarni bajarish vaqtida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Talabalar o’zlariga berilgan vazifani bajarib bo’lgandan so’ng, ularning umumiy muhokamasini tashkil qiladi. Vazifani eng yaxshi bajarganlar rag’batlantiriladi.

 

O.U.Avlayev, S.N. Jo’rayeva, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o’quv-uslubiy qo’llanma, “Navro’z” nashriyoti, Toshkent – 2017

O'xshash maqolalar

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan