Shaxsiy hususiyatlaringizni bilasizmi?

Savollarga «Ha” yoki «Yuq» deb javob bering.

1. Yolg’on gapirishingiz mumkinmi? O’z nuqsonlaringizga ko’nikasizmi? O’z fikringizni oson o’zgartirasizmi?

2. O’zingiz haqingizda gapirishni yoqtirasizmi? Notanish davrada uzingizni erkin his etasizmi? Odamlarga ishonchingiz bormi?

3. Sizni maqtashlarini yoqtirasizmi? O’zingizdan xursandmisiz? Boshqalarning- kamchiligi haqida tez-tez gapirib turasizmi?

4. Boshlagan ishingizni oxiriga etkazasizmi?

5.Maqsadga erishishda qat’iyatlimisiz ?

6Ishda jonbozlik ko’rsatasizmi?

Test natijalarini baholash usuli. Xar bir guruh javoblarini aloxida tahlil qiling. Agar ijobiy javoblar ortiq bo’lsa, «ha» 1 ball qo’ying; kam bulsa «yo’q» 0 qo’ying. 4 ta guruh savollari uchun 4 ta sondan iborat javoblar qatori xosil bo’ladi. Javob bera turib, o’zingizni aldamaslikka harakat qiling. Shunda shaxsiy sifatlaringiz qanaqaligini bilib olasiz. Ehtimol siz uchun nimadir kutilmagan bo’lib chiqadi.

Demak siz: 1111 — serharakat, muloqotga kirishuvchan, ammo o’zini yaxshi ko’radigan va o’zgaruvchan;

1000 — e’tiqodsiz, ko’ngli ochiq emas, faolligi sust, o’ziga talabchan emas;

1001 — dangasa, odamovi, o’ziga bino qo’ygan.

1011- kamgap, o’zini yaxshi ko’ruvchi, e’tiqodi kuchli, faol.

0111 — shaxsiy qadriyatli, ishchan, odamlar bilan tez kirishadigan, ammo dimog’dor;

0110 — rostgo’y, qat’iyatli, mehribon;

0100 — tarbiyali,ayyor emas, barqaror, ammo faol emas;

0000 — sust, indamas, o’z oldiga aniq maqsad qo’yib, unga erishishga qodir emas;

1010 — faollikka intiladi, ammo hayotda muvaffaqiyatga erishishga kamsuqumlik, tortinchoqlik va erinchoqli halal beradi;

1110 — mehnatkash, ammo kuraщda boshqalarga o’z o’rnini osongina berib qo’yadigan, ayyorlikni bilmaydi;

1100 — to’griso’z, kamsuqum, maqsadga erishishda haqqoniy. E’tiqodlari beqaror, ba’zan qarama-qarshi e’tiqodlari mavjud bo’ladi;

0001 — rostgo’y, ammo o’ta indamas, hayotini o’ziga ishonchsizlik va inertlik (o’z-o’ziga qo’yib berish) holati buzib turadi;

0011- ayyor va yolg’onchi, maqsadga erishishda irodali , tolmas;

0101— engil tabiat, sodda, dangasa va o’zini yaxshi ko’ruvchi (omadsizlikning mumtoz to’plami)

0010- qat’iyatli, mehnatkash, ammo juda indamas.

 

[divider style=»single» border=»medium» color=»#f76b38″]

O'xshash maqolalar

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan