«Ming bir hikmat» rukni ostida hikmatlar videojamlanmasini telegram kanalimizdan yuklab olishingiz mumkin

Hikmatlar qadimdan bizgacha yetib kelgan maqollarning bir ko`rinishidir.
Yo`l yurib ketayotgan insofli odam bexosdan chuqurlikka toyib ketsa, o`rnidan turib, etak qoqib ketavermaydi. Men yiqildim, boshqalar yiqilmasin, deb chuqurni tekislab qo`yadi yoki birota tayoqni suqib belgi qo`yib ketadi. Bu, ey yo`lovchi, ehtiyot bo`l, bu yerda chuqur bor, ko`zingga qara, degan ishora bo`ladi. Bobolar hikmati ana o`sha tayoqdir.
Odamlar boshqalardan o`ylab bekilgan buloq ko`zini ochadilar, daraxt ekadilar. Mendan keyin dunyoga keluvchilar tashnalik azobini ko`rmasinlar, ochlikdan, oftob tig`idan qiynalmasinlar, deya shunday qiladilar. Bobolar hikmati ana o`sha buloq, ana o`sha daraxtdir.
Hikmatli so`zlar, maqollar biz uchun asrlarning sadosi, uzoq o`tmish bilan hamnafaslik hissini uyg`otuvchi mangu chaqiriq, zamonlararo ko`prikdir.
Hikmatli so`zlaro, maqollar – noma`lum shoirlarning yurak satrlari, ko`ksiga sanchilguvchi adolat tig`idir.
Har kimki vafo qilsa vafo topg`usidir,
Har kimki jafo qilsa jafo topg`usidir.
Yaxshi kishi ko`rmagay yomonlik hargiz,
Har kimki yomon bo`lsa jazo topg`usidir.
Ulug` shoir Bobur Mirzo she`rga solgan shu bir xalq maqolida necha-necha kitoblarga jo bo`lgan qonun majmualarining ma`nosi bor.
O`z qadrini bilgan so`z qadrini biladi. Har bir inson o`z yurti kechmishini, hozirini mukammal bilmog`i, o`z ona tilisining zargari bo`lmog`i lozimdir. Maqol esa so`z ko`rkigina emas, dilning ham, umrning ham ko`rkidir. O`z qadrini bilgan odam so`zni pala-partish ishlatmaydi, uning asl ma`nosini qidiradi, bilib o`rniga qo`yib gapiradi. Bilgan odam, masalan, «huzurimga kiring» yoki «sizni lutfan taklif etaman», demaydi. Huzur-hozir bo`lish lozim bo`lgan joy. Podshoning huzuri, katta amaldorning huzuri bo`lishi mumkin.
Demak, hikmatli so`zlar insonni shu kabi to`g`ri o`ylashga, mushohada yuritishga undaydigan so`zlardir.

 

Telegram kanalimizda har kuni 1 ta «Ming bir hikmat» rukni ostida .wmv formatdagi video joylashtirilib boriladi.

https://t.me/shuhratbekuz kanalimizdan yuklab olishingiz mumkin. Saytimizni kuzatib boring.

O'xshash maqolalar

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan