PARADOKSLAR METODI

Xatolar aql beradi (L.N.Tolstoy)

PARADOKSLAR METODI

Pedagog ma’ruzani olib borish jarayonida talabalarning qarama-qarshilikka (tushunchalardagi, bilimlardagi) duch kelishlarini ta’minlaydi. Bunday vaziyat asosan talabaning tushunchalaridagi adashishlar va xatoliklar bilan bog’liq. Demak, bu muammoli vaziyat talabalarning oldingi fikr, tushunchalari va xulosalariga qarama-qarshi, paradoksal bo’lgan vaziyatdir.

Talabalar muammoli vaziyatni yuzaga keltirgan amallardagi xatolikni izlaydilar (lekin amallarda xatolik yo’q).

Ijodiy fikrlay oladigan talaba amallarning bajarilishi jarayoni emas, balki mazkur amalning o’zi xato ekanligini aniqlay oladi  (bunday talaba topilmasa, o’qituvchining o’zi buni oshkor qilishiga to’g’ri keladi).

Endi quyidagi sxemada Paradokslar metodini qo’llash qoidalari keltirib o’tamiz.

1 -sxema

O.U.Avlayev, S.N. Jo’rayeva, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o’quv-uslubiy qo’llanma, “Navro’z” nashriyoti, Toshkent – 2017

O'xshash maqolalar

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan