Tinimsiz 5 yillik mehnat o’z natijasini berdi! Mening Shuhratbek.uz saytim «Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining «Eng yaxshi o’qituvchi veb – sayti» nominatsiyasi bo’yicha 1 – o’rinni egalladi.

Assalomu alaykum qadrli hamkasblar! Bugun siz bilan men uchun juda quvonchli xabarni bo’lishmoqchiman. Shuhratbek.uz saytim «Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining «Eng yaxshi o’qituvchi veb – sayti» nominatsiyasi bo’yicha 1 – o’rinni egalladi. Yaratganga shukr-ki, mening 5 yillik mehnatlarim oqlandi va o’z natijasini berdi.

Shuhratbek.uz sayti 2016 yil 3 fevraldan o’z faoliyatini boshladi.
Asos: 24507-API shartnoma
Shuhratbek.uz sayti 2017 yil 16 fevraldan yana 1 yilga 2018 yil 16 fevralgacha uzaytirildi.
Asos: 35591-API shartnoma

«Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar-2017” ko’rik-tanlovi natijalari

“Eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti” nominatsiyasi bo’yicha
1)http://327.yunusobodtxtb.uz
2)http://38-school.uz
3)http://nav-3maktab.uz
“Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti” nominatsiyasi bo’yicha
1)http://shuhratbek.uz/
2)http://infomat.uz
3)http://nargiz13.uz
“Eng yaxshi tashkilot(muassasa) veb-sayti” nominatsiyasi bo’yicha
1)http://navtxtb.uz
2)http://www.fargonamoi.uz
3)http://xorazm-vxtb.uz/
batafsil ma’lumot http://tanlov.uzedu.uz/Home/Yangilik/36 ga tashrif buyuring.

«Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar” ko’rik-tanlovida ishtirokim

1) «Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2013”  
dtm10maktab.zn.uz
2) «Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2014” 
tarixchi.zn.uz
3) «Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2015” 
Obidalar.uz
Shuhratbek.uz sayti 2016 yil 3 fevraldan boshlab o’z faoliyatini boshlaganligi sababli obidalar.uz saytidagi barcha ma’lumotlar Shuhratbek.uz saytiga ko’chirildi.

O'xshash maqolalar

9 thoughts on “Tinimsiz 5 yillik mehnat o’z natijasini berdi! Mening Shuhratbek.uz saytim «Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2017” ko‘rik-tanlovining «Eng yaxshi o’qituvchi veb – sayti» nominatsiyasi bo’yicha 1 – o’rinni egalladi.

  1. 03.07.2017

    Hayotxon Javob berish

    Kun.uz dagi maqolani o’qidingizmi? Unda top 10 talikka kirgan saytlarning deyarli hammasi 2017 yil mart aprel oylarida ochilgan degan fikr bildirilgan.

    • 03.07.2017

      shuhrat Javob berish

      Ha kun.uz saytida e’lon qilingan maqolani o’qidim. Shuning uchun ham ushbu maqolada saytim o’tgan yili ochilganligini tasdiqlovchi xujjatlarni taqdim etdim. Kun.uz saytida berilgan maqola sanjarsaid.uz saytidan olinganligiga ko’zim tushib qoldi. Sanjar Said o’zimizning Jizzax viloyati Do’stlik tumanida istiqomat qiladi.

  2. 03.07.2017

    Hayotxon Javob berish

    Qoyil!!!…

  3. 03.07.2017

    Qobiljon Javob berish

    Tabriklaymiz keyingiz ishlaringizda omadlar tilayman nasib qilsa ko’risharmiz !

    • 04.07.2017

      shuhrat Javob berish

      Rahmat! O’zingizning ishlaringizga ham omad! Bu yil 2 o’rin bo’libdi deb hafa bo’lmang. Kelgusida harakat qilsangiz albatta 1-o’rinni olasiz. Boshqa tanlovlarga qatnashing. Masalan: «Eng yaxshi dars ishlanma», «Yilning eng yaxshi o’qituvchisi» kabi tanlovlarga qatnashish asnosida juda ko’plab ijodiy ish qilishga ulgurasiz. Ushbu ishlarni saytingizga joylashtirib boring. Saytingiz haqiqatda ajoyib chiqqan. Shu bilan to’xtab qolmang. Mening o’zim ingliz tili fani bo’yicha 1-raqamli Azamat.uz sayti hamda geografiya fanidan 1-raqamli geografiya.uz saytining qilgan ishlariga havas qilardim, qani endi tarix fani bo’yicha mening saytim ham ular erishgan natijalarga men ham erishsam deb. Ular bilan 2-3 yildan beri maslahat so’rab turaman. Geografiya.uz sayti admini Rustam Abdiyev hamda Azamat.uz sayti admini Azamat Xodjakovning maslahatlariga amal qilib, bu yil natija yomon bo’lmadi. Avvalo, Geografiya.uz sayti admini Rustam Abdiyev hamda Azamat.uz sayti admini Azamat Xodjakovlarga o’z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.

  4. 07.07.2017

    Азиз Javob berish

    Tabriklayman ishlarizga omad

    • 07.07.2017

      shuhrat Javob berish

      Kattakon rahmat! Hurmatli saytimiz mehmoni Aziz sizdan iltimos saytimiz bo’yicha kamchiliklar bo’lsa, tanqidiy yondashgan holda o’z fikrringizni bildiring. Sizning sayt bo’yicha bildirgan tanqidiy fikrlaringiz saytimiz rivoji uchun xizmat qiladi. Shuhrat Nur

  5. 08.07.2017

    Азиз Javob berish

    Shuhratbek.uz sayti oddiy saytlardan emas tinimsiz izlanishlar samarasi deb o’ylayman. Oqituvchi saytida hozirgi zamon oqituvchilari foydalanishi mumkin bo’lgan materiallar bilan yanada boyitib borish taklifini bildirib qolaman. http://www.navtxtb.uz A’zamov Aziz

  6. 19.07.2017

    shuhrat Javob berish

    Hurmatli A’zamov Aziz! Bildirigan taklifingiz uchun rahmat! Albatta hozirgi zamon oqituvchilari foydalanishi mumkin bo’lgan materiallar bilan yanada boyitib borishga harakat qilaman.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan