O’quvchilar uchun yozgi ta’til topshiriqlari (3-qiziqarli topshiriq)

“Muvaffaqiyatga erishishning uch sharti bor: Buning uchun, eng avvalo, boshqalardan ko’ra ko’proq bilishing kerak;ikkinchidan, boshqalardan ko’ra ko’proq mehnat qilish lozim; uchinchidan boshqalarga o’xshab muvaffaqiyat kelishini kutib o’tirmasligi kerak”.                                                                                                   Uilyam Shekspir

8-sinf jahon tarixi fanidan
3-qiziqarli topshiriq

«Bilim – takrorlash mevasidir»                  Abu Rayhon Beruniy.

 

8-sinf  jahon tarixi fanidan “Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati”  mavzusi bo’yicha o’quvchilarga quyidagi topshiriqlar beriladi:

3.TOPSHIRIQ: Bilimdon o’quvchilar! “Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati”  mavzusini mustahkamlash uchun mo’ljallab tayyorlangan “Gap kim haqida ketmoqda?” deb nomlangan kartochkada berilgan  6 ma’lumot qaysi tarixiy shaxslarga tegishli ekanligini toping. Javoblarni topganingizdan so’ng, ushbu tarixiy shaxslar haqida qiziqarli ma’lumotlarni www.ziyonet.uz portali yoki uz domenidagi saytlardan, jurnal va gazetalardan to’plab boring. Yangi o’quv yili boshlangandan so’ng bergan javoblaringiz asosida «Yosh tarixchilar» to’garagiga a’zo bo’lishingiz mumkin.

Berib borilayotgan qiziqarli topshiriqlar yuzasidan o’z takliflaringiz bo’lsa, Shuhratbek.uz@umail.uz yuboring. O’zingiz ham qiziqarli topshiriqlar tuzib www.Shuhratbek.uz saytimizga yuboring.

Javobni quyidagi rasmda berilgan jadvalning ichiga yozing.

 

Har hafta tarix fanidan qiziqarli topshiriqlar berib boriladi. Saytimizni kuzatib boring

O'xshash maqolalar

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan