Kosmosga chiqqan musulmonlar

1. Saudiya shahzodasi Sulton ibn Salmon. U 1985 yilda Diskaveri kosmik kemasida kosmosga parvoz qilgan.

2. 1987 yilning iyulida kosmosga Foris Muhammad Ahmad parvoz qildi. U «Soyuz TM-3» kosmik kemasi va «Mir» orbital ilmiy-tadqiqot kompleksida kosmonavt-tadqiqotchi sifatida faoliyat olib borgan. U suriyalik ilk kosmonavtdir.


3. Kelib chiqishi dog‘istonlik bo‘lgan Muso Xiramanovich Manarov 1987 yilning 21 dekabridan 1988 yilning 21 dekabrigacha bortinjener sifatida kosmik parvozni amalga oshirdi. U «Soyuz TM-4» kosmik kemasida parvoz qilib, «Mir» orbital kompleksida bir yil faoliyat olib bordi.


4. 1988 yilda kosmosga «Soyuz TM-6» kosmik kemasida kosmonavt-tadqiqotchi sifatida Momand Abdul Ahad parvoz qildi. U Afg‘oniston Respublikasining birinchi kosmonavtidir.


5. 1991 yilda kosmosga Abubakirov To‘xtar Ongarbaevich parvoz qildi. U qozoq millatiga mansub ilk kosmonavtdir.


6. 1994 yilda Musabaev Tal’at Omonkeldievich kosmosga parvoz qildi.


7. Sharipov Solijon Shokirovich 1998 yilda kosmosga parvozni amalga oshirdi. O‘zbek millatiga mansub ilk kosmonavt bo‘lib, O‘sh viloyatining O‘zgan shahrida tug‘ilgan.


8. Ansari Anushe 2006 yilda kosmosga parvoz qildi. Kelib chiqishi eronlik.


9. Shayx Muzaffar Shukor malayziyalik kosmonavt bo‘lib, 2007 yilning 10 oktyabrida XKS da faoliyat olib borgan 13-ekspeditsiya a’zosi bo‘lgan. Uning parvozi muborak Ramazon oyiga to‘g‘ri keldi.


10. Aydin Akanovich Aimbetov qozog‘istonlik kosmonavt bo‘lib,2015 yilda «Soyuz TMA-18M» kosmik kemasida XKSga parvoz qilgan.

O'xshash maqolalar

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan