“Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”.
Abdulla Avloniy
Ota-onalar uchun sakkiz tavsiya
- Bolangiz xuddi sizday bo’lishini yoki siz xohlaganday odam bo’lishini kutmang. Siz unga o’zi bo’lishiga ko’maklashing.
- Bolangizdan men seni dunyoga keltirdim, falon-falon ishlarni sen uchun qildim, menga qaytarishing keraq demang. U ham boshqalarni dunyoga keltiradi, ularga qaytaradi.
- Bolangizni noxush muhitda o’stirmang. Ertaga u ham shuni takrorlaydi.
- Bolaning muammolariga bepisand bo’lmang. U siz emas. Sizdagi tajriba unda hali yo’q.
- Bolangizni kamsitmang, yerga urmang.
- Bolangizga va’da berib bajarolmagan ishingiz uchun o’ksimang. Imkoni bo’lib, bajarmasangiz, uning ko’nglini qoldirasiz.
- Bolangiz qobiliyatsiz, omadsiz, noshud bo’lsa ham seving. U bilan gaplashib, quvoning. Chunki bu quvonch ertaga bo’lmay qolishi mumkin.
- Bolalar biz ularni tarbiyalashimiz uchun emas, bizlarni tarbiyalash uchun ham tug’ilishadi. U yaxshi odam bo’lishi uchun avvalo siz yaxshi odam bo’ling, ya’ni tarbiyalovchining o’zi tarbiyalangan bo’lishi kerak.
Muhammad Qurbonov “Bolam baxtli bo’lsin, desangiz…” tarbiya kitobi, “Ma’naviyat” nashriyoti, Toshkent – 2014