Xarakter aksentuatsiyasini baholash testi!

Siz quyidagi matnlarni mazmuni bilan tanishib chiqing va xarakteringizni aks ettiradigan bandlardan birini tanlang.So’ngra natijalar darchasidan xarakteringiz haqida ma`lumot oling.

1. Men-tabiiy pessimist, kayfiyatim doimo tushkun holda. Menga hayot mazmunsizdek tuyuladi. Doimo uning ayanchli tomoni haqida o’ylayman. Nima yahshi, nima yomonligini ajrata olmayman. O’zimni nimadandir ayibdordik his etaman. Atrofdagilar menga shubha bilan qaraydigandek tuyuladi. Men doimo g’amgin va tushkun holdaman. Hamma narsaadn norozi bo’lib yuraman. Ishlarni sekin va shoshmasdan bajaraman. Qiyinchiliklar oldida ojiz qolaman. Ertalablari o’zimni noxush, toliqqandek his etaman. Mening hayotim hech narsaga arzimaydigan, maqsadsizde

2. Mening kayfiyatim doimo yaxshi. Men atrofdagilar bilan munosabatlarda ochiq va xushmuolaman. Men boshqalarning ishiga, taqdiriga befarq emasman. Men odamlar bilan suhbatdan rohatlanaman. Odamlarga bajonidil yordam beraman. Ko’p va’dalar beraman, ammo ularni hammasini ham bajaravermayman. Sabr-toqatni talab qiladigan ishlarni yoqtirmayman. Ishlarim juda ko’p, ammo ularning hammasini ham vaqtida bajarishga ulgurmayman. Atrofdagilar meni fikrlarimni bajonidil tinglashlarini bilaman. Atrofdagilar meni bajonidil tinglashadilar va so’ngra jo’yali fikrlarimni o’z o’rnida foydalanidilar. Mening fikrlarimga qarshi chiqishlarini yoqtirmayman. Asablashsam, qo’pollashaman, do’q uraman va hammani ko’nglini qoldiraman. Mening ishtaham anchagina yaxshi. Men anchagina sho’xman. Mening mimikalarimga qarab aktiyorlik qobiliyati bor deb biladilar

3. Mening kayfiyatim tez-tez o’zgarib turadi. Uzoq vaqt davomida, o’zimni yaxshi his etaman, ishda muhokama yuritishni yoqtiraman. Uyqum joyida. Do’stlarim bilan uchrashishni yoqtiraman O’zim bilan bo’gliq noxush holatlarni osongina bartaraf etaman. Biroq o’zim tushunmagan holatlar kayfiyatimdagi buzilishlar uzoq vaqt davom etadi. Bu holat bir necha haftadan oygacha davo etishi mumkin. Natijada hammaqsiga qo’l siltab qo’yaqolaman va o’zimni taxqirlangan va azoblangandek his etaman. Hech kim bilan korishsishni xohlamayman. Bunday holatni unutish uchun yolgiz qolishni afzal hisoblayman. Kayfiyatimdagi bunday o’zgarishlar bahor va kuz faslida ko’proq uchraydi

4. Men ochiq ko’ngil, quvnoq, ammo ozgina noxushliklardan (obi-havoning o’zgarishi, noxush aytilgan so’z, noqulay qarash va boshqalar) ham ranjiydigan xarakterga egaman. Bu holat uzoq davom etmaydi. Qiziqarli yangiliklar, iliq munosabatlar meni ishlashimga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Kun davomida mening kayfiyatim har xil sabablarga ko’ra bir necha bora o’zgaradi. Nima uchun kayfiyatimni ko’tarilib tushushini o’zim ham tushunmayman. Ba’zi hollarda bolalardek bo’lib qolaman. Mening tuyg`ularimga har doim ham ishonib bo`lmaydi. SHu sabablidir ozgina ko’ngilsizliklarni qiyinchilik bilan kechiraman.

5. Men o’zimni ko’pincha horgin va toliqqandek sezaman. Kayfiyatimda dilgirlik kuzatiladi. Ba’zi kishilarni buyruq berishlarini yoqtirmasamda, ayrimlariga esa o’zim buyruq beraman. Uzoq vaqtli kuch bilan ishlash va zo`riqishlardan so`ngra o’zimni toliqqandek his etaman hamda uxlashga moyil bo’laman. Sog’lig’imdan bezovtalanaman. Qandaydir og’riqlardan azoblanaman. Ba’zan yurak o’g`rigi, ba’zan bosh o’grigidan azoblanaman. Uzoq vaqtli zuriqish va toliqishlar diqqatimni to’plashga xalaqit qiladi. Mening ishtaham anchagina yomon. Uyqumda ham halovat yo’q. Ba’zan uyqudori qabul qilishimga to’gri keladi. Qo`rqinchli tushlar ko`raman. Uyqusizlik tufayli o`zimni loxas his etaman. Ozgina ko`ngil xiraliklarda ham asabiylashib, yig`lab yuboraman. Yangi muhitga moslashishim qiyin. Menda batartiblik etishmaydi. Ishlarimda tartibsizlik hukmron.

6. Ochig`ini aytsam, men uyatchan, jur’atsiz, taassurotchan, qo`rqoq odamman. Meni maqtab gapirishganda o`zimni noqulay his etaman va o`zimni yo`qotib qo`yaman. Odamlar orasida o`zimni noqulay sezaman. SHu bois yolg`izlikni ma’qul hisoblayman. Qorong`ulikdan qo`rqaman, kichkina sho`xliklardan ham chuchiyman. Janjallardan, bahs munozarlaradan o`zimni olib qochaman. YOki raqiblarimga yon beraman. Odamlar orasida bo`lish meni toliqtiradi. SHu bois yolg`izlikni yoqtiraman. Jonli bahs-munozalarda aralashmayman. Nizolardan qochaman. YAxshisi, ularga yon berib qo`yaqolaman. Odatda tushkun kayfiyatda bo`laman. O`zimga ishonmaganligimdan doimo azoblanaman. Ko`chli va o`ziga ishonganlarga nisbatan tobedik o`zimni his etaman. Ko`pchilik ishtirok etadigan davralarda o`zimni ojizdek his etaman, qizarib ketaman va duduqlanib qolaman. Uyqum behalovat va bezovtali. Qo`rqinchli tushlar ko`raman.

7. Qo`rqoqlik, shubhalanuvchanlik, qat’iyatsizlik mening xarakterimga xos xususiyatlardir. Qaror qabul qilishga qiynalaman. Biror narsa yuzasidan qaror qabul qilib, uni bajarishga kirishishga shubhalanaman. Menga taskin berishlarini yoqtiraman. Do`stlarning qo`llab-quvvatlashlarisiz o`zimni ojiz his etaman. Sog`lig`im va yaqinlarimning taqdiridan bezovtalanaman. Doimiy xavotir, bezovtalanish hayotimning mazmuniga aylanib qolgan. Men pedant, rasmiyatchiman. Menga e’tibor bilan qarasalar uyalib ketaman va o`zimni yo`qotib qo`yaman. Tortinchoqligim va uyatchanligim tufayli amalga oshirishim kerak bo`lgan ishlarni bajarolmay qolaman. Hattoki, menga yaxshilik qilsalar ham qanday qilib tashakkur aytishga ham qiynalaman. Besunaqayligim va xatti-harakatlarimning dag`alligi tufayli jismoniy mehnat bilan shug`ullanishni yoqtirmayman.O`zimni tahlil etishga moyilman. Men umumiy masalalarni muhokama qilishni yoqtiraman.

8. Men odamovi va tund odamman. Tanishlarim davrasi anchagina tor. Davralarda o`z o`rnimni topa olmayman. Odamlar orasida ham o`zimni yolg`iz sezaman. Tund odam bo`lsam-da, ba’zida o`z kechinmalarimni kimlar bilandir baham ko`rishni, notanish o`zimga yoqqan kishiga dardalarimni bayon etishimni tushunmay qolaman. YAqinlarimni tashvish va quvonchlarini tushunishim qiyin. O`z navbatida ular ham meni tushunmaydilar. YAqinlarim men bilan muloqot qilish qiyinligini aytadilar. Ba’zi xatti-harakatlarimdan atrofdagilar taajjublanadilar. Mening o`z fikrlarim bo`ladi, ammo u sheriklarimnikiga mos kelmasa undan voz kechib qo`ya qolaman. Boshqalarning maslahatiga quloq solishdan ko`ra ishni o`zim bilganimdek amalga oshiraman. Ichki olamim, kechinmalarim, g`oyalarim atrofdagilar uchun tushunarsiz. Men tez-tez atrofdagilarning tabassum bilan qarashlariga beparvoman. Atrofdagilar bilan munosabatda boshqalar kam ishlatadigan so`zlardan foydalanaman.

9. Men g`oyalarni ilgari suruvchi, doimo ixtirolarimga qarshilik qiladiganlar bilan kurashuvchan, islohotlarni yoqtiradigan insonman. Insonlarni kuzatishlarim ularga nisbatan o`zimni ustunliglarimni ko`rsatishimga olib keladi. Atrofimdagi kishilar meni fikrlarim qo`llab-quvvatlaydilar. Men bilan fikrlari mos kelmagan kishilarni kechira olmayman. «Kim men bilan birga bo`lmasa, u mening raqibimdir” tamoyiliga asoslanib yashayman. O`zimni kamsitish uchun asoslar yo`q.. Kayfiyatim yaxshi va o`zimni quvnoq his etaman. Doimo tetik va faolman. Oldimga qo`ygan maqsadlarimga erishmasdan qo`ymayman. Agar nuqsonlarga yo`l qo`ysam ularni o`zim tuzatishga harakat qilaman. O`z aytganlarimga erish uchun har qanday usuldan foydalanaman. Tanishlarim ba’zan ularga jabr qilib qo`yayotganligimni aytadilar. Men esa bunga ularning o`zlari aybdor deb hisoblayman. Hayotda o`zimni haqligimni isbotlashga harakat qilaman va bunga erishaman.

10. SHaxsiy va ishdagi qiziqishlarimdan boshqa qiziqishlarim yo`q. Ko`ngilxiraliklarni uzoq vaqt unutolmayman. Men batartiblikni yoqtiraman. SHuning uchun tartib-qoidalarni bilib olishga doimo intilaman. O`rnatilgan tartiblarga sinchkovlik bilan yondashishni qo`llab-quvvatlayman. Har qanday yomon xatti-harakatlarni kechirmayman. O`zim ishga batartib va aniqlikni yoqtirganim singari boshqalardan ham shuni talab etaman. Maslahat berishni burch deb bilaman. Ammo rahbarlik qilishni xush ko`rmayman. Vaqti-vaqti bilan sababsiz tushkun kayfiyatda bo`laman. Bu vaqtda qizishib, ta’sirchan bo`lib qolaman. Meni ishlarimning batartibligi va puxtaligini boshqalarga namuna qilib ko`rsatadilar. Odamlar bilan munosabatda o`zimni o`ta kirishimli deb bilmayman, ammo hech narsaga qaramasdan ishlash noxushliklarga olib kelishini bilaman.

11. Atrofdagilarning menga beparvo munosabat o`rnatishlariga yo`l qo`ymayman. Meni namuna sifatida ko`rsatayotishlarini, boshqalarning diqqat markazida bo`lishni afzal bilaman. Atrofdagilarni taajjubga solishni va hayratlantirishni yoqtiraman. Men hikoyalarni tinglovchilarga manzur qilib bayon eta olaman.Menda artistik qobiliyat bor.Atrofdagilarning menga nisbatan befarq emasligini bilaman.Men bajonidil do`stlasha olaman. Afsuslar bo`lsinki, hali haqiqiy do`st topishga erishganim yo`q. Menga e’tiborli kishilarni qadrlayman. Tobim qochgan vaqtlarda meni yaxshi parvarishlashlarini xohlayman. Ishda meni boshqalarga namuna sifatida ko`rsatishlarini yoqtiraman. Atrofdagilarning e’tiboriga mos kiyinishga intilaman.

12. Men davralarni yoqtiradigan, yolg`izlikni yoqtirmaydigan insonman. Ko`pincha o`zimga nisbatan kuchli kishilarni o`zimga namuna sifatida qabul qilaman. Agar meni hech kim nazorat qilmasa yoki yordam bermasa boshlagan ishimni oxiriga etkaza olmayman. Men do`stlar davrasidagi kechalarni juda yoqtiraman. Xushchaqchaqlikni ma’qul hisoblayman. Menga taqiqlangan narsalar yoqadi.Uydagilar mendan dangasa, betartib, intizomsiz deb o`pkalaydilar. Ammo bu tanqidlarga nisbatan beparvoman.Xatti-harakatlarimdan hushyortortish, pushaymon bo`lish, bu ishlarda mening aybim kam ekanligi haqida o`ylayman. Mushkul holatlarda meni qo`llab-quvvatlaydigan do`st bo`lishini va bu esa meni kam xatoga yo`l qo`yishimga olib kelishi haqida o`ylayman. Hammasi yaxshi va xursandchilik vaqtlarimda kelajagim haqida kam o`ylayman.

13. Hamma qanday yashasan shunday yashash kerak, atrofdagilardan ajralib qolish kerak emas deb hisoblayman. Ortga qolib ham ketish ham, ilgarilab ketish ham kerak emas deb bilaman. O`ziga xoslikni yoqtirmayman. Atrofdagilardek yashashni ma’qul hisoblayman. Hayotda ham ularning e’tirozlariga duch kelmaslikka harakat qilaman. Kechalari va bayramlarni yoqtiraman. O`ziga bino qo`ygan kishilarni yoqtirmayman. Telivizor ko`rishni yoqtiraman. Ko`pchilikning fikrini doimo haq va unga qarshi chiqish yaxshilikka olib kelmaydi deb hisoblayman.

Natijalar:

1.melanxolik
2.gipertim
3.stikloid
4.emotsional-labillik
5.nevrasteniya
6.senzitiv
7.psixastenik
8.shizoid
9.paranoyal
10.epiliptoid
11.isterik
12.beqaror
13.konform

[divider style=»single» border=»medium» color=»#f76b38″]

O'xshash maqolalar

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan