Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohiblari

Hurmatli saytimiz mehmonlari sizga taqdim etayotgan ushbu maqolada 1901-yildan boshlab 2012-yilgacha bo’lgan davrda Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohiblari ro’yxati hamda ular haqida ma’lumotlar berilmoqda.

 

Shvetsariyalik gumanist Xalqaro Qizil Yarimoy jamiyatining asoschisi bo’lib, xalqlarning tinchliksevar hamkorligiga qo’shgan hissasi uchun mukofotga sazovor bo’ldi. Dyunan harbiy asrlar himoyasi bo’yicha jamiyat asoschisidir.
Shvetsariyalik jurnalist, pedagog Eli Dyukommen, Yevropaning turli xil patsifistik hamjamiyatlar faoliyatining koordinatsiyasi uchun xalqaro dunyo byurosiga asos soldi.Dyukommen muhbirlikni yuritar, har yili konferensiyalar o’tkazar, tinchlik va qurolsizlantirish masalalariga oid katta kutubxona to’plab, e’lon va broshuralar yozib tarqatar edi. Mana shu qilgan hissalari uchun mukofotga sazovor bo’lgan.
Shvetsariya siyosat arbobi Shari Alber Goba, xalqaro arbitraj ishidagi harakatlari uchun Goba rahbarligidagi Xalqaro parlament ittifoqi xalqaro siyosatda asosiy faktorlardan biri edi.
Ingliz leyboristlar sardori Uilyam Rendal Krimer arbitraj yo’li bilan tinchlikka erishish borasida qilgan mehnatlari uchun mukofotga sazovor bo’ldi. Krimer xalqaro parlament kengashining rahbari etib saylandi va bu lavozimda umrining oxirigacha xizmat qildi.
Xalqaro huquq instituti dunyoda xalqaro muammolarni hal etuvchi, xalqaro huquq prinsiplarini aniqlab beruvchi tashkilotlardan biridir. Ko’pgina tarixchilarning fikricha, Xalqaro huquq instituti Xalqaro hamjamiyat huquqini rivojlanishida asosiy o’rin tutdi.
Avstriyalik yozuvchi Berta fon Zutner, patsifistik faoliyati uchun mukofotga ega bo’ldi. Uning «Yo’qolsin qurollar» romani uning tinchlik uchun kurashchi ekanligidan dalolat berib, u Yevropa mamlakatlarining tinchlik tarafdorlari harakatini boshqardi.
Tarixchi, siyosatshunos va AQSH ning 26-prezidenti. Portsmut shartnomasini imzolashda ko’rsatgan faoliyati uchun mukofotlandi. Portsmut tinchligi rus-yapon urushiga yakun yasadi va Osiyo, Yevropa va Karib havzasi xalqlari bilan diplomatik aloqalar o’rnatdi.
Fransuz huquqshunosi Lui Reno mukofotga Fransiyada xalqaro huquqlaming haqiqiy dahosi sifatida sazovor bo’ldi. Reno Xalqaro konferensiyalarda Fransiyaning vakili sifatida qatnashdi va favqulodda elchi titul unvoniga sazovor bo’ldi.
Italiyalik jurnalist Ernesto Moneta o’zining mukofotini tinchlik uchun ko’rsatgan faoliyati uchun oldi. Tinchlik uchun harakat qilish borasidagi axborotlarni tarqatish uchun, «Tinchlik do’sti» almanaxini chop etdi. U Xalqaro tinchlik byurosining italiyalik vakili edi.
Klas Arnoldson mukofotga Norvegiya mojarosini hal etishda qatnashganligi uchun sazovor bo’lgan. Jurnalist Arnoldson yevropaliklarning tinchlik uchun harakati boshida eng taniqli oratorlardan bin bo’lgan. 0’zining bor kuchini shaxs huquqlari va demokratiya uchun bo’lgan kurashga va qonun chiqaruvchi yo’l bilan diniy sabrlilikni yaratish, militarizmni cheklab qo’yishga sarfladi.
Daniyalik yozuvchi, patsifist va siyosatshunos Fredrik Bayer regional hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Skandinaviya parlamentlararo ittifoqini tuzgani uchun mukofotga sazovor bo’lgan. Bayer tashabbusi bilan, ma’lumot almashinish va davlatlar orasidagi nizolarni tinchlik yo’li bilan hal qilish maqsadida Xalqaro tinchlik byurosi tashkil etildi, shuningdek Birinchi jahon urushida Daniya betarafligi e’lon qilindi.
Belgiya davlat arbobi bo’lgan Ogyust Beernar, Xalqaro Parlament ittifoqining raisi bo’lib, Ijroiya qo’mitasining ishini boshqardi. Xalqaro arbitraj uchun kurashishlari va qurollanishni qisqartirish borasida qilgan mehnatlari uchun Pol d’Esturnel de Konstan bilan birgalikda mazkur mukofotga sazovor bo’ldi.
Pol d’Estumell de Konstan fransuz diplomati va tinchlik uchun kurashchisi bo’lib, Fransiya va unga qo’shni mamlakatlar bilan arbitraj to’g’risida kelishuvlari uchun mukofotga sazovor bo’lgan. Xalqlar orasidagi hamdo’stlikni mustahkamlash maqsadida Leon Burjua bilan hamkorlikda Millatlar Ligasining loyihasini tuzdi.
Mukofotga qurolsizlantirish bo’yicha konferensiyalar tashkil etganligi uchun sazovor bo’ldi. Mazkur byuro, konferensiyalar haqida hisobotlar, kitoblar va pamfletlar chop etadi. Uning Jeneva monitor nomli jumali 1 yilda 6 marta tinchliksevar tashkilotlarga, diplomatik missiyalarga va tadqiqot institutlariga tarqatiladi.
Golland davlat arbobi va yurist Tobias Mixel Karel Asser mukofotga xalqaro arbitraj sohasida qilgan ishlari uchun sazovor bo’lgan. Asserning eng muvaffaqiyatli missiyalaridan biri – Suvaysh kanalining Konvensiyasi qabul qilinishidir. Uning Gaagadagi Tinchlik saroyiga topshirgan yuridik adabiyotlar kutubxonasi hali-hanuz «Asser to’plami» deb nomlanadi.
Avstriyalik jurnalist va Patsifist Alfred Frid, mukofotni o’zining baynalminal faoliyati uchun oldi. Tinchlikni himoya qilish mavzusida bir nechta kitob va shu jumladan tinchlik uchun harakat bo’yicha ma’lumotnoma chop etdi.
Amerikalik huquqshunos va davlat arbobi Rut g’arbiy yarimsharda tinchlikni mustahkamlashda ko’rsatilgan faoliyati uchun taqdirlandi. Rutning eng ko’zga ko’ringan xizmatlaridan Panamerika hamkorligi va Markaziy Amerika adolat sudini tashkil etishidir.
Belgiyalik siyosiy arbob va tinchlik tarafdori Anri Lafonten Yevropada tinchlik uchun xalq harakatining haqiqiy lideri sifatida mukofotga sazovor bo’ldi. U jahon konstitutsiyasi, jahon parlamenti, xalqaro bank, yagona til va mehnat bo’yicha statistik markazlar rejalarini taklif etdi. Lafontenning mehnatlari millat ligasining rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Qizil Xoch jang paytida tinchlik aktlarini olib borish, urushdan zarar ko’rganlarga, harbiy asirlarga tibbiy dorivorlar, oziq-ovqat yetkazish va tibbiy yordam tashkil etganligi uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
Tomas Vudro Vilson pedagog, Amerikaning 28-prezidenti bo’lib, jahon xalqaro siyosatida insoniyat qonuniyatini fundamental mustahkamlaganligi uchun mukofotga sazovor bo’lgan. Vudroning eng katta hissasidan biri, bu birinchi tinchlikni saqlash xalqaro muassasasini ta’sis etganligidir.
Fransiya davlat arbobi va huquqshunos Leon Viktor Ogyust Burjua mukofotga arbitraj vositalari yordamida tinchlikni o’rnatish borasida qilgan mehnatlari uchun sazovor bo’ldi. Buijua Millat ligasining birinchi kengashining raisi bo’lgan.
Karl Yalmar Branting, siyosiy arbob va shved jurnalisti Shvetsiya va Norvegiya orasidagi ziddiyatlarni tinchlik yo’li bilan hal qilganligi va Millat Ligasida ko’rsatgan xizmatlari uchun mukofotga sazovor bo’ldi. U qurolsizlantirish qo’mitasining a’zosi bo’lib, arbitrajda asoslangan xalqaro tinchlikni barpo etishga qaratilgan Jeneva bayonnomasini qabul qilishda o’z hissasini qo’shdi.
Norvegiyalik baynalminalchi Kristian Lous Lange mukofotga arbitrajni xalqaro munozaralarning yechimini topish uchun xizmat qilgan vosita sifatida targ’ibot qilganligi uchun sazovor bo’ldi. Lange o’z hayotini qurolsizlantirishga qaratdi.
Norvegiyalik tadqiqotchi va filantrop Nansen, himoyasizlanganlarga yordam ko’rsatish borasidagi mehnatlari uchun mukofotga sazovor bo’ldi. Shimoliy qutbga qilgan ekspeditsiyasi Nansenga xalqaro mashhurlikni olib keldi. U millat ligasida Norvegiyani taqdim etib, qochoqlar uchun beriladigan hujjatlar haqida xalqaro kelishuvni ishlab chiqdi.
Ingliz davlat va siyosat arbobi Chemberlen mukofotni Lakarn muzokaralaridagi faoliyati uchun oldi. Lakarn kelishuvi tinchlik ishiga qo’shilgan beminnat hissa hisoblanib, Xalqaro hamkorlikni amalga oshirishni imkoniyatlarini yaratib berdilar.
Amerika davlat arbobi Charlz Geyts Daues o’zining nomida bo’lgan rejaga qo’shgan hissasi uchun mukofotga sazovor bo’lgan. U krizisdan chiqish moliya ekspertiza xalqaro qo’mitasini boshqarib, u taklif qilgan rejaga asosan Germaniya pul muomalasi va krediti tiklandi.
Germaniya davlat arbobi Lakarn paktini tuzishda ko’rsatgan faoliyati uchun mukofotlandi. Shtrezeman konservator bo’lib, davlatni qudratli bo’lishida, gullab-yashnashiga, tartib saqlanishida o’z hissasini qo’shdi. Shtrezeman sobiq Sovet Ittifoqi bilan neytralitet haqida shartnoma tayyorladi va imzoladi.
Fransuz davlat arbobi Aristid Brian davlatning siyosiy hayotida, urushdan keyingi Yevropani tiki ash bo’yicha amalga oshirilgan ishlarda, Lokarn paktini va Fransiya va Germaniya o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishdagi do’stlik aloqalarini o’rnatishga yordam berishda sezilarli o’rin tutdi. Va bu mukofotni hamkori Gustav Shtrezeman bilan bo’lishdi.
Fransuz pedagogi va tinchlik kurashchisi Ferdinand Eduard Byuisson mukofotga fransuz va germaniya xalqlari orasidagi anglashilmovchilikni bartaraf etib, ular orasida do’stona munosabatlarni o’rnata olganligi uchun sazovor bo’ldi. U Inson huquqlari ligasining asoschisi bo’ldi. Bu tashkilot tinchlikni saqlab qolish va turli shaldlarda namoyon boiadigan nohaqliklami bartaraf etish uchun kurash olib bordi.
Fransiya va Germaniya ommasining tinchlik tarafdorligiga tayyorlagani uchun.
Amerikalik huquqshunos va davlat arbobi Frenk Kellog Parij paktini tayyorlashda qo’shgan hissasi uchun mukofotlandi. Kellog urushni millat siyosatining asbobi deb nomlab Chili va Peru o’rtasidagi chegara munozaralarini tugatishda o’z hissasini qo’shdi.
Shved arxiyepiskopi Syoderblyum tinchlikka diniy birlashmalar orqali erishish borasidagi mehnatiari uchun mukofotiandi. Uning ishi natijasi Xalqaro cherkov kengashini tashkil etilishidir.
Laura Djeyn Addams, Nobel tinchlik mukofotiga dunyoning barcha tinchliksevar ayollar delegati sifatida muvofiq topilgan. Addams – amerika ijtimoiy reformizmining eng birinchi namoyandalaridan biridir. Immigrantlar yashaydigan, Chikagoning nochorlar rayonida, Addams, bog’chalar, kutubxona, gimnastika zali, o’nlab klublarni o’z ichiga olgan Hall-xausga asos soldi. Daha aholisi bu yerda ingliz tilini, pazandalikni, tikuvchilikni va adabiyotni o’rganishlari mumkin edi.
Nikolas Myurrey Batler mukofotga tinchlik uchun kurashda beminnat xizmatlari uchun sazovor bo’lgan. Bu mukofotni u Djeyn Adams bilan birga oldi. Batler Yevropani iqtisodiy birlikka chorlab, AQSH ning betaraflik haqidagi qonunlarini tanqid qildi. Kolumbiya kollejining prezidenti lavozimini egallab turganida u, Kolumbiyani dunyoning yirik universitet markazlaridan biri bo’lishiga asos soldi.
Angliyalik publitsist. Patsifist Endjell tinchlikni tashviqot etganligi uchun mukofotga sazovor bo’ldi. O’z maqolalari va kitoblarida Endjell urushning iqtisodiy tomirlarini o’rganib chiqib, hozirgi paytda dunyodagi holatni tahlildan o’tkazadi. Endjellning millatlarning doimiy kelishuvi haqidagi g’oyalari millat ligasi loyihasiga katta ta’sir ko’rsatdi.

Ingliz siyosat va davlat arbobi, xalqaro qurolsizlantirish ishiga qo’shgan hissasi uchun mukofotga sazovor bo’ldi. Genderson o’zining vazifasi deb, Yevropada kollektiv xavfsizligini barpo etish deb tushunardi.

Nemis yozuvchisi va patsifisti Osetskiy Germaniyada militarizmga qarshi tinimsiz kurash olib bordi. Urushga qarshi maqolalar chop etganligi uchun u qamoq jazosiga hukm etildi. Osetskiyga berilgan bu mukofot Germaniya hukumatini falaj qildi va ular Osetskiyni sotqin deb e’lon qilishdi. Hukumat hech bir nemis Nobel mukofotini olmaydi degan bildirishnoma e’lon qildi.
Argentinalik davlat arbobi Lamas Boliviya bilan Paragvay munozarasida tinchliksevar roli uchun taqdirlandi. Uning harakatlari tufayli kelishuv komissiyasi va Boliviya bilan Paragvay kelishuvi imzolandi. Bir yil o’tgach Lamas Millatlar Ligasi assambleyasining raisi etib saylandi.
Angliya davlat arbobi Sesil Millat Ligasi oldidagi xizmatlari uchun mukofotga sazovor bo’ldi. Sesil rasmiy boimagan plebissit tashkil etib, u orqali 11 milliondan ortiq angliyaliklar qurolsizlantirishga qarshi chiqishlarini ko’rsatib berdi. Sesilning harakatlari bilan xalqaro tinchlik kompaniyasi tashkil etildi.
Bu tashkilot himoyasizlarga ko’rsatgan yordami uchun mukofotga taqdim etildi. Bu tashkilotning vakillari yirik davlatlarda Nansen pasportlari egalari uchun maslahatchi rolini o’ynashdi. Qochoqlar haqidagi konvensiyani tashkil qilishda tashkilotning o’rni katta edi.
Amerikalik davlat arbobi Hall, BMT ning otasi sifatida mashhur. U mukofotga g’arbiy yarimsharda tinchlikni o’rnatish, BMT ni tashkil etish, savdo-sotiqni mustahkamlash borasidagi mehnatlari uchun sazovor bo’ldi. Hall rahbarligida Birlashgan Millatlar Partiyasi nomli hujjat ishlab chiqildi.
Amerikalik davlat arbobi Djon Mott tashviqotchilik faoliyati uchun mukofotga loyiq deb topildi. Mott rahbarligida Xalqaro talabalar xristian federatsiyasi tashkil etildi. U o’z kitob va maqolalarida xristian g’oyalarini tashviqot etdi.
Amerikalik iqtisodchi, ijtimoiy reformalar tashviqotchisi va tinchlik uchun harakat faoli bo’lgan Emili Grin Bolch tinchlikni barqaror qilish uchun qilgan tinimsiz ko’p yillik mehnati uchun mukofotga sazovor bo’ldi. Bolch xalqaro qurolsizlanish, narkomaniyaga qarshi kurash va kichik millat xalqlarining huquqlarini himoya qilish borasida tinimsiz faoliyat ko’rsatdi.
Jamiyat xizmatidagi amerikalik Do’stlar komiteti Filadelfiya (Pensilvaniya shtati)da, kvakerlarning jahon urushiga qarshi noroziliklari belgisi sifatida vujudga kelgan. Mukofot sovrindori bo’lmish ADK, urush, terrorizm, nohaqlik va jabr-zulm qurbonlariga, suvsizlik, ocharchilik va tabiiy ofatlardan azob chekkanlarni ham e’tibordan qoldirmay yordam ko’rsatishmoqda. «Muhabbat nima qila olishini ko’ramiz» degan so’zlar ADK ning shioriga aylandi.
Shotlandiyalik pedagog Djon Boydorr mukofotga insoniyatni muhtojlikdan xalos qilish, sinflar, millatlar va irqlar orasida tinchlik kooperatsiyalarining asosini tashkil qilish uchun sazovor bo’ldi. U texnologiyasi rivojlangan mamlakatlarni, dunyoda ocharchilikni tugatishni, urushlarni bartaraf etishga qodir bo’lgan hukumatlaming tinchlik g’oyalarini ilgari surishga da’vat etardi.
Ralf Banch mukofotga sazovor bo’lgan birinchi qora tanli bo’ldi. Uning arab-isroil munozaralaridagi sabrliligi BMT g’oyalarining g’alabasiga olib keldi. Bosh kotib o’rinbosari lavozimni egallagan holda Banch, BMT ning 1964-yilda Kiprda tinchlikni saqlash uchun yo’naltirilgan kuchlarni mustahkamlashda ishtirok etdi, Hindiston va Pokiston orasidagi nizolarni yakunlanishi sababchilaridan biriga aylandi.
Fransuz ishchilar sardori Leon Juo tinchlik uchun qo’shgan hissasi uchun mukofotga sazovor bo’ldi. Juo Millatlar Ligasining a’zosi bo’lib, qurolsizlanishni nazorat qilish bo’yicha takliflar tayyorlardi. Yevropa Ittifoqi qo’mitasida ishsizlikka qarshi kurash olib borardi.
Nemis shifokori. Teolog va musiqashunos Shveytser missionerlik faoliyati uchun mukofotga sazovor bo’ldi. U Afrikada kasalxona qurib, u yerda vrach bo’lib ishladi. Kasalxonaga mablag’ yig’ish uchun u Yevropada ma’ruzalar o’qidi, konsertlar berdi va shu bilan birga butun dunyoda shuhrat qozondi.
Amerikalik davlat arbobi Djordj Marshall laureatlar orasida birinchi harbiy bo’lib, tinchlik vaqtidagi ko’rsatgan faoliyati uchun mukofotga sazovor bo’ldi. «Marshall dasturi» eng yirik iqtisodiy yordam dasturi bo’lib, 50-yillarda Germaniyada iqtisodiy ajoyibotni amalga oshirish imkonini yaratdi.
Mazkur xizmat qochoqlarga yordam berish va hukumat a’zolarini ularnig ehtiyojlariga diqqat-e’tiborlarini qaratish uchun qilgan mehnatlari natijasida taqdirlandi. Xizmatning asosiy vazifasi Yer kurrasidagi barcha qochoqlami kiyim, tibbiy yordam, oziq-ovqat va boshpana bilan ta’minlash kiradi.
Kanadalik davlat arbobi Lester Pirson Suvaysh krizisini bartaraf etishga qo’shgan hissasi uchun mukofotlandi. Pirson BMTda Kanada delegatsiyasini boshqardi. U tinchlikni qo’llab-quvvatlash borasida BMT kuchlarini tashkil etish loyihasini taqdim etdi. Loyihaning qabul qilinishi harbiy harakatlarning nomini oldi.
Belgiyalik ruhoniy Jorj Pir qochoqlarga ko’rsatgan yordami uchun mukofotlandi. U birinchi navbatda majruh, qariyalar va yordamga muhtojlarga e’tibor qaratdi. «Yevropa qishloqlarini tashkil etib, u yerda qochoqlar asta-sekinlik bilan shahar jamoalarini tashkil etilishiga asos soldi».
Angliyalik Patsifist va diplomat Noel-Beyker qurolsizlantirish bo’yicha yirik mutaxassis sifatida mukofotga taqdim etildi. Millat Ligasi va BMTning arbobi sifatida qochoqlarni himoyasida faoliyat ko’rsatdi. «Millat ligasi harakatda» va «Qurolsizlantirish» nomli 2 ta kitobni chop ettirdi.
Janubiy Afrika siyosat arbobi. Albert Lutuli mukofotga insonlar va xalqlar orasida adolatni o’rnatish va kuchaytirish uchun qilgan xizmatlari uchun sazovor bo’ldi. Lutuli qora tanli afnkaliklar orasida birinchi laureat bo’lib, bu mukofotni u, Afrika xalqining yarim asr mobaynida jamiyatni tashkil qilish borasidagi mehnatlarining samarasi deb bildi.
Shvetsiyalik davlat va siyosat arbobi Hammarshyold BMT dagi faoliyati uchun mukofotlandi. Uning xizmatlari tufayli BMT tan olingan xalqaro tashkilotga aylandi.
Yadro qurolini sinov sifatida ishlatishga qarshi bo’lgan kelishuvning muallifi sifatida olgan.
Bu jamiyat ko’ngilli gumanitar jamiyat bo’lib, Qizil Xoch jamiyatlarining milliy federatsiyasidir. Jamiyat butun dunyo bo’yicha zarar ko’rganlarga yordam beradi. Mukofot jamiyatning 100 yillik munosabati bilan mukofot berilgan. Hozirgi kunda Liga tarkibida 144 ta milliy guruh bo’lib, 250 million odam ularning a’zosidir.
Amerikalik fuqarolar huquqi uchun kurashchi bo’lgan Martin Lyuter King negrlarning teng huquqi uchun amalga oshirgan faoliyatiga mukofot bilan taqdirlandi. Kingning inson huquqlari ishiga qo’shgan ishlari xalqaro miqyosda bo’lib tinchlik ishiga hissa qo’shgan edi.
BMT bolalar jamg’armasi mukofot bilan xalqlar o’rtasidagi birodarlikni tasdiqlash borasidagi hissasi uchun taqdirlandi. Bolalar jamg’armasi rivojlanayotgan mamlakatlarda sog’liqni saqlashni yaxshilash dasturlarini bajarardi.
Fransiyalik huquqshunos Rene Samyuel Kassel inson huquqlari deklaratsiyasining 20 yillik munosabati bilan Nobel mukofoti bilan taqdirlandi. Deklaratsiyaning matni Kassel tomonidan tuzilgandi. Inson huquqi va tinchlik Kassen uchun asosiy muammo edi. U BMT tashkilotining ta’lim, ilm va madaniyat yo’nalishlari bo’yicha asoschilar qatorida edi.
Xalqaro mehnat tashkiloti «Dunyo infrastrukturasini» barpo etganligini va xalqlar orasida birodarlikni mustahkamlashga qo’shgan hissasi uchun mukofotga sazovor bo’ldi. Bu tashkilot dasturlari ishchilar va tadbirkorlar orasidagi munosabatlarni, mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan. Tashkilotning shiori «Tinchlik xohlasang – adolat ek».
O’simliklar patologiyasi bo’yicha amerikalik genetik va mutaxassis. Normann Ernest Borloug mukofotga «yashil revolutsiyani» amalga oshirgani va savdo-sotiq muammolari yechimini topishga yordam berganligi uchun sazovor bo’ldi. Borloug Meksika va Janubi sharqiy Osiyoda turli iqlimda va kasalliklarga moslashadigan yuqori samarali bug’doy navlarini yaratish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarga rahbarlik qildi.
Germaniya kansleri va diplomat Villi Brandt mukofotga G’arb va Sharq orasidagi ziddiyatlarni susaytirishga qo’shgan shaxsiy yordami tufayli sazovor bo’ldi. GFR tashqi siyosatini konstruktrlab, u G’arb bilan bo’lgan munosabatlarni mustahkamladi, yagona Yevropa konsepsiyasini ishlab chiqdi va Germaniyani sobiq dushmanlari bilan tinchlik aloqalarini o’rnata olishiga sharoit yaratdi.
Amerikalik siyosatshunos va davlat arbobi Genri Alfred Kissendjer Shimoliy Vyetnam rahbari Le Do’k Txo bilan otishmani to’xtatish haqida kelishuvga erishdi. Kissendjerni diplomatiyaligi Isroil va Misr orasidagi otishmani to’xtatilishi va Suvaysh kanali ochilishiga sabab bo’ldi.
Vyetnam siyosiy arbobi Le do’k Txo Vyetnamda tinchlik o’rnatish borasidagi mehnatiari uchun mukofotlandi. Bu mukofotning taqdim etilishi Nobel qo’mitasi tarixida qarama-qarshi fikrlarni kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Le Do’k Txo AQSH va Janubiy Vyetnam o’rtasidagi Parij kelishuvining buzilishi sababli mukofotdan voz kechdi.
Irlandiyalik huquqshunos va siyosiy arbob Shon Makbrayn inson huquqlari holatining mexanizmini kuzatish borasidagi ishlari uchun mukofotga taqdim etildi. U tomondan inson huquqining xalqaro sudini tashkil etish fikri huquqshunoslarning xalqaro komissiyasi va xalqaro tinchlik byurosi tomonidan qo’llab-quvvadandi.
Yaponiya Premyer Ministri antimilitarizm siyosati uchun mukofotlandi. Sato kabineti Yaponiya tomonidan yadro qurolini qoralash matni ishlab chiqildi. Yaponlar o’z davlatlarini antimilitarizmi tan olinganidan xursand boisalar ham, Satoning patsifizmiga ishonishmas edi. Chunki Sato Shimoliy Vyetnamni portlatish harakatini qo’llab-quvvatladi.
Rus fizigi va inson huquqlari uchun kurashchi Saxarov xalqlar orasidagi tinchlik prinsiplarini qo’llab-quvvatlaganligi uchun taqdirlandi. U yadro qurolining rivojlanishi va atomni tinchlik maqsadlarida qoilanilishi borasida ko’p xizmat qildi.
Irlandiyalik tinchlik harakat faoli Uilyams Meyrid Korrigan bilan birgalikda mukofotga sazovor bo’ldi. Irlandiyada fuqarolar urushi vaqtida terrorga qarshi kurashib, ayollarning tinchlik yurishini tashkil etdi. «Tinchliksevar odamlar kengashi» nomli harakatni tashkil qildi.
Irlandiyalik Meyrid Korrigan tinchlik va barqarorlik yo’lida qo’rqmas harakatlari uchun mukofotga sazovor bo’ldi. Korrigan tinchliksevar xalqlar hamjamiyatini ta’sis etdi va turli sektalarga oid faoliyatlarni din orqali tinchlik yoii bilan yechilishini joriy etdi.
Xalqaro amnistiya inson huquqlari bo’yicha nodavlat tashkilot. Bu tashkilot mukofotga insoniyatni zo’ravonlikdan, qiynash jazosidan saqlashda ko’rsatgan hissasi uchun sazovor bo’ldi. Bu tashkilot xalqaro kompaniyalarni o’lim jazosini bekor qilishga chorlab, qamoq jazosini o’tayotganlarga katta e’tibor qaratdi.
Misr davlat va siyosiy arbobi Anvar Sadat Isroil va Misr o’rtasida kelishuv imzolashdagi ko’rsatgan faoliyati uchun mukofotlandi. Sadatning harakatlari shaxsiy va siyosiy jasorat sifatida baholandi.
Yaqin Sharqda tinchlikni o’rnatish bo’yicha qilgan mehnatlari uchun Menaxem Begin va Anvar Sadat bu mukofotga sazovor bo’lishdi. Begin Isroilning oltinchi premyer-ministri bo’lib, koalitsion hukumatni boshqardi. Beginning sa’y-harakatlari bilan Misr va Isroil o’rtasida tinchlik shartnomasi o’matildi. U tarixga «Isroil chegaralarini umrbodga tasdiqlovchi odam» sifatida kirmoqchi bo’ldi.
Rohiba Ona Tereza inson qadr-qimmati doim himoyada bo’lishi eng asosiy jabha deb hisoblagan. U mukofotni och-yalang’och, uysiz odamlar uchun qabul etib, barcha mablag’ni kambag’allar uchun boshpana qurishga sarfladi.
Argentinalik haykaltarosh va inson huquqi himoyachisi Eskvil ijtimoiy-siyosiy ozodlik uchun tinimsiz kurash olib bordi. Argentinadagi davlat terrorizmi minglab argentinaliklarning g’oyib bo’lishiga sabab bo’ldi. Eskvil inson huquqlari harakatini tashkil etib bu jinoyatlarni ochish bilan shug’ullanuvchi kampaniya tuzdi.
Qochoqlar bo’yicha BMT yuqori komissarlik boshqarmasi «Qochoqlarga doimiy ravishda yordam berganlari va ularning muammolariga siyosatchilarni diqqatini qaratganlari uchun».
Shved sotsiologi va jamoat arbobi Alva Myurdal qurolsizlantirish ishlaridagi xizmatlari uchun mukofotga sazovor bo’ldi. Myurdal shved ayollarini siyosiy va iqtisodiy tengligi uchun bo’lgan kurashda yetakchilik qildi. BMT- ning Jeneva konferensiyasining qurolsizlantirish bo’yicha o’tkazgan tadbirida shved delegatsiyasini boshqardi.
Meksikalik diplomat Alfonso Garsiya Robles mukofotga qurolsizlantirish ishiga qo’shgan katta hissasi uchun sazovor bo’ldi. Robles Lotin Amerikasida yadro qurolini man etish haqida tuzilgan shartnomaning ham muallifi edi. Xalqaro munosabatlar haqida 300 dan ziyod maqola va 20 ta kitob muallifi.
Polsha profsoyuz sardori Lex Valensa mukofotga siyosiy faoliyati uchun sazovor bo’ldi. Valensaning mukofoti nafaqat polyak xalqlari, balki, butun dunyo tinchliksevar xalqlarni ilhomlantiruvchi kuchi edi.
Aparteidga qarshi kurashda ko’rsatgan jasorati uchun mukofotlandi. U Janubiy Afrika cherkov kengashini boshqarib, xalqlarni birodarlikka va demokrat bo’lishga da’vat etdi.
«Dunyo vrachlari yadro urushini bartaraf etish tarafdorlari» xalqaro sog’liqni saqlash federatsiyasi tibbiy xodimlarning umumiy maqsadlarini joriy etish asosida tashkil etildi. Bu federatsiya jamoatchilikni, inson tafakkurini tinchlik tarafdori bo’lishga qarata olganligi uchun mukofotga taqdim etilgan.
Amerikalik yozuvchi va pedagog Eli Vizel o’zining kitoblarini Yevropa xalqlarini qiyinchiliklariga, millatchilik qurbonlariga bag’ishladi. Vizel mukofotga shu mavzuni ko’tarib chiqqanligi uchun sazovor bo’ldi. Vizel insoniyatga tinchlik bilan, insoniy qadr-qimmatlarni asrash chaqirig’i bilan murojaat qildi. Uning diqqat-e’tibori jugut xalqiga qaratilgan bo’lib, hozirgi kunda huquqi kamaytirilgan barcha millat va irqlarga tarqatildi.
Markaziy Amerikada tinchlik muzokoralarining tashabbuskori» sifatida olgan.
Tinchlikni saqlab turganlari uchun mukofotga taqdim etilgan.
Insonlar, milladar, bir-biroviga bo’ladigan munosabadami yaxshilashni da’vat etib kelgani uchun Nobel mukofotini olgan.
Dunyoda tinchlikni mustahkamlash jarayonida katta rol o’ynagani uchun Nobel mukofotini olgan.
«Inson huquqlarining muhofazachisi» sifatida Nobel mukofotini olgan.
Amerikaning tub aholisi, inson huquqlari uchun kurashganligi munosabati bilan Nobel mukofotini olgan.
Frederik Villem de Klerk Janubiy Afrikada aparteid rejimini tinchlik bilan tugatilishi va yangi demokratiyaga asos solganlari uchun Nobel mukofotini olgan.
Shimon Peres, Itsxak Rabin (Isroil) Yaqin sharqda tinchlikka erishish uchun hissa qo’shganlari uchun Nobel mukofotini olgan.
Dunyo siyosatida yadro qurolining ahamiyatini pasaytirish va shu sohada ko’p yillik xizmatlari uchun Nobel mukofotini olgan.
Sharqiy Timordagi mojaroning tinch yo’l bilan yechilishiga hissa qo’shganlari uchun Nobel mukofotini olgan.
Piyoda minalarini bekor va yo’q qilish bo’yicha ish olib borganlari uchun.
Shimoliy Irlandiyadagi mojaroni tinchlik yo’li bilan yechishga hissa qo’shganlari uchun.
Mojaro bo’lgan joylar va texnogen fojeya joylarida jabr qilgan insonlarga o’zlarining qilgan yordamlari uchun.
Shimoliy va Janubiy Koreya tiklanishida, demokratiya va inson huquqlari bo’yicha qilgan ishlari uchun.
Dunyo tinchligini mustahkamlashga qo’shgan hissalari uchun.
Butun dunyoda tinchlikni saqlash bo’yicha qilgan hissasi uchun.
Demokratiyani va Eronda ayollaming huquqlarini rivojlanishiga hissa qo’shgani uchun.
Vangari Maatai mukofotga dunyoda demokratiyani o’rnatish va rivojlantirishga qo’shgan hissasi uchun sazovor bo’ldi. U Keniyada demokratiya o’rnatish uchun astoydil kurashdi. Uning harakatlari tufayli Afrika o’rmonlarini choiga aylantirishdan saqlab qolindi. «Maataining yashil harakati» ishtirokchilari tomonidan 25 yil davomida butun Afrika kontinentida 20 milliondan ortiq daraxt ekildi.
Atom energiyasini faqat tinchlik yo’lida foydalanishi uchun qilgan ishlariga berilgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga asos solishga harakat qilganlari uchun.
Insonlar faoliyatida bo’lgan iqlim o’zgarishini o’rganganlari va oldini olish bo’yicha qilgan ishlari uchun.
Dunyoda mojarolarning oldini olish bo’yicha qilgan ishlari uchun.
Millatlararo diplomatiyasiga qo’shgan hissalari uchun.
Inson huquqlarini himoya qilishdagi faoliyati uchun.

 

Q.To’rayev, S.Burxonov, M.Zokirova “Qiziqarli bilimlar olamida”, “Sharq” MAK, Toshkent – 2014

O'xshash maqolalar

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan