Tarbiyaning ishonchli metodikasi bormi?

“Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”.

Abdulla Avloniy

Tarbiyaning ishonchli metodikasi bormi?

           Har birimiz «Eh, tarbiyaning hech pand bermaydigan metodikasi qo’limda bo’lsa edi», deb o’ylaymiz. Lekin bunday metodika yo’q. Bo’lishi ham mumkin emas. Nega desangiz, ota-onalarni har kuni yangi vaziyat kutadi.

          Ota-ona ertaga hech uchramagan, yangi vaziyatlarga moslashishga majbur. Chunki, bolamiz o’smoqda, o’zgarmoqda. Oiladagi pedagogik turmush yangi-yangi muammolarni hal qilishni talab qiladi. «Kundaligingni sumkangga soldingmi?», «Tez bo’lsang-chi, maktabingga kech bo’ldi!» bizning bolamizga aytayotgan gaplarimizning 80 foizi tanqid va buyruqlardan iborat. Afsuski, bu gaplarimiz juda kam va qisqa vaqtda samara beradi. Chunki, buyruq metodlari bolalarni intizomli qilmaydi. Biz buy­ruq berib o’girilgan zahoti bolamiz o’zi bilan o’zi «yashay boshlaydi». Buning ustiga biz ba’zan qattiq-qo’l, ba’zida, indamay qo’ya qolamiz. To’la nazorat qilishga vaqtimiz yetmaydi. Bundan boshqa yo’lini biz bilmaymiz.

   Ba’zi ota-onalar bolasini xursand qilish uchun ularning ra’yiga borib, aytganini qilishga rozi bo’lishadi. Bu ularni erka qiladi.

Muhammad Qurbonov “Bolam baxtli bo’lsin, desangiz…” tarbiya kitobi, “Ma’naviyat” nashriyoti, Toshkent – 2014

 

O'xshash maqolalar

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan