O’qitishning 4 pog’onali metodi

Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa,
berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar.

I.A. Karimov

O’qitishning 4 pog’onali metodi

O’qitishning 4 pog’onali metodi

Kasbiy harakatlarni bajarish ko’nikmalarini o’rgatish metodi

O’qitishning 4 pog’onali metodi dastlab AQShda paydo bo’lgan. Sanoat korxonalarida konveyerli ishlab chiqarish ko’paygan sari shunday o’rgatish usullari zarur bo’lib qoldiki, ishchilar bir xilda qaytariladigan kul va boshqa tana a’zolari harakatini to’g’ri bajarish ko’nikmalarini iloji boricha tez va mukammal ravishda o’rganib olishlari kerak edi. Bu metod bo’yicha amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirish jarayoni 4 ta pog’onali bosqichlar doirasida kechadi.

Bu pog’onalarning nomi: «Tushuntirish», «Nima qilish kerakligini ko’rsatib berish», «Ko’rsatilgan tarzda qaytarish», «Mashq qilish».

Bu metod bo’yicha masalan, amaliyot o’qituvchisi talabalarga avval biror ishni bajarishning kichikroq alohida bosqichini tushuntirib beradi, keyin nima qilish kerakligini o’zi bajarib ko’rsatadi. So’ngra talaba shu ish bosqichini ko’rsatilgandek bajarib takrorlashi (imitastiya qilishi) kerak.

Talaba takrorlab bajarayotgan paytda amaliyot o’qituvchisi xatolarini to’g’rilab turadi (maqtaydi yoki tanqid qiladi). Undan keyin esa, talaba shu ish bosqichini mukammal o’zlashtirgunicha mashq tarzida ko’p marta takrorlab bajaradi.

O’qitishning 4 pog’onali metodini qo’llashdagi harakatlar.

4 pog’onali metodni qo’llashda shu pog’onalar bo’yicha amaliyot o’qituvchisi talabalar bilan guruhli hamda yakka tartibda ish olib boradi. Bunda o’qituvchi 1 va 2-pog’onalarda guruh bilan, 3 va 4- pog’onalarda esa, har bir talaba bilan yakka tartibda ishlashi asosiy ahamiyatga ega bo’ladi. Bu harakatlarning mazmuni quyidagicha bo’ladi:

  • pog’ona. Amaliyot o’qituvchisi nima qilish kerakligini tushuntiradi. U talabalarga ma’lum bir ish bosqichi yoki bir ko’nikmani qo’llash uchun kerakli barcha ma’lumotlarni beradi. Talabalar o’qituvchining ogzaki tushuntirishlarini tinglab, tushunib boradilar.
  • pog’ona. Amaliyot o’qituvchisi tushuntirilgan ish bosqichi qanday bajarilishi kerakligini o’zi bajarib ko’rsatadi, talabalar esa, diqqat bilan kuzatib, eslab qoladilar. Odatda, o’qituvchi nima qilayotgani haqida talabalarga izohlar berib, takrorlab namoyish etib boradi.
  • pog’ona. Amaliyot o’qituvchisi ko’rsatib bergan ish bosqichini bpjarish harakatlarini talabalar ko’rsatilgan tarzda qaytaradilar. O’qituvchi ular bajarayotgan harakatlar yuzasidan o’z fikrini bildirib, xatolarni to’g’rilab turadi.
  • pog’ona. Har bir talaba tegishli ish bosqichi bo’yicha harakatlarni o’qituvchi ko’rsatib bergandek qaytarib bajarib ko’radi va o’qituvchining bu ish bosqichini to’g’ri bajarish bo’yicha izohlarini tushunganidan keyin, bu ish bosqichini kutilgan natijaga erishmagunicha takrorlab mashq qilishda davom etadi.

Shundan keyin amaliyot o’qituvchisi ishning keyingi bosqichiga doir harakatni o’rgatishga o’tadi. Bu bosqich ham 4 pog’onadan iborat bo’lib, quyidagi mazmunda bo’lishi mumkin:

  • mashg’ulotda har bir harakatni o’rgatishning boshlanishida amaliyot o’qituvchisi tomonidan nazariy va amaliy ma’lumotlar beriladi, so’ng esa, talabalarning shu harakatlarni amaliy bajarish mashqlari bilan almashinadi;
  • talabalarning harakatlari amaliyot o’qituvchisi ko’rsatib bergan harakatlar doirasi bilan cheklanadi;
  • talabalar yakka tartibda o’rganish (o’zlashtirish, mashq qilish)ga yo’naltiriladilar, lekin ularning mustaqil fikrlashga haqlari yo’q, chunki o’rganilayotgan kasbiy harakatni boshqacha bajarish albatta noxush holatlarga olib keladi;
  • ishni tashkil qilish (ish tartibi) odatda, hech qanday yangicha yondashuvlarga yo’l qo’ymaydidi.

O’qitishning 4 pog’onali metodini qo’llash yuzasidan yo’l- yo’riqlar.

  • pog’ona. Tushuntirish-qiziqtirish (motivastiya), ma’lumot va yo’riqnoma berish.

Amaliyot o’qituvchisi avval bu yo’riqnoma berish (instruktaj)ni o’quv xonasida yoki ish o’rnida o’tkazish maqsadga muvofiqligini hal qiladi. Bu esa, instruktajning mohiyati va turiga bog’liq. U instruktaj vaqti 20- 40 daqiqadan oshib ketmasligini rejalashtiradi.

O’rganilayotgan mavzu bo’yicha ishni bajarishga qaratilgan topshirik yuzasidan instruktaj talabalarning qiziqishini uyg’otishdan boshlanadi, chunki ularning qiziqish va e’tibori o’rganilayotgan narsaga qaratilishi kerak.

So’ngra amaliyot o’qituvchisi talabalarga amaliy topshiriqni bajarish uchun kerakli barcha ma’lumotlarni beradi va bajariladigan jarayonlarni tushuntiradi. Shu paytda u o’zining amaliy ish tajribasidan kelib chiqib, mavzuga doir barcha o’quv-didaktik materiallardan, masalan, chizmalar, ish rejalari, ekspluatastiya bo’yicha instrukstiyalar, instrumentlar va xom ashyolardan ko’rgazmali materiallar sifatida foydalanishi mumkin.

O’qituvchi ish bosqichlarini ularning ketma-ketligida tushuntiradi va kerak bo’lsa, talabalarga shu bosqichlarni o’zlarining ish rejalariga kiritishlarini talab qiladi. Shu paytning o’zida u talabalarga sifat farqini namoyish etish maqsadida yaxshi va yomon sinov ishi misollarini ko’rsatishi mumkin. Talabalar nisbatan passiv bo’lishadi, ular tinglashadi va qarab turishadi.

  • pog’ Nima qilishni ko’rsatib berish – namoyish QILISh. Bu pog’onada amaliyot o’qituvchisi tushuntirgan ish bosqichlarini o’zi bajarib, namoyish qilib ko’rsatadi. Buning uchun u avval kerakli ish o’rnini puxtalik bilan tayyorlab qo’ygan bo’ladi va o’sha ish o’rnida namoyishni o’tkazadi. Ishni bajarish uchun kerakli barcha instrumentlar xom ashyolar va ish rejasi hamda kerak bo’lsa, tegishli stanok (uskuna) tayyorlab qo’yilgan bo’lishi kerak.

Namoyish qilayotgan paytda amaliyot o’qituvchisi talabalarning diqqat bilan kuzatib turishlarini ta’minlaydi. Har bir harakatni 3 martadan namoyish qilib ko’rsatish tavsiya etiladi. Ular quyidagicha bajariladi:

  • – namoyish oddiy tezlikda o’tkaziladi, talabalarda kasbiy harakatning amalda qanday bajarilishi to’g’risida to’la va haqiqiy tasavvur paydo bo’lishi uchun.
  • – namoyish atayin sekin tezlikda o’tkaziladi, har bir bosqichni alohida va o’ziga xos xususiyatlarini yaxshiroq ko’rsatish hamda mehnat xavfsizligi qoidalarini tushuntirish uchun.
  • – namoyish oddiy tezlikda o’tkaziladi, ishni bajarish harakati ko’nikmasini yana bir marta to’la ravishda ko’rsatish va o’quvchilarda «ichki sur’at» ya’ni, harakatni bajarish usuli, tartibi, ketma-ketligi, tezligi to’g’risida aniq tasavvur paydo bo’lishi uchun. Namoyish qilayotgan paytda amaliyot o’qituvchisi har bir harakatini izohlab boradi. Shundan so’ng bevosita instruktaj qismi tugaydi.
  • pog’ona. Ko’rsatilgan tarzda qaytarish – taqlid (imitastiya)yu Bu pog’onada talabalarning har biri amaliyot o’qituvchisining harakatlarini u ko’rsatgan tarzda qaytarishlari kerak. Talabalar ishlayotgan paytda amaliyot o’qituvchisi o’z fikrini bildiradi, yaxshi ishni maqtab yomon ishni tanqid qiladi va nima qilishni yana bir marta ko’rsatadi. Hamma talabalar ish jarayonini tushunganligini ko’rganidan keyik amaliyot o’qituvchisi mashq qilishni boshlashga ruxsat beradi.
  • pog’ona. Mashq qilish – talabalar ko’plab marta takrorlash orqali instrument va uskunalar bilan bajariladigan ish jarayonlari bo’yicha kasbiy harakatlarni to’g’ri bajarishni mashq qilishlari uchun amaliyot o’qituvchisi ularga etarlicha xom ashyolar berib qo’yadi. Har bir o’quvchi o’zi ishlaydi va bir xil ishlash usullarini qo’llaydi. Agar ish natijalarining sifati maqbul natija standartiga (oldindan belgilangan sifat mezonlariga – aniq maqsadlarga) javob bersa, ish tugatilishi mumkin. Amaliyot o’qituvchisi bu erda nazoratchi vazifasini bajaradi.

Eslatma. 1-2-bosqichlar (pog’onalar) davomida amaliyot O’qituvchisi talabalarda dastlabki bilimlar bor yoki yo’qligini shshklashi mumkin. Agar dastlabki bilimlar darajasi etarlicha bo’lmasa,bu holda u qayta nazariy dars o’tkazishi kerak.

Didaktik vositalar va mashq materiallarini tayyorlash.

  • pog’ona metodi ko’p va katta tayyorgarliklar ko’rishni talab qilmaydi, ya’ni juda oz vositalar bilan ham ishlash mumkin. Didaktik vositalar va mashq materiallari sifatida odatda, asl (original) ish xujjatlari ishlatiladi masalan, texnik chizmalar yoki biror elektr sxema, ish bosqichlari va izohlar ko’rsatilgan jadval shaklidagi ish rejasi hamda nazorat varag’i, unda o’quvchining natijalari yozib boriladi.

Bunda ushbu chizmalar va boshqa xujjatlarni stellofan paket, plyonkaga chiqarilmaydigan qilib solib qo’ygan yaxshi va talabalarga ko’rish uchun berish kerak. Ish rejasini esa shaxsiy mehnat vositasi sifatida har bir o’quvchi o’zi to’ldirishi kerak. Bu maqsadda amaliyot o’qituvchisi tegishli shaklni tayyorlaydi va o’quvchilarga to’ldirish uchun tarqatadi.

Nazorat yoki baholash varag’i ham tegishli shaklda bo’lishi kerak. Uni o’qituvchi natijalarning isboti sifatida mashqlar tugaganidan keyin o’zida saqlab qoladi. Qo’shimcha ravishda talabalarga tarqatma didaktik materiallar (kartochka-topshiriqlar) berilishi mumkin. Tarqatma materiallar darsliklar, maxsus adabiyotlar yoki ekspluatastiya bo’yicha yo’riqnomalardan olingan qisqa ma’lumotlar (ko’chirmalar) bo’lishi mumkin.

Mashq materiallari deb amaliy mashqlarni bajarish uchun kerak xom ashyolar, sarflanadigan materiallar va yordamchi materiallarni aytiladi. Ular kasb-hunarni o’rgatishga bevosita bog’liq bo’lib, ta’lim beruvchi korxona (firma)ning mahsulotlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Kerakli mashq materiallarini amaliyot o’qituvchisi odatda, bir yil oldindan rejalashtiradi. Ularni hisoblashda quyidagi ma’lumotlarga asoslaniladi:

  • bir yilda ta’lim oladigan talabalar soni, bir yilda o’tkaziladigan mashqlar soni va buning uchun kerakli xom ashyo sarfi va yordamchi materiallar miqdori.

Juda oddiy misol: Egovlash mashqlari uchun 40mm * 40mm * 100mm hajmidagi to’rt qirrali pulat ko’zda tutilgan. Yil davomida taxminan 30 o’quvchi shu mashqni bajaradilar. Demak, bu yil uchun 3 metr pulat kerak bo’ladi (30 kishi x 100 mm). Bunday rejalarni tuzish uchun amaliyot o’qituvchisi shunday xujjatni ishlab chiqishi kerakki, unda quyidagi indikatorlar (ma’lumotlar) bo’lishi kerak:

  • barcha kurslar davomida o’tkaziladigan mashqlar ro’yxati

(nomi va soni);

  • biror texnik chizma mavjudligi ;
  • bu mashqlar bo’yicha xom ashyo hajmlari ko’rsatkichlari (har bir mahsulotning tayyor hajmi hamda tayyorlash jarayonidagi chiqindilar);
  • zarur bo’ladigan asboblar, tekshirish va o’lchash asboblari, yordamchi vositalar, boshqa kerakli asbob-uskunalar to’g’risida ma’lumotlar;
  • ko’nikmalarni shakllantirish va mustahkamlash uchun taxminanqancha vaqt talab qilinishi to’g’risida ma’lumotlar.

Rejalashtirishda e’tibor berish kerak bo’lgan keyingi narsa – bu asboblarning eyilishi. Buni inobatga olish lozim, chunki amaliyot o’qituvchisi qachon va qancha miqdordagi asboblarni almashtirish kerak bo’lishini bilishi zarur.

Tayyorlab qo’yiladigan asboblarni ikki turga bo’linadi:

  • ustaxonada umumiy foydalanish uchun mo’ljallangan asboblar (masalan qimmatbaho o’lchash vositalari kamdan-kam ishlatiladigan maxsus asboblar);
  • ish o’rnida yakka tartibda (individual) foydalanish uchun mo’ljallangan asboblar (O’quvchiga berib qo’yiladi);
  • asbob-uskunalarga taallukli, ularni sozlash, ta’mirlash, charxlash va sh. k. asboblar;
  • amaliyot o’qituvchisining asboblari va hokazo.

Har bir o’quvchida o’zining individual asboblari bo’lsa, faqat shundagina hamma o’quvchilar mashqlarni bir vaqtda bajarishlari mumkin.

Agar buning iloji bo’lmasa, boshqa tashkiliy echimlar topilishi  kerak, masalan, asboblarni galma-gal ishlatish, mashqlarni almashtirib o’tkazish va boshqa echimlar.

O’qitishning 4 pog’onali metodining psixologik asoslari.

Bu metod psixologiyada bixeviorizm nazariyasi (insonning o’zini tutishiga oid nazariya) bilan asoslangan.

Dastlab hayvonlar ustida o’tkazilgan eksierimentlarda olingan natijalar keyinchalik insonga nisbatan qo’llanila boshlangan. Bunda qo’zg’ovchi va reakstiya kabi elementlar hamda aniq o’lchash mumkin bo’lgan ko’rsatkichlar muhim rol o’ynagan. Chunki olimlarning fikricha, reja asosida ishlatilgan tashqi qo’zg’ovchilar va nazorat qilinishi mumkin bo’lgan reakstiyalargina etarli darajada tekshirilishi mumkin va shundan kelib chiqib, umumiy ilmiy xulosalar chiqarish mumkin deb hisoblangan. Shunga muvofiq aniqlangan quyidagi ilmiy xulosalarni ta’kidlab o’tish zapyp:

  1. O’zlashtirish (o’rganish) – bu «qo’zg’ash ta’siri-reakstiya» ketma-ketligi takrorlanishining natijasidir. Shu takrorlar soni qancha ko’p bo’lsa o’zlashtirish natijasi shuncha yaxshi bo’ladi. («Takror orqali o’rganish» tamoyili).
  2. Ikkinchi qo’zg’ovchi birinchi qo’zg’ovchi bilanbirgilikda tez- tez ishlatib turilsa, u birinchi qo’zg’ovchining o’rnini bosa oladi. («Shartli reflekslar orqali o’rganish» tamoyili).
  3. O’zlashtirishda erishilgan yaxshi natijalir maqtab turilsa, bunday natijalar ko’payib boraveradi. («Kuchaytirish orqali o’rganish» prinstipi).
  4. Aniqbir maqsadga qaratilgan tarzda ishlitilgan maqtov va jazolar orqali deyarli istalgancha tegishli o’zinitutish tarzlari o’zlashtirilishi yoki yo’q qilinishi mumkin.

Amaliyotda o’rgatish uchun esa, bundan quyidagi xulosalar chiqarildi:

Qo’zg’ovchi sifatida berilgan har bir qisqa savolga to’g’ri javob berilishi bilan iloji boricha uni darrov maqtab qo’yish (masalan «Yaxshi javob!» deb) kerak. Noto’g’ri javob ham ochiq va oydin tanqidlanishi (tanbehlanishi) lozim,

Amaliyotda talabalar birorta iloji boricha qisqa ish bosqichi bilan tanishtiriladi, so’ng uni qaytaradilar va to uni mukammal o’zlashtirmagunlaricha takrorlab mashq qiladilar. Bunday mashqlarning zarurligi ochiq va oydin tan olinishi kerak. Bunda kichik o’quv bosqichlari katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda bu usulga ba’zi didaktik elementlar qo’shilib, mukammalashtirildi.

Bundan tashqari bosqichlarni biroz murakkabroq qilishga harakat qilinmokda. Ya’ni shunday mashqlar ham kiritilishi mumkinki ular doirasida talaba birdaniga bir nechta ko’nikmalar va operastiyalarni amalda bajarishi kerak. «Tushuntirish» va «nima qilishni ko’rsatib berish» pog’onalari esa, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Hayvonlar ustida muvaffaqiyatli o’tkazilgan eksperimentlar asosida olimlar inson o’zini tutishini istagancha manipulyastiya qilish (boshqarish) mumkin deb hisoblab, insonning fikrlashidagi ichki jarayonlarni batamom e’tibordan tashqarida qoldirishgan, chunki ular faqat ayrim jonzotlar tashqi qo’zg’ovchilarga qanday reakstiya qilishlarini o’lchaganlar xolos. Shunga qaramay bu usul odamlarga har turli kasbiy harakatlarni bajarish ko’nikmalarini o’rgatishda o’zini juda ham yaxshi okladi.

Shuning uchun bu usul kasbiy-texnikaviy sohalarda eng avvalo, ish o’rnida kerakli ko’nikmalarni o’rgatishda kelajakda ham muhim rol o’ynaydi.

O.U.Avlayev, S.N. Jo’rayeva, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o’quv-uslubiy qo’llanma, “Navro’z” nashriyoti, Toshkent – 2017

 

O'xshash maqolalar

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan