Pedagog xodimlar uchun namunaviy attestatsiya savollari. 2018-yil

1.Intellekt nima?
JAVOB: Intellekt shaxsning aql-idrok darajasi

2.Diqqatning necha turi bor?
JAVOB: Ixtiyoriy, ixtiyorsiz, ixtiyoriydan so`nggi

3.Senzitivlik nima?
JAVOB: Ayrim psixologik xususiyatni rivojlantirish uchun qulay davr

4.Milliy g`oya nima?
JAVOB: Millat tafakkurining mahsuli

5.Dars tipi nechta?
JAVOB: 5 ta (bilim hosil qiluvchi, ko`nikma va malaka hosil qiluvchi, mustahkamlovchi, sinovchi, aralash)

6.Diagnostika nima?
JAVOB: Ta’lim o`rganish (pedagogik jarayonni)

7. Kommunikativlik nima?
JAVOB: Jamoaga qo`shilib keta olish, muloqotga kirishish

8. Iqtidorli deb kimni tushunasiz?
JAVOB: Maxsus qobiliyat egasini

9. Krizis yoshlarini ayting?
JAVOB: 2, 3, 11,13 va hakazo

10. Dars maqsadi nechta?
JAVOB: 5 ta(tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi, kasbga yo`llovchi, mafkuraviy)

11. Xotirani kuchaytirish necha yoshda qulay?
JAVOB: 2-5 yoshda

12. Tafakkur nima?
JAVOB: bilish, anglash, xulosa chiqarish, bilim

13. Interaktiv usul nima?
JAVOB: metod (biror ishni olib borishdagi harakat)

14. Uslub mima?
JAVOB: o`zaro hamkorlik, birgalikda ishlash

15. Darsni rivojlantiruvchi maqsadi nima?
JAVOB: Shaxsiy psixologik xususiyatlarni rivojlantirish

16. Hissiyot turlarini ayting?
JAVOB: ijobiy, salbiy (xursand, xafa. zavq va xakazo)

17. Tafakkur turlarini ayting?
JAVOB: mantikiy. ijobiy, empatik, analitik, fazovoy

18. Tashxis markazlari qachon tuzilgan?
JAVOB: 1998-yil may oyida

19. Amaliy psixologning ish turlari nima?
JAVOB: diagnostik, korreksion, profilaktik. rivojlantiruvchi va hakazo

20. Korreksiya nima?
JAVOB: tuzatish

21. Profilaktika nima?
JAVOB: oldini olish

22. Persevtiv qobiliyat nima?
JAVOB: birgalikda idrok qilish, oldindan sezish

23. Defektologiya nima?
JAVOB: nuqsonlarni o`rganuvchi fan (odamda)

24. Etnopsixologiya nima?
JAVOB: milliy xususiyatlarni o`rganuvchi fan

25. Milliy mafkuraning bosh g`oyasi nima?
JAVOB: Ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot

26. Pedagogik texnologiya nima?
JAVOB: kasb san’ati haqidagi fan

27. Affekt nima?
JAVOB: Nerv tizimining kuchli qo`zgalishi va oz vaqt davom etishi

28. Kasb tiplari nima?
JAVOB: Odam, texnika, tabiat, badiiy obraz, belgili tizim

29. DDS nima?
JAVOB: Diagnostik-differensial so`rov varaqasi

30. Mijoz turlarini sanang?
JAVOB: xolerik, sangvinik, flegmatik, melonxolik

31. Simpatiya nima?
JAVOB: odamning gami va shodligiga sheriklik

32. Maktabning asosiy vazifasi nima?
JAVOB: Barkamol yetuk shaxslar yetkazish

33. Sistemaning o`zbekchasi nima?
JAVOB: Tizim, tizimlilik

34. O`quvchi nima uchun maktabga keladi?
JAVOB: Bilim, ko`nikma, malaka hosil qilish va tarbiyalanish uchun

35. Munosabat turlariga misol aytiig?
JAVOB: liberal, avtoritar, demokratik

36. Ilg`or pedagogik texnologiya bosh tamoyili.
JAVOB: O`qitish emas, uqishga o`rgatish

37. Tarbiyasi qiyin kim?
JAVOB: Qonun va qoidabuzarlar

38. Konsilium nima?
JAVOB: O`quvchini o`qituvchi, psixolog, ota-ona, sinf rahbar jamoa bo`lib muhokama qilishi

39. Mafkura nima?
JAVOB: g`oyalar yigindisi

40. Eksperement nima?
JAVOB: tajriba, sinab ko`rish

41. Dars tahlili nechta?
JAVOB: 5 ga (ilmiy, pedagogik, psixologik. didaktik, metodik)

42. Test so`zining ma’nosi nima?
JAVOB: – sinash o`rganish

43. Aqliy xujum dars usuli nima?
JAVOB: o`quvchilarni aqliga xujum qilib mavzuni o`zi va birgalikda bilib olish

44. Suggestiv qobiliyat nima?
JAVOB: ma’qul variantini topish

45. Plyuralizm nima?
JAVOB: xar xillik (dunyoviy va diniy)

46. «UDO» nima?
JAVOB: Uy. daraxt, odam rasmini chizish orkali shaxsga xarakteristika berish

47. Masofali ta’lim nima?
JAVOB: masofadan turib o`qitish o`rgatish

48. Motiv nima?
JAVOB: Ichki zarurat, xoxish. istak

49. Kollej nima?
JAVOB: Kasb-hunar yo`nalishi bo`yicha ta’lim maskani

50. Litsey nima?
JAVOB: Fanlarni chuqurlashtirilgan holda o`rganish maskani

51. Pedagogika nima?
JAVOB: Ta’lim, tarbiya, didaktika, metodika haqidagi fan

52. Psixologiya bo`limlarini ayting?
JAVOB: Umumiy, yosh, ijtimoiy, etnik, pedagogik. psixologik va h.k

53. Stress nima?
JAVOB: Nerv tizimining kuchli qo`zg`alishi va affektdan ko`ra ko`proq davom etadi

54. Prinsip nima?
JAVOB: Tamoyil, qonun, qoida

55. Fonomen nima?
JAVOB: Favqulodda kam uchraydngan shaxs

56. Didaktika nima?
JAVOB: Ko`rgazmalilik, namoyish etish

57. Introvert nima?
JAVOB: Muomala qilish qiyin shaxs

58. Iste`dod nima?
JAVOB: Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak cho`qqisi

59. Induksiya nima?
JAVOB: Yakkadan umumiy xulosa chiqarish

60. Eyforiya nima?
JAVOB: Ko`tarinki kayfiyat

61. E’tiqod nima?
JAVOB: Qarashlar, tamoyil, dunyoqarash, ishonch

62. Egoist nima?
JAVOB: Xudbin, o`zini sevuvchi

63. Deduksiya nima?
JAVOB: Umumiydan yakka xulosa chiqarish

64. Diqqat nima?
JAVOB: Ongimizni biror narsaga yo`nalishi

65. Tarbiya turlarini ayting?
JAVOB: Axloqiy, aqliy, nafosat va badan tarbiya

66. Mafkuraning diniy ildizlari?
JAVOB: Qur’on, Zabur, Injil, Nakshbandiy, Konfutsiy

67. Shaxs nima?
JAVOB: Ongi rivojlanib dunyoni bilayotgan odam

68. Idrok nima?
JAVOB: Ongimining biror narsaga yo`nalish va bir butun qabul qilinishi

69. Ta’lim nima?
JAVOB: Bilim, ko`nikma va malaka hosil qilish, bilish faoliyati

70. Iroda nima?
JAVOB: Zerikmay, zo`riqish biror ishni bajara olish

71. Avtoritet nima?
JAVOB: Obru, nufuz

72. Nevroz nima?
JAVOB: Nerv tizimining kuchli qo`zg`alishi, kayfiyatning tez-tez o`zgarishi

73. Xolerik kim?
JAVOB: Harakatchan chaqqon, tez tushunish, tez unutuvchi

74. Monitoring nima?
JAVOB: Pirovard natija, ish natijasini o`pganish

75. DTS nima?
JAVOB: Davlat ta’lim standartlari (minimal)

76. Professiogramma nima?
JAVOB: Kasbnoma, kasb tasnifi

77. Reyting nima?
JAVOB: Ijobiy va salbiy xususiyatni o`rganish usuli

78. Marketing nima?
JAVOB: O`rganish, tahlil qilish, mujassamlash

79. Aspirantura nima?
JAVOB: Kasb bo`yicha yuksak kvalifikatsiya beruvchi tashkilot

80. Magistratura nima?
JAVOB: Mutaxassislik buyicha chuqur bilim beruvchi

81. Bakalavrlik nima?
JAVOB: Kasb bo`yicha oliy ta’lim maskani, oliy kvalifikatsiya

82. Innovatsiya nima?
JAVOB: Yangilikni isloh qilish

83. Dars didaktik tahlili nima?
JAVOB: Ta’lim jarayonidagi ko`rgazmalilik

84. Qobiliyat turlarini ayting?
JAVOB: Matematik, san’at, pedagogik, texnik va h.k

85. Xarakter nima? –
JAVOB: Ijtimoiy muhitda olingan shaxsiy sifatlar

86. Melanxolik kim? –
JAVOB: Harakatsiz, sust, qiyin tushunuvchi

87. O`qituvchilar uchun umumiy kasb tipi?
JAVOB: Odam-odam, odam-badiiy obraz

88. Pedagog so`zining ma’nosi nima?
JAVOB: «Yetaklovchi», «Boshqaruvchi»

89. Didaktikaning «Otasi» kim?
JAVOB: Yan Amos Komenskiy

90. Iqtidorlilar jamg`armasi? »
JAVOB: Umid”

91. Tafakkurni oshiruvchi dars usuli?
JAVOB: Muammoli dars usuli

92. Dars nima?
JAVOB: O`qituvchi va o`quvchining hamkorlikdagi ishi

93. Psixologiya so`zining o`zbekchasi?
JAVOB: Jon, ruh, ruhshunoslik, ruhiyatshunoslik

94. Trening nima?
JAVOB: Mashq, amalish ish

95. Tarbiya turlarini ayting?
JAVOB: Axloqiy, aqliy, nafosat, badan tarbiya, mehnat

96. Badan tarbiyasi nima?
JAVOB: Jismoniy va harakat orkali organizmni chiniqtirish

97. Milliy modelning nechta bo`limi bor?
JAVOB: 5 ta

98. Hisobchi qaysi kasb tipiga mos?
JAVOB: Odam – belgili tizim, odam — odam

99. Mijoz turlariii ayting?
JAVOB: Xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik

100. Necha xil kasb bor?
JAVOB: Uch mingga yaqin

101. Vrach (xakim) qaysi tipga mos?
JAVOB: Odam-tabiat, odam-odam

102. Tafakkur nima?
JAVOB: O`ylash, fikrlash, xulosa chiqarish

103. Ferment nima?
JAVOB: Achitqi

104. Faktor nima?
JAVOB: Omil, sabab

105. Korrektor kim?
JAVOB: Xatolarni kuzatuvchi, tekshiruvchi

106. Loringit bilan kasallangan odam o`qituvchi bo`ladimi?
JAVOB: Mumkin. Lekin o`ziga qiyin

107. Vunderkind nima?
JAVOB: Hamma narsani biluvchi bola, o`ta qobiliyatli

108. Mafkura nima?
JAVOB: G`oyalar yig`indisi

109. Ish ritmi nima?
JAVOB: Davrlilik

110. Progress nima?
JAVOB: Taraqqiyot, yuksalish

111. Kasb bo`limlari nechta?
JAVOB: Kasb bo`limi 5 ta

112. Shovinizm nima?
JAVOB: Shaxsga siginish

113. Plyuralizm nima?
JAVOB: xar xillik (dunoviy, diniy va h.k)

114. Differensiya nima?
JAVOB: Ta’limni tabaqalashtirish

115. Filtr nima?
JAVOB: Suzgich

116. Klassifikatsiya nima?
JAVOB: Yo`nalishlarga ajratish

117. Tolerantlik nima?
JAVOB: Diniy bagrikenglik

118. Konsilium nima?
JAVOB: O`qituvchi, psixolog, ota-ona hamkorligidagi bola muhokamasi

119. Kasb adaptatsiyasi nima?
JAVOB: Kasbga moslashish

120. Xalq pedagogikasi nima?
JAVOB: Xalq tarbiyasi haqidagi fan

121. O’quvchilarning iste’dod va qobiliyatlarining rivojlanishi nimaga bog`liq?
JAVOB: Tabiiy tug`ma nishonalariga

122. Tarbiya metodlari necha xil?
JAVOB: 2 xil: tarbiyachi, tarbiyalanuvchi metodlari

123. Davlat arboblaridan kim 15 asrda Mavoraunnahrda maktablar islohati o’tkazgan?
JAVOB: Mirzo Ulug`bek

124. Turli tarixiy davrlardagi tarbiya, maktab va pedagogik nazariyalar taraqqiyotini pedagogikaning qaysi sohasi o’rganadi?
JAVOB: Pedagogika tarixi

125. «Ikki toifa odam behuda ishlab, behuda harakat qilgan bo’ladi; biri mol-mulk yig`ib foydalanmagan, ikkinchisi ilm olib unga amal qilmagan», degan ibratli fikrlar muallifi kim?
JAVOB: Sa’diy-Sheroziy

126. Maktab direktorligiga tayinlash kim tomonidan amalga oshiriladi?
JAVOB: Mahalliy hokimiyat va tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo’limi tavsiyasi bilan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan tayinlanadi.

127. Alisher Navoiyning qanday pedagogik asarlarini bilasiz?
JAVOB: «Vaqfiya», «Akbain», «Munojat» V. «Mahbubul-qulub», «Hayratul-abror»

128. «O’g`il bolalarni besh yoshdan 20 yoshgacha faqat uch narsaga: otda yurishga, kamondan otishga, to’g`rilikka o’rgatishgan… bolani besh yoshgacha otasiga ko’rsatmaganlar, u ayollar tarbiyasida bo’lgan…» ushbu parcha kimning qaysi asaridan olingan va kimlar haqida yozilgan?
JAVOB: «Avesto» asaridan, VII-IX asr oraligida yashagan Zardusht tarixiga oid

129. Pedagogik nazorat me’yorlarining to’g`ri tasnifi..
JAVOB: ixtisos sohasidagi burch, pedagogik adolat, ixtisosga doir vijdon, izzat-nafs, pedagogik oriyat

130. Maxsus tuzilgan ta’limiy dasturlar bo’yicha AKT vositalarida o’qitish. O’rgatish qanday ta’lim metodi deyiladi?
JAVOB: Dasturlashtirilgan

131. Fanning umumiy asoslarida pedagogik qayta ishlangan va fanning zamonaviy holatiga mos keluvchi bilimlar, mahorat, malakalar majmuasi:
JAVOB: Ta’lim mazmuni

132. Ijtimoiy pedagogikada «me’yordan chetga chiqish, og`uvchi fe’l-atvor» degan ma’noni anglatuvchi so’z?
JAVOB: Negativ

133. Dars mashg`uloti nima? Dars jarayonidagi faoliyatga berilgan to’g`ri ta’rifini ayting!
JAVOB: O’tilayotgan va o’zlashtirilayotgan materiallarning mazmuniga qarab turli xil metodlar yordamida olib boriladi, umumiy ta’lim tizimining bir qismi sifatida tugallangan bilim beradi, navbatdagi bilimni o’zlashtirishga zamin yaratadi.

134. O’zini-o’zi tarbiyalashda nimalardan foydalaniladi?
JAVOB: O’zi-o’ziga baho berish, o’zini-o’zi kuzatish, o’zini-o’zi anglash, o’zini-o’zi ishontirish

135. Amir Temurning O’rta Osiyo ilm-fani taraqqiyotiga qo’shgan hissasi aksari muallifi kim?
JAVOB: Bo’riboy Axmedov

136. Tadrijiy iqtisodiy islohotlarga quyidagilardan qaysi biri xos?
A. barcha yirik sub’ektlarni davlat tasarrufidan darhol chiqazib, xususiylashtirish.
B. mulkning barcha shakllarini davlat tasarrufiga olish.
C. bosqichma-bosqich islohotlar o’tkazish
JAVOB: bosqichma-bosqich islohotlar o’tkazish

137. Senat majlisi bir yilda kamida…
JAVOB: 3 marta o’tkaziladi

138. O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan sanani ayting?
JAVOB: 1992-yil 10-dekabr

139. Oliy Majlisning «Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) to’g`risida» gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qachon qabul qilingan?
JAVOB: 1996-yil

140. Afsonaviy Alpomish haykali O’zbekistonning qaysi shahrida qad ko’targan?
JAVOB: Termizda 1999-yilda

141. O’zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro nazoratini kim tashkil etadi?
JAVOB: Senat raisi va Qonunchilik palatasi spikeri

142. Huquqiy davlatning asosiy belgisini ayting?
JAVOB: Barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi

143. Inson erkinligini qanday tushunasiz?
JAVOB: Qonunlar doirasidagi xatti-harakat

144. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning asosiy tamoyillarini ayting?
JAVOB: Davlat suverentiti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya ustivorligi

YUKLAB OLISH:

2-Pedagog xodimlar uchun namunaviy attestatsiya savollari

 

 

 

O'xshash maqolalar

2 thoughts on “Pedagog xodimlar uchun namunaviy attestatsiya savollari. 2018-yil

  1. Rahmat. Saytingiz ajoyib ekan. Ko’p narsani o’rgandim.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan