Ta’lim metodlariniig tarkibiy tuzilishi

Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa,
berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar.

I.A. Karimov

Ushbu «Ta’lim metodlari» bo’limi ta’lim tizimida zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanish, o’quv jarayonida treninglar, yakka tartibda, juftlikda, kichik guruhlar va jamoada ishlashni tashkil qilgan holda ilg’or ta’lim metodlarini amaliyotga joriy qilish hamda pedagogik jarayonga yangicha yondashuv masalalariga bag’ishlangan. «Ta’lim metodlari» bo’limida o’qituvchilarda global tafakkur, kompetentlik, professionallikni shakllantirish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar, mustaqil ta’lim turlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni rivojlantirish, ulardan o’z pedagogik faoliyatlarida samarali foydalanishlarini ta’minlash ko’zda tutilgan. 

Ta’lim metodlariniig tarkibiy tuzilishi

Ta’lim metodlaridan tegishli maqsadlarda samarali foydalanish uchun har bir metodning tarkibiy tuzilishi to’risida zarur tushunchalarga ega bo’lish talab qilinadi. Ta’lim metodlari ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishning tegishli pedagogik- psixologik va ilmiy-metodik asoslariga ega. Ular ko’zlangan maqsadlarga erishish yo’lidagi murakkab, ko’p qirrali, ko’p sifatlarga, xususiyatlarga ega bo’lgan faoliyat turidir. Shu munosabat bilan ta’lim metodlarining tarkibiy tuzilishiga doir umumiy ma’lumotlarni qisqacha keltirib o’tamiz.

Ta’lim metodlari turli tarkibiy tuzilishga ega bo’lib, ular usul, yo’l, bosqich, bo’lak, qism, modul, algoritm kabi tushunchalar bilan ifodalanadigan tarkibiy elementlarni o’z ichiga oladi, Ular orasida usullar alohida ajralib turadi. Quyida ularning qisqacha ta’riflarini keltiramiz:

Usul – metodning unsuri bo’lib, uning tarkibiy kismi, metodni amalga oshirish bo’yicha qo’llanadigan harakatlarning turlarini belgilaydi.

Yo’l – metodni amalga oshirish bo’yicha qo’llanadigan harakatlarni bajarish shaklini belgilaydi.

Bosqich – metodni amalga oshirish jarayonining mazmun va vaqt bo’yicha muayyan darajadagi ketma-ketligini bildiradi.

Bo’lak – metodning tarkibini istalgan turli kattalikda taqsimlanishi natijasida hosil bo’ladi.

Qism – metodning tarkibini muayyan mantiqiy asosda taqsimlanishi natijasida hosil bo’ladi.

Modul – metodni hosil qiluvchi eng kichik tarkibiy bo’laklarini bildiradi.

Algoritm – metodning tarkibiy tuzilishidagi muayyan tartibda takrorlanuvchi modullari yiindisini hamda metodni amalga oshirish jarayonidagi harakatlarning muayyan tartibda takrorlanib turuvchi majmuasini bildiradi.

Ta’lim metodlarida o’qitishning ob’ektiv qonuniyatlari, maqsadlari, mazmuni, tamoyillari, shakllari o’z aksini topadi.

Metodlar boshqa didaktik kategoriyalarga uzviy boliq va biri boshqalarini taqozo qiladi, ya’ni o’qitishning maqsadi, mazmuni, shakli, hosilasi sifatida metodlar didaktik kategoriyalarga tegishlicha ta’sir ko’rsatadi.

Har bir ta’lim metodining tarkibiy tuzilishida shu metodning o’ziga xos bo’lgan ob’ektiv va sub’ektiv jihatlar ajralib turadi.

Metodlarning ob’ektiv jihatlarida barcha didaktik koidalar, qonunlar va qonuniyatlar, tamoyillar va ta’riflar, shuningdek, mazmun butunligining doimiy komponentlari, o’quv faoliyatining shakllariga xos bo’lgan umumiy jihatlar aks etadi.

Metodlarning sub’ektiv jihati pedagog shaxsi, ta’lim oluvchilarning o’ziga xosligiga va mavjud sharoitga boliq bo’ladi.

Ta’lim metodlari ko’p parametrlarga ega va ko’p o’lchovli bo’lib, ularning bu xususiyatlari ta’lim-tarbiyaviy maqsad va vazifalar hamda ularni amalga oshirish shakllarining turli-tumanligi bilan boliq. Shu munosabat bilan ta’lim metodlarini tasniflashda ham har turli yondashuvlar mavjud. Buning natijasida ta’lim metodlarining ko’plab tasniflari kelib chiqqan. Quyida ularni qisqacha ko’rib chiqamiz.

Ta’lim metodlari tasnifi – bu muayyan belgilar asosida tartibga solingan tizimdir. Ma’lumki, didaktik tadqiqotlar o’qitishni dialektik jarayon sifatida o’rganadi. Bunga ko’ra ta’lim metodlari tizimi Usish, o’zgarishda, harakatda bo’lib, ta’lim mazmunida yuz berayotgan barcha o’zgarishlarni xnsobga olgan holda rivojlanb borishi hisobga olinadi. Shunga muvofiq ularni tasniflashda ham ushbu ro’y berayotgan o’zgarishlar tegishlicha aks etib boradi.

Ta’lim metodlarini tasniflashda ularning an’anaviyligi, didaktik maqsadi, bilish faoliyati harakteri, o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish xususiyatlari. O’quv- bilish faoliyatini motivastiyalash va stimullash xususiyatlari, o’quv-bilish faoliyatining samaradorligini nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish xususiyatlari kabi belgilariga asoslaniladi.

Ta’lim metodlarini tasniflash shakllariga doir ayrim misollarni ko’rib chiqamiz.

  1. An’anaviy ta’lim metodlari tasnifi. Bu metodlarning ibtidosini ilk falsafiy va pedagogik tizimlar tashkil etadi.

Hozirgi davrda ulardan beshtasi inobatga olinadi: amaliy, ko’rgazmali, ifodali, kitob bilan ishlash va video metodlar.

  1. Didaktik maqsadi bo’yicha tasnifi.
  • ilk bor bilimlarni o’zlashtirish metodlari;
  • egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish metodlari.
  1. Ta’limning umumiy maqsadiga ko’ra metodlar tasnifi:
  • bilimlarni egallash;
  • malaka va ko’nikmalarpi shakllantirish;
  • bilimlarni qo’llash;
  • ijodiy faoliyat;
  • mustahkamlash metodlari;
  • bilim, malaka va ko’nikmalarpi tekshirish metodlari.
  1. Idrok etish – bilish faoliyati xarakteriga ko’ra metodlar tasnifi:
  • tushuntirish — illyustrativ (axborot — resteptiv). Ularning xarakterli xususiyatlari: bilimlar “tayyor holda” tavsiya etiladi; bunda bilimlarni idrok qilish tashkil etiladi; bilimlar idrok (restepsiya) qilinadi va tushunib olinadi, xotiraga joylashtiriladi;
  • reproduktiv metod: bilimlar tayyor holda tavsiya etiladi, bilim nafaqat bayon qilinadi, balki tushuntiriladi; bilimlar ongli o’zlashtiriladi, ularning tushunilishi va eslab qolinishiga erishiladi hamda bilimlarning mustahkamligi tez-tez takrorlash yo’li bilan ta’minlanadi.
  • muammoli bayon qilish metodi;
  • qisman ijodiy (evristik) metod. Bilim tayyor holda tavsiya etilmaydi, balki u mustaqil ravishda egallanadi; yangi bilimlarni qidirish, izlash tashkil etiladi; bilish vazifalari bo’yicha mustaqil fikr yuritiladi, muammoli vaziyatlar yaratiladi va hal qilinadi;
  • tadstistiy metod. Bunda muammo belgilab olinadi, muammoning tadqiqoti jarayonida bilimlar egallanadi.
  1. Ta’lim metodlarining binar (qo’sh) va polinar (ko’pqirrali) tasnifi.

Binar tizim dars berish metodi va o’rganish metodi majmuidan iborat. Uni quyidagi jadval ko’rinishida yaqqol ifodalash mumkin (1 -jadval).

O’qitish metodlari

Dars berish metodi O’rganish metodi
Axborot berish – bayon qilish Ijro etish
Tushuntirish Reproduktiv
Ko’rsatma berish – amaliy Produktov – amaliy
Tushuntirish – ishontirish Qisman ijodiy
Ishontirish Ijodiy

O’qitishning polinar, ya’ni ko’pqirrali tasnifi bilimlar manbai, bilish faolligi darajasi, o’quv bilimlarining mantiqiy yo’llari va o’qitishning monologik, hamkorlik va dialogik metodlar yiindisidan tarkib topadi (2-jadval).

2-jadval

Monologik metodlar Hamkorlik metodlari Dialogik metodlar
Ma’ruza Individual (o’zaro) Suhbat
Hikoya Guruhli Munozara
Namoyish qilish Frontal Muzokara
Jamoa (kollektiv)

Pedagogik adabiyotlarda oliy ta’lim muassasalarida o’qitish metodlarining quyidagi uch guruhi mavjudligi bayon etilgan:

  • o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari ( -jadval);
  • o’quv-bilish. faoliyatini motivastiyalash va stimullash metodlari (-jadvach);
  • o’quv-bilish faoliyatining samaradorligini nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish ( 3-jadval).

3-jadval

O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari hamda asoslari

Ifodali, ko’rgazmali, amalii metodlar Induktiv va deduktiv metodlar Reproduktiv va muammoli- ijodii metodlar O’qituvchi rahbarligida mustaqil ish metodlari
Manbalar Mantiq Tafakkur Boshqaruv

4 -jadval

O’quv-bilish faoliyatini motivainyalash va stimullash metodlari

O’rganishga qiziqish uyotishni stimullash va motivastiyalash metodlari O’rganishda burch va mas’uliyatni stimullash va motivastiyalash metodlari

5-jadval

O’quv-bilish faoliyatining samaradorligini nazorat qilish va o’z- o’zini nazorat qilish metodlari

Ogzaki nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari Yozma nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari O’z-o’zini nazorat qilishning laboratoriya-amaliy metodlari

Shunday qilib, kasbiy ta’lim didaktikasi tamoyillariga muvofiq ishlab chiqilgan   metodlar va alohida funkstional yondashuv metodlari tizimini yaratish uchun tegishli ta’lim muassasasidagi pedagogik faoliyat asos bo’lib xizmat qiladi. Unda qo’llaniladigan kasbiy ta’lim metodlari didaktik maqsadlarga erishishning nisbatan alohida yo’llari va metodlari sifatida namoyon bo’ladi.

Oliy ta’lim muassasalaridagi o’qitish metodlari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, nafaqat dars berish usullari va uslublarini birlashtiradi, balki ular bilimlarni o’zlashtirishning o’quv va ilmiy faoliyatga yo’naltirilgan tizimini ham anglatadi. Shunday savol tug’iladi: oliy ta’lim muassasalaridagi o’qitish metodlari maktab, akademik listey va kasb-hunar kollejidagi o’qitish metodlaridan qay jihatlari bilan farqlanadi?

Maktab, akademik listey va kasb-hunar kollejida fan asoslari o’rganiladi. Oliy ta’lim muassasasida talaba zamonaviy fanni o’rganadi va ixtisoslik bo’yicha ta’lim oladi. Shuning uchun ham oliy ta’lim muassasalaridagi o’qitish metodlari bilimlarni etkazish va anglashning usullarigina emas, balki fan taraqqiyoti jarayoniga tobora kirib borish, uning metodologik va g’oyaviy asosini ochish metodi hamdir.

Oliy ta’lim muassasalaridagi o’qitish metodlarini asoslashda didaktika bilan shug’ullanuvchi olimlar oliy ta’lim muassasalaridagi o’quv jarayonining o’ziga xos xususiyatlari va talabalarning bilish faoliyatini qamrab oladilar hamda talabalarning kasbiy va shaxsiy tayyorgarligi masalalariga katta ahamiyat beradilar. Talabalarning faol ijodiy bilish faoliyati hamda ularning mustaqil ishlaridan iborat kasbiy ta’lim jarayoni ta’lim metodlarining o’qitish metodlari va o’rganish metodlaridan iborat ikki guruhini bir-biridan farqlashni taqozo qiladi:

O’qitish metodlari bilimlarni berish usullari sifatida qaraladi va talabalarning ilmiy bilish faoliyatiga rahbarlik qilishga qaratilgan bo’ladi hamda o’quv jarayonida pedagogning talabalarga ta’sir ko’rsatish usullarini shakllantiradi.

O’rganish metodlari bilim, malaka va ko’nikmalarni ijodiy egallashga hamda metodik va g’oyaviy-siyosiy e’tiqodlarni ishlab chiqishga qaratilgan talabalarning ilmiy bilish faoliyati usuli sifatida belgilanadi.

Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim xususiyati o’quv jarayonini tashkil etishda namoyon bo’ladi. Bunda maktab, akademik listey, kasb-hunar kollejidagi ta’lim metodlarini belgilash va o’qitish shakllarini ham tashkil qilishni tavsiya etadi. Oliy ta’lim muassasalarida ushbu o’qitish metodlari va shakllari qo’shilib ketadi, ya’ni oliy ta’lim muassasalaridagi dars berish metodi ayni zamonda o’qitishniig tashkiliy shakli ham hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalaridagi o’qitish metodlari o’ziga qo’shimcha yuklama-mashg’ulotni tashkil etishni ham qamrab oladi.

Oliy ta’lim muassasalaridagi O’qitish metodlari tasnifi masalasi o’zining dolzarbligini saqlab qoladi. Oliy ta’limdagi o’qitish metodlari tasnifiga didaktik yondashuvlar, umumdidaktik yondashuvlarga monelik qilmaydi, balki ularni rivojlantiradi. Ular oliy ta’lim tizimidagi o’quv jarayonining xususiyatlari, ularning didaktik vazifalari xarakteriga asoslanadi.

Oliy ta’lim muassasalarida o’qitish va o’rganish metodlari quyidagi keng tarqalgan tasniflarga borib taqaladi:

  1. Bilimlarni berish, idrok etish va o’zlashtirish hamda e’tiqodni shakllantirishni ta’minlovchi metodlar. Bu metodlarga ma’ruza, talabalarning mustaqil ishlari, mustaqil ta’lim olish bo’yicha ishlari, ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatish, maslahatlar, ko’rsatma berish, ommaviy axborot vositalari, dasturlashtirilgan materiallarni idrok etish va boshqalar kiradi.
  2. Bilimlarni tatbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko’nikmalarni hosil qilish hamda e’tiqodni chuqurlashtirish metodlari: Bunga seminar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari, nazorat ishlarini bajarish, o’quv xonalaridagi dasturlashtirilgan mashg’ulotlar va ishlab chiqarish amaliyoti kiradi.
  3. Bilimlar, e’tiqodlarni shakllantirish va talabalarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash metodlari. Bu o’quv jarayonining reyting baholari, kollokviumlar, suhbat o’tkazish, kurs va diplom ishlari loyihalari hamda davlat attestastiyasi natijalarini bah

Bu tasnif konkret metodlar imkoniyatlarini belgilovchi eng muhim sifatlar asosiga qurilgan. Bunda ushbu tasnif bo’yicha birinchi guruhdagi shunday sifatlarga bilimlarni idrok qilish va o’zlashtirish, ikkinchi guruhga – tatbiq etish va mustahkamlash, uchinchi guruhga esa – attestastiya va bilimlarni aniqlash taalluqlidir.

Oliy ta’lim tizimidagi o’qitish metodlari tizimiga quyidagi talablar qo’yiladi:

  • metodlar tizimi ta’limiy funkstiyaga ega bo’lishi lozim. Bu didaktik maqsadlar va o’qitish vazifalariga erishishning eng qulay usulidir;
  • metodlar tizimi tarbiyalash-rivojlantirish funkstiyasiga ega bo’lishi lozim. Bunda talabalarning mustaqil ishlari, vazifalari, ularning ishga ijodiy yondashuvi hal qilinadi, talabalarning shaxsiy sifatlari, bilim, malaka va ko’nikmalarni egallashga bo’lgan extiyojlari shakllanadi hamda ularning diqqati, irodasi, hissiyoti, xotirasi, tafakkuri o’sadi.

O.U.Avlayev, S.N. Jo’rayeva, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o’quv-uslubiy qo’llanma, “Navro’z” nashriyoti, Toshkent – 2017

O'xshash maqolalar

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan