Yevropa mamlakatlari

Yevropa mamlakatlari 

 

 

 Rasmiy nomi — Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi. Poytaxti—London. Hududi—244100 km.kv. (Shotland orollari bilan birga). Aholisi — 60,1 kishidan ortiq (2012). Davlat tili—ingliz. Dini—protestantlik (90%). Pul birligi — funt-sterling.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Yevropaning shimoli g’arbida, Britan orollarida joylashgan davlat. Buyuk Britaniya orolida Angliya, Shotlandiya va Uels joylashgan. Shimoliy Irlandiya Irlandiya orolining shi­moliy qismida joylashgan. Shimolda Irlandiya bilan chegaradosh, g‘arbda Atlantika okeani, sharqda Shimoliy dengiz, janubi sharqda Buyuk Britaniyani Yevropadan ajratib turadigan La-Mansh bo‘g‘ozi bilan tutashib ketgan. Angliya hududida Pennin tog’lari (eng yuqori nuqtasi-Skeyfel-Payk — 978 m) joylashgan. Pennin togiaridan janubda va Uelsdan sharqdan Markaziy va Janubiy Angliyaning katta qismini egallagan keng tekislik joylashgan. Mintaqaning chekka janubida Dortmur tepaliklari (dengiz sathidan 610 m baland) bor.
 Asosiy daryolari: Temza, Severn, Tayn, Mers. Shimoliy Irlandiyaning katta qismini tekisliklar egallagan bo‘lib, markazida Britan orollaridagi eng yirik ko’l — Lox-Ni (maydoni — 390 km.kv) joylashgan. Shimoliy Irlandiyaning eng baland nuqtasi Muri tog‘laridagi Sliv-Donord (852 m) cho‘qqisidir.
 Shimoliy Irlandiyaning eng yirik daryolari: Foyl, Yuqori Bon va Quyi Bon. Shotlandiya hududlari asosan tog‘lardan iborat, biroq uni o‘z navbatida uch qismga bo‘lish mumkin: shimolda — Xeylands, markazda — Sentral Loupends va janubda Sazen Aplends.
Shotlandiyaning asosiy daryolari: Kloyd, Tey, Fors, Tvid, Di va Spey. Ko‘p sonli ko‘llar orasida Lox-Ness, Lox-Tea va Lox-Ketrinlar alohida ajralib turadi. Uels ham Shotlandiya kabi tog‘li hudud, biroq tog‘lar bu yerda unchahk baland emas. Asosiy tog’ tizmasi Uels markazidagi Kembri tog‘laridir. Uelsning yirik daryolari: Di, Usk, Teyfi. Eng yirik ko‘li — Bala.
 Iqlimi — yumshoq va nam. Foydali qazilmalardan Shimoliy dengizdan qazib olinadigan neft va gaz konlariga, shuningdek, ko‘mir va ohaktosh konlariga egalik qiladi. Buyuk Britaniyaning 77% yerlari dehqonchilik uchun yaroqlidir. Angliyaning o‘simlik dunyosi ancha kambag‘al, o‘rmonlar faqat 4% hududini egalla­gan. Hayvonot dunyosida kiyik, tulki, quyon va bo‘rilar ko’plab uchraydi. Qushlardan kaklik, kabutar, qarg‘a va boshqalar ko‘p tarqalgan. Ko‘llar va daryolarda turli baliqlar ko‘p.
   Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — parlamentar monarxiya. Davlat boshlig‘i — qirol (qirolicha). Monarx qonun loyihalarini tasdiqlaydi, titul va unvonlar beradi, biroq amalda faqat ramziy hokimiyatga ega. Oliy qonun chiqaruvchi organi — Jamoa palatasi (630 deputat) va Lordlar palatasi (1000 ta zodagonlar va diniy perlar)dan iborat parlament. Oliy ijroiya organi — premyer-ministr boshchiligidagi Ministrlar Kabineti. Buyuk Britaniya ma’muriy jihatdan 4 ta ma’muriy-siyosiy qism (tarixiy provinsiyalar)dan: Angliya (39 graflik, 6 metropoliya grafligi va Katta London), Uels (8 graflik), Shotlandiya (9 rayon va 3 orol hududlar), Shimoliy Irlandiya (26 okrug)lardan tashkil topgan. Men va Normand orollari ustidan alohida nazorat o‘rnatilgan. Buyuk Britaniyaga qaram hududlar: Angilya, Bermud orollari, Hind okeanidagi Britan hududlari, Britan Virgin orol­lari, Kayman orollari, Folklend orollari, Gibraltar, Jersi, Gernsi, Mel oroli, Montserrat, Pitkerka orollari, Muqaddas Yelena oroli, Janubiy Jorjiya va Janubiy Sandvich orollari, Terks va Kaykos orollari. Qaram hududlar hozirgacha Buyuk Britaniyaning dengizorti mulklari deb nomlanib, to‘liq mustaqil davlat hisoblanmaydi. Shunga qaramasdan ular o‘z-o‘zini idora qilish huquqiga ega bo‘lib, o‘z qonunchilik organlariga egadirlar. Asosiy siyosiy partiyalari: Konservatorlar partiyasi, Leyboristlar partiyasi, Liberal demokratlar partiyasi, Shotland milliy partiyasi.
   Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Buyuk Britaniya iqtisodi rivojlangan davlat boiib, jahondagi sakkizta rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakat sanoatida qazib olish sohalari alohida ahamiyat kasb etadi. 0‘z hududidagi shaxtalaming yopilishi va ko‘mir qazib olishning qisqarishi bilan bir vaqtda Shimoliy dengizdan neft va gaz qazib olish ko‘paytirilmoqda. Sanoatning boshqa tarmoqlaridan — transport mashinasozligi (avtomobilsozlik, kemasozlik), aerokosmik sanoat (AQSH va Fransiyadan keyin uchinchi o‘rinda)da oddiy va harbiy samolyotlar, vertolyotlar va aviadvigatellar ishlab chiqariladi, oziq-ovqat sanoati (mashhur shotland viskisi, jun va sut ishlab chiqariladi), umumiy mashinasozlik (qishloq xo‘jaligi texnikasi, stanoklar, to‘qimachilik asbob-uskunalari), elektronika va elektrotexnika (kompyuterlar, dasturlashtirish, prot- sessorlar, superkompyuterlar, telekommunikatsiya vositalari, tibbiyot anjomlari, maishiy texnika), kimyo sanoati (dori ishlab chiqarish — jahonda 4-o‘rinda, agroximiya, parfyumeriya, yangi materiallar va biotexnologiya), metall ishlab chiqarish, sellyuloza-qog‘oz sanoat sohalari yuksak taraqqiy etgan. Zamonaviy sanoatning taraqqiyoti yuksak texnologiyalarning taraqqiy etganhgi bilan belgilanadi. Buyuk Britaniya ilmiy-texnikaviy potensial darajasi bo‘yicha Yevropada eng yuqori o‘rinni egallaydi. Mamlakat olimlari olgan Nobel mukofotlari soni bo‘yicha AQSHdan keyin 2-o‘rinni egallaydi. Buyuk Britaniya mehnat zaxiralarining 12% i moliya sektorida band. London jahon moliya markazi — sayyoramizning moliya poytaxti hisoblanadi. Shuningdek, Manchester, Kardiff, Liverpul, Edinburg shaharlari ham yirik moliyaviy markazlardir. Ahamiyati bo’yicha 2-o‘rinda turadigan soha — turizm. Bu sohada mehnatga layoqatli aholining 7%i band bo‘lib, yiliga 8 mlrd dollardan oshiq daromad keltiriladi. London dunyoning yirik turistik markazi hisoblanadi. Buyuk Britaniyaning qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘z ehtiyojlarining faqat yarminigina qoplaydi.
 Asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari: bug‘doy, tariq, qandlavlagi, arpa. Mamlakat chorvachilik sohasiga XXI asr boshlarida tarqalgan epidemiya sezilarli darajada zarar yetkazdi. Eksporti: sanoat mahsu­lotlari, yoqilg‘i, kimyo sanoati mahsulotlari, oziq-ovqat. Importi: sanoat mahsulotlari, oziq-ovqat. 2012-yil YIM miqdori 2097,9 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga — 34,3 ming AQSH doll.) tashkil etgan.
  Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, AQSH.
  Buyuk Britaniya ilq‘or mamlakatlar qatori rivojlan­gan transport infrastrukturasiga ega. Yevrotunnelning ochilishi mamlakatning materik bilan aloqasini yanada yaxshiladi. Asosiy portlari: Aberdin, Belfast, Bristol, Kardiff, Duvr, Glazgo, Liverpul, London, Manchester, Plimut, Sautgempton.
  Tarixi. М.a. VIII asrdayoq orollarga kelt-brittlar kelib joylashgan edilar. 43-yilda Britaniya Rim imperiyasi tarkibiga kirdi. VI asrda bir nechta mustaqil feodal qirollik va grafliklar tashkil topdi. Brittlarning bir qismi Fransiyaning shimoliga kelib joylashdi. VIII asrda normandlar asosan Daniyadan tez-tez mamlakat qirg‘oqlariga hujum qilib turdilar. Ular orolning shimoli sharqiy qismini egallab olishga muvaffaq bo‘lishdi. IX asrda qirol Egbert katta hududlarni bir davlatga birlashtirdi va bu davlat «Angliya» deb atala boshladi. 1066-yili Buyuk Britaniyadagi mayda qirolliklar normand sarkardasi Vilgelm tomonidan bosib olinib yagona davlatga birlashtirildi. 1265-yili tarixda dastlabki ingliz parlamenti tuzildi. 1338-yili Angliya Fransiyaga qarshi yuz yillik urushga kirdi. Bu urush 1453-yilga qadar davom etdi. Bu urush tugashi bilan Angliya taxti uchun urushlar («gullar urushi») boshlanib, 1485-yili tyudorlar sulolasining g‘alabasi bilan yakunlandi. 1588- yili «Yengilmas Armada»ning (ispan floti) yakson qilinishi Angliyani dengizda asosiy hukmron davlatlar qatoriga olib chiqdi. XVII asrning boshlarida Angliya o‘zining Yangi dunyodagi mustamlakalariga ega bo‘ldi. 1603-yili shotland qiroli Yakov VI Yakov I nomini olib ingliz taxtiga o‘tirishi bilan amalda Shotlandiya va Angliya bitta davlatga birlashdi. Biroq Buyuk Britaniya qirolligi 1707-yili birlashish to‘g‘risidagi hujjat imzolangandan keyingina e’lon qilindi. Shu paytdan boshlab London yagona davlat poytaxtiga aylandi. 1642-1649-yillarda Styuartlar bilan parlament o‘rtasidagi tortishuvlar qonli fuqarolar urushining boshlanishiga olib keldi. Natijada Oliver Kromvel boshchiligida respublika e’lon qilindi. Monarxiya tez orada qayta tiklandi, biroq qirolning huquqlari sezilarli darajada kamayib, amalda hokimiyat parlament qo‘liga o‘tdi. 1651-yili Irlandiya, 1652-yili esa Shotlandiya bosib olindi. Britan kolonial imperiyasi asosan XVIII asrda shakllandi. XVIII asrning oxirlarida Buyuk Britaniya Amerikadagi 13 ta mustamlakasidan ajraldi, biroq Kanada va Hindistonda mustahkamlanib oldi. 1805-yili Trafalgar yaqinida admiral Nelson tomonidan ispan-fransuz flotining yakson qilinishi bilan Buyuk Britaniya «dengizlar xo‘jayini»ga aylandi. 1793—1815-yillarda Angliya Fransiyaga qarshi urushlarda ishtirok etdi. 1815-yili ingliz sarkardasi gersog Vellington pruss qo‘shinlari bilan birga Vaterloo yaqinidagi jangda Napoleon ustidan yirik g‘alabaga erishdi. Shundan so‘ng mamlakatda butun yuz yil davomida tinchlik hukm surdi. Ayniqsa, qirolicha Viktoriya (1837-1901) davrida Buyuk Brita­niya mulklari juda kengaydi. Angliya Antanta tarkibida Birinchi jahon urushida faol ishtirok etdi. Urush natijasida mamlakat Afrika va Osiyodagi nemis koloniyalarining bir qismini qo‘lga kiritdi. 1931-yili Britan Millatlar Hamdo‘stligi tuzildi. 1939-1945-yillarda Angliya Ikkinchi jahon urushida qatnashdi. 1947-yili Hindiston va Pokistonga mustaqillik berdi, 1949-yili esa mamlakat NATOga a’zo bo‘ldi. 1982-yili Folklend orollari uchun Angliya Argentina bilan harbiy to‘qnashuvga bordi. Qisqa davom etgan jangovar harakatlardan so‘ng inglizlar bu hududlar ustidan o‘z nazoratlarini o‘rnatdilar. 1979-1990-yillarda konservatorlar hukumati Margaret Tetcher boshchiligida iqtisodiy islohotlar o‘tkazdi. 1997-yili umumiy saylovlarda Leyboristlar partiyasi g‘alaba qozondi va Toni Bier premyer-ministr lavozimini egalladi. 2007-yili Toni Bier iste’foga chiqdi va hokimiyatga Gordon keldi.

 

Rasmiy nomi — Avstriya Respublikasi. Poytaxti — Vena. Hududi — 83,9 ming km.kv. Aholisi — 8,2 mln kishi (2012). Davlat tili — nemis. Dini — katoliklar (86%), protestantlar (5,5%), boshqa dinlar (8,5%). Pul birligi — yevro.

Geografik joylashuvi va tabiati. Avstriya Markaziy Yevropada joylashgan davlat bo‘lib, janub­da — Italiyava Sloveniya, janubi g’arbda Shveysariya, g‘arbda Germaniya va Lixtenshteyn, shimolda Chexiya, sharqda Vengriya, shimoli sharqda Slovakiya davlatlari bilan chegaradosh. Mamlakat hududining 75% ini Sharqiy Alp togiari va tog‘oldi hududlari egallagan. Eng baland nuqtasi — Glokner tog‘i (3797 m). Alp tog‘lari shimolda Tirol va Zalsburg Alplaridan hamda janubda Sillertal va Karnik Alplaridan iborat. Hududning qolgan qismini Dunay daryosi yaqinida joylashgan tekisliklar tashkil etadi.
Iqlimi mo‘tadil-kontinental. Avstriyaning tekislik qismida iqlim issiq va nam. Mamlakatning asosiy suv resurslari: Dunay daryosi va Neyzidler-Ze hamda Boden ko‘llaridir. Asosiy foydali qazilmalari: temir rudasi, neft, yog‘och, aluminiy, qo‘rg‘oshin, mis, toshko’mir va qo‘ng‘ir ko‘mir.
Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Avstriya 9 federal hududlarga bo’lingan parlamentlik, federativ respublika. Federal hududlari: Burgenland, Karintiya, Vena, Yuqori Avstriya, Quyi Avstriya, Zalsburg, Shtiriya, Tirol, Forarlberg. Davlat boshlig‘i — prezident, ammo ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i — Ministrlar Kengashi raisi — kansler. Ikki palatali parlament (Federal yig‘in) — Federal Kengash va Milliy Kengashdan tashkil topgan. Siyosiy partiyalari: Avstriya sotsial-demokratik partiyasi, Avstriya xalq partiyasi, Kommunistik partiya, Yashil muqobillik partiyasi.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Avstriya milliylashtirilgan sanoat va ijtimoiy ta’minotning keng tizimiga ega bo‘lgan iqtisodi rivojlangan davlat. Sanoat tarmoqlaridan quyidagilar rivojlangan: metallurgiya, mashinasozlik, oziq-ovqat, to‘qimachilik, teri-poyabzal, energetika, sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish. Shu bilan bir qatorda turizm va bank ishi ham rivojlangan. Qishloq xo‘jaligining asosiy yo‘nalishlari: oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, boshoqli madaniy o’simliklar, mevalar, kartoshka, qandlavlagi yetishtirish, chorvachilik va parrandalar boqish. 2012-yil YIM miqdori — 316,8 mlrd dollarni (aholi jon boshiga — 38,1 ming doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari, Yaponiya, AQSH.
Avtomobil va temiryo‘l transport kommunikatsiyalaridan tashqari ichki suv yo‘llaridan kema qatnovlari keng yo‘lga qo’yilgan.
Tarixi. 3000 yil muqaddam zamonaviy Avstriya hududida illiriy qabilalari istiqomat qilishgan. M.a. V asrda kelt qabilalari bostirib kirdi va ularning illiriylar bilan assimilyatsiyasi yuz berdi. Undan so‘ng m.a. IV asr­da mamlakat hududlari rimliklar tomonidan bosib olinib, Rim provinsiyalari Gretsiya va Pannoniya tarkibiga qo‘shildi. VI—VII asrlarda zamonaviy Avstriya hududlariga german va qisman slavyan qabilalari kirib kela boshladi. Shu davrda u Franklar davlati tarkibiga kiradi. 955-yilda Avstriya hududida Sharqiy marka (markgraflik) tashkil etildi. 1156-yilda Genrix II mustaqil Avstriya gersogligini tashkil etdi. Avstriyada gabsburglar sulolasining hukmronligi boshlandi. 1699-yilda Avstriya (Avstriya-Turk urushidan so‘ng) Vengriyaning bir qismini, Transilvaniyani, Xorvatiya va Sloveniyani o‘z tarkibiga qo’shib oldi. Shundan so‘ng, 1714-yilda avstriyaliklar uchun g‘alaba bilan tugagan «Ispan taxti uchun urush»- dan so‘ng, Gabsburglar imperiyasi tarkibiga janubiy Niderlandiya va shimoliy Italiyadagi yerlar kirdi. XVIII asr oxirlari — XIX asr boshlarida Avstriya Fransiyaga qarshi g‘arbiy ittifoqlarda ishtirok etdi. 1867-yilda Avstriya imperiyasi dualistik monarxiya — Avstriya-Vengriya imperiyasiga aylandi. Sarayevoda Avstriya taxti merosxo‘ri ersgersog Ferdinandning 1914-yil 28-iyunda oidirilishi oqibatida I jahon urushi boshlandi. 1918-yilda urushda mag‘lubiyatga uchragan Avstro-Vengriya imperiyasi bir qator mayda mustaqil davlatlarga bo`linib ketdi. 1918-yil 12-noyabrda Avstriya respublikasi tashkil topgani e’lon qilindi. 1919-yilda Sen-Jermen tinchlik sulhi zamonaviy Avstriya chegaralarini belgilab berdi. 1938-yil mart oyida nemis qo‘shinlari Avstriyani bosib oladi va uning Germaniyaga qo‘shilishi («anshlyus») ro‘y beradi. Ikkinchi jahon urushida Avstriya german reyxining bir qismi sifatida ishtirok etdi. 1945-yilda mamlakatga SSSR, AQSH, Angliya va Fransiya qo’shinlari kirib keldi. Venada 1955-yilda mustaqil va demokratik Avstriya davlatining tiklanishi to‘g‘risida Davlat shartnomasi imzolandi. 1955-yilning oktabrida Avstriya parlamenti Avstriyaning doimiy betarafligi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. 1966-yilda Avstriya Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lib kirdi. XX asrning 70-yillarida Avstriya tarixida bi­rinchi marta hukumat sotsialistlar qo‘liga o‘tdi. 1995-yil 1-yanvardan YI a’zosi.
Avstriya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi bilan 1992-yilda diplomatiya munosabati o‘rnatgan.

 

Rasmiy nomi — Gretsiya Respublikasi. Poytaxti — Afina. Hududi — 132 ming km.kv. Aholisi — 11 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — grek. Dini — pravoslav. Pul birligi — yevro.
Geografik joylashuvi va tabiati. Gretsiya (Yunoniston) Yevropaning janubi sharqida, Bolqon yarimorolining janubiy qismi va Egey, Ioniya hamda 0‘rta Yer dengizi orollarida joylashgan davlat. U shimolda Bolgariya va Makedoniya, shimoli g‘arbda Albaniya, shimoli sharqda Turkiya bilan chegaradosh. Janubda 0‘rta Yer dengizi, Sharqda Egey dengizi, g‘arbda Ioniya dengizi suvlari Gretsiya sohillarini yuvib turadi. Krit, Evbeya, Rodos, Lesbos va bir nechta orollar Gretsiya hududining 1/5 qismini tashkil etadi. Hududining 2/3 qismi tog‘li hududlar hisoblanadi. Eng baland nuqtasi Olimp tog‘i, balandligi 2917 m. Asosiy daryolari: Alyakmon, Axelos, Strimon, Nestos. Asosiy qazilma boyliklari: neft, boksit, nikel. 0‘rmonlar mamlakat hududining 10-11% ini tashkil etadi. Tog‘lar ignabargli daraxtlar bilan qoplangan.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat 13 ta yeparxiyadan tashkil topgan. Yeparxiyalar o‘z navbatida 52 ta nomlarga boiingan. Gretsiya 1830-yil Usmonli turklar istibdodidan ozod bo‘lib o‘z mustaqilligini e’lon qilgan. Davlat boshlig‘i — prezident. Ijroiya hokimiyat prezident va Bosh ministrga tegishli. Qonun chiqaruvchi oliy organ — bir palatali parlament. Asosiy siyosiy partiyalari: Yangi Demokratiya, Umumgrek sotsialistik harakati, Gretsiya Kommunistik Partiyasi.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Turizm Gretsiya iqtisodining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Gretsiya xalq xo‘jaligida sanoatning oziq-ovqat, kimyo, to‘qimachilik va metallurgiya tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Qishloq xo‘jaligida asosan qand-lavlagi, tamaki, uzum va kartoshka yetishtiriladi. Mamlakat go‘sht va sut mahsulotlaridan tashqari barcha oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘z-o‘zini ta’minlaydi. 2012-yil YIM miqdori 364,1 mlrd AQSH mln dollarni (aholi jon boshiga – 32,5 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Germaniya, Italiya, Fransiya va Buyuk Britaniya.
Tarixi. Bugungi Gretsiya yerlarida m. a. III ming yillikdayoq yuksak rivojlangan madaniyat va sivilizatsiya vujudga kelgan. М.a. XII asrda Gretsiyaga doriylar bostirib kirgan. Peloponess urushlaridan so‘ng (m.a. 431-404-yy.) Bolqon yarimorolida Makedoniyaning roli keskin oshdi. Makedoniya hukmdori Filipp II butun Gretsiya yerlarini o‘ziga bo‘ysundirdi. Uning o‘g‘li Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) Misr va Hindistongacha bo‘lgan yerlarni bosib olib, ulkan imperiyani vujudga keltirdi. М. a. II asrda Gretsiya Rim imperiyasi istibdodiga tushib qoldi. Qadimgi Rim imperiyasi inqirozidan so‘ng, Vizantiya butun Bolqon yarimorolini o‘z nazoratida saqlab qoldi. IX asrda Gretsiyani arablar istilo qilishdi, oradan ko‘p o‘tmay X asrda bolgarlar bosib olishdi. XV asrga kelib Vizantiya inqirozidan so‘ng 1460-yilda Gretsiya Usmonli turklar imperiyasining tarkibiy qismiga aylandi. 1830-yili turklar Gretsiya mustaqilligini tan oldi. 1924-yil Gretsiya Respublika deb e’lon qilindi, 1935-yili esa monarxiya qayta tiklandi. 1941-yil Germaniya Gretsiyani bosib oldi. 1945-yil urush tugaganidan so‘ng, Gretsiyada hukumat qo‘shinlari va kommunistlar o‘rtasida fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Urush 1949-yilgacha davom etdi. 1967-yil 21-aprelda mamlakatda harbiylar davlat to‘ntarishini amalga oshirdi. 1973-yil harbiylar monarxiyani bekor qilishdi. 1974-yil harbiylar hokimiyatdan chetlashtirildi. Shu yili o‘tkazilgan referendumda Gretsiya xalqi respublika uchun ovoz berdi. 1975-yil yangi Respublika konstitutsiyasi qabul qilindi.
Gretsiya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 1992-yilda diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgan.

 

Rasmiy nomi — Germaniya Federativ Respublikasi. Poytaxti-Berlin. Hududi — 357041 km.kv. Aholisi- 81 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili-nemis. Dini — xristianlik. Pul birligi — yevro.
Geografik joylashuvi va tabiati. Markaziy Yevropada joylashgan davlat. Janubda Avstriya va Shveysariya, g‘arbda Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg va Fransiya, sharqda Polsha va Chexiya, shimolda Daniya bilan chegaradosh. Bundan tashqari shimolda Germaniya sohillari Shimoliy dengiz va Boltiq dengizi bilan tutashgan. Germaniyaning shimoliy hududlari asosan tekisliklardan iborat. Markaziy Germaniya adirlar va daryo vohalaridan tashkil topgan bo‘lib, mamlakat janubida Alp tog‘lari bo‘y cho‘zgan. Mamlakat shimolida Boltiq dengizida Germaniyaga qarashli bo‘lgan shimoliy va sharqiy Frizsk orollari va Shimoliy dengizda Femarn va Ryugen orollari joylash­gan. Germaniyaning eng baland nuqtasi Zyugshpitse tog‘laridir (2963 m). Eng yirik daryolari: Reyn, Rur, Mozel, Dunay, Elba. Eng yirik ko‘li Boden ko‘lidir. Mamlakat tabiiy qazilma boyliklarga o‘ta boy.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — Federativ Respublika. Germaniya 16 ta federal yerlaming birlashuvidan tashkil topgan. Bular: Baden-Vyurtemberg, Bavariya, Berlin, Brandenburg, Bremen, Gamburg, Gessen, Meklenburg-old Pomeraniya, shimoliy Reyn-Vestfaliya, Reynland-Pfal, Saar, Saksoniya, Saksoniya-Anxalt, Quyi Saksoniya, Shlezvig-Golshteyn, Tyuringiya. Markazlashgan mustaqil Germaniya davlati 1871-yil 18-yanvarda tashkil topgan. Davlat boshlig‘i — prezident. Lekin ijroiya hokimiyat federal kansler rahbarligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Bundestag deb nomlanadi. Eng yirik siyosiy partiyalari: Xristian-Demokratik ittifoq (XDI), Ozod Demokratik partiya (ODP), Germaniya Sotsial-Demokratik partiyasi (GSDP), Milliy Demokratik partiya (MDP).
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Germaniya dunyoning rivojlangan va moliyaviy jihatdan boy davlatlaridan biridir. Lekin Sharqiy va G‘arbiy Germaniyaning iqtisodiy rivojlanishida ma’lum bir ziddiyatlar mavjud. Bunga sabab GDR va GFR xo‘jaligining 1990-yilgacha turli siyosiy tuzumlarda rivojlanganligidir. 1990-yilning 3-oktabrida yagona Germaniya tashkil topganidan so‘ng, bu ziddiyatlarga barham berish maqsadida GFR GDR xo‘jaligiga 390 mlrd marka sarfladi. Sanoatning rivojlangan sohalari: metallurgiya, kimyo, avtomobilsozlik, kemasozlik va elektrotexnika. Germaniya avtomobilsozlik va kema-sozlik bo’yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Qishloq xo‘jaligi umumiy milliy mahsulotning 15% ini yetkazib beradi. Chorvachilik ayniqsa yaxshi rivojlangan. Qishloq xo‘jaligidagi asosiy ekinlar: qandlavlagi, kartoshka va boshoqli ekinlar. Germaniya o‘z xalqining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojining 90% ini ichki imkoniyatlar hisobida qoplaydi. 2012-yil YIM miqdori 2782,7 mlrdAQSH dollarni (aholi jon boshiga – 33,8 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, AQSH va YI davlatlari.
Tarixi. Qadimda bugungi Germaniya hududlarida turli german qabilalari yashashgan. Bu qabilalar V asrda Rimni mag‘lubiyatga uchratib, Rim imperiyasi inqiroziga sabab bo‘lishgan. Rimning inqirozidan so‘ng frank qabilalari sardori Xlodvig hozirgi Fransiya va janubiy-g’arbiy Germaniya hududlarida franklar davlatiga asos soldi. Bu davlat Buyuk Karl hukmronligi yillarida butun german yerlarini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. 843-yil franklar imperiyasi parchalandi va uning sharqiy hudud­larida german qirolligi tashkil topdi. Lekin ko‘p o‘tmay nemis knyazlarining o‘zaro nizolari natijasida zaiflashib inqirozga uchradi. X asrda Sakson sulolasi Muqaddas Rim imperiyasiga asos soldi. Fridrix I Barbarossa hukmronligi yillarida imperiya hududlari kengaydi. Ko‘p yillik o‘zaro kurashlardan so‘ng, 1438-yil Gabsburglar xonadoni hokimiyatga keldi. XVI asrda Martin Lyuter tomonidan amalga oshirilgan reformatsiya diniy qarashlarga ko‘ra mamlakatni parchaladi. Diniy nizolar Yevangeliya ittifoqi va Muqaddas Liga o‘rtasida «30 yillik urush»ning boshlanishiga sabab bo‘ldi (1618-1648). Urush natijasida mamlakat 350 ta mayda davlatchalarga bo‘linib ketdi. 1815-yil 39 ta nemis davlatchalarini o‘z ichiga olgan German konfederatsiyasi tashkil topdi. Markazlashgan nemis davlatining tashkil topishida Prussiya kansleri Otto fon Bismark juda katta hissa qo‘shdi. U 1871-yilda Prussiya qiroli Vilgelm I ni Germaniya imperatori deb e’lon qildi. Germaniya 1914-yil I jahon urushining bosh­lanishiga sababchilaridan biri bo‘ldi. Urushdan mag‘lub davlat sifatida chiqdi. 1918-yil 9-noyabrda imperator Vilgelm II taxtdan ag‘dariidi, Germaniyada Veymar respublikasi e’lon qilindi. 1933-yil Gitler boshchiligidag] fashistlar hokimiyatni qo‘lga olishdi. 1939-yil 1-sentabrda Germaniyaning Polshaga hujumi bilan II jahon urushi boshlanib ketdi. Germaniya II jahon urushini ham mag‘lubiyat bilan yakunladi. 1945-yilda AQSH, Angliya, Fransiya va SSSR nazorati ostidagi to‘rt qismga bo’lindi. 1949-yili uning hududida GDR va GFR davlatlari tashkil topdi. 1990-yil 3-oktabrda bu ikki davlat yagona Germaniyaga birlashdi. 1991-yil 20-iyunda Berlin Germaniyaning poytaxti deb e’lon qilindi.
Germaniya Federativ Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi bilan 1992-yilda diplomatiya munosabatlari o‘rnat­di.

 

Rasmiy nomi-Vengriya Respublikasi. Poytaxti-Budapesht. Hududi — 93 ming km.kv. Aholisi- 10 mln kishidan ortiq (2012-yil). Davlat tili — vengr. Dini — katoliklar (68%), protestantlar (25 %). Pul birligi — forint.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Markaziy Yevropada joylashgan davlat. Shimolda — Slovakiya, sharqda — Ruminiya, shimoli sharqda — Ukraina, janubda — Serbiya, Xorvatiya va Sloveniya, g‘arbda — Avstriya bilan chegaradosh. Vengriya hududi asosan tekisliklardan iborat. Vengr-slovak chegarasining bir qismini tashkil qiladigan Dunay keskin janubga burilib, mamlakatni ikki qismga ajratadi. 0‘rta Dunay tekisligi Dunay daryosidan sharqda joylashgan bo‘lib, shimolini Vengriyaning eng yuqori nuqtasi — Kekesh tog‘i (1015 m) joylashagan Alp cho‘qqilari egallagan. G‘arbda baland bo‘lmagan Meshek va Bakoni tog‘lari hamda Markaziy Yevropadagi eng yirik ko`li — Balaton joylashgan.
 Iqlimi — mo‘tadil, kontinental. Asosiy daryolari: Dunay, Tisa. Foydali qazilmalardan boksit, ko‘mir, tabiiy gaz mavjud. Bargli o‘rmonlar mamlakat hududining 17% ini egallagan. Emanzorlar asosan o‘rta togiik hududlarda saqlanib qolgan. Hayvonot dunyosida tulki, quyon, yovvoyi cho‘chqa, kiyiklar mavjud. Qushlardan — laylak, turna, yovvoyi o‘rdaklarni ko‘plab uchratish mumkin.
 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Veng­riya — parlamentar respublika. Ijro etuvchi hokimiyat prezidentga va premyer-ministr boshchiligidagi hukumatga tegishlidir. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — Davlat Yig‘ini tomonidan amalga oshiriladi. Vengriya 19 ta viloyatga bo`lingan bo‘lib, mamlakat poytaxti Budapesht alohida maqomga ega. Mamlakatda 50 dan ortiq siyosiy partiya va uyushmalar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ulardan eng yiriklari — Vengriya demokratik forumi, Xristian-demokratik xalq partiyasi, Erkin demokratlar ittifoqi, Vengriya sotsialistik partiyasi.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Vengriya — industrial-agrar davlat. Rivojlangan sanoat sohalari: mashinasozlik (avtomobilsozlik, lokomotiv-kemasozlik), asbob-uskunasozlik (aloqa vositalari, EHM, tibbiyot anjomlari), kimyo, yengil (to‘qimachilik, poyabzal) va oziq-ovqat sanoati. Mamlakatda ko‘p miqdorda boksitlar qazib olinadi (Yevropada 2-o‘rinda). Marganes va temir rudasi konlari ham ko‘p. Mamlakatda qora va rangli metallurgiya korxonalari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Kimyo sanoati turli xil o‘g‘itlar, plastmassa, sintetik materiallar va dori-darmonlar ishlab chiqaradi. To‘qimachilik, tikuvchilik va poyabzal sanoati ham rivojlangan. Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar mamlakat hududi bo‘ylab keng tarqalgan. Qishloq xo‘jaligi ekinlari mamlakat hududining 75% ini egallaydi. Bug’doy, tariq, makkajo‘xori, qandlavlagi, kartoshka, kungaboqar, mevalar yetishtiriladi. Uzumchilik va bog‘dorchilik keng tarqalgan. Bu yerda tayyorlanadigan tokay vinolari dunyoga mashhur. Chorvachilik yirik shoxli qoramollar va cho‘chqalarni boqishga ixtisoslashgan. Yilqichilik rivojlangan. Parranda boqish muhim ahamiyatga ega. Keyingi yillarda turizm yaxshi rivojlanmoqda. 2012-yil YIM miqdori     175 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 17,4 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Germaniya, Avstriya, Italiya, Rossiya, Niderlandiya. Asosiy daryo portlari: Budapesht, Dunayvarosh.
  Tarixi. М. a. I asr oxirlarida zamonaviy Vengriya hududi Pannoniya provinsiyasi sifatida Rim imperiyasi tarkibiga kirdi. IV asrda Rim imperiyasining inqirozidan so‘ng Pannoniyaga V-IX asrlarda xunnlar, vestgotlar, avarlar bostirib kirishgan. 1000-yilda Ishtvan I boshchiligida birinchi Vengr qirolligi tashkil topdi. XIII asrda Vengr qirolligi o‘zaro urushlar hamda tatarlar bosqinlari (1241) oqibatida zaiflashib qoldi. XVI asrda Vengriya o‘z mustaqilligini yo‘qotdi. 1526-yili Moxach yonidagi jangda vengr qo‘shinlari turklar tomonidan tor-mor qilindi. Turklar Buda shahriga bostirib kirib, uni talon-taroj qilishdi. Mamlakat ikki qismga bo‘linib, g‘arbiy qismi Gabsburglar, sharqiy qismi esa 1541-yilda Usmoniylar imperiyasi hukmronligi ostiga tushib qoldi. XVII asr oxirlarida turklar hozirgi Vengriya hududidan siqib chiqariladi va u butunlay Gabsburglar hukmronligi ostiga tushib qoladi. 1867-yilda Avstro-Vengriya qirolli­gi tashkil etiladi. 1914-yilda Avstro-Vengriya I jahon urushiga kirdi. Urush tugaganidan so‘ng 1918-yilning oktabrida mamlakatda inqilob boshlandi, natijada Vengriya mustaqil respublika deb e’lon qilindi. 1919-yil 21-martda hokimiyat Bela Kun boshchiligidagi Sotsialistik partiya qo‘liga o‘tdi. 1919-yil avgustda rumin qo‘shinlari Peshtni bosib olishdi. 1920-yilda esa admiral Xorti diktatorlik rejimi o‘rnatildi. 1941-yilda Vengriya II jahon urushiga Germaniyaning ittifoqchisi sifatida kirdi. 1946-yil 1-fevralda Vengriya respublika deb e’lon qilindi. Vengriyaning hozirgi chegaralari 1947-yilgi Parij tinchlik shartnomasiga ko‘ra o‘rnatilgan. 1949-yilda mamlakat yangi konstitutsiya va yangi nomga — Veng­riya Xalq Respublikasi — ega bo‘ldi. 1956-yilning oktabrida Rakoshining kommunistik rejimiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi, bu qo‘zg‘olon sovet qo‘shinlari tomonidan bostirildi. 1989-yili kommunistlar hokimiyatdan chetlashtirildi va mamlakat Vengriya Respub­likasi deb e’lon qilindi. 1999-yili Vengriya NATOning to‘la huquqli a’zosi bo‘ldi.

 

 Rasmiy nomi-davlat-shahar Vatikan. Poytaxti-Vatikan.Hududi-0,44 km.kv. Aholisi-900 kishi (2012-yil). Davlat tili-italyan va lotin. Dini-katoliklar (100%). Pul birligi-yevro.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Italiyaning poytaxti Rim shahrining g‘arbiy qismida (Monte Vatikano tepaligida), katolik cherkovi boshlig‘i Rim papasining rezidensiyasi hududida joylashgan kichik davlat.
 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — mutlaq teokratik monarxiya. Davlat boshlig’i — hozir Rim papasi Benedikt XVI bo‘lib, unga Vatikandagi mutlaq hokimiyat tegishlidir. Rim papasi yo‘qligida Vatikanga Avliyo Rim cherkovi kamerlengi rahbarlik qiladi. Shuningdek, Vatikan o‘z hukumati — Rim kuriyasiga ega.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Vatikan yirik kapital mablag‘lari, bir qator kompaniya va banklaming aksiyalari, Italiya, Ispaniya, Germaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi yirik ko‘chmas mulklarning egasi hisoblanadi. Vatikanning mablag’lari AQSHda 50 mlrd dollardan ortiqqa baholangan. Daromadining boshqa manbalari — milliy katolik cherkovlarining badallari, pochta markalari, tangalar, suvenirlar ishlab chiqarish va sotishdan tushadigan mablag‘lardir. 2006-yil YIM miqdori 810 mln dollarni (aholi jon boshiga — 0,9 mln doll.) tashkil etgan. Vatikan turli mamlakatlarda 50 dan oshiq tilda 1,5 ming xildan ortiq gazeta va jurnallar nashr qiladi. Dunyoning ko‘plab mamlakatlariga o‘z radioeshittirishlarini tarqatadi.
 Tarixi. Rimda papaning doimiy qarorgohi joylash­gan qasr XIV asrda qurilgan. XVIII-XIX asrlarda Italiyada mustaqil teokratik davlat sifatida Papa viloyati mavjud edi. Vatikan o‘z nomini 1870-yilda Rim papasining qarorgohi bo‘lib kelgan saroy nomidan olgan. 1871-yili italyan yerlari birlashtirilib, papa diniy hokimiyatdan mahrum etildi. 1929-yilda tuzilgan Lateran bitimlariga ko‘ra Vatikan Rim papasining qarorgohiga aylandi. Vatikanga Rimda va uning tashqarisidagi o‘nlab binolar tegishlidir. Vatikan o‘z bayrog‘i, valyutasi, armiyasi, radiostansiyasi va gazetalariga ega. 2004-yil 2-aprel kuni Ioann Pavel II (Karol Yuzef Voytila-polyak millatiga mansub bo‘lgan birinchi papa) vafot etib, uning o‘rniga 2005-yil 19-apreldan Benedikt XVI (Yozef Ratsinger) saylandi.

 

Rasmiy nomi — Bosniya Gersegovina. Poytaxti — Sarayevo.  Hududi — 51129 km.kv. Aholisi — 4,2 mln (2012). Davlat tili — serb-xorvat. Dini — islom (40%), pravoslav (31%), protestantlik (4%), katolik (2%). Pul birligi — yagona pul birligi yo’q, muomalada Yugoslaviya dinori, Xorvatiya kunasi, yevro.
Geografik joylashuvi va tabiati.Yevropaning janubi sharqida, Bolqon yarimorolida joylashgan. Shimolda va g‘arbda Xorvatiya bilan, sharq va janubda Serbiya hamda Chernogoriya bilan chegaradosh. Hududining 90% ini togiar egallaydi. Janubroqda pasttog‘liklar va hosildor tog‘ daralari balandligi 2000—2400 metr bo’lgan Dinor yassitog`ligiga aylanadi. Tekisliklar shimolda — Sava daryosi bo‘yida mavjud.
 Iqlimi: markazda — mo‘tadil kontinental, sohil bo‘yida — subtropik. Asosiy daryolari: Vrbas, Neretva, Bosna, Uva. Tabiiy boyliklari: ko‘mir, lignit, temir rudasi, boksitlar. Mamlakatning asosiy qismi 0‘rtayer dengizi o‘simliklari, bargli va ignabargli daraxtlar bilan qoplangan. O‘rmonlarda silovsin, bori, ayiq, tulki, ohu va muflonlar yashaydi.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzumi — prezidentlik respublikasi. Davlat va huku­mat rahbari — prezident. Ijro etuvchi hokimiyat   prezident, shuningdek, yetti a’zodan iborat Bosniya-Gersegovina prezidiumiga tegishli. Qonun chiqaruvchi oliy organ — ikki palatali Milliy Assambleya. Asosiy ma’muriy-hududiy birligi — obshchina (mamlakat 109 obshchinaga bo‘lingan). Asosiy siyosiy partiyalari: Musulmon demokratik harakat partiyasi, Serb demokratik partiyasi, Xorvat demokratik hamdo‘stligi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamlakat ulkan qazilma boyliklar zaxiralariga ega. 1991-1992-yillardagi urush natijasida iqtisodiyotda keskin tushkunlik yuz berdi. Hozirda sanoat ishlab chiqarishi juda past darajada. Nisbatan ko‘mir, kimyo, elektr energiyasini ishlab chiqarish, asbob-uskuna yasash, yog‘ochni qayta ishlash sanoatlari rivojlangan. Temir, ko‘mir, boksitlar qazib olinadi. Boshoqli o‘simliklar, tamaki, turli mevalar yetishtiriladi. Eksport: qishloq xo’jalik mahsulotlari, kimyo sanoati mahsulot­lari, temir rudasi, yog‘och. Import: mashina va uskunalar, yoqilg’i. 2012-yil YIM miqdori 28,6 mlrd AQSH mln dollarni (aholi jon boshiga — 7,3 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: MDH va Sharqiy Yevropa davlatlari.

 

Rasmiy nomi — Bolgariya Respublikasi. Poytaxti — Sofiya. Hududi — 110912 km.kv. Aholisi – 7,9 mln (2012). Davlat tili bolgar. Dini — pravoslavlar (85%), musulmonlar (13%). Pul birligi — lev.
   Geografik joylashuvi va tabiati. Bolqon yarimorolidagi Janubi sharqiy Yevropa davlati. Shimolda — Ruminiya, g’arbda — Yugoslaviya va Makedoniya, janubda — Gretsiya va Turkiya bilan chegaradosh. Shimolda Qora dengiz bilan tutashgan. Hududining katta qismini tog‘ va tepaliklar egallagan. Mamlakat markazida shimoli g‘arbdan Qora dengiz- gacha cho‘zilgan Bolqon togiari joylashgan. Janubda — Rodopi togiari, janubi g‘arbda esa mamlakatning eng yuqori nuqtasi Musala cho‘qqisi (2925 m) joylashgan Rila togiari mavjud. Bolqon togiarining janubiy yonbagirlari va Rodopi togiari orasida Meritsa daryosi vodiysi yastanib yotibdi.
   Iqlimi—mo’tadil kontinental. Asosiy daryolari: Dunay, Iskar va Maritsa. Foydali qazilmalardan boksitlar, mis, qo‘rg‘oshin, ko‘mir, yog‘och mavjud. Mamlakat hududining katta qismini oimonlar egallagan. Vodiylarda bargli, tog`larda esa ignabargli o‘rmonlar ustunlik qiladi. Hayvonlardan quyon, tulki, qobon, bo‘rsiq, yumronqoziq, kiyik, ohu kabilar mavjud.
    Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Bolgariya — prezidentlik respublikasi. Davlat boshlig‘i — prezident. Ijro etuvchi hokimiyat premyer-ministr boshchiligidagi Ministrlar Kengashiga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — Xalq yig‘ini tomonidan amalga oshiriladi. Siyosiy partiyalari: Demokratik kuchlar ittifoqi, Bolgariya sotsialistik partiyasi, Xalq ittifoqi, Huquq va erkinliklar uchun harakat.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Rivojlangan sanoat sohalari: mashinasozlik, metallurgiya, oziq-ovqat, to‘qimachilik, kimyo, yog‘ochni qayta ishlash. Mashinasozlik — xalq xo’jaligining muhim tarmog‘idir. Mashinasozlik korxonalari respub- likaning ko‘pgina shaharlarida qurilgan, ulardan eng yiriklari — Sofiya, Varna, Gusa, Burgos, Plovdiv. Bolgariya mineral resurslar bilan nisbatan yaxshi ta’minlangan. Qishloq xo’jaligi Bolgariya YMMning 1/8 qismini tashkil etib, iqtisodiy faol aholining 1/5 qismini ish bilan band qilgan. Donli ekinlar uchun haydaladigan yerlarning 3/5 qismi ajratilgan. Makkajo’xori, sholi, arpa, bug‘doy ekiladi. Texnikaviy o‘simliklardan janub­da ekiladigan tamakiga va kungaboqarga alohida e’tibor beriladi. Shuningdek, mamlakat pomidor va uzumning yirik eksportchilaridan biridir. So’nggi yillarda turizm ham yaxshi rivojlanmoqda. 2012-yil YIM miqdori 85,4 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga — 11,2 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari — Rossiya, Germaniya, Italiya, Turkiya, Gretsiya.
    Asosiy portlari: Burgos, Varna.
   Tarixi. M.a. Vlll asrda zamonaviy Bolgariya hududida frakiyaliklar qabilalari istiqomat qilishgan. M.a. VI1 asrda mamlakat qirg’oqlarida grek shaharlari — Apolloniya (zamonaviy Sozopol), Odessos (zamonaviy Varna), Mesembri (zamonaviy Nesebir)ga asos solindi. I asrda bu yerlarning Rim tomonidan bosib olinishi oqibatida Rim provinsiyalari Meziya va Frakiya tashkil topdi. 395-yili Rim imperiyasi inqirozga yuz tutganidan so’ng bu ikki provinsiya Vizantiya imperiyasi tarkibiga kirdi. VI asrdan boshlab mamlakatga slavyan qabilalari kirib kela boshladi. 680-yilda xon Asparux boshchiligida birinchi bolgar qirolligi tashkil etildi. Vizantiya yangi davlatni tan oldi. 894-yilda aka-uka Kirill va Mefodiylar slavyan yozuvini kiritdilar. 1014-yilda Vizantiya imperatori Vasiliy II Bolgaroboysa Belasitsa yonidagi jangda bolgar qo‘shinlarini tor-mor qildi. Tez orada mamlakat Vizantiya tarkibiga qo‘shildi. 1187-yilda mustaqil ikkinchi Bolgar qirolligi tashkil etildi. XIV asr oxirlarida Bolgariya turklar tomonidan ishg‘ol qilindi. 1878-yili rus-turk urushi oqibatida mamlakatning shimoliy qismida mustaqil Bolgar knyazligi tashkil topdi. Janubiy qismi — Sharqiy Rumeliya Turkiyaning avtonom provinsiyasi edi. 1885-yildagi turklarga qarshi ko’tarilgan Plovdiv qo’zg’oloni mamlakatning birlashishiga olib keldi. 1908-yilda Bolgariya Turkiyadan to‘la mustaqilligini e’lon qilib, qirollik sifatida qayta tashkil etildi. I jahon urushida Bolgariya Germaniya tarafida turib urush olib bordi va buning oqibatida Janubiy Dobruja hududini boy berdi. 1940-yili fashistik davlatlar bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi va Janubiy Dobrujani Ruminiyadan qaytarib oldi. 1941-1944-yillarda Bolga­riya  II jahon urushida fashistik blok tarafida ishtirok etdi. 1944-yilda mamlakatga sovet qo‘shinlari kirib keldi. Shu vaqtda Sofiyada davlat to‘ntarilishi o’tkazilib, yangi tuzilgan hokimiyat Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi. 1946-yilda monarxiya yo‘q qilinib, Bolgariya Xalq Respublikasi tashkil topganligi e’lon qilindi. Bolgariya 1949-yilda OTYK (SEV)ga, 1955-yilda Varshava Shartnomasi uyushmasiga a’zo bo‘lib kirdi. 40 yildan ortiq vaqt davomida mamlakatda Todor Jivkov boshchiligidagi kommunistik tuzum hukmronlik qildi. 1990-yilda bu tuzum ag‘darilib, Bolgariya demokratik hukumatini tashkil etish jarayoni boshlandi.
    1991-yilda yangi konstitutsiya qabul qilinib, mamlakat nomi Bolgariya Respublikasi deb o‘zgartirildi. Bolgariya 2004-yil 2 aprelidan NATO, 2007-yil  1-yanvaridan esa YI a’zosi.Bolgariya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 1992-yil diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgan. Ikkala mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar, iqtisodiy va madaniy aloqalar yanada rivojlana boshladi.

 

 

Rasmiy nomi — Belarus Respublikasi. Poytaxti — Minsk. Hududi — 207600 kv.km. Aholi­si — 10,3 mln kishi kishidan ortiq (2012). Davlat tili — belarus va rus. Dini — pravoslav (80%), katolik (15%). Pul birligi — Belarus rubli.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Sharqiy Yevropada joylashgan davlat. Shimoli g‘arbda Litva va Latviya, sharqda — Rossiya, janubda Ukraina, g‘arbda Polsha davlatlari bilan chegaradosh.
 Mamlakat hududi asosan tekisliklardan iborat. Tepaliklar kam uchraydi, ulardan Minsk tepaligi (345 m) alohida ajralib turadi. Iqlimi mamlakatning deyarli hamma joyida bir xil. Asosiy daryolari — Dnepr, Pripyat, Berezina, G’arbiy Dvina, Neman, Soj. Mamlakatda Naroch, Osvey, Svityaz kabi yirik ko‘llar bor. Tabiiy qazilma boyliklari: kaliyli va toshli tuzlar, ko‘mir, neft, temir rudasi, torf. Belarusda keng bargli o’rmonlar keng tarqalgan bo‘lib, ular mamlakat hududining 1/3 qismini egallagan. Belarus o‘rmonlarida 8 turdagi daraxtlar (ulardan eng ko‘p tarqalganlari — qarag’ay, archa, qayin, eman va shumtol),   70 turdan ortiq butalar va yarimbutalar uchraydi. Mamlakat hududida juda ko‘p dorivor o‘simliklar — archagul, itburun, zira, landishlar o‘sadi. Belarus hayvonot dunyosi 50 turdan ortiq hayvonlar (los, cho‘chqa, bo‘ri va boshq.), 200 turdan ortiq qushlardan iborat. Shuningdek, Belovej Pushchasi deb ataladigan milliy qo‘riqxonada zubrlar va kam uchraydigan botqoq toshbaqasi ham bor.
   Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Davlat boshlig‘i — prezident. Hukumat boshlig‘i — premyer-ministr. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Respublika Kengashi va Vakillar Palatasidan iborat parlament — Milliy yig‘inga tegishli. Mamlakat 6 ta: Brest, Gomel, Grodno, Minsk, Mogilyov va Vitebsk viloyatlariga bo‘lingan. Yirik siyosiy partiyalari: Belarus birlashgan demokratik partiyasi, Belarus sotsial-demokratik partiyasi, Belarus xalq fronti, Belarus kommunistik partiyasi.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Sanoatning asosiy tarmoqlari: avtomobilsozlik va traktor mashinasozligi, radioelektronika, yengil, kimyo sanoatlari, uskunasozlik, oziq-ovqat, harbiy texnika ishlab chiqarish. Qishloq xo‘jaligi asosan donli ekinlar, kartoshka, sabzavotlar yetishtirishga hamda go‘sht va sut ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Eksporti: mashinasozlik mahsulotlari, kimyo va oziq-ovqat mahsulotlari. Importi: sanoat va oziq-ovqat xomashyosi. 2012-yil YIM miqdori 104,2 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga — 10,7 AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Ukraina, Polsha, Germaniya, Litva.
 Tarixi. VII asrdan boshlab hozirgi Belarus hududlarida slavyan qabilalaridan — dregovichlar, radimichlar, krivichlar istiqomat qilganlar. IX asrda Belarus yerlari Kiyev Rusi tarkibiga kirdi. Dastlabki shaharlar—Minsk (1087), Vitebsk, Pinsk, Brest XI asrda paydo bo’ldi. XII asrda feodal tarqoqlik boshlangan bir vaqtda bir qator mayda knyazliklar: Polotsk, Turovo-Pinsk, Grodno, Minsk va boshqalar vujudga keldi. XIV asrda butun Belarus yerlari Litva Buyuk Knyazligi tarkibiga kirdi. 1569-yili Polyak—Litva davlatlarining birlashuvi oqibatida Rech Pospolita davlati tashkil topdi, Belarus ham o‘z-o‘zidan bu davlat tarkibiga kirdi. XVII asrdan bu hududlar Belaya Rus deb atala boshladi va 1795-yili Rossiya imperiyasi tarkibiga qo’shib olindi. I jahon urushi vaqtida mamlakat deyarli to’liq nemis qo‘shinlari tomonidan okkupatsiya qilindi. 1918-yili Belarussiya Xalq Respublikasi e’lon qilindi, biroq tez orada bolsheviklar uni yo‘q qilishdi. 1919-yili Sovet Belarussiyasi tuzildi. Polsha 1920-yili vaqtincha Belarussiya hududlarini bosib oldi va 1921-yilgi sovet — polyak «Riga tinchlik sulhi»ga ko’ra unga G‘arbiy Belarussiya hudud- lari o‘tdi. 1922-yil 30-dekabrda SSSR tashkil topdi va Belorussiya SSRning tarkibiga kirdi. 1939-yil SSSR va Germaniya o’rtasidagi separat kelishuvlar natijasida G‘arbiy Belarussiya respublika tarkibiga qaytarildi. Ikkinchi jahon urushida 1941-1944-yillarda Belarus yerlari nemis bosqinchilariga qarshi jang maydoniga aylandi. Urushda mamlakatning 2,5 mln aholisi qirib tashlandi, yirik shaharlar — Minsk, Brest, Vitebsk, Mogilyov vayron qilindi, 9 mingdan ortiq qishloqlar yondirib yuborildi. Urush vaqtida mamlakat hududida 1100 ta partizan otryadlari (375000 jangchi) harakat qildi. 1944-yilning yozida Belarussiya sovet qo’shinlari tomonidan ozod qilindi. 1945-yili Belarussiya SSSR tarkibida hozirgi hududlariga ega bo’ldi. SSSRning parchalanishi oqibatida 1991 -yilning 25-avgustida mustaqil davlat — Belarussiya e’lon qilindi. Mustaqillikning dastlabki yillarida Belarussiya jiddiy iqtisodiy va siyosiy qiyinchiliklami boshdan kechirdi. Natijada aholining turmush darajasi sezilarli darajada pasaydi. Shunga qaramasdan, hozirgi kunda Belarusda iqtisodiy va siyosiy ahvol barqarorlashib bormoqda. Keyingi yillarda mamlakat hukumati yuritayotgan oqilona iqti­sodiy siyosat tufayli Belarus xalqining ijtimoiy turmushi ancha yaxshilandi va MDH davlatlari orasida oldingi o‘rinlardan birini egalladi.
Belorussiya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 1993-yil diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgan.

 

Rasmiy nomi — Belgiya Qirolligi. Poytaxti Bryussel. Hududi — 30500 km.kv. Aholisi 10,4 mln kishi (2012). Davlat tili — flamand, fransuz, nemis. Dini — katolik. Pul birligi — yevro.
    Geografik joylashuvi va tabiati. Yevropaning shimoli g‘arbida joylashgan davlat. Belgiya shimolda — Niderlandiya, sharqda — Germaniya, janubi sharqda — Lyuksemburg, janub va janubi g‘arbda Fransiya bilan chegaradosh. G’arbiy qirg’oqlari Shimoliy dengiz bilan tutashgan. Belgiyani uch geografik hududga bo‘lish mumkin, bular: sohilbo‘yi tekisligi, markaziy yassitog1 va Ardenn tepaliklari. Sohilbo‘yi tekisliklari mamlakatning shimoli g‘arbida joylashgan bo‘lib, qumli tepaliklar va to‘g‘onlar vositasida dengizdan ajratib olingan yer maydonlaridan iborat. Markaziy yassitog`liklar past tepaliklardan iborat unumdor joylardir. Ardenn tepaligi mam­lakatning janubi sharqida joylashgan bo’lib, o‘rtacha balandligi  460 metrni tashkil etadi. Belgiyaning eng yuqori nuqtasi — Ardenndagi Botranj tog‘i (694 m).
   Iqlimi — mo‘tadil. Mamlakatning asosiy daryolari — Shelda va Maas. Foydali qazilmalardan ko‘mir, tabiiygaz mavjud. Keng bargli o‘rmonlarda eman, qora qayin, grab kabi daraxtlar o‘sadi. Qo‘riqxonalar va tabiat parklari ko’p. Hayvonlardan qobon, quyon, o’rmon sichqonlari, olmaxon, ohularni uchratish mumkin. Valdshnep, tustovuq, o’rdak, kaklik kabi qushlar mavjud.
    Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — konstitusion monarxiya (Qirollik). Ijro etuvchi hokimiyat monarx va Vazirlar Mahkamasi boshlig’i — premyer-ministrga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament (yuqori palata — Senat va Vakillar palatasi)dan iborat. Mamlakat 9 provinsiyadan tashkil topgan, bular: Antverpen, Brabant, Sharqiy Flandriya, G’arbiy Flandriya, Lyej, Limburg, Lyuksemburg, Namyur, Eno. Siyosiy partiyalari: Sotsialistik partiya, Sotsial-xristianlar partiyasi, Flamand liberallari va demokratlari partiyasi, Belgiya kommunistlari ittifoqi.
    Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Asosiy sanoat tarmoqlari — oziq-ovqat, kimyo, metallurgiya, metallni qayta ishlash, mashinasozlik, to‘qimachilik, oyna ishlab chiqarish (oyna va toshoyna eksporti bo’yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi). Qishloq xo‘jaligida qandlavlagi, meva va sabzavotlar, bug’doy yetishtiriladi. Chorvachilik ham rivojlangan. Belgiya Yevropada yirik sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan biridir. Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, AQSH.
    2012-yil YIM miqdori — 373,1 mrd dollarni (aholi jon boshiga — 35,1 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy portlari: Antverpen, Bryugge, Gent, Ostends va Zebryugge.
Tarixi. Mamlakat hududida qadimda belg qabilalari istiqomat qilishgan. M.a. 57-yilda Belgiya Sezar tomonidan bosib olindi va Rim imperiyasi takibiga qo’shildi. O’rta asrlarda Belgiya hududlari (Braband gersogligi, Flandriya, Lyuksemburg grafliklari) tarixiy Niderlandiya tarkibiga kirgan. XVI asrdagi Niderlandiya burjua inqilobi Belgiya hududida mag‘lubiyat bilan yakunlandi. Ispan taxti uchun olib borilgan urushlar oqibatida Belgiya Avstriya Gabsburglari hukmronligi ostiga o’tdi. 1813— 1830-yillarda mamlakat Niderlan­diya qirolligi tarkibida bo’ldi. 1830-yildagi Belgiya inqilobi mustaqil Belgiya qirolligining e’lon qilinishiga olib keldi. Tez orada uning umrbod betarafligi e’lon qilindi. 1908-yilda Belgiya mustamlaka mulk — Belgiya Kongosiga, 1922-yilda esa Ruanda-Urundu mandatiga ega bo’ldi. I va II jahon urushlari davrida Belgiya hududlari nemis qo’shinlari tomonidan ishg’ol qilingan. 1960-yilda Belgiya Kongoga, 1962-yili esa Ruanda-Urunduga mustaqillik berdi. 1949-yildan buyon Belgiya NATO a’zosi. Bryusselda Yevropadagi qo’shma qurolli kuchlar Bosh qo‘mondonligi va NATO kengashi shtab-kvartiralari joylashgan. 1958-yilda Belgiya Niderlandiya va Lyuksemburg bilan bojxona ittifoqchilik shartnomalarini imzolaydi. XX asrning 60-70-yillarida Belgiyadagi flamandlar va vallonlar o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashuvi oqibatida vaziyat birmuncha murakkablashdi. 1993-yilda ushbu mojaro konstitutsiyaga o’zgartirish kiritilishiga olib keldi va unga ko’ra Belgiya federativ davlat bo‘lib, Flandriya va Valloniya o‘z hukumatlariga ega bolish huquqini qo‘lga kiritishdi.
Belgiya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 1992-yil diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgan.

 

 

Rasmiy nomi — Andorra Knyazligi. Poytaxti — Andorra-la-Velya. Hududi — 0,468 ming km.kv. Aholisi — 70977 kishidan ortiq (2012). Davlat tili — katalon. Dini — katolik. Pul birligi — yevro.
   Geografik joylashuvi va tabiati. Yevropaning janubi g‘arbida joylashgan (Sharqiy Pireney) davlat. Janubda va g‘arbda Ispaniya (chegara uzunligi — 65 km), sharq va shimolda Fransiya (60 km) bilan chegaradosh. Mamlakat hududi asosan qoyali togiardan iborat, eng yuqori nuqtasi — Kama Pedrosa tog‘i (2946 m). Ko‘p miqdorda muzlik davrida tashkil topgan ko‘llar mavjud. Tabiiy boyliklari: gidroenergiya, mineral suv, temir rudasi, qo‘rg’oshin, yog’och.
Iqlimi — mo‘tadil.
   Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — suveren parlament knyazligi. Andorra ikkita knyaz — Fransiya prezidenti hamda Ispaniya yepiskopi- ning mahalliy vakillari tomonidan boshqariladi. Bir palatali parlamenti — Vodiylar Bosh Kengashi, Sud hokimiyati quyidagicha taqsimlangan: fuqarolik ishlarini Perpinyan (Fransiya)dagi Andorra Oliy sudi yoki yepiskop Urnelskiy cherkov sudi (Ispaniya) hal qilsa, jinoiy ishlarni — Sudlar Tribunali. Birinchi siyosiy partiya — Demokratik ittifoq — 1976-yilda tashkil topgan.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Andorra iqtisodining asosini turizm tashkil qiladi (yiliga 13 mln turist). Sigaretlar, sigaralar va mebel ishlab chiqish yo’lga qo‘yilgan. Ekinga yaroqli yer kamligi uchun oziq-ovqatning asosiy qismi import qilinadi. Chorvachilikning asosiy turi — qo’ychilik. 2006-yil YIM miqdori 2113 mln dollarni (aholi jon boshiga — 26800 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari — Fransiya va Ispaniya.
Temiryo`llari yo‘q. Avtomobil yo‘llari uzunligi — 96 km.
   Tarixi. Andorra tarixiy manbalarda dastlab 805- yilda tilga olingan. XIII asrda graf Fua (Fransiya) va katalon yepiskopi Urnel boshqaruviga o‘tadi. Ispaniya va Fransiya protektorati ostida bo‘lgan Andorra 1993-yilda mustaqil davlat deb e’lon qilinadi.

 

Rasmiy nomi — Albaniya Respublikasi. Poytaxti — Tirana. Davlat tili — alban. Hududi — 28748 km.kv. Aholisi – 3,6 mln kishi (2012). Dini — musulmonlar (70%), pravoslavlar (20%), katoliklar (10%). Pul birligi — lek.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Bolqon yarimorolining g‘arbiy qismida, Janubiy-sharqiy Yevropada joylashgan davlat. Shimolda va shimoli g‘arbda Serbiya va Chemogoriya, sharqda Makedoniya, janubi sharqda va janubda Gretsiya bilan chegaradosh. G‘arbda Adriatika dengizi, janubi g‘arbda Ion dengizi suvlari qirg‘oqlarini yuvib turadi. Qirg‘oqbo‘yining markaziy qismini tekisliklar, hududning qolgan qismini Shimoliy Alban Alplari, Korabi va Tomori tizmalari egallaydi. Albaniyada kontinental — O`rta Yer dengizi iqlimi hukm suradi. Albaniya hududining uchdan bir qismini o’rmonlar va butazorlar qoplagan, to‘rtdan bir qismi esa tog‘ yaylovlaridan iborat. Aholi kam yashaydigan joylarda bo‘ri, shoqol, qobon va qirg’oq bo‘ylarida turli qushlami uchratish mumkin.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — demokratik respublika. Ma’muriy-hududiy bo‘linishi — 26 reti (viloyat). 1912-yil 28-noyabrda Turkiya I Bolqon urushida mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng Usmoniylar imperiyasidan ozod bo‘lib, mustaqilligini e’lon qilgan. Milliy bayrami — 28-noyabr — Mustaqillik kuni. Bir palatali parlamenti — Xalq yig‘ini. Eng nufuzli siyosiy partiyalari: Alban sotsialistik partiyasi (ASP), Albaniya demokratik partiyasi (DP), Alban respublika partiyasi (RP), Inson huquqlari uchun ittifoq (Olmoniya, INR).
   Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. 40 yildan ortiq vaqt davomida mamlakat iqtisodi markazdan rejalashtirish va ishlab chiqarish vositalari davlat mulki hisoblanishi tamoyillariga asoslangandi. 1991-yildagi saylovlarda g‘alaba qozongan yangi demokratik hukumat «shok terapiyasi» va mamlakat iqtisodini tubdan isloh qilish dasturini qabul qiladi. Sanoatning asosiy tarmoqlari: tog‘-konchilik, oziq-ovqat, yengil sanoat, neft, kimyo, metallurgiya, gidroenergetika. Qishloq xo‘jaligi YMMning 55% ini ta’minlaydi. 2012-yil YIM miqdori — 20,9 mlrd dollarni (aholi jon boshiga — 6,6 ming doll.) tashkil etgan. Asfalt, neft va neft mahsulotlari, metall va metall rudasi, elektr energiyasi, meva va sabzavotlar, tamaki eksportga chiqariladi. Mamlakatga mashinalar, asbob- uskunalar, temir va po’lat mahsulotlari, to‘qimachilik, farmatsevtika, kimyoviy o‘g‘itlar import qilinadi. Asosiy savdo hamkorlari: Italiya, sobiq Yugoslaviya davlatlari, Germaniya, Chexiya, Slovakiya.
Temiryoilar qurilishi sust rivojlangan (543 km), avtomobil yo‘llari uzunligi — 18450 km. Asosiy portlari: Durres, Saranda, Viera.
   Tarixi. M.a. VII asrda greklar hozirgi Albaniya hududida o‘z koloniyalarini tuzgan. Albaniya Makedoniya, Rim (m.a. II asr) va Vizantiya (IV asr) imperiyalari tarkibiga kirgan. IX asrda mamlakat Bolgariya qirolligi, XI asrdan esa yana Vizantiya ta’sirida boigan. 1425-yildan Usmoniylar imperiyasining bir qismi hisoblangan. Turkiyaning I Bolqon urushidagi magiubiyatidan so‘ng 1912-yil Albaniya mustaqillikka erishgan. 1939-yil Albaniyani fashist Italiyasi bosib oladi. 1946-yili esa Albaniya Xalq Respublikasi e’lon qilinib, kommunistik tuzum o‘rnatiladi va ko‘p yillarga Albaniya boshqalar uchun yopiq mamlakatga aylanadi. 1976-yil mamlakat Albaniya Xalq Sotsialistik Respub­likasi, 1991-yil aprelida esa Albaniya Respublikasi deb e’lon qilinadi.
   Albaniya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1993-yilda o‘rnatil­gan.
DaniyaRasmiy nomi — Daniya Qirolligi. Poytaxti — Kopengagen.  Hududi – 43,1 ming km.kv.   Aholisi – 5,4 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — dat. Dini — lyuteranlar (91%), katoliklar (2%).     Pul birligi — daniya kronasi.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Daniya Yevropa qit’asining shimoli g‘arbida, Yutlandiya yarimoroli va uning atrofidagi orollarda joylashgan davlat. Janubda Germaniya bilan chegaradosh. Janubi sharqda Boltiq dengizi, g‘arbda Shimoliy dengiz bilan tutashgan. Mamiakat shimolida Skagerrak bo‘g‘ozi joylashgan, sharqida Kattegat va Erusunn bo‘g‘ozlari Daniyani Shvetsiyadan ajratib turadi. Bundan tashqari, Grenlandiya va Faryer orollari ham o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan Daniya Qirolligi yerlari hisoblana­di. Daniya maydoni asosan tekisliklardan iborat. Asosiy tabiiy boyliklari: neft, tabiiy gaz, tuz va baliq.
 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — konstitutsion monarxiya. Mamiakat 14 ta amtomlarga bo‘lingan. Davlat boshlig`i — Daniya Qirolichasi. Ijroiya hokimiyat Bosh ministr boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Qirolicha va bir palatali parlament — folketingga tegishli. Asosiy siyosiy partiyalari: Daniya Sotsial-Demokratik partiyasi, Konservativ Xalq partiyasi, Radikal So‘l partiya, Xristian Xalq partiyasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Daniya dunyoning sanoati yaxshi rivojlangan davlatlaridan biridir. Qishloq xo‘jaligi ham yuksak rivojlangan texnologiyalar bilan ta’minlangan. Qishloq xo‘jaligida band boigan aholi Daniya umumiy aholisining 6% ini tashkil etadi. 2012-yil YIM miqdori 200,6 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 36,7 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Daniya qishloq xo‘jaligi o‘zini oziq-ovqat mahsulotla- riga bo‘lgan ehtiyojini to‘la ta’minlaydi. Qishloq xo‘jaligining asosiy mahsulotlari: kartoshka, don, qandlavlagi, go‘sht va sut mahsulotlari. Daniyada baliqchilik ham juda yaxshi rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: Shvetsiya, Norvegiya, AQSH va YI davlatlari.
  Tarixi. Bugungi Daniya hududidagi ilk davlatlar VI asrda tashkil topgan. XI asrda Angliya va Norvegiya ham Daniya nazorati ostiga tushib qoldi. Daniya qiroli Sven II XII asrda xristian dinini qabul qildi. XIV-XV asrlarga kelib Daniyaga Germaniyaning ta’siri kuchaydi. XVII asrda Boltiq dengizida hukmronlik uchun Daniya va Shvetsiya o‘rtasida davom etgan kurash Daniyaning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. 1849-yil Daniya Konstitutsiyasi qabul qilindi va konstitutsion monarxiya davlati deb e’lon qilindi. Konstitutsiya qirol hokimiyatini ancha chekladi. 1915-yil Daniya ayollari saylash huquqiga ega bo‘lishdi. Daniya o‘z betarafligini saqlashga harakat qilsa-da, 1940-yilning 9-aprelida nemis-fashistlari uni bosib olishdi. 1945-yil 5-mayda Daniya ozod qilindi.

 

Saytimizni kuzatib boring. Qolgan davlatlar berib boriladi

geografiya.uz

 

 

 

 

 

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan