Tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz (olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma)

Tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz

(olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma)

  • me’moriy inshootlar
  • davlatlar
  • Prezident asarlari
  • testlar

YOZMA ISHNI YOZISH TAMOYILLARI VA MEZONLARI

 Tarix fani olimpiadasining baholash mezonlari

 

Yozma ish topshiriqlarini tayyorlovchi tarixchi mutaxassislar nimalarga e’tibor berishi kerak? Hozirgi kunda ishtirokchi o‘quvchilarga qo‘yilayotgan talab yoqori va uni to‘laqonli bajarish uchun tarixiy asarlar va manbalarda saqlangan ma’lumotlar kamlik qiladi. Shu nuqtai nazardan, ishtirokchining iqtidori bilan bir qatorda uning yosh xususiyati ham e’tiborga olinmog‘i lozim. 15-18 yoshdagi o‘quvchi (iqtidorli o‘quvchi) darslikdan tashqari qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanishi joizligi to‘g‘ri, lekin unga tarixchi olimga qo‘yilagan talabni qo‘yib bo‘lmaydi.

Shu nuqtai nazardan, quyida keltirilgan olimpiadaning baholash mezonlari topshiriq tayyorlovchi uchun dastur bo‘lib xizmat qilishi kerak. Chunki, O‘zbekiston hududida bunyod etilgan ayrim me’moriy inshootlarning tarixini talab etilgan 15 ta mezon  asosida yoritish mumkin emas (ayrimlarining qurilgan yili, qurdirgan shaxsi, qurilgan davri ma’lum emas yoki ayrimlari hozirgi kunga qadar saqlanib qolmagan, bundan tashqari, “Me’moriy obidaga O‘zbekiston hukumati yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan qaratilayotgan e’tiborni yoritish” talabi barcha inshootga ham to‘g‘ri kelavermaydi. Chunki O‘zbekiston tarixidagi ayrim inshootlar mamlakatimiz hududida joylashmagan. Masalan, To‘rabekxonim, Ahmad Yassaviy maqbaralari va h.k.). Qolgan ikkita topshiriq (davlat tarixi va Prezident asari) ham shu asosda tuzilishi maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.

Yozma ish uchta savoldan iborat bo‘ladi va maksimal 50 ball bilan baholanadi.

 

1-savol: O‘zbekistonning tarixiy-me’moriy obidalari haqida beriladi.

Masalan: Bibixonim masjidi.

Ushbu topshiriq bo‘yicha ishtirokchining javobi quyidagi tartib asosida baholanadi:

Baholash mezoni ball
1 Tarixiy obidaning kim tomonidan bunyod etilganligini (homiylik qilganligini) bilish 1
2 Tarixiy obidani qurdirgan (homiylik qilgan) shaxs haqida ma’lumot berish 1
3 Me’moriy obidaning bunyod etilgan davri yoki sanasini bilish 1
4 Me’moriy obidaning qurilgan geografik joyini bilish 1
5 Me’moriy obida qaysi tarixiy davrga  mansubligini bilish 1
6 Me’moriy obidaning nima munosabat bilan qurilganligini bilish 1
7 Me’moriy obida bunyod etilgan davrda hukmronlik qilgan sulolani bilish 1
8 Me’moriy obidaning qurilishida  ishlatilgan ashyolarni bilish 1
9 Me’moriy obidaning tashqi va ichki ko‘rinishlarini yoritish 1
10 Me’moriy obidaning uslubini yoritish 1
11 Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatish 1
12 Me’moriy obidaning bugungacha bo‘lgan holatlari va hozirgi holati haqida ma’lumot berish 1
13 Me’moriy obidaga O‘zbekiston hukumati yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan qaratilayotgan e’tiborni yoritish 1
14 Me’moriy inshootning qanday vazifalarni  bajarganligini yoritish 1
15 Tarixiy atamalardan o‘z o‘rnida to‘g‘ri foydalanish 1
Jami: 15

2-savol: Tarixdagi biror-bir (jahon tarixi va O‘zbekiston tarixidagi) davlatga oid savol beriladi. Masalan: G‘aznaviylar davlati.

 

Ushbu topshiriq bo‘yicha ishtirokchilarning javoblari quyidagicha baholanadi.

Baholash mezoni ball
1 Davlatning (yashagan) tarixiy davri yoki sanasini bilish 1
2 Davlatning hududi yoki chegaralarini bilish 1
3 Davlat poytaxti (yoki poytaxtlari) haqida ma’lumot berish 1
4 Davlatning asoschisini bilish 1
5 Davlatning tashkil topish shart-sharoitlarini bilish 1
6 Davlatda hukmronlik qilgan sulola yoki sulolalar nomini bilish 1
7 Davlatda hukmronlik qilgan davlat boshliqlarini bilish 1
8 Davlat boshliqlarining hukmronlik qilgan yillarini yoki davrlarini bilish 1
9 Davlat boshliqlarining shaxsiy fazilatlari haqida ma’lumot berish 1
10 Davlatning ijtimoiy ahvolini bilish 1
11 Davlatning iqtisodiy ahvolini bilish 1
12 Davlatda mavjud bo‘lgan din yoki dinlar haqida ma’lumot berish 1
13 Davlatning boshqaruv tizimini bilish 1
14 Davlatning tuzilish shakli haqida ma’lumot berish 1
15 Davlatdagi madaniy hayot haqida ma’lumot berish 1
16 Davlat hududida yashab faoliyat ko‘rsatgan tarixiy shaxslar haqida ma’lumot berish 1
17 Davlatning boshqa davlatlar bilan diplomatik munosabatlarini bilish 1
18 Davlatning harbiy holati haqida ma’lumot berish 1
19 Davlat boshliqlarining amalga oshirgan ishlari yoki islohotlari haqida ma’lumot berish 1
20 Davlatni o‘rganishga oid tarixiy asarlar yoki manbalar haqida ma’lumot berish 1
21 Davlatda ishlab chiqarish munosabatlarining  shakllanishi haqida ma’lumot berish 1
22 Davlatning o‘ziga xos (o‘z davridagi boshqa davlatlardan farqli) tomonlari haqida ma’lumot berish 1
23 Davlatning insoniyat sivilizatsiyasidagi o‘rni haqida ma’lumot berish 1
24 Tarixiy sanalarni o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llash 1
25 Tarixiy atamalardan o‘z o‘rnida foydalanish 1
 Jami: 25

 

3-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ma’ruzalari yoki asarlaridan beriladi. Masalan: “Asosiy maqsadimiz – iqtisodiy yuksalishga erishishdir”.

 

Ishtirokchilarning javobi quyidagi mezon asosida baholanadi:

Baholash mezoni ball
1 Asarning yozilgan yoki ma’ruzaning so‘zlangan sanasini bilish 1
2 Asarni nashr qilgan nashriyot yoki ma’ruza so‘zlangan joyni bilish 1
3 Asar yoki ma’ruzaning bosh g‘oyasini bilish 1
4 Asarning yozilishidagi yoki ma’ruzaning  so‘zlanishidagi tarixiy sharoitni bilish 1
5 Asarning mazmuni haqida qisqacha ma’lumot berish 1
6 Asarda ko‘rsatilgan g‘oyani jamiyatning iqtisodiy hayoti bilan bog‘lay olish 1
7 Asarda ko‘rsatilgan g‘oyani jamiyatning ijtimoiy hayoti bilan bog‘lay olish 1
8 Asarda ko‘rsatilgan g‘oyani jamiyatning siyosiy hayoti bilan bog‘lay olish 1
9 Asarda ko‘rsatilgan g‘oyalarning hayotiyligini misollarda keltirish 1
10 Asarda keltirilgan atamalarni izohlay olish 1
 Jami: 10

1-turda yozma ish yoziladi. Yozma ishni yozishda (me’moriy inshoot, biror-bir davlat va Prezident asari) baholash mezonida keltirilgan meyorlar aynan ketma-ketlikda bo‘lishi shart emas. Voqea-hodisa mazmunan ketma-ketlikda bo‘lishi bilan birga mezonda keltirilgan barcha bandlarni o‘zida ifoda etsa, maqsadga erishilgan bo‘ladi.

Qo’llanmani to’liq holatda kanalimizdan yuklab olishingiz mumkin.

Qo’llanmani YUKLAB OLISH


O'xshash maqolalar

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan