Tarix darslarida qiziqarli o’yinli usullardan foydalanish

image-0000000006

metodika

Yurtimiz bugun jadal sur’atlar bilan rivojlanib borar ekan, uni taraqqiyot bosqichiga ko’tarish o’sib kelayotgan yosh avlodning qo’lida. Shunday ekan, o’z qarashlariga ega, mustaqil fikrlay oladigan,fikrlarini ijodiy, erkin bayon qila oladigan yoshlarni tarbiyalash biz o’qituvchilarning vazifasi sanaladi. Bu esa bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir.

O’quvchini mustaqil fikrlashga va bu fikrlarini bayon eta olishga o’rgatmas ekanmiz, ta’lim jarayonida ijobiy natijaga erishish murakkab masalaligicha qolaveradi.

Xo’sh, qanday qilib o’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish, ijodiy ishlashga o’rgatish mumkin?

Hammamizga ma’lumki, bu ishni amalga oshirish uchun, avvalo, o’qituvchining o’zi ijodiy ishlaydigan, o’quvchilarni mustaqil fikrlashga va ijodiy ishlashga o’rgatishning uslub va usullarini egallagan bo’lishi zarur.

Quyida Do’stlik TXTMFMT va TEB ga qarashli 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o’qituvchisi Nurg’oziyev Shuhratning tarix fani darslarida qo’llayotgan uslub va usullardan namunalar keltirib o’tamiz:

Tarix darslarida qiziqarli o’yinli usullardan foydalanish.

Keyingi yillarda mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlarning asosini jahon ta’limi standartlariga javob bera oladigan ilg’or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim-tarbiya jarayonida kam jismoniy kuch sarflab,yuqori samaradorlikka erishish yo’lida amaliy faoliyat olib borilmoqda.Hozirgi vaqtda umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilari oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifa o’quvchilarning ilm olishga bo’lgan qiziqishlarini orttirish,ularning tasavvurlarini kengaytirishdan iborat.Ana shu ishni amalga oshirish uchun bugungi kungacha bir qator tadbirlar bajarildiki,natijada umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi ta’lim samaradorligining muvaffaqiyatiga zamin yaratildi. Dars samaradorligining muhim shartlaridan biri bu -o’qituvchi va o’quvchilarning haqiqatni birgalikda izlashi va o’quvchilarning butun dars jarayonida faol ishtirok etishidir.Albatta,bu o’rinda o’qituvchiga yangi pedagogik texnologiyalar qo’l kelishi amaliyot ko’rsatib turibdi.

Hozirgi zamon har bir fan o’qituvchisi zimmasiga inson,uning jamiyatdagi o’rni va roliga har tamonlama qarash vazifasini yuklaydi.Buning uchun o’qituvchi ta’lim-tarbiyaning yangi shakllari,vositalari va usullarini egallashi va shu bilan birga o’zi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yaratishga,shaxsni tarbiyalashning yangi a’nanaviy,samarali usullarini tanlashga harakat qilishi hamda ijodkor bo’lmog’i lozim.

Maktablarda o’qitilayotgan ijtimoiy,shu jumladan tarix fani o’zida oliyjanob fazilatlarni mujassamlashtirilgan insonni tarbiyalashda benihoya ahamiyat kasb etadi. Maktabda o’quvchi kishilik jamiyati bosib o’tgan yo’lni,ularning chet el bosqinchilariga qarshi,o’z ozodligi va baxt-saodati, porloq kelajagi uchun olib borgan kurashlari haqidagi asosiy ma’lumotlarni tarix darslaridan bilib oladi.Shu bilan birga tarix darslari o’quvchining hozirgi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni to’g’ri anglashga yordamlashadi.

Bizga ma’lumki tarix-juda qadimiy fanlardan biri hisoblanadi.Tarix fanini kelajakni ko’rsatuvchi „Ko’zgu” desak bo’ladi va bu ko’zguga qarab har qanday inson,jamiyat, xalq o’z kelajagini belgilab olishi mumkin. Hozirgi kunda O’zbekiston rivojlangan davlatlar qatoridan o’rin egallashi onson kechgani yo’q. Shuning uchun tarixni o’qitish jarayonida o’quvchilar bugungi kunning qadriga yetishini, o’tmishda yo’l qo’yilgan xatolarni takrorlamaslikni, o’tmishdagi xatolardan xulosa chiqarib olishini o’rgatish lozimdir . Qolaversa maktabda tarix fanini o’qitish orqali o’quvchilarda o’zlari mustaqil va ijodiy fiklashini rivojlantirishga , miliy ong va tafakkurni o’stirishga , eng asosiysi ma’naviy barkamol shaxsni , haqiqiy vatanparvar insonni tarbiyalab voyaga yetkazishga ahamiyat berish lozim .

Ta’lim-tarbiya jarayonida mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun bugungi kunning pedagog hodimlari har bir darsda qiziqarli, samarali bo’lgan yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish kerak.

Bizga ma’lumki,tarix fanining asosini ma’lumotlar tashkil etadi.Ularni to’liq eslab qolishi o’quvchilar uchun bir oz qiyinchilik tug’dirishi mumkin (ayrim past o’zlashtiruvchi o’quvchilar ).Bu kabi ma’lumotlarni o’quvchilar xotirasida bir umrga esda qolishi,turli xil sahnali ko’rinishlar,qiziqarli o’yinli usullar,krossvordlar,guruhlar bilan ishlash,baxs-munozaralar olib borishiga bog’liq.

Men o’z darslarimda o’quvchining alohida xususiyatlariga e’tibor berishga,ko’proq o’zim yaratgan turli usullardan foydalanilgan holda yoritishga harakat qilaman. Sizga taklif etilayotgan “Mavzuga zamin”, “T.A.R.I.X.” o’yinli usullar tarix darslarni qiziqarli va samarali o’tishiga yordam beradi degan umiddaman.

“Mavzuga zamin” usuli

Maqsad: O’quvchilarni o’tilgan mavzuni mustahkamlashdan oldin, shu mavzu bo’yicha o’quvchilarni darsga tayyorlash ya’ni zamin hozirlash.

Bizga ma’lumki o’quvchilar mavzuni o’qituvchi tushuntirib berishi chog’ida va o’zi darslikdan o’qib o’zlashtirishi mumkin. Lekin bu degani sinfda hamma o’quvchilar o’zlashtira oladi degani emas. Chunki hamma o’quvchilarning xotirasi,fikrlash doirasi birdayin bo’lmaydi. Shuning uchun ularga turli xil o’yinlar, sahnali ko’rinishlar,baxs-munozaralar orqali darslar tashkil qilinsa,sinfdagi uncha yaxshi o’zlashtira olmaydigan o’quvchilar ham mavzu haqida tushuncha hosil qilibgina qolmasdan,mustahkamlab oladi. Dars jarayonida o’tilgan mavzuni mustahkamlash chog’ida, avvalombor, o’quvchilarni darsga tayyorlab olishi kerak.Yaxshi dars o’tilishi,o’quvchilarning yaxshi o’zlashtira olishi eng birinchi navbatda o’qituvchi o’quvchilarni o’ziga jalb qilishi,o’tilgan mavzuni dab-durustdan boshlab,ularga o’tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar berishdan emas, aksincha o’quvchilarni o’tilgan mavzu haqida qisqacha tasavvur hosil qilib olishiga bog’liq.

QO’LLASH BOSQICHLARI BO’YICHA TAVSIYALAR:

  1. Bu usul ko’proq o’quvchilarni darsga tayyorlab olishi,o’tilgan mavzuni takrorlab,mustahkamlashga zamin hozirlash uchun ishlatiladi.
  2. Bu usul 5-11 sinflarda amalga oshirilsa maqsadga muvofiq.
  3. Guruhlar belgilanadi.O’quvchilar guruhlarga 5-7 kishidan bo’linishlari kerak.Guruhlarga bo’lish chog’ida guruhlarning kuchlari teng bo’lishiga ahamiyat berish lozim. Har bir guruhga 2-3 ta yaxshi o’zlashtira oladigan o’quvchilarni va unga yaxshi o’zlashtira olmaydigan o’quvchilarni joylashtirib bo’lish kerak.
  4. Har bir guruh o’ziga nom qo’yish kerak.Buning uchun o’qituvchi guruhlarga quyidagicha murojaat qiladi: „Siz guruhga nom qo’yayotganda quyidagilarga e’tibor bering?”
  • Siz guruhingizga o’tilgan mavzuning ichidan biror-bir voqeani keltirib chiqaruvchi so’zlar yoki o’tilgan mavzuning asosiy mazmunlaridan birini tashkil etuvchi so’zlar orqali nom qoying;
  • Guruhingiz bilan bu nomni nima uchun qo’yganligingizni aytib berish uchun tayyorlaning (1-minut vaqt beriladi).
  • Har bir guruh nom qo’yib bo’lgandan so’ng,u guruhlardan bu nomni nima uchun qo’yganligi so’ralishi kerak.
  • Yuqoridagilarni o’tkazib bo’lgandan so’ng,o’quvchilar o’tilgan mavzu haqida qisqacha tushuncha hosil qilib,o’quvchilar mavzuni mustahkamlash uchun zamin hozirlanadi.Keyin o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun shu guruhlarga savollar,topshiriqlar berish mumkin.

“T.A.R.I.X.” usuli

Maqsad:T.A.R.I.X.”-bu usul quyidagi jadval asosida to’ldiriladigan jamoa o’yinli usulidir. Ya’ni “T.A.R.I.X.” usuli quyidagi so’zlarning bosh harflaridan olingan bo’lib, T-test savollar, A-anagrammalar,R-raqamlardagi voqealar, I-ikki tarixiy jarayonni solishtirish, X-xulosa kabi qismlardan iborat bo’lib,bu jadvalni guruh bilan birgalikda to’ldirish orqali o’quvchilar mavzuning asosiy mazmuni keltirib chiqarishadi.

 

TARIX

SHARTLARI

IZOH

BALL

T

Test savoli Mavzu bo’yicha 5 ta test savollari yozib qo’yiladi. Har bir savolga to’g’ri javob uchun 1 balldan qo’yiladi.To’plagan ball “Ballar” qismiga qo’yiladi. 5 ball

A

Anagramma Mavzu boyicha anagramma beriladi. Anagramma topilib,shu anagrammadagi so’zga ta’rif beriladi. Anagramma uchun 5 ball beriladi.

To’plagan ball “Ballar” qismiga qo’yiladi.

  • ANQARA GANJI-Javob:”Anqara jangi”
5 ball

R

Raqamdagi voqealar Mavzu bo’yicha tarixiy raqamlardan 5-ta beriladi va bunga o’quvchi shu tarixiy sanada qanday voqea bo’lib o’tganini shu tarixiy sananing to’g’risiga yozib qo’yadi.Har bir to’g’ri javob uchun 1 balldan qo’yiladi. To’plagan ball “Ballar” qismiga qo’yiladi.

  • 1336-yil- A.Temur tavallud topgan yil.
  • 1370-yil-A.Temur Movarounnahr amiri va hakozo
5 ball

I

Ikki tarixiy jarayonni solishtirish Ikki tarixiy shaxs ,tarixiy obida yoki voqea beriladi,Ushbu ikki jarayonni o’quvchi bir-biridan farq jihatlarini taqqoslab solishtiradi va to’g’ri javob uchun 5 ball beriladi. To’plagan ball “Ballar” qismiga qo’yiladi. A.Temur-….. Chingizxon-……… 5 ball

X

Xulosa Mavzuning eng asosiy mazmuni yoziladi.Javob uchun 5 ball beriladi. Eng so’nggi natija baliga qarab rag’bat yoki tanbeh beriladi.Masalan:20-25 ballgacha-tasanno, 15-20-ballgacha ofarin,10-15-ballgacha yaxshi, 5-10-ballgacha qoniqarli,0-4 ballga qoniqarsiz. 5 ball

“Xulosa-daraxt hosilida” usuli

Maqsad: “Xulosa-daraxt hosilida”—Mavzuning asosiy mazmunini keltirib chiqaruvchi savollarga javob berish natijasida tahlil qilinib,yakuniy xulosani keltirib chiqaruvchi o’yinli usuldir.Bu o’yinli usul orqali o’quvchi mavzuning asosiy xulosasasini chiqarishni va bir-biri bilan fikr almashinib,voqealar bayonini yorotib borishni ta’minlaydi.

Qo’llash bosqichlaribo’yicha tavsiyalar:

1.Ko’proq o’tilgan mavzuni mustahkamlash chog’ida ishlatilishi kerak.

2.Bu usul 5-9-sinflarda amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

3.„Xulosa-daraxt xosilida” usulini o’tkazish uvhun birinchi navbatda plakatga yoki sinf taxtasiga (1-rasmda berilgan) daraxt chiziladi va daraxt novdalariga mavzuning asosiy mazmunini tashkil etuvchi sodda savollar hamda o’quvchilarni fikrlashga chorlaydigan muammoli savollar yozib qo’yiladi.Sodda savollar yozilganligining asosiy sababi sizga ma’lumki faqat agar muammoli savollar yozilsa a’lo baholarga o’qiydigan o’quvchilar javob berishi mumkin,lekin past o’zlashtiruvchi o’quvchilar javob

bera olmasligi mumkin.Shuning uchun ham sodda savollar sinfdagi barcha o’quvchilar ishtirokini ta’minlaydi.Bu esa o’quvchilar o’rtasida raqobat kelitirib chiqaradi.

4.Daraxt novdalariga yuqoridagi tartibda savollar yozib qo’yilgandan so’ng,o’quvchilarning javoblari qisqartirilib, daraxtning „Javoblar” qismiga yozib boriladi. Javoblar to’g’ri yoki savoldan ozroq chetlashgan,noto’g’ri bo’lsa ham daraxtning „Javoblar” qismiga yozib boriladi. Savol tug’ilishi mumkin nima uchun noto’g’ri yoki mavzudan ozroq chetlashgan javoblar ham

yozib boriladi.Buning asosiy sababi tahlil jarayonida o’quvchining hatosini o’quvchilar to’g’irlashadi va bu jarayon esa baxs-munozarani keltirib chiqaradi.

5.Daraxtning „Javoblar” qismidagi javoblar o’quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinib eng to’g’ri va eng maqbul xulosa javobi daraxtning „Javoblar” qismidan chiqqan „Javoblar xulosasi” qismiga yoziladi.Shu tartibda hamma savollarga javob berib bo’lgunga qadar davom etadi.

6.„Javoblar xulosasi” qismidagi javoblarning xulosasi o’quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinib,eng so’nggi mavzuning asosiy xulosasi daraxtning „Yakuniy mavzuning asosiy xulosasi” qismiga yoziladi.Ko’rinib turibdiki mavzuning asosiy xulosasi javoblarning bosqichma-bosqich tahlili jarayonida kelib chiqayapti.

Mualliflik huquqi: Ushbu sahifadagi barcha ma’lumotlardan nusxa ko’chirish, tarqatish, va nashr qilish uchun muallifdan ruxsat olinishi shart. Muallif ruxsatisiz uni nashr qilish va nusxa ko’chirish qat´iyan taqiqlanadi !

Nurg’oziyev Shuhrat Xasanovich — Do’stlik TXTMFMT va TEB ga qarashli 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o’qituvchisi

 

“Mavzularning mazmuni rasmlarda nomayon” usuli

Maqsad: “Mavzularning mazmuni rasmlarda nomayon” usuli —mavzuni o’z fikri va o’z tasavvurini rasm yoki belgilar orqali bayon etishini ta’minlab beruvchi usuldir. Bu usul orqali o’quvchilarni shu fanga nisbatan qizig’ishini uyg’otish, mustaqil fikrlashga va xulosaga kelishini ta’minlaydi.Qolaversa, o’quvchilarning tarix darslarida mavzuni tushuntirish chog’ida eslab qolishi quyin bo’lgan ko’plab uzundan-uzun ismlar,nomlar yoki yillarni eslab qolishga,mustahkamlab olishiga yordam beradi.

«Mavzularning mazmuni rasmlarda namoyon” usulini qo’llash bosqichma-bosqich va ma’lum bir muddat mobaynida amalga oshiriladi.Har bir bosqich mobaynida o’quvchilarning fikrlash doirasi kengayib,shakllanib boradi va so’nggi III-bosqichda o’quvchilar to’liq biror-bir mavzuning mazmunini o’z fikri va o’z tassavvurini rasmlar orqali bayon eta oladi.Ular quyidagi bosqichlardan iborat:

BOSQICHLAR

BOSQICHLAR O’TKAZILISH TARTIBI

II bosqich „Mavzularning mazmuni rasmlarda namoyon” usulini birinchi marta qo’llashda o’quvchilarda ko’nikma hosil qilish uchun o’qituvchi bir mavzuni olib,shu mavzuning asosiy mazmunini rasm yoki belgilar orqali tasvirlab beradi.(Bu usul haqida to’liq tushunchalar keyingi bosqichlarda berilgan.Shu II va III bosqichlarga tayangan holda o’qituvchi bu usulni qo’llashi kerak)
II bosqich Bu usul o’quvchilar bilan yakka tartibda amalga oshiriladi.Ya’ni har bir o’quvchiga sinfda o’tilgan mavzuning mazmuni o’z g’oya va tasavvurlarini turli-tuman belgilar va rasmlar orqali bir varaqqa chizib kelish uyga vazifa qilib beriladi. Rasm va belgilar cheklanishlarga ega bo’lmaydi. Mavzuning mazmunini rasmlar orqali aks ettirish chog’ida eslab qolishi qiyin bo’lgan ism,nom yoki yillar,rasm va belgilarga qo’shib yozib qo’yilishi mumkin.Chunki yoddan chiqadigan uzunroq ism,yil rasm yoki belgiga chizib qo’yilsa,o’z fikrini tushuntirish chog’ida yoddan ko’tarilganda yuqoridagi yozib qo’ygan ism,nom va yilga qarab yodga solishi va o’z fikrini davom ettirish mumkin.Keyingi darsda o’quvchilardan birma-bir bu rasmlar orqali nimani aks ettirgani so’ralib,fikrlari tinglanadi va chizib kelgan rasm yoki belgilari qanchalik mavzuning mazmunini keltirib chiqarayotganligi o’quvchilar bilan tahlil qilinib,xulosa va shu o’quvchiga yo’nalish beriladi. Bunday yakka tartibda bu usuldan foydalanish natijasida, fikrlash doirasi kengayib boradi va keyingi III bosqichdagi guruhlar bilan bu usuldan foydalanishiga zamin hozirlanadi. Ya’ni bizga ma’lumki guruhlar bilan ishlanganda ayrim past o’zlashtiruvchi o’quvchilar o’z fikrlarini bayon etmasligi mumkin.Buning oldini olish maqsadida bu usul har-bir o’quvchidan alohida-alohida so’raladi va hamma o’quvchini faolroq qatnashishini ta’minlaydi. Yakka tartibda bu usuldan 5-6 dars mobaynida foydalaniladi. So’ngra III bosqichdagi „Mavzularning mazmuni rasmlarda namoyon” usulining guruhlar bilan ishlash tartibidan foydalaniladi.
III bosqich Guruhlar bilan ishlash natijasida „Mavzularning mazmuni rasmlarda namoyon” usulining III bosqichi quyidagicha amalga oshiriladi.

1.Ko’proq o’tilgan bob yoki bo’lim yuzasidan mavzularni takrorlash chog’ida ishlatilishi kerak.

2.Bu usul 8-9-10-sinflarda amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

3.Guruhlar belgilanadi. O’quvchilar guruhlarga 5-7 kishidan bo’linishlari kerak.Guruhlarga bo’lish chog’ida guruhlarning kuchlari teng bo’lishiga ahamiyat berishi lozim. Har bir guruhga 2-3 nafar yaxshi o’zlashtiradigan o’quvchilarni va unchalik yaxshi o’zlashtira olmaydigan o’quvchilarni joylashtirib bo’lish kerak. Shunda bu usuldan samarali foydalanish mumkin. Agar guruhlarni bo’lish chog’ida guruh kuchlari teng bo’lishiga ahamiyat berilmasdan bir guruhga yaxshi o’zlashtiradigan o’quvchilar,ikkinchi guruhga yaxshi o’zlashtira olmaydigan o’quvchilar joylashib qolib bo’linsa,bunday vaziyatda guruhlar o’z fikrlarini, g’oyalarini, e’tirozlarini to’liq bildira olmaydi.

4.Har bir guruh o’tilgan mavzu nomlari yozilgan kartochkalaridan birini guruh sardori tanlab oladi va shu mavzuga tayyorgarlikni boshlaydi .

5.Guruhlar o’zlariga tushgan mavzularni o’z g’oya va tasavvurlari bo’yicha turli-tuman belgilar va rasmlar orqali yoritib berishlari kerak. Rasm va belgilar cheklanishlarga ega bo’lmasligi kerak. Lekin guruh o’ziga tushgan mavzuni shu belgi yoki rasm orqali mavzudan chekkaga chiqmagan holda o’z fikri, tasavvuri orqali yoritib berishiga imkon berilishi lozim.

6.Rasmlar,belgilar orqali mavzuni aks ettirish chog’ida eslab qolishi qiyin bo’lgan uzundan-uzoq ism, nom yoki yillar, rasm va belgilarga qo’shib yozib qo’yilishi mumkin.Bu esa o’quvchilarda juda ko’plab uchraydigan, ya’ni biror-bir mavzuni tushuntirayotganda, o’z fikrini bayon etayotganda biror-bir uzun so’zlar (oy, yil, ism,nom) esdan chiqib qolsa, o’quvchi shu yerda to’xtab qoladi va aytadigan fikri ham esdan chiqishi mumkin. Shuning uchun yoddan chiqadigan uzunroq ism , yil rasm yoki belgiga qo’shib chizib qo’yilsa , o’z fikrini tushuntirish chog’ida yoddan ko’tarilganda yuqoridagi ism, nom va yilga qarab yodga solishi va o’z fikrini davom ettirishi mumkin.Qolaversa eslab qolishi qiyin bo’lgan nom, ism, yil qaytadan mustahkamlanadi.

7. Rasmlar,belgilar chizib bo’lindi.Shundan so’ng har bir guruh o’ziga tushgan mavzusiga oid chizgan rasmi yoki belgisini tushuntirishi chog’ida bu rasmni nima uchun chizganligini,bu belgi qaysi voqeani tasvirlab berishi mumkinligini aytib o’tishi kerak.

8. Bu usulni iloji boricha,birinchi marta o’tkazilishi chog’ida (I-bosqichda ko’rsatilib o’tilgan) o’qituvchi o’zi biror-bir mavzuni olib o’zi qiziqarli belgilar,rasmlar orqali bayon etib,izohlab berishi kerak.Bu usul haqida o’quvchilarda qiziqish uyg’onadi va o’quvchilar bu usulni mustaqil bajarishlari uchun ko’nikma hosil bo’ladi.

9.Rasm va belgilarning qisqacha mazmuni:

۞ Jadidlar mafkurasi haqida qisqacha fikr bayon etiladi;

۞ Ko’zguTo’rtburchak shakldagi bu ko’zgu Jadidchilikdir.Jadidlar bu mo’tabar ko’zguni xalqqa tutishi natijasida,o’z aksini quyidagilarda ko’radi;

۞ Kitob — Buyuk adabiyotni yaratish tamoyilidir;

۞ Maktab Bu xalq ta’limini isloh qilish. Xalqqa kuchli tafakkurli kadrlarni yaratuvchi vositadir;

۞ Kaba tulloh- Bu bilan haqiqiy Islom dinini qaror toptirish va dunyoviy bilimlarni egallash yo’li bilan jamiyatda uning ta’sirini mustahkamlashga dav’at etadi;

۞ Narkomaniya — Jadidlar narkotiklar va alkagol moddalarni iste’mol qilishni,tamaki chekishni qoralaganlar;

۞ Ozodlik- Jadidlarning bosh tamoyili “Ozodlik, Tenglik,Adolat”;

۞ Bu ko’zgu Turkiston markazida,Turkistonga qaratilib qo’yilgan.

۞ O’rgamchak to’ri — Bu qora zaharli o’rgamchak Jadidlarga qarshi chiquvchi kuch Rossiya.U bu mo’tabar ko’zguga o’z to’rlarini tashlab,uni yakson qilmoqchi.Lekin ko’zgu mo’tabar.Bu ko’zguning nomi “Yangi tarix”. Chunki Jadidlarning bosh maqsadi “Turkistonning yangi tarixini yaratish”

۞ XaritaBunda joy nomlari yozilgan, ya’ni Buxoro, Samarqand,Toshkent,shuningdek,Farg’ona, Qo’qon, Marg’ilon shaharlari jadidchilik harakati markazi bo’lgan.

10. Guruhlar tushuntirib bo’lgandan so’ng,bittalab guruhga yoki boshqa variantdan ya’ni umumiy guruhlarga quyidagi savollarga o’xshash savollarni berishi kerak. Masalan :

BITTALAB GURUHGA BERILADIGAN SAVOLLAR:

۞ Shu mavzuning asosiy mazmuni qayerda deb o’laysiz?

۞ Sizningcha mavzuning eng qiziqarli voqeasi bu….

۞ Mavzuning ijobiy voqealarini ko’p deb o’ylaysizmi yoki salbiymi? va hakazolar.

UMUMIY GURUHLARGA BERILADIGAN SAVOLLAR:

۞ Qaysi guruhning chizgan rasmi yoki belgisi mavzusiga mos emas deb o’ylaysiz? Yoki aksincha.

۞ Sizningcha qaysi biringizga tushgan mavzu qiziqarli deb o’ylaysiz? Fikringiz.

۞ Guruhingizga tushgan mavzuni boshqa guruhlarga tushgan mavzularga nisbatan ijobiy tamonlari bor deb o’ylaysizmi? va hakazolar.

11. Har bir guruh javob berishi chog’ida imkoni boricha fikr va g’oyalar baholanmasdan rag’batlantirish kerak.

12. Fikr va g’oyalar umumlashtirilib,barcha guruhlar bilan birgalikda ayrim kamchiliklar yoki yutuqlari aytib o’tilib,tahlil va xulosa qilinadi.

“MAVZULARNING MAZMUNI RASMLARDA NOMAYON” DA ISHLANGANDA O’QUVCHILAR QUYIDAGILARGA ERISHADILAR :

۞ O’tilgan mavzuni rasmlar orqali bayon etish uchun o’quvchilar mustaqil izlanadi.Mavzularni qayta-qayta qiziqib o’qishiga;

۞ Bir soat dars maboynida o’tilgan bob yoki o’tilgan mavzularni bir- biriga bog’lab muhokama qilishga;

۞ Shaxsiy fikrlarini shakllantirish, o’z g’oyalarini ifoda eta olishiga;

۞ Bir-birlarining yutuqlari va kamchiliklarini ko’rsa-tishga va kamchiliklarini birgalikda to’g’irlashga;

۞ O’zining guruhi mehnati natijalari uchun ma’sulyatli bo’lishiga;

۞ Eslab qolishi qiyin bo’lgan sana , yil nomlarini qayta mustahkamlab olishga .

“MAVZULARNING MAZMUNI RASMLARDA NOMAYON” USULINI QO’LLASH PAYTIDA ENG KO’P NIMAGA E’TIBOR BERISH KERAK?

۞ Biror bir mavzuga oid rasmlarni o’quvchilar o’zlari hohlagancha belgi, rasm, jadvallarni chizishlari kerak. Bu yerda rasmni chiroyli chizish emas, eng muhimi o’quvchi o’zining bor imkoniyatini ishlata olishiga yo’l qo’yib berish;

۞ O’quvchining har qanday fikrini hurmat qilish;

۞ O’quvchilarning hatti-harakatlarini rag’batlantirib borish;

۞ Fikr va tahlillarning uzluksizligini ta’minlash;

۞ Dars bosqichlarini tashkil etish ,berilgan vaqtdan unumli foydalanish.

NURG’OZIYEV SHUHRAT XASANOVICH – DO’STLIK TXTMFMT VA TEB GA QARASHLI 10-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI TARIX FANI O’QITUVCHISINING «TARIX DARSLARIDA QIZIQARLI O’YINLI USULLARDAN FOYDALANISH» MAVZUSIDAGI USLUBIY QO’LLANMASIDAN

O'xshash maqolalar

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan