Yuqori marralarni zabt etishning 7 ta siri

Kimning katta yutuqlarga erishib, omad cho`qqilarini zabt etgisi kelmaydi, deysiz. Bilmaymizki, hammasi o`z qo`limizda va buning yo`li juda ham oddiy.

Quyida ular bilan tanishasiz…

  1. Har doim harakatda bo`ling, hech qachon bugungi ishni ertaga qoldirmang. Unutmang, qolgan ishga qor yog`adi. Axir, yo`qotilgan vaqtning o`rnini hech narsa to`ldirolmaydi.
  2. Muvaffaqiyatsizlikka uchrasangiz ham o`rnigizdan turib, olg`a intilishda o`zingizda kuch toping!
  3. Oldingizga yuksak maqsadlar qo`ya biling! Va sabr bilan o`sha maqsadingiz sari intiling! Hech narsaga birdaniga erishib bo`lmaydi!
  4. Har doim har qanday vaziyatda ham imkoniyat izlang, turli bahonalar yo`lingizda to`siq bo`lishiga yo’l qo`ymang.
  5. Maqsadingiz yo’lida hech narsadan cho`chimang. Tavvakkal  va xato qilishdan qo`rqmang.
  6. Biror ish boshlayotganda erishadigan yutuqlaringizni ko`z oldingizga keltiring hamda barcha imkoniyatlaringizni ishga soling.
  7. Eng asosiysi, o`zingizga va hammasi yaxshi bo`lishiga ishoning!

http://elife.uz/

O'xshash maqolalar

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan