Nobel mukofoti

Nobel mukofoti – 1901-yil 10-dekabrdan boshlab har yili beriladigan xalqaro mukofot.

         Shvetsiyalik injener, kimyogar, ixtirochi va sanoatchi shu mukofotning ta’sis etuvchisi Alfred Bernhard Nobelning vasiyatiga ko’ra, uning vafotidan keyin qolgan kapitali asosida Nobel fondi tashkil etilgan. Shu fondga har yili keladigan daromad 5 qismga teng bo’linib, Nobel mukofoti shaklida fizika, kimyo, fiziologiya yoki tibbiyot sohasidagi kashfiyotlar, badiiy asarlar, xalqlar do’stligi va tinchligini mustahkamlash yo’lida ko’rsatgan faoliyati uchun beriladi. 1968-yilda Shvetsiya davlat banki o’zining 300 yilligi munosabati bilan iqtisod fanlari sohasidagi yutuqlar uchun beriladigan qo’shimcha Nobel mukofotini ta’sis etgan. Nobel mukofoti Emmanuel Nobel tasviri tushirilgan va tegishli yozuvi bo’lgan oltin medaldan, diplomdan, miqdori Nobel fondidagi daromadga bog’liq (odatda 1 million AQSH dollari atrofida) bo’lgan mablag’dan iborat.

        Nobel mukofotini berish vazifasi Nobelning vasiyatiga ko’ra Stokgolmdagi Qirollik FA ga (fizika, kimyo, iqtisod fanlari bo’yicha), Stokgolmdagi Qirollik meditsina-xirurgiya institutiga (fizologiya yoki tibbiyot bo’yicha) va Stokgolmdagi Shvetsiya akademiyasiga (badiiy asarlar bo’yicha) topshirilgan. Tinchlikni mustahkamlash yo’lida ko’rsatgan faoliyati uchun Nobel mukofotini Norvegiya parlamentining Nobel komiteti a’zolari beradi. Nobel mukofotiga nomzodligi ko’rsatilgan shaxslarning irqi, millati,jinsi va dinidan qat’i nazar bu mukofotlar mazkur fan individual tartibda va bir marta beriladi. Nobel mukofoti mustasno sifatida Mariya Sklodovskaya-Kyuri (1903 va 1911), L.Poling (1954 va 1962) va J.Bardin (1956 va 1972) ga ikki martadan berilgan. Vafot etganlarga Nobel mukofoti berilmaydi. Nobel mukofotining har turi to’g’risidagi nizomda belgilangan shaxslargina Nobel mukofotiga nomzodlarni ko’rsatish huquqiga ega. (Nobel mukofoti sohiblarining shunday huquqi bor) Qirollik FA va Qirollik meditsina-xirurgiya instituti Nobel mukofotiga nomzodlarni har yili kelasi yil uchun maxfiy ravishda beriladi

          Nobel mukofotlarining miqdori har yili har xil bo’lib, Alfred Nobeldan qolgan mablagiardan keladigan daromadga qarab belgilanadi. Ba’zan bitta Nobel mukofoti miqdori 50000 dollarga yetadi.

1901-yil 10-dekabrdan daholarni taqdirlash marosimi esa an’anaga ko’ra Nobel vafot etgan kuni Stokgolm va Oslo shaharlarida bo’lib o’tadi

Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohiblari

Adabiyot bo’yicha Nobel mukofoti sohiblari

Fizika bo’yicha Nobel mukofoti sohiblari

Kimyo bo’yicha Nobel mukofoti sohiblari

Fizilogiya va Meditsina bo’yicha Nobel mukofoti sohiblari

Iqtisod bo’yicha Nobel mukofoti sohiblari

 

Q.To’rayev, S.Burxonov, M.Zokirova “Qiziqarli bilimlar olamida”, “Sharq” MAK, Toshkent – 2014

O'xshash maqolalar

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan