Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus uchun ko’rgazma va tarqatmalar: Sinf rahbarlari ma’naviyat soatlarida qo’llash uchun 3D ko’rgazma


Prezidentimiz tomonidan tavsiya etilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus:



Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.

Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.





Shundan ikkinchi tashabbus bo’yicha umumiy o’rta ta’lim maktablarida sinf rahbarlari ma’naviyat soatlarida qo’llash uchun ko’rgazmalar


Yurtimiz bayrog‘ini jahon sport arenalarida yuqoriga ko‘targan sportchilarimiz haqida qisqacha ma’lumot beruvchi “O’zbekiston iftixorlari”  deb nomlangan 3D formatda tayyorlangan ushbu ko’rgazmalar o’quvchilarda sportga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi degan umiddamiz


3D ko’rgazmalar Xalq ta’limi a’lochisi Nurg’oziyev Shuhrat Xasanovich tomonidan tayyorlangan

Agar sizda 1-3-4-5-tashabbuslar bo’yicha ko’rgazmalar bo’lsa telegramimizdagi telefon nomerga yuboring, birgalikda ushbu tashabbuslar bo’yicha 3D formatdagi ko’rgazmalarni tayyorlaymiz. Ushbu ko’rgazmalar pedagogik faoliyatingizda albatta sizga kerak bo’ladi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan